19.05.1993 yildagi 237-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2004
 LexUZ sharhi
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizomlar tasdiqlansin.
mulkchilik shakli va kimga bo‘ysunishidan qat’iy nazar, ta’lim organlari va muassasalari tomonidan “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va respublika Hukumatining ta’lim masalalari bo‘yicha qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyat, tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limi organlarining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga zid bo‘lgan buyruq va ko‘rsatmalarining amal qilishini to‘xtatish zarur hollarda ularni bekor qilish haqida tegishli hokimlikka yoki Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;