Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining
buyrugʻi
“Maktabgacha taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 11-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3094-1]
1. Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2018-yil 21-noyabrdagi 2-mh-son “Maktabgacha taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3094, 2018-yil 3-dekabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2018-y., 10/18/3094/2265-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Maktabgacha taʼlim vaziri A. ShIN
Toshkent sh.,
2020-yil 15-dekabr,
199-son
Kelishildi:
Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N. XUSANOV
Toshkent sh.,
2020-yil 3-dekabr
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi K. RAFIKOV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-dekabr
Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim vazirining 2020-yil 15-dekabrdagi 199-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
“Maktabgacha taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqidagi namunaviy nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyruqqa kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorda:
a) nomi va 1-banddagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
a) nomidagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Namunaviy nizom (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PQ-3955-son “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkiloti kuzatuv kengashining (bundan buyon matnda Kengash deb yuritiladi) maqsadi, vazifalari, vakolatlari hamda faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.”;
v) 1-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Mazkur Nizom davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) tatbiq etiladi.”;
g) 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi “muassasani” degan soʻz “tashkilotni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
d) 3-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Kengashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
tashkilotning ustuvor vazifalarini belgilash;
tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimi (bundan buyon matnda hududiy boʻlim deb yuritiladi) tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkiloti direktorini saylash;
tashkilotning maqsadlari va vazifalarini hamda ularga erishish rejalarini tasdiqlash;
tashkilotda amalga oshirilishi belgilangan vazifalarning bajarilishi va maqsadli koʻrsatkichlarga erishilishi ustidan nazorat olib borish.”;
e) 4 va 30-bandlardagi “muassasaning” degan soʻz “tashkilotning” degan soʻz bilan almashtirilsin.
j) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
hududiy boʻlim tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar tarkibidan tashkilot direktorini saylash, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish haqida takliflar kiritish;
tashkilotni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash;
tashkilot direktorining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xoʻjalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet mablagʻlaridan, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitish;
tashkilotning yillik moliyaviy rejalarini, koʻrsatilayotgan pullik xizmatlar narxining miqdorlarini va tashkilot mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqi miqdorini, shu jumladan auksiondagi boshlangʻich narxni tashkilot direktorining ishtirokida tanishib chiqish va takliflar berish;
tashkilot direktorining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish;
tashkilotda tarbiyalanuvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularni yaxshilash boʻyicha ota-onalar, jamoatchilik tashkilotlari va homiylar bilan hamkorlik qilishda amaliy yordam koʻrsatish;
tashkilotni rivojlantirishga doir ustuvor yoʻnalishlarni belgilash boʻyicha taʼlim tashkiloti direktorining dastur va rejalari yuzasidan hududiy boʻlimga takliflar kiritish;
tashkilotning xodimlarini ragʻbatlantirish boʻyicha hududiy boʻlimga takliflar berish.
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni amalga oshirishi mumkin.”;
z) 6 — 8-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Tashkilotda bolalarning sifatli taʼlim olishlari, ularga tegishli shart-sharoitlar yaratish hamda taʼlim-tarbiya jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkilot direktoriga koʻmaklashish uchun har bir tashkilotda Kengash tashkil etiladi.
7. Kengash 11 kishidan kam boʻlmagan toq sondan iborat tarkibda tuziladi. Bunda, Kengash tarkibiga tashkilotning pedagoglari orasidan 2 nafar, tarbiyachi yordamchilari orasidan 2 nafar, tashkilot maʼmuriyatidan 1 nafar, tegishli hududiy boʻlimdan 1 nafar, jamoat tashkilotlari va homiylar orasidan 2 nafar hamda har bir guruhida tarbiyalanuvchilarning ota-onalaridan kamida 3 nafar, aʼzo kiritiladi.
Kengash aʼzolarining soni cheklanmaydi.
8. Kuzatuv kengashi har bir guruhdagi tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrinini bosuvchi shaxslar, pedagoglar, tarbiyachilar yordamchilari, tashkilot maʼmuriyati, hududiy boʻlim xodimlari orasidan shakllantiriladi.”;
i) 11 va 13-bandlardagi “muassasada” degan soʻz “tashkilotda” degan soʻz bilan almashtirilsin;
k) 12-banddagi “muassasa” degan soʻz “tashkilot” degan soʻz bilan almashtirilsin;
l) 14-banddagi “Muassasa” va “muassasa” degan soʻzlar tegishlicha “Tashkilot” va “tashkilot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
m) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Kengash aʼzoligiga hududiy boʻlim vakili tegishli hududiy boʻlim boshligʻining buyrugʻi bilan tayinlanadi.”;
n) 16-banddagi “Muassasaning rahbari” degan soʻzlar “Tashkilotning direktori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
o) 18 va 26-bandlardagi “muassasa rahbari” degan soʻzlar “tashkilot direktori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
p) 25-banddagi “muassasa” va “boʻlinma” degan coʻzlar tegishlicha “tashkilot” va “boʻlim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
r) 29-bandda “Muassasa rahbari” va “muassasa” degan soʻzlar tegishlicha “Tashkilot rahbari” va “tashkilot” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
s) 31-banddagi “boʻlinmaga” degan soʻz “boʻlimga” degan soʻz bilan almashtirilsin;
t) 32-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“32. Kengash oʻziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda quyidagi huquqlarga ega:
tashkilotning tegishli davrdagi faoliyati boʻyicha tashkilot direktoridan maʼlumotlar soʻrash va olish;
tashkilotning moliyaviy hisobotlari bilan tanishish;
homiylik va xayriya mablagʻlarining kirim qilinishi va sarflanishi haqidagi maʼlumotlar bilan tanishish;
tashkilot pedagog xodimlarining shaʼni, qadr-qimmati, obroʻsini himoya qilish boʻyicha takliflar kiritish.”;
u) 33 va 34-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33. Kengashning faoliyatiga tashkilot direktori, hududiy boʻlim, mahalliy hokimliklar va boshqa tashkilotlarning aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi.
34. Tashkilotda tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan tashkilot direktori, Kengash aʼzolari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablagʻlarini yigʻish qatʼiyan taqiqlanadi.”.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3094-1/0009-son)