OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGAChA TAʼLIM VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOGʻLIQNI SAQLASh VAZIRLIGINING
Qarori
“Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2021-yil 11-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3012-2]
Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 391-son “Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2018-yil 30-apreldagi 20/1, 10-qq/1-son “Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3012, 2018-yil 14-may) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2018-y., 10/18/3012/1219-son) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Maktabgacha taʼlim vaziri A. ShIN
Toshkent sh.,
2020-yil 17-dekabr,
15-son
Sogʻliqni saqlash vaziri A. XADJIBAYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 9-dekabr,
138-son
Kelishildi:
Qurilish vaziri B. ZAKIROV
2020-yil 23-noyabr
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERDIYEV
2020-yil 24-noyabr
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2020-yil 30-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligining 2020-yil 17-dekabrdagi 15-son va Sogʻliqni saqlash vazirligining 2020-yil 9-dekabrdagi 138-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolalarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorda:
a) nomi va 1-banddagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha taʼlim vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Ilovada:
a) nomidagi “muassasalarida” degan soʻz “tashkilotlarida” degan soʻz bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Maktabgacha taʼlim va tarbiya toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida (bundan buyon matnda maktabgacha taʼlim tashkiloti deb yuritiladi) tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini mustahkamlashni tashkil etish tartibini belgilaydi.”;
v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Maktabgacha taʼlim tashkilotida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sogʻligʻini mustahkamlash maktabgacha taʼlim tashkilotining pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha taʼlim tashkilotiga hududiy sogʻliqni saqlash organlari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.”;
g) 2-banddagi “muassasasi rahbari” degan soʻzlar “tashkiloti direktori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 3-banddagi “maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilishda davlat maktabgacha taʼlim muassasasi rahbari” degan soʻzlar “maktabgacha taʼlim tashkilotlariga qabul qilishda davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
j) 5 va 13-bandlardagi “muassasasining” degan soʻz “tashkilotining” degan soʻz bilan almashtirilsin;
z) 6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Tarbiyalanuvchi maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlgan vaqtda sogʻligʻining yomonlashuvi, shuningdek boshqa noxush holatlar kuzatilgan hollarda maktabgacha taʼlim tashkiloti xodimlari tomonidan zudlik bilan tibbiyot hamshirasiga, shuningdek tarbiyalanuvchining ota-onasiga yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga xabar beriladi. Bunda tarbiyalanuvchining ota-onasi yoki ularning oʻrinini bosuvchi shaxslar yetib kelgunga qadar tibbiyot xodimi tomonidan birinchi tibbiy yordam koʻrsatilishi lozim.”;
k) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Tarbiyalanuvchilar uchun maktabgacha taʼlim tashkiloti hududidan tashqarida sayr yoki ekskursiyalar rejalashtirilganda maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar xabardor qilinishi shart.”;
l) 11-banddagi “muassasasiga” va “muassasasidan” degan soʻzlar tegishlicha “tashkilotiga” va “tashkilotidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
m) 14-banddagi “muassasasining” va “muassasasida” degan soʻzlar tegishlicha “tashkilotining” va “tashkilotida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
n) 15-banddagi “muassasalarida” va “muassasasi” degan soʻzlar tegishlicha “tashkilotlarida” va “tashkiloti” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
o) 17-banddagi “muassasasining” va “muassasasiga” degan soʻzlar tegishlicha “tashkilotining” va “tashkilotiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qurilish vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2021-y., 10/21/3012-2/0008-son)