Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qarori)
(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoniga va “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PQ-4730-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Belgilansinki, ushbu qarorning qabul qilinishi bilan bogʻliq qoʻshimcha xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili madaniyat sohasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 8-yanvar,
7-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 7-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekistonda teatr va musiqa sanʼatini yanada rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonni amalga oshirish masalalari haqida” 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarorida:
a) 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan respublika teatr-konsert tashkilotlari, taʼlim va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalar
ROʻYXATI
Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri
Qoraqalpoq davlat yosh tomoshabinlar teatri
Qoraqalpoq davlat qoʻgʻirchoq teatri
“Ayqulash julduzlari” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli
“Amu toʻlqini” Qoraqalpoq davlat folklor-etnografik ansambli
“Gulzor” Qoraqalpoq davlat folklor ansambli
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Nukus filiali
Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻzi ojizlar kutubxonasi
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Qoraqalpogʻiston Respublikasi koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi hayvonot bogʻi
Toshkent shahri
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatri
Oʻzbekiston davlat musiqali komediya (operetta) teatri
Oʻzbek Milliy akademik drama teatri
Oʻzbekiston davlat drama teatri
Oʻzbekiston davlat satira teatri
Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri
Oʻzbekiston davlat yoshlar teatri
Oʻzbekiston davlat akademik rus drama teatri
Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri
Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatri
Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti
Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi
Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati instituti
Respublika musiqa va sanʼat kolleji
Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji
R. Glier nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi
V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi
Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati
“Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi
“Tomosha” bolalar musiqiy teatr-studiyasi” davlat muassasasi
Toshkent davlat konservatoriyasi huzuridagi musiqali teatr-studiya
Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi
Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli
Respublika koʻzi ojizlar kutubxonasi
“Oʻzbekiston davlat sirki” davlat birlashmasi
Toshkent zoologiya parki
“Xalqlar doʻstligi” saroyi
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar*
“Turon” harbiy teatri davlat muassasasi
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari markaziy ashula va raqs ansambli
Andijon viloyati
Andijon viloyati musiqali drama teatri
Andijon viloyati yoshlar teatri
Andijon viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Andijon viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Andijon viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Andijon viloyati hayvonot bogʻi
Buxoro viloyati
Buxoro viloyati musiqali drama teatri
Buxoro viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Buxoro viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Buxoro viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Buxoro viloyati hayvonot bogʻi
Jizzax viloyati
Jizzax viloyati musiqali drama teatri
Jizzax viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Jizzax viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Jizzax viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Jizzax viloyati hayvonot bogʻi
Qashqadaryo viloyati
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatri
Qashqadaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qashqadaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qashqadaryo viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Qashqadaryo viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Qashqadaryo viloyati hayvonot bogʻi
Navoiy viloyati
Navoiy viloyati musiqali drama teatri
Navoiy viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Navoiy viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Navoiy viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Navoiy viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Navoiy viloyati hayvonot bogʻi
Namangan viloyati
Namangan viloyati musiqali drama teatri
Namangan viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Namangan viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Namangan viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Namangan viloyati hayvonot bogʻi
Namangan viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Samarqand viloyati
Samarqand viloyati musiqali drama teatri
Samarqand viloyati rus drama teatri
Samarqand viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Kattaqoʻrgʻon shahar drama teatri
Samarqand viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Samarqand zoologiya bogʻi
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Samarqand viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Samarqand viloyati hayvonot bogʻi
Sirdaryo viloyati
Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri
Sirdaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Sirdaryo viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Sirdaryo viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Sirdaryo viloyati hayvonot bogʻi
Sirdaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Surxondaryo viloyati
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatri
Surxondaryo viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Surxondaryo viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Termiz hayvonot bogʻi
“Surxondaryo sanʼat saroyi” davlat muassasasi
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Respublika baxshichilik sanʼati markazi
Surxondaryo viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Toshkent viloyati
Toshkent viloyati musiqali drama teatri
Toshkent viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Toshkent viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Toshkent viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Toshkent viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Toshkent viloyati hayvonot bogʻi
Fargʻona viloyati
Fargʻona viloyati musiqali drama teatri
Fargʻona viloyati rus drama teatri
Fargʻona viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Qoʻqon shahar musiqali drama teatri
Islom Karimov nomidagi Fargʻona viloyati teatr-konsert saroyi
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining Fargʻona viloyati filiali
Fargʻona viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Fargʻona hayvonot bogʻi
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Fargʻona viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
“Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi huzuridagi Margʻilon shahar musiqali maqom teatri” davlat muassasasi
Fargʻona viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Xorazm viloyati
Xorazm viloyati musiqali drama teatri
Xorazm viloyati qoʻgʻirchoq teatri
Xorazm viloyati koʻzi ojizlar kutubxonasi va uning filiallari
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar
Xorazm viloyati koʻchma sirki (shapito, dorbozlar guruhlari)
Xorazm viloyati hayvonot bogʻi”;
b) 2-ilovaning VII boʻlimi 1-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“1. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti hamda uning filiallari, Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasining rektorlari, prorektorlari, dekanlari, konsertmeysterlari va professor-oʻqituvchilari, R. Glier va V. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi, Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk, Respublika musiqa va sanʼat kolleji, Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktorlari, direktor oʻrinbosarlari, oʻqituvchi va konsertmeysterlari tarkibi”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 12-apreldagi 68-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2010-y., 14-15-son, 109-modda) bilan tasdiqlangan Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib koʻrish tartibi va shartlari toʻgʻrisidagi nizomning 51-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“51. Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini kirib koʻrish uchun har yilning 2 — 8-sentabr kunlari oʻtkaziladigan “Muzeylar haftaligi” doirasida hamda har oyning birinchi yakshanbasi “ochiq eshiklar kuni” doirasida aholi davlat muzeylariga bepul kiritiladi”.
3. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 32-son, 398-modda) bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarining 6-bandiga quyidagi mazmundagi ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilar qoʻshilsin:
“Koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan oʻtkaziladigan tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir oʻtkazish uchun ruxsatnoma va ruxsat berish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni olish talab etilmaydi, bunda tadbir tashkilotchilari uni oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisida ichki ishlar organlarini kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qiladi.
Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan oʻtkaziladigan tomosha tadbirlarida jamoat tartibi va yongʻin xavfsizligini toʻlov undirilmagan holda taʼminlaydi.
Davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bogʻlari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda koʻchma sirklar (shapito, dorbozlar guruhlari) tomonidan tomosha tadbirlari oʻtkazish uchun ijara toʻlovi va boshqa turdagi toʻlovlar undirilmaydi”.
4. Vazirlar Mahkamasining “Konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 9-dekabrdagi 354-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2015-y., 49-son, 613-modda) quyidagi mazmundagi 61-band qoʻshilsin:
“61. Davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi konsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda toʻliq jonli ijro asosida oʻtkazilgan konsert dasturlari uchun ijara toʻlovidan 50 foiz chegirma beriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-sentabrdagi 558-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 09/21/558/0854-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi PQ-112-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son)
7. Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2027-yillarda davlat muzeylari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 11-dekabrdagi 975-son qarori 7-bandidagi “Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi xizmati” soʻzlari “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)
9. Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2018-yil, 25-son, 500-modda):
a) 1-ilovaning “Izoh” qismiga “Oʻzbek Milliy akademik drama teatri” soʻzlaridan keyin “Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatri” soʻzlari qoʻshilsin;
b) 2-ilovaning “Izoh” qismiga “Oʻzbek Milliy akademik drama teatri” soʻzlaridan keyin “Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatri” soʻzlari qoʻshilsin;
v) 4-ilovaning “Izoh” qismiga “Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasi ijodiy jamoalari” soʻzlaridan keyin “Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor” davlat raqs ansambli” soʻzlari qoʻshilsin.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2018-yil 25-iyundagi 474-son qarorida:
a) 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi tarkibi)ning 12-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
| “ | |||
| 12. | Lavozimiga koʻra | — | Madaniy meros departamentining Milliy muzey fondi va madaniy boyliklarni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi, Badiiy ekspertlar kengashining masʼul kotibi |
| ”; |
b) 2-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertlar kengashi toʻgʻrisida nizom)ning 10-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Muzeylar va kutubxonalarni rivojlantirish boshqarmasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti” soʻzlari bilan almashtirilsin.
11. Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlarning faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2019-yil 9-yanvardagi 9-son qarorida:
a) 2-bandning uchinchi xatboshisi va 2-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
b) 1-ilova (Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan sanʼat va madaniyat maktablari hamda maktab-internatlar toʻgʻrisida nizom)ning 18-bandi “a” kichik bandida:
oltinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“5-sinfdan (Respublika xoreografiyaga ixtisoslashtirilgan maktab-internatiga)”.
12. Vazirlar Mahkamasining “Madaniyat markazlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 30-martdagi 263-son qarorining 8-bandidagi “Markazlashgan investitsiyalar hisobidan moliyalashtiriluvchi obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi xizmati” soʻzlari “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamenti faoliyatini tashkil etish hamda moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga oid ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 30-martdagi 265-son qarorining 4-bandi “v” kichik bandidagi “Obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha buyurtmachi xizmati” soʻzlari “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
14. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatining “Toshkent shahar” boʻlimida:
a) 301-pozitsiyaning “Obyekt toʻliq nomi” ustunidagi “Estrada va sirk kolleji” soʻzlari “Karim Zaripov nomidagi Respublika estrada va sirk kolleji” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 311-pozitsiyaning “Obyekt toʻliq nomi” ustunidagi “Respublika qoʻgʻirchoq teatri” soʻzlari “Oʻzbek Milliy qoʻgʻirchoq teatri” soʻzlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-maydagi 385-son qarori bilan tasdiqlangan Ommaviy ijroga moʻljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlar yaratganligi uchun mualliflik haqini toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 4-bandidagi “Repertuar-tahririyat shuʼbasi” soʻzlari “Teatr va sirk sanʼatini rivojlantirish boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
16. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish va ularni boshqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 6-bandidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Madaniyat vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.01.2021-y., 09/21/7/0005-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.09.2021-y., 09/21/558/0854-son; 03.02.2022-y., 07/22/112/0099-son; 07.05.2024-y., 09/24/266/0329-son)