Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING EKSPERTIZA XIZMATINI RIVOJLANTIRISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 14-noyabrdagi 321-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Sud ekspertizasi sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ilmiy darajasini va asoslanganligini oshirish, mustaqil ekspertiza xizmatini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. X. Sulaymonova nomidagi Toshkent sud ekspertizasi ilmiy-tadqiqot instituti Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining X. Sulaymonova nomidagi respublika ilmiy-tadqiqot kriminalistika markaziga aylantirilsin. Markazga sud ekspertizasi masalalari boʻyicha ilmiy-uslubiy va muvofiqlashtiruvchi organ vazifasi yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 15-dekabrdagi 299-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2010-y., 50-son, 474-modda)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
umumiy foydalanishdagi avtoxoʻjaliklardan xizmat yengil avtomashinalari yollash uchun zarur mablagʻlar ajratsin;
1996-yil budjeti loyihasida, tuzilgan kontraktlarni hisobga olgan holda, zamonaviy darajada ekspertizalar oʻtkazish va ilmiy tadqiqotlarni bajarish maqsadida maxsus asbob-anjomlar sotib olish uchun kriminalistika markaziga valyuta mablagʻlari ajratishni nazarda tutsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Kriminalistika markazi xodimlari mehnatga haq toʻlash sharoitlari boʻyicha ilovaga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xodimlariga tenglashtirilsin. Markazda ishlaydigan ekspertlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qaroriga 4-ilovaga muvofiq Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan uzoq yil ishlaganlik uchun lavozim maoshiga qoʻshimcha haq toʻlash tatbiq etilsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-apreldagi 197-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2003-y., 7-8-son, 66-modda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yuridik boʻlimiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 22-iyun,
234-son
Respublika kriminalistika markazi xodimlarining tarif razryadlari va stavka (oklad)lari
|
Lavozim nomi |
Tarif razryadi |
1995-yil 1-martdan tarif stavkasi |
| Markaz boshligʻi | 21 | 1119 |
| Markaz boshligʻining oʻrinbosari | 20 | 1053 |
| Laboratoriya, boʻlim, viloyatlararo filial (boʻlim) mudiri, ilmiy kotib | 17 | 888 |
| Bosh mutaxassis | 16 | 840 |
| Etakchi mutaxassis, katta ilmiy xodim (fan doktori yoki fan nomzodi) | 15 | 798 |
| 1-toifali mutaxassis, ilmiy darajaga ega boʻlmagan katta ilmiy xodim | 14 | 762 |
| 2-toifali mutaxassis, ilmiy xodim | 13 | 726 |
| Toifasiz mutaxassis, kichik ilmiy xodim | 12 | 696 |
| Bosh buxgalter | 14 | 762 |
| Kassir | 6 | 534 |
| Kadrlar boʻlimining katta inspektori | 8 | 582 |
| Kanselyariya mudiri | 8 | 582 |
| Kutubxona mudiri | 8 | 582 |
| Oliy maʼlumotli katta laborant, katta inspektor | 9 | 609 |
| Oliy maʼlumotsiz katta laborant, inspektor | 7 | 558 |
| Ekspeditor | 3 | 480 |
| Arxivarius | 3 | 480 |
| Injener | 6 | 534 |
| Suratga olish laboratoriyasi mudiri | 10 | 636 |
| Suratxona laboranti | 4 | 495 |
| Mashinistka (toifasiz mutaxassis) | 3 | 480 |