Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.05.1996 19.06.1993 yildagi 297-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 17.05.1996
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
RESPUBLIKA ILMIY-TADQIQOT, LOYIHA VA KONSTRUKTORLIK TAShKILOTLARINING XODIMLARNI YoLLAShNING KONTRAKT TIZIMIGA OʻTIShI TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 17-maydagi 179-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikaning ilmiy-tadqiqot imkoniyatidan samarali foydalanish, ilmiy, loyiha konstruktorlik tashkilotlari xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish, ilmiy tadqiqotlarning sifati va samaraliligi uchun ularning masʼuliyatini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.Quyidagilar tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlarida xodimlarni yollashning kontrakt tizimi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlarining xodimlarni yollashning kontrakt tizimiga oʻtishi tartibi 2-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlarida ilmiy xodimlar lavozimlarini egallash boʻyicha tanlovlar oʻtkazish tartibi 3-ilovaga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Respublikaning koʻrsatib oʻtilgan muassasalarida barcha toifalardagi xodimlarni yollashning kontrakt tizimi joriy qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt tizimiga oʻtish 1993-1994-yillar mobaynida amalga oshirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansubligidan qatʼiy nazar, ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlarining xodimlarni yollashning kontrakt tizimiga oʻtishi jadvalini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muassasalar va tashkilotlar tomonidan ilmiy-texnika sohasi xodimlarining huquqlarini eʼtiborga olmaslikka va kamsitishga yoʻl qoʻyilmagan holda yollashning kontrakt shakliga oʻtish toʻgʻrisidagi nizomga va tartibga qatʼiy rioya qilinishini nazorat etishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralar bir oy muddatda tarmoq normativ hujjatlarini ushbu qaror bilan tasdiqlangan nizomga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari oʻrtoq M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 19-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 19-iyundagi 297-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlarida xodimlarni yollashning kontrakt tizimi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, ilmiy-tadqiqot, loyiha, konstruktorlik tashkilotlari va muassasalarining (bundan keyin matnda ilmiy tashkilotlar deb yuritiladi) barcha toifadagi xodimlariga, shuningdek oliy oʻquv yurtlarining ana shunday boʻlinmalari xodimlariga nisbatan joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kontrakt tizimi respublikaning ilmiy imkoniyatidan samarali foydalanish, ilmiy tashkilotlar xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaraliligi uchun ularning masʼuliyatini oshirish maqsadida joriy qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom doirasida mehnat jarayonlari, sharoitlari va natijalari boʻyicha ilmiy tashkilot bilan yollanayotgan xodim oʻrtasida yozma ravishda tuzilgan mehnat shartnomasi kontrakt hisoblanadi. Ilmiy xodimlarni yollashda va xodimlarni ilmiy xodim lavozimlaridan boshqa lavozimlarga yollashda tuziladigan kontrakt namunalari ilova qilinadi (1 va 2-shakllar)*.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*1-2 -ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu Nizom ilmiy tashkilotlardagi kontraktlar tushunchasini, ularning tomonlarini va shartlarini aniqlab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kontrakt ishga yollash va mehnat natijalaridan foydalanish boʻyicha uni tuzuvchi tomonlar uchun oʻzaro foydali shartlarda shartnoma tuzish imkoniyatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ilmiy lavozimlarni (kichik ilmiy xodim va ilmiy xodim lavozimlari bundan mustasno) egallash uchun ilmiy xodimlarning tanlov ishlari ular bilan kontrakt tuzishning zaruriy sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish zaruriyati taqozo etgan hollarda davomli kasalligi, uzoq muddatli xizmat safari, mehnat taʼtili va boshqa sabablar tufayli vaqtincha ishlamayotgan, lavozimlari qonuniy asosda saqlanib qoladigan xodimlarning vazifasini bajarib turish uchun ishlamayotgan xodimning vazifasi vaqtincha bajarib turiladigan davrga tanlov oʻtkazilmasdan kontrakt tuzishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Kontrakt, odatda, muayyan muddatga (koʻpi bilan 5 yilga) yoki muayyan ishni bajarish muddatiga (ilmiy dasturni, loyihani, xoʻjalik shartnomasi boʻyicha ishlarni va boshqalarni bajarish davriga) tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Kontrakt tomonlarning kelishuvi bilan belgilangan kundan boshlab lavozimga tayinlash haqida buyruq chiqarilishi uchun asos boʻladi va kontrakt imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Kontrakt yozma shaklda tuziladi va uni tomonlar imzolaydi. Kontrakt matni ikki nusxada — har qaysi tomon uchun bittadan tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Kontraktda uni tuzish, shuningdek, bekor qilish shartlari, uning amal qilish muddati, tomonlarning huquqi, vazifalari va masʼuliyati, mehnatga haq toʻlash va uni tashkil etish shartlari, ijtimoiy-maishiy hamda tomonlar zarur deb hisoblaydigan boshqa shart-sharoitlar aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Kontrakt tuzuvchi tomonlar shundan kelib chiqishlari kerakki, maʼmuriyat xodimdan kontraktda koʻzda tutilmagan vazifalarni (ishlarni) bajarishni talab qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Kontrakt tuzuvchi xodimga fan sohasi xodimlari uchun amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan imtiyozlar va kafolatlar, huquq va vazifalar toʻliq joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Kontrakt boʻyicha ishga qabul qilinadigan xodimning ish haqi Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlarida mazkur lavozim uchun koʻzda tutilgan lavozim maoshi miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontraktda ish haqi miqdorlarini oshirish yoki kamaytirish, qoʻshimcha haq va mukofotlar belgilash shartlari belgilab qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Kontrakt tuzishda tomonlar amaldagi qonun hujjatlarida belgilanmagan qoʻshimcha imtiyozlarni (foyda hisobiga toʻlovlarni, har yilgi mehnat taʼtili vaqtida moddiy yordam koʻrsatishni, kontrakt xodimga oraliq boʻlmagan sabablar bilan, shu jumladan, yosh yoki kasallik boʻyicha pensiyaga chiqish munosabati bilan toʻxtatilgan taqdirda pul kompensatsiyalari toʻlashni nazarda tutishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tomonlarning kelishuvi boʻyicha kontraktda ish vaqti va dam olish tartibi belgilanishi mumkin. Bunda har yilgi mehnat taʼtilining qonunda belgilangan muddati kamaytirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Kontrakt boʻyicha ishlash natijalari umuman yoki uning alohida bosqichlari boʻyicha ilmiy kengash yoki uning qaroriga binoan tuzilgan ekspert komissiyasi tomonidan ilmiy ekspertizadan oʻtkaziladi. Ekspertizani oʻtkazish tartibi, muddatlari, ekspert komissiyasining tarkibi ilmiy kengash tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontraktda qilingan ishlar toʻgʻrisida xodimlar tomonidan hisobotlar topshirish muddatlari, tartibi va shakli belgilab qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Kontraktning shartlari (mazmuni) tomonlarning faqat yozma kelishuvlariga binoan oʻzgartirilishi yoki toʻldirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Kontrakt mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ham, kontraktda nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ham muddatidan oldin bekor qilinishi yoki toʻxtatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt unda belgilangan shartlar boʻyicha bekor qilingan taqdirda xodimni ishdan boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar kodeksi 36-moddasining 1-bandi boʻyicha amalga oshiriladi (tomonlarning kelishuvi boʻyicha).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Kontraktning amal qilishi toʻxtagandan keyin tomonlarning kelishuvi boʻyicha, ilgarigi shartlar asosida uning muddati uzaytirilishi yoki u yangi shartlar asosida yangi muddatga qayta tuzilishi mumkin. Kontrakt muddatining tugashi, agar uning muddati uzaytirilmagan yoki u qayta tuzilmagan boʻlsa, xodimni Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar kodeksi 36-moddasining 2-bandi boʻyicha ishdan boʻshatish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Agar kontrakt muddati tugagan boʻlsa va tomonlardan birontasi ham mehnat munosabatlarining toʻxtatilishini talab qilmasa, bunday holda kontrakt ilgarigi shartlar boʻyicha bir yilga yoki kontraktda nazarda tutilgan boshqa muddatga uzaytirilgan hisoblanadi. Ushbu muddat tugagach kontrakt Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar kodeksi 36-moddasining 2-bandiga asosan uzaytirilishi, qayta tuzilishi yoki toʻxtatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Yollashning kontrakt shakli joriy etilishi ilmiy muassasalar xodimlarni attestatsiyadan oʻtkazishning ilgari belgilangan tartibini bekor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tomonlar oʻrtasidagi mehnat nizolari Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 19-iyundagi 297-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlarining xodimlarni yollashning kontrakt tizimiga oʻtishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy tashkilotlarning xodimlarni yollashning kontrakt tizimiga oʻtishi tartibi ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlarida xodimlarni yollashning kontrakt tizimi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq quyidagi izchillikda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilmiy tashkilotning rahbari yollashning kontrakt tizimiga oʻtish jadvaliga muvofiq uni amalga kiritish toʻgʻrisida buyruq chiqaradi va ikki oydan iborat boʻlgan tayyorgarlik koʻrish davrini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tayyorgarlik koʻrish davrida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashkilot xodimlari bilan kontraktlar tuzish, xodimlarni yollashning kontrakt tizimi toʻgʻrisidagi nizom bilan tanishtirish yuzasidan tushuntirish ishlari olib boriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot ishlarining mavzui, ularni bajarish bosqichlari va muddatlari, mavzular boʻyicha mablagʻ bilan taʼminlash manbalari, rejalashtirilayotgan mehnatga haq toʻlash fondi aniqlanadi, qoʻshimcha ishlarni bajarganlik ular sifatining yuqoriligi va boshqalar uchun qoʻshimcha haq toʻlash maqsadida mehnatga haq toʻlash fondining zaxiralari belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “1993-yil 1-yanvardan boshlab mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida” 1992-yil 26-dekabragi 590-son qaroriga koʻra yagona tarif setkasi asosida shtat jadvali va eng kam lavozim maoshlari aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kontrakt tuzishdan oldin ilmiy xodimlar tanlov asosida tanlanadi. Tanlov ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlarida ilmiy xodimlarning lavozimlarni egallash boʻyicha tanlovlarni oʻtkazishning tasdiqlangan tartibiga binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tegishli lavozimga ilgari qabul qilingan (tanlov boʻyicha oʻtgan) xodimlarning kontrakt tizimiga oʻtishiga mehnatning asosiy sharoitlarini oʻzgartirish sifatida qaraladi va u Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat toʻgʻrisidagi qonunlar kodeksining 32-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilgan xodimlar kontrakt tizimiga oʻtish toʻgʻrisida kamida ikki oy oldin shaxsan imzo chektirgan holda xabardor qilinadilar. Ushbu muddat tugagandan keyingina tanlovlar oʻtkazishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 19-iyundagi 297-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilmiy-tadqiqot, loyiha va konstruktorlik tashkilotlarida ilmiy xodimlar lavozimlarini egallash boʻyicha tanlovlar oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ilmiy xodimlar lavozimlarini egallash tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlovdan oʻtish laboratoriya mudiri, shuʼba mudiri, bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, katta ilmiy xodim lavozimlarini egallash uchun ilmiy xodimlar bilan kontraktlar tuzishning dastlabki zaruriy sharti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Bosh va yetakchi ilmiy xodimlar lavozimlarini egallashda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasining akademiklari va muxbir aʼzolari bilan (ularning koʻrsatilgan lavozimlarga nechanchi marta qabul qilinayotganlaridan qatʼiy nazar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik ilmiy xodim va ilmiy xodim lavozimlarini egallashda tanlovdan oʻtmasdan kontraktlar tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ilmiy-tadqiqot, loyiha yoki konstruktorlik tashkiloti (bundan keyin ilmiy tashkilot deb yuritiladi) rahbarining qaroriga koʻra ilmiy xodimlarni oʻrindoshlik boʻyicha ishga qabul qilish tanlov oʻtkazilmasdan Kontrakt asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tanlovda quyidagilar ishtirok etishlari mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh va yetakchi ilmiy xodimlar lavozimlarini egallash uchun — fan doktori ilmiy darajasi boʻlgan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy boʻlimlar, laboratoriyalar, shuʼbalar mudirlari, katta ilmiy xodimlar lavozimlarini egallash uchun — odatda, fan doktori ilmiy darajasi boʻlgan, kamdan-kam hollarda — fan nomzodi ilmiy darajasi boʻlgan shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ilmiy tashkilot tanlov haqida uning oʻtkazilishidan kechi bilan bir oy oldin vaqtli matbuot orqali manfaatdor muassasalar, idoralar, oʻquv yurtlari va boshqalarga xabar berish yoʻli bilan eʼlon qiladi, bunda lavozim, talab qilinadigan ixtisos va malaka, hujjatlarni topshirish muddatlari va boshqa talablar koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tanlovga qatnashishni xohlovchi shaxs ilmiy tashkilot rahbari nomiga ariza beradi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi; kadrlarni hisobga olish boʻyicha shaxsiy varaqa, oliy maʼlumot, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar toʻgʻrisidagi diplomlarning nusxalari, ilmiy asarlar va ixtirolarning roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tashkilotda tanlovda ishtirok etadigan xodimning shaxsiy hujjatlar jildi boʻlsa, u holda arizaga faqat ilmiy asarlar va ixtirolar roʻyxati ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlovda ishtirok etadigan shaxslar ilmiy tashkilot yoki alohida nufuzli mutaxassis tomonidan oʻzlarining ilmiy faoliyati toʻgʻrisida berilgan taqrizni taqdim etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ilmiy tashkilot tanlov qatnashchilarining roʻyxatini ilmiy kengash majlisidan 10 kun oldin eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ilmiy tashkilotning ilmiy kengashi tanlov eʼlon qilingan lavozimni egallash uchun nomzodni yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yashirin ovoz berishni oʻtkazish uchun ilmiy kengash hisoblash komissiyasini saylaydi. Mazkur lavozimga tanlovda qatnashuvchi barcha shaxslar yashirin ovoz berish uchun bitta byulletenga kiritiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengashning tanlov natijalari toʻgʻrisidagi qarori ovoz berishda kengash aʼzolarining uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ovoz berish “roziman” yoki “rozi emasman” soʻzini oʻchirish bilan ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng koʻp ovoz olgan va ovoz berishda qatnashgan kengash aʼzolarining yarmidan koʻpi uning uchun ovoz bergan nomzod saylangan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tanlovda qatnashgan nomzodlardan birontasi ham koʻrsatilgan miqdorda ovoz olmagan taqdirda tanlov oʻtkazilmagan hisoblanadi. Ovozlar soni teng boʻlib qolgan hollarda ilmiy kengash raisining qaroriga binoan ovoz berish takroran oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisoblash komissiyasining bayonnomasi ilmiy kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tanlovda qatnashishga qoʻyilgan shaxslar oʻzlarining nomzodlari muhokama qilinayotganda ilmiy kengash majlisida qatnashish, savollarga javob qaytarish va zarur tushuntirishlar berish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Agar tanlovga qoʻyilgan shaxs kengash aʼzosi boʻlsa, u ovoz berishda qatnashmaydi va kvorumni aniqlashda hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ilmiy xodimlarni tanlov boʻyicha saylash oʻtkazilayotgan ilmiy kengash majlisida bayonnoma yuritiladi.