Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2001 17.06.1993 yildagi 293-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2001
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
AUDITORLAR VA AUDITORLIK FIRMALARINI DAVLAT ROʻYXATIGA OLISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-son “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan auditorlarni va auditorlik firmalarini davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan auditorlar va auditorlik firmalari, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, 1993-yil 1-avgustgacha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtmagan auditorlar va auditorlik firmalarining faoliyati noqonuniy hisoblanadi, ularning olgan foydasi esa respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari tuman va shahar hokimliklari zimmasiga faoliyat koʻrsatayotgan barcha auditorlik firmalarining belgilangan muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtishini taʼminlash vazifasini yuklasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi auditorlik firmalari oʻz taʼsis hujjatlarining ularning faoliyat maqsadi va vazifalariga tegishli boʻlgan qismiga rioya etishlarini muntazam ravishda nazorat qilib borishni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 17-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 17-iyundagi
293-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorlarni va auditorlik firmalarini davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga muvofiq auditorlarni va auditorlik firmalarini davlat roʻyxatiga olish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Auditorlar va auditorlik firmalarini davlat roʻyxatiga olish uchun ular quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditor va auditorlik firmasini davlat roʻyxatiga olish haqida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditorlik firmalari tomonidan — taʼsischilarning ularni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomasining notarius tasdiqlangan nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditor yoki auditorlik firmasining muassis (muassislar) tomonidan tasdiqlangan ustavining notarius tasdiqlagan nusxasi, emblemasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tashkil etiladigan auditorlik firmalari uchun — ularda binolar va zarur asbob-uskunalar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditor va auditorlik firmalarining auditni amalga oshiruvchi xodimlari uchun — auditorlik faoliyati bilan shugʻullanish uchun maxsus maʼlumotga ega ekanlikni tasdiqlovchi hujjatlarning nusxalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
auditor yoki auditorlik firmasini roʻyxatdan oʻtkazish uchun yigʻimlar toʻlanganligini tasdiqlovchi bank toʻlov hujjati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Auditorlarni yoki auditorlik firmalarini roʻyxatga olish uchun toʻrtta eng kam ish haqi miqdorida yigʻim olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan mablagʻlarning 20 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan schyotiga, qolgan qismi respublika budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼsis shartnomasi yoki ustavi oʻzgartirilganda va ularga qoʻshimcha qoʻshilganda, shuningdek, auditorlik firmasi qayta tashkil qilinganda u qayta roʻyxatga olinadi, buning uchun roʻyxatga olishda toʻlangan summaning yarmi miqdorida yigʻim toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Auditorlarni va auditorlik firmalarini davlat roʻyxatiga olish shu haqdagi barcha zarur hujjatlar ilova qilingan holda ariza olingan kundan boshlab kechi bilan 30 kun mobaynida amalga oshiriladi. Auditorlarni yoki auditorlik firmasini davlat roʻyxatiga olish belgilangan muddatda amalga oshirilmaganda yoxud roʻyxatga olish muassis asossiz deb hisoblaydigan sabablar bilan rad etilganda ular sudga murojaat qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditorning va auditorlik firmalarining davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan auditorlar va auditorlik firmalarining Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuritiladigan Yagona davlat reyestriga 10 kun muddat ichida yozib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Roʻyxatga olingan auditorga yoki auditorlik firmasiga davlat roʻyxatiga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Faoliyat koʻrsatayotgan auditorni yoki auditorlik firmasini davlat roʻyxatiga olish rad etilgan taqdirda roʻyxatga oluvchi organ, bu haqida mablagʻ bilan taʼminlovchi bankka hisob-kitob operatsiyalarini toʻxtatish uchun xabar qiladi. Auditorlik firmalarini tugatish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Auditor yoki auditorlik firmasi amaldagi qonunchilikni muntazam ravishda buzgan va oʻzining taʼsis shartnomasi yoki ustavida belgilangan vakolatlaridan chetga chiqqan taqdirda roʻyxatga olgan organ ularni tugatish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga daʼvo bilan murojaat qilishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatuvchi auditorlar yoki auditorlik firmalari qayta tashkil etilgan yoki ularning tuzilmasida, shuningdek, faoliyat turida oʻzgarishlar boʻlgan hollarda, qayta roʻyxatga olishni oʻtkazish uchun, bu haqda oʻzlarini roʻyxatga olgan organga bir hafta muddatda xabar qiladilar.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Auditor va auditorlik firmasi vakolatli davlat organlarini oʻzining pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida oʻn kun muddatda xabardor qilishga majburdir. Vakolatli davlat organlarini pochta manzili oʻzgarganligi toʻgʻrisida xabardor qilmaganlik uchun auditor yoki auditorlik firmasining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin bir yil oʻtgach auditorlik firmasi roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga taʼsis hujjatlarida maʼlum qilingan ustav jamgʻarmasini shakllantirish tugallanganligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishga majburdir. Ustav jamgʻarmasi shakllantirilmagan, biroq belgilangan eng kam miqdordan kam boʻlmagan, amalda shakllantirilgan miqdorgacha kamaytirilmagan yoki boshqacha tashkiliy-huquqiy shakllarga oʻzgartirilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ korxonalarni tugatish boʻyicha maxsus komissiyaga auditorlik firmasining bundan buyon faoliyat koʻrsatishining maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun taqdimnoma kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Auditor yoki auditorlik firmasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi, pochta manzili oʻzgarganligi, qayta tashkil etilganligi yoki faoliyat turlari oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Korxona va tashkilotlarning yagona davlat registriga kiritish uchun oʻn kun muddatda statistika organlariga xabar qilinadi.
(qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-sentabrdagi 427-son qaroriga muvofiq 8, 9-bandlar bilan toʻldirilgan)