Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.1997 14.06.1993 yildagi 284-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.1997
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NARXLARNI BOShQARISh JAMGʻARMASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 22-iyuldagi 368-son “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan birgalikda budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” maxsus schyotiga mablagʻlar oʻtkazish tartibini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi mablagʻlaridan belgilangan maqsadga qatʼiy muvofiq holda foydalanilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 14-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 14-iyundagi 284-son qarori bilan
TASDIQLANGAN

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga monopoliyaga qarshi siyosatni olib borish boʻyicha vazifalarni yuklash toʻgʻrisida” 1993-yil 6-fevraldagi 63-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 30-martdagi 160-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining bozor munosabatlariga oʻtishi munosabati bilan ishlab chiqilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizom Narxlarni boshqarish jamgʻarmasining maqsadi va vazifalarini belgilaydi, uni shakllantirish, undan foydalanish tartibini nazarda tutadi. Nizomni bajarish barcha korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va boshqa yuridik shaxslar (kimga boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼi nazar), shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahsulotlar, tovarlar tayyorlaydigan va sotadigan ish va xizmatlarni amalga oshiradigan (yuridik shaxs sifatida shakllanmagan) tadbirkorlar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi aholini xoʻjalik yurituvchi subyektlar — monopolistlar mahsulotlari narxlarining asossiz oshishidan ijtimoiy himoya qilish va pulning qadrsizlanishi jarayonlarini yumshatish maqsadida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Narxlarni boshqarish jamgʻarmasining maqsadi va vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholini narxlarning oshishidan, pulning qadrsizlanishi jarayonlaridan quyidagi vositalar bilan zaruriy ravishda himoya qilishni taʼminlash Narxlarni boshqarish jamgʻarmasining asosiy maqsadi va vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar ulgurji, sotish narxlari va tariflarining oʻsishini toʻxtatib turish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va bir qancha eng zarur tovarlarning chakana narxlarini tartibga solish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
monopolist korxonalar mahsulotlari narxlarining uzluksiz oshishini toʻxtatuvchi va mahsulot tayyorlovchilarning monopolistik xatti-harakatlaridan isteʼmolchilar manfaatlarini himoya qiluvchi chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi schyotida respublika oldida turgan ijtimoiy va ishlab chiqarish vazifalarini hal etish uchun yetarli boʻlgan mablagʻlarni shakllantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
narsalarni pasaytirish uchun iqtisodiy shart-sharoitlar yaratish, davlat budjeti bilan bir qatorda, xalq xoʻjaligining koʻp sarmoya talab qiladigan tarmoqlariga investitsiyalarni oshirish, shuningdek, sotiladigan mahsulotlar hajmini koʻpaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Narxlarni boshqarish jamgʻarmasini shakllantirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi monopoliyaga qarshi va narx siyosati boʻyicha respublikada amalda boʻlgan qonunchilik va normativ hujjatlarga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarga iqtisodiy sanksiyalar qoʻllash va jarimalar solishdan tushadigan mablagʻlardan shakllanadi. Shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya qilmaganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilab qoʻyilgan va boshqariladigan narx va tariflar darajasini koʻtarganlik, shuningdek, rentabellikning belgilangan darajasini oshirganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlar, xalq isteʼmol mollari va xizmatlarning shartnomaviy (erkin) narxlari va tariflarini shakllantirish hamda ularni qoʻllanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga rioya qilmaganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy ovqatlanish, aholiga maishiy, kommunal xizmat koʻrsatish korxonalarining xizmat koʻrsatish darajasi ushbu narxlar va tariflar belgilangan vaqtda qabul qilingan tavsifnomalarga muvofiq kelmaydigan boshqariladigan narxlarni, ustama narxlarni, tariflarni qoʻllaganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlar qiymatiga amalda bajarilmagan ishlarni yoki ushbu xizmatlar narxida hisobga olingan hajmda toʻliq bajarilmagan ishlarni qoʻshganlik, shuningdek, toʻliq butlanmagan mahsulotni yetkazib berganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot yetkazib beruvchi korxona tomonidan isteʼmolchilardan sotilgan (koʻrsatilgan) mahsulotlar (xizmatlar) qiymatidan ortiqcha mablagʻlar olinganligi uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konstruktiv yoki texnologik kamchiliklari tufayli oʻzaro kelishilgan vaqtda qabul qilingan isteʼmol xossalari taʼminlanmagan (standartlash organlarining xulosasi mavjud boʻlganda) mahsulotlar narxini oshirganlik uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oziq-ovqat mollari ishlab chiqaradigan oziq-ovqat sanoati, umumiy ovqatlanish tarmoqlari korxonalari tomonidan Narxlarni boshqarish jamgʻarmasining budjetdan tashqari maxsus schyotiga xomashyoni (komponentlarni) almashtirgan holda, shuningdek, standartlardan, texnikaviy shartlardan va retsepturalardan chekinilgan holda mahsulot ishlab chiqarishdan olingan tejam summasini oʻtkazmaganlik uchun iqtisodiy sanksiyalar qoʻllash va jarimalar solishdan tushadigan mablagʻlardan shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narx intizomini va monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzish natijasida noqonuniy olingan tushum (daromad) summasining hammasi Narxlarni boshqarish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi (Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ijtimoiy rivojlanish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladigan 15 foiz bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasiga tushgan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari maxsus schyotida jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlarning Narxlarni boshqarish jamgʻarmasiga toʻliq, toʻgʻri va oʻz vaqtida oʻtkazilganligini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Narxlarni boshqarish jamgʻarmasidan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasidan dotatsiya orqali uy-joy-kommunal xoʻjaligida, davlat tomonidan boshqariladigan narxlar boʻyicha aholiga koʻrsatiladigan transport xizmatlarida, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining, asosiy turlarini yetishtirishda, ijtimoiy jihatdan muhim boʻlgan xalq isteʼmol mollari va ishlab chiqarishda va xizmatlar koʻrsatishda (Hukumat ular boʻyicha narx va tariflarni nisbatan past darajada tutib turadi), mablagʻlarning toʻplanishiga qarab — koʻp sarmoya talab qiladigan tarmoqlardagi investitsiyalarda hamda respublika Hukumati tomonidan belgilanadigan boshqa maqsadlarda foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatilgan maqsadlarga mablagʻlar ajratish toʻgʻrisidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilinadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 1993-y., 6-son, 23-modda)