Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019 07.06.1993 yildagi 271-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.02.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQARO AVIATSIYASI XALQARO TAShKILOTI IShLARI BO‘YIChA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT KOMISSIYASI TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risida” Chikago (1944-y), konvensiyasiga haqiqatdan ham qo‘shilganligini hamda uning Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashtirilgan organi — Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO)ga 1992-yil 12-noyabrdan boshlab to‘la huquqli a’zo etib qabul qilinganini hisobga olib, Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining maqomi va fuqaro aviatsiyasi masalalari bo‘yicha xalqaro huquqning yuridik jihatlari vakillik organlarining IKAO bilan davlat darajasida o‘zaro hamkorlik qilishini nazarda tutishini e’tiborga olib, uning jahon hamjamiyatidagi ahamiyatini, shuningdek, hal etiladigan masalalar ko‘lamining kengligini hisobga olib hamda fuqaro aviatsiyasi sohasida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining ilova qilinayotgan Nizomi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining raisi etib Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tayinlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi ishlar, Tashqi iqtisodiy aloqalar, Mudofaa, Makroiqtisodiyot va statistika, Ichki ishlar, Adliya, Moliya, Sog‘liqni saqlash vazirlarining o‘rinbosarlari; Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo‘mitasi raislarining o‘rinbosarlari; “Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi” davlat-aksiyadorlik jamiyati bosh direktori; Gidrometeorologiya xizmati markazining bosh direktori, “O‘zaeronavigatsiya” direktori; Vazirlar Mahkamasining Kommunikatsiyalar kompleksi kotibiyati mudiri; O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bosh direktorining o‘rinbosari — lavozimlariga ko‘ra va ko‘rsatib o‘tilgan boshqaruv organlari rahbarlarining tavsiyasiga binoan Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasining a’zolari etib belgilansinlar;
(qaror 3-bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 14-apreldagi 183-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 15-son, 179-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi o‘z valyuta mablag‘lari hisobidan har yilgi badalning, fuqaro tashkilotlariga o‘tkazilishini ta’minlasin.
(qaror 4-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-avgustdagi 349-son qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(qaror 5-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-avgustdagi 349-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasiga unga yuklatilgan vazifalarni hal etishda yordam ko‘rsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 7-iyundagi 271-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti (IKAO) ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat komissiyasi (keyingi o‘rinlarda matnda komissiya deb yuritiladi) Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi huzurida tuzilgani hamda xalqaro fuqaro aviatsiyasi va respublika havo bo‘shlig‘idan foydalanish masalalari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan idoralararo organ hisoblanadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-avgustdagi 349-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Komissiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotining normativ hujjatlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob berib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Komissiya Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti va respublikada havo bo‘shlig‘idan foydalanish masalalari bo‘yicha to‘la huquqli davlat organi hisoblanadi, uning qarorlarini bajarish barcha vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar va boshqalar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Komissiya O‘zbekiston Respublikasi Gerbi tasvirlangan hamda o‘z nomi o‘zbek va ingliz tillarida yozilgan muhrga, bosma ish qog‘ozlariga ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xalqaro Fuqaro aviatsiyasi va havo bo‘shlig‘idan foydalanish sohasidagi muvofiqlashtirish va tartibga solish masalalari bo‘yicha joriy kundalik ishlarni yuritish, komissiya ishlari uchun materiallarni ishlab chiqish va tayyorlash uchun Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat inspeksiyasi huzurida Komissiyaning ishchi organi — kotibiyat tuziladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 14-avgustdagi 349-son qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Komissiya raisi tuzilmani, shtat jadvalini va kotibiyatni mablag‘ bilan ta’minlash xarajatlari smetasini tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Komissiya tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Komissiya a’zolari vazifalarni jamoatchilik asosida bajaradilar. Xodimlari Komissiya tarkibiga kiritilgan vazirliklar, idoralar va davlat boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari bu xodimlarning Komissiya tarkibida ishlashi uchun shart-sharoitlar yaratadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ishini Komissiya raisi, uning o‘rinbosari hamda lavozimi bo‘yicha rais o‘rinbosari hisoblanadigan ijro etuvchi kotib tashkil qiladilar va boshqaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya ishining asosiy shakli yiliga ikki marta o‘tkaziladigan kengashlar hisoblanadi. Kechiktirib bo‘lmaydigan masalalarni hal etish uchun navbatdan tashqari kengash chaqirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Komissiya kengashi unda a’zolarining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda to‘la huquqli hisoblanadi. Qaror qabul qilish uchun Komissiya a’zolarining ko‘pchilik ovozi talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro fuqaro aviatsiyasi, havo bo‘shlig‘ini boshqarish va istiqbolni rejalashtirish sohasidagi uzoq muddatli siyosatni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotida vakillik va IKAO faoliyatining barcha sohalarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el tajribasini o‘rganish va undan foydalanish, xalqaro hamjamiyatda respublikaning rolini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1944-yilgi Chikago konvensiyasidan hamda O‘zbekiston Respublikasi qo‘shilgan fuqaro aviatsiyasi sohasidagi boshqa konvensiyalardan kelib chiqadigan O‘zbekiston Respublikasi huquqlari va majburiyatlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va boshqaruv boshqa organlarining tadbirlarini muvofiqlashtirib borish va ularning bajarilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning 1944-yilgi Chikago konvensiyasidan kelib chiqadigan majburiyatlarini bajarishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi va ular yuzasidan qarorlar qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IKAO faoliyatining asosiy masalalari bo‘yicha respublikaning siyosiy, texnikaviy, iqtisodiy va mudofaa manfaatlarini hisobga olgan holda respublika nuqtai nazari ishlab chiqilishini tashkil qiladi va uni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatning vakolatli organlari bilan birgalikda xalqaro havo yo‘llari to‘g‘risidagi hukumatlararo bitimlarni ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika vakillarining IKAO sessiyalarida, konferensiyalarida va boshqa tadbirlaridagi ishtiroki to‘g‘risida, shuningdek, tayyorgarligi bo‘lgan mutaxassislarni IKAOdagi rasmiy lavozimlarga hamda IKAO kotibiyatida kontraktlar bo‘yicha ishlash uchun yo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada qabul qilingan qoidalar va rasmiy marosimlarning IKAO standartlari va tavsiyalariga muvofiqligini ta’minlashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilg‘or chet el tajribasini respublika Fuqaro aviatsiyasi faoliyati amaliyotiga joriy qilishga doir tadbirlarni tasdiqlaydi, joriy etish natijalarini hisobga oladi va tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika Fuqaro aviatsiyasiga doir statistik ma’lumotlarni, IKAOga berilishi kerak bo‘lgan boshqa axborotlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning IKAO faoliyatidagi ishtirokiga doir tajribani umumlashtiradi va uning samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining IKAOdagi ishtiroki bilan bog‘liq bo‘lgan alohida masalalarni ishlab chiqish uchun Komissiya o‘z tarkibidan kichik komissiyalar, vazirliklar va idoralar mutaxassislaridan esa IKAO faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi qo‘mitalar tuzadi. Kichik komissiyalar va ishchi qo‘mitalarning tarkiblari Komissiya raisi tomonidan tasdiqlanadi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 15-son, 179-modda)