31.12.2020 yildagi 831-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarning ta’sirchanligini hamda maktablar rahbarlari va pedagogik jamoalarning mas’uliyatini yanada oshirish, umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari faoliyatining natijadorligi asosida ularni rag‘batlantirishning shaffof tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 9-son, 231-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vaziri Sh.X. Shermatov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
831-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 831-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagi mazmundagi 21-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“21. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi yakunlangan o‘quv yilida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining oliy ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan 11-sinf bitiruvchilari ro‘yxatini har kalendar yilining IV choragi yakuniga qadar Xalq ta’limi vazirligiga taqdim etib borsin”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qarorga 1-ilova (Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom)da:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog (ular umumiy sonining ko‘pi bilan 50 foizi), psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yo‘li bilan ularni moddiy rag‘batlantirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilangan pedagog xodimlar soni umumta’lim muassasasida faoliyat ko‘rsatayotgan jami pedagog xodimlar umumiy sonining 50 foizidan oshib ketmasligini nazorat qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“o‘quv yili davomida bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilangan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlari faoliyatining natijadorligi bo‘yicha ushbu Nizomga 2, 2a, 2b-ilovalar bilan tasdiqlangan shakllar asosida tizimli ichki monitoring yuritadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“b” kichik bandning birinchi xatboshidagi “o‘qituvchilar” so‘zi “pedagog, psixolog” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 15-bandning birinchi xatboshidagi “ota-onalar qo‘mitasi” so‘zlari “kuzatuv kengashi va o‘quvchilar ota-onalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 16-bandning to‘rtinchi xatboshidagi va 17-banddagi “mukofotlash” so‘zi “xodimlarni mukofotlash” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 25-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25. Umumta’lim muassasasining pedagog xodimlari faoliyati davomida xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarga o‘quvchilarni tayyorlab borish ishlariga munosib hissa qo‘shgan pedagog xodimlarga mazkur Nizomning 21-bandida ko‘rsatilgan ustamalar o‘rniga bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz bo‘lgan ustama haq to‘lanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har oylik bazaviy tarif stavkalariga nisbatan 100 foizlik ustama haq olishga da’vogar pedagog xodimlar ro‘yxati Ishchi guruhning qarori asosida xalqaro baholash tadqiqotlari turkumiga kiruvchi fanlar doirasida shakllantiriladi hamda umumta’lim muassasasi direktori tomonidan tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limiga har yili 1-martga qadar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100 foizlik ustama haq olishga da’vogar pedagog xodimlarning mashg‘ulot olib boradigan fanlari bo‘yicha o‘quvchilarining bilimlari xalqaro baholash dasturlari integratsiya qilingan nazorat materiallari asosida o‘tkaziladigan sinovlar natijalariga ko‘ra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining tashqi monitoring natijalariga ko‘ra, o‘quvchilar o‘rtacha 80 foizdan kam bo‘lmagan ko‘rsatkichga ega bo‘lganda, Ishchi guruh tomonidan o‘qituvchiga yangi o‘quv yilidan boshlab bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 100 foiz ustama haq belgilanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) quyidagi mazmundagi 251-band qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“251. Xalqaro baholash dasturlari integratsiya qilingan nazorat materiallari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi bilan hamkorlikda Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika ta’lim markazi tomonidan tayyorlangan nazorat materiallari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan 100 foizlik ustama haq olishga da’vogar pedagog xodimlarning mashg‘ulot olib boradigan fanlari bo‘yicha o‘quvchilarining bilimlari tashqi monitoring tarzida o‘quv yili yakuniga qadar baholanadi hamda 100 foizlik ustama haq olish huquqini qo‘lga kiritgan pedagog xodimlar (ustama olish davrida) shartli ravishda “A’lo darajali” pedagoglar deb yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Da’vogar o‘qituvchi dars mashg‘ulotlari olib boradigan sinflarning 30 foizi tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining tashqi monitoring jarayonida qamrab olinishi shart”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26. Umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, fanlararo integratsiyani kuchaytirish, ta’lim va tarbiya jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, STEAM yondashuvini samarali tatbiq etish, ta’lim jarayonida pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil etish, ularning kasbiy va metodik mahoratini hamda malakasini oshirishda faolligi uchun Ishchi guruhning qarori bilan (mazkur Nizomning 4-bandida belgilangan o‘qituvchilar umumiy sonining 50 foizidan tashqari) umumta’lim muassasasining fan yo‘nalishlari bo‘yicha uslubiy birlashmalari rahbarlari bazaviy tarif stavkalariga 10 foiz har oylik ustama haq belgilanishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“27. Umumta’lim muassasasining rahbar xodimlariga (direktor, direktorning o‘quv ishlari hamda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari) va o‘z faoliyatini soatbay haq to‘lash asosida amalga oshiradigan o‘qituvchilariga mazkur har oylik ustamalar belgilanmaydi, Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (IOI) — fan olimpiadalarida o‘quvchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab rahbari (direktor) bundan mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) 30-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“30. Xalqaro matematika olimpiadasi — International Mathematical Olympiad (IMO), Xalqaro fizika olimpiadasi — International Physics Olympiad (IPhO), Xalqaro kimyo olimpiadasi — International Chemistry Olympiad (IChO), Xalqaro biologiya olimpiadasi — International Biology Olympiad (IBO), Xalqaro informatika olimpiadasi — International Olympiad in Informatics (IOI) g‘oliblarini tayyorlagan o‘qituvchilar va ta’lim muassasasi direktorlariga navbatdagi o‘quv yili uchun Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan oltin, kumush va bronza medallariga qarab tegishincha qo‘shimcha 200, 175 va 150 foizlik ustama haq to‘lanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) quyidagi mazmundagi 301 va 302-bandlar qo‘shilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“301. Umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish hamda ishga joylashish ko‘rsatkichlari asosida har yili 1-fevralga qadar o‘tgan yilgi erishilgan natijalardan kelib chiqib, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasalari rahbar xodimlari quyidagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorida rag‘batlantiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarining 90 foizi va undan ortiq qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 12 baravar, direktori o‘rinbosarlari — 6 baravardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarining 85 — 89 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 9 baravar, direktor o‘rinbosarlari — 4,5 baravardan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarining 80 — 84 foiz qismi oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan va (yoki) ishga joylashgan umumta’lim muassasalarining direktorlari — 6 baravar, direktor o‘rinbosarlari — 3 baravardan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302. Mazkur Nizomning 301-bandida nazarda tutilgan pul mukofotlarini tayinlash tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlarining murojaatiga ko‘ra hududiy xalq ta’limi boshqarmalarining tegishli buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘quvchilarning umumiy sonini hisoblaganda, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan o‘quvchilar hisobga olinmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashish ko‘rsatkichlari ular maktabni tamomlagan vaqtdan boshlab joriy yil yakuniga qadar bo‘lgan davrda 3 oydan ortiq vaqt davomida faoliyat yuritgan hollarda shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi yoki “Yagona milliy mehnat tizimi” ma’lumotlari asosida shakllantiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy hamda professional ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar soni ushbu Nizomning 301-bandi ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilarida belgilangan foiz qismining kamida uchdan bir qismini tashkil etishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari o‘z murojaatida mazkur Nizomning 301-bandida qayd etilgan ko‘rsatkichlarni asoslovchi hujjatlar bilan birgalikda tasdiqlangan holda tegishli hududiy xalq ta’limi boshqarmalariga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari erishilgan ko‘rsatkichlarning haqqoniyligini tekshirib ko‘radi hamda tasdiqlangan ma’lumotlar asosida maktab direktori va direktor o‘rinbosarlarini mukofotlash bo‘yicha tegishli buyruq qabul qiladi va ushbu buyruq mukofotlarni to‘lash uchun asos hisoblanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) 32 va 33-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“32. Prezident maktablariga tanlov asosida qabul qilingan har bir o‘quvchi uchun tegishli umumta’lim muassasasining mos (tanlov, musobaqa, imtihon fanlari) fan o‘qituvchisi mazkur Nizomning 29-bandidan tashqari Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan bazaviy tarif stavkasining ikki baravari miqdorida bir yo‘la mukofot puli to‘lash yo‘li bilan rag‘batlantirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Umumta’lim muassasalari xodimlariga moddiy yordam ularning murojaatiga ko‘ra yoki umumta’lim muassasasi kasaba uyushmasi tashkilotining tashabbusi bo‘yicha favqulodda hollarda, ya’ni yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) vafot etganda, xodim va uning yaqin qarindoshi (otasi, onasi, turmush o‘rtog‘i, farzandi) og‘ir jarohat olganda, og‘ir kasallikka chalinganda, xodim tabiiy ofatdan zarar ko‘rganda ko‘rsatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) Nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining faoliyatini
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
BAHOLASh MEZONLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ularning kasbiy mahorati, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari uchun quyidagi mezonlar asosida belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Ko‘rsatkichlar

Amalga oshirilgan aniq ishlarning qisqacha ta’rifi, uning natijalari (samaradorligi), qo‘llanilayotgan shakli va uslubi, o‘tkazilgan mashg‘ulotlarning soni, o‘quvchilar qamrovining o‘rtacha soni

Reyting bahosi

Maksimal ball

Faoliyat natijalariga ko‘ra qo‘yiladigan ballar

Ko‘rsatkichlar

1.

O‘quvchilarning choraklik baholarining o‘rtacha qiymati

O‘qituvchi dars o‘tayotgan sinflardagi o‘�uvchilarning choraklik o‘rtacha baholari o‘zlashtirishning sifat (“4” va “5” baho) ko‘rsatkichi asosida aniqlanadi

5

3

Sifat ko‘rsatkichi umumiy o‘quvchilar sonining 56 — 70 foizini, shu jumladan, murakkab fanlar (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) yo‘nalishlarida 56 — 65 foizini tashkil etganda

4

Sifat ko‘rsatkichi umumiy o‘quvchilar sonining 71 — 85 foizini, shu jumladan, murakkab fanlar (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) yo‘nalishlarida 66 — 80 foizini tashkil etganda

5

Sifat ko‘rsatkichi umumiy o‘quvchilar sonining 86 foizi va undan yuqorini, shu jumladan, murakkab fanlar (ona tili, rus tili, chet tili, matematika, fizika, kimyo, biologiya) yo‘nalishlarida 81 foizdan yuqorini tashkil etganda

2.

* “Fan olimpiadasi” va boshqa ko‘rik tanlovlar, musobaqalarning tuman (shahar) bosqichida o‘quvchisining ishtiroki

O‘quvchilarining olimpiada, tanlovlar, musobaqalar va boshqa tadbirlardagi ishtiroki va natijalari asosida baholanadi

30

10

Tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, o‘quvchilari eng quyi g‘olib ko‘rsatkichining 55 foizidan yuqori natijalarni ko‘rsatganda

20

Tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashib, o‘quvchilari eng quyi g‘olib ko‘rsatkichining 70 foizidan yuqori natijalarni ko‘rsatganda

30

Tuman (shahar) miqyosidagi olimpiada, tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilari 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallaganda

3.

** Tanlov va boshqa tadbirlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ishtiroki

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlardagi ishtiroki natijalari asosida baholanadi

30

10

Maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilari to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ballning ulushi 55 — 70 foizni tashkil etganda

20

Maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilari to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ballning ulushi 71 — 85 foizni tashkil etganda

30

Maktab miqyosidagi tanlov va boshqa tadbirlarda qatnashgan o‘quvchilari to‘plashi mumkin bo‘lgan maksimal ballning ulushi 86 — 100 foizni tashkil etganda

4.

O‘qituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi

O‘qituvchi ish faoliyati maktab, tuman (shahar), viloyat va respublika miqyosida ommalashtiriladi (o‘qituvchining faoliyati baholash davriga nisbatan so‘nggi 3 yillikda ommalashtirilganligi)

15

7

Ish tajribasi maktab miqyosida ommalashtirilganda

10

Ish tajribasi tuman (shahar) miqyosida ommalashtirilganda

12

Ish tajribasi viloyat miqyosida ommalashtirilganda

15

Ish tajribasi respublika miqyosida ommalashtirilganda

5.

Pedagogik ish staji

Ta’lim muassasalaridagi pedagog xodimning ish stajiga qarab baholanadi

10

4

pedagogik ish staji 1 yildan 5 yilgacha

7

pedagogik ish staji 5 yildan 10 yilgacha

10

pedagogik ish staji 10 yil va undan yuqori

6.

Sinf rahbarligi

Sinf rahbarligi yuklatilganligi

5

0

Sinf rahbarligi yuklatilmagan bo‘lsa

5

Sinf rahbarligi yuklatilgan bo‘lsa

7.

Malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi

Reja asosida

10

0

O‘z vaqtida malaka oshirish kurslarida qatnashmagan bo‘lsa

2

Malaka oshirish kurslari yakuniga ko‘ra yakuniy attestatsiyadan o‘ta olmagan va tegishli sertifikatga ega bo‘lmasa

10

O‘z vaqtida malaka oshirish kurslaridan o‘tib, tegishli sertifikatga ega bo‘lsa ***

8.

Sinfdan tashqari ishlar

O‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, ijodkorlik va san’atga qaratilgan qo‘shimcha mashg‘ulotlar olib borish

15

5

Kreativlikni rag‘batlantirishga qaratilgan tadbirlarni (fotoko‘rgazmalar, hunarmandchilik, musiqa va teatr sahnalari kabi) tashkil etgan bo‘lsa

10

O‘quvchilarni fikrlashga o‘rgatuvchi va dunyoqarashini kengaytiruvchi, yangi ko‘nikmalar beruvchi qo‘shimcha mashg‘ulotlar (debat va hikoya qilish klublari, maktab radiosi/gazetasi/veb-sayti, axborot tahliliy mashg‘ulotlari) olib borsa

15

O‘quvchilarni izlanishga undovchi ishlarni (iqtidorli va bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazish, nutq san’ati tadbirlari) olib borsa

9.

O‘qituvchining pedagoglik faoliyati bahosi

O‘qituvchining pedagogik faoliyatiga o‘quvchilar (o‘qituvchi dars beradigan sinflardagi o‘quvchilarning kamida 60 foizi o‘rtasida) va baholashda qatnashgan Kuzatuv kengashi a’zolari o‘rtasida o‘tkaziladigan so‘rovnoma natijalari (ijobiy fikrlari) asosida aniqlanadi

5

0

So‘rovnomada qatnashganlar Kengash a’zolari soniga nisbatan “ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 50 foizdan past bo‘lsa

5

So‘rovnomada qatnashganlar Kengash a’zolari soniga nisbatan “ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lsa

5

0

So‘rovnomada qatnashganlar o‘quvchilar soniga nisbatan “ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 60 foizdan past bo‘lsa

5

So‘rovnomada qatnashganlar o‘quvchilar soniga nisbatan “ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 60 foiz va undan yuqori bo‘lsa

MAKSIMAL BALL:

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* faqat yuqori sinf (5 — 11-sinf) o‘qituvchilari faoliyatini baholashda qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** faqat boshlang‘ich sinf (1 — 4-sinf) o‘qituvchilari faoliyatini baholashda qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** o‘qituvchi bir necha fandan dars bergan taqdirda, uning faoliyati har bir fan bo‘yicha alohida baholanadi, oliy ta’lim muassasasini bitirib kelgan mutaxassislarga 3 yilgacha hamda pedagog xodimga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha maksimal ball beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Umumta’lim muassasalaridagi kutubxona xodimlarining faoliyati 100 ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mezonlar

Maksimal ball

Faoliyat natijalariga ko‘ra qo‘yiladigan ballar

Ko‘rsatkichlar

1.

Kutubxona bo‘yicha mutaxassislik ma’lumotiga ega bo‘lishi

10 ball

0

Nomutaxassislar

10

O‘rta maxsus yoki oliy ma’lumotli mutaxassis bo‘lsa

2.

Malaka oshirishdan o‘tganligi

10

0

O‘z vaqtida malaka oshirish kurslarida qatnashmagan bo‘lsa

2

Malaka oshirish kurslari yakuniga ko‘ra yakuniy attestatsiyadan o‘ta olmagan va tegishli ma’lumotnoma yoki sertifikatga ega bo‘lmasa

10

O‘z vaqtida malaka oshirish kurslaridan o‘tib, tegishli ma’lumotnoma yoki sertifikatga ega bo‘lsa

3.

Kutubxonachi lavozimidagi ish staji

20

5

Kutubxonachilikka oid ish staji 1 yildan 5 yilgacha

10

Kutubxonachilikka oid ish staji 5 yildan 10 yilgacha

20

Kutubxonachilikka oid ish staji 10 yil va undanyuqori

4.

Maktabda ehtiyojga ko‘ra darsliklar bo‘yicha buyurtmalarning to‘g‘ri shakllantirilganligi

30

0

Buyurtmalarni shakllantirishda 10 foizdan ortiq xatoliklar mavjud bo‘lsa va darsliklar bilan ta’minlanganlik

80 foizdan past bo‘lsa

10

Buyurtmalarni shakllantirishda 10 foizgacha xatoliklar mavjud bo‘lsa va darsliklar bilan ta’minlanganlik 80 — 89 foizni tashkil etsa

20

Buyurtmalarni shakllantirishda 5 foizgacha xatoliklar mavjud bo‘lsa va darsliklar bilan ta’minlanganlik 90 — 95 foizni tashkil etsa

30

Buyurtmalar to‘g‘ri shakllantirilgan va darsliklar bilan ta’minlanganlik 96 — 100 foizni tashkil etsa

5.

O‘quvchilarning kutubxonaga jalb qilinishi

30

10

Har oyda umumiy o‘quvchilarning 1 foizdan 30 foizgacha jalb qilingan bo‘lsa

20

Har oyda umumiy o‘quvchilarning 30 foizdan 50 foizgacha jalb qilingan bo‘lsa

30

Har oyda umumiy o‘quvchilarning 50 va undan yuqori foizi jalb qilingan bo‘lsa

MAKSIMAL BALL:

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Umumta’lim muassasalaridagi psixolog xodimlarning faoliyati 100 ballik tizimda quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Mezonlar

Maksimal ball

Faoliyat natijalariga ko‘ra qo‘yiladigan ballar

Ko‘rsatkichlar

1.

Psixologiya bo‘yicha mutaxassislik ma’lumotiga ega bo‘lishi

10

5

Oliy ma’lumotli mutaxassisning (yoki qayta tayyorlovdan o‘tgan mutaxassis) sohadagi ish staji 1 yildan 5 yilgacha bo‘lsa

10

Oliy ma’lumotli mutaxassisning (yoki qayta tayyorlovdan o‘tgan mutaxassis) sohadagi ish staji 5 yil va undan yuqori bo‘lsa

2.

Malaka oshirishdan o‘tganligi

10

0

O‘z vaqtida malaka oshirish kurslarida qatnashmagan bo‘lsa

10

O‘z vaqtida malaka oshirish kurslaridan o‘tib, tegishli sertifikat (hujjat)ga ega bo‘lsa

3.

Sinfdan tashqari profilaktika, kasbga yo‘naltirish ishlarini olib borish hamda korreksion va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar

45

15

Korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarga muhtoj bo‘lgan o‘quvchilarni to‘liq qamrab olish yuzasidan ish olib borilganligi hamda 7-sinfdan interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazish va shu asosda kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini aniqlanligi va ularning ma’lumotlar bazasi yaratilganligi

30

Emotsional-hissiy zo‘riqishlar, xavotirlik darajasi yuqori va o‘ziga ishonchi past bo‘lgan bolalar uchun korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar tashkil etish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish maqsadida seminar-treninglar hamda soha mutaxassislari bilan davra suhbatlarini o‘tkazganligi, shuningdek, kasbiy moyilligi bo‘yicha kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha professional ta’lim olishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlari olib borilganligi

45

Maktab bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga to‘g‘ri yo‘naltirish yuzasidan o‘quvchilar va ularning ota-onalari o‘rtasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borganligi hamda ta’limning keyingi bosqichiga qamrab olish bo‘yicha statistik ma’lumotlar jamlanganligi, korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlarga muhtoj bo‘lgan o‘quvchilarni, ota-onalar va pedagoglar to‘liq qamrab olingani va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida deviant xulq atvor ko‘rinishlarining (zo‘ravonlik, o‘z joniga qasd qilish, erta tug‘ruq) mavjud emasligi

4.

Ijodiy ishlar

20

10

Konferensiya va seminarlarda ma’ruza yoki tezislar bilan ishtiroki (kamida 2-marta)

20

Ishlab chiqilgan metodik tavsiyalar hamda qo‘llanmalar yoki ilmiy maqola va tezislari chop etilganligi (kamida 2-marta)

5.

Umumta’lim muassasasi Kuzatuv kengashi va o‘quvchilarning psixolog faoliyatiga bergan bahosi

5

0

So‘rovnomada qatnashganlar Kuzatuv kengashi a’zolari soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foizdan past bo‘lsa

5

So‘rovnomada qatnashganlar Kuzatuv kengashi a’zolari soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foiz va undan yuqori bo‘lsa

5

0

So‘rovnomada qatnashganlar Pedagogik kengash a’zolari soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foizdan past bo‘lsa

5

So‘rovnomada qatnashganlar Pedagogik kengash a’zolari soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foiz va undan yuqori bo‘lsa

5

0

So‘rovnomada qatnashgan o‘quvchilar soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foizdan past bo‘lsa

5

So‘rovnomada qatnashgan o‘quvchilar soniga nisbatan “Ijobiy fikr” bildirganlar ulushi 70 foiz va undan yuqori bo‘lsa

MAKSIMAL BALL:

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

___________ viloyati __________ tumani (shahri) _____-son maktabning _______________________ fani o‘qituvchisi ________________________________________ ning 20__-20 ___ o‘quv yilidagi faoliyatiga Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida berilgan

BAHOLAR

T/r

Ko‘rsatkichlar

Maksimal ball

O‘qituvchi faoliyatining qisqacha tasnifi

Faoliyat natijalariga ko‘ra qo‘yilgan ball

1.

O‘quvchilarning choraklik baholarining o‘rtacha qiymati

5

2.

*“Fan olimpiadasi” va boshqa ko‘rik tanlovlar, musobaqalarning tuman (shahar) bosqichida o‘quvchisining ishtiroki

30

3.

**Tanlov va boshqa tadbirlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ishtiroki

4.

O‘qituvchi ish tajribasining ommalashtirilganligi

15

5.

Pedagogik ish staji

10

6.

Sinf rahbarligi yuklatilganligi

5

7.

***Malaka oshirish kurslaridan o‘tganligi

10

8.

Sinfdan tashqari ishlari

15

9.

Kuzatuv kengashi a’zolarining o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga bergan bahosi

5

O‘qituvchi dars beradigan sinflardagi o‘quvchilarning o‘qituvchining pedagogik faoliyatiga bergan bahosi

5

JAMI:

100

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* faqat yuqori sinf (5 — 11-sinf) o‘qituvchilari faoliyatini baholashda qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** faqat boshlang‘ich sinf (1 — 4-sinf) o‘qituvchilari faoliyatini baholashda qo‘llaniladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** o‘qituvchi bir necha fandan dars bergan taqdirda, uning faoliyati har bir fan bo‘yicha alohida baholanadi, oliy o‘quv yurtini bitirib kelgan mutaxassislarga 3 yilgacha hamda pedagog xodimga bog‘liq bo‘lmagan holda tegishli malaka oshirish kurslari tashkil etilmagan taqdirda, mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha maksimal ball beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ishchi guruh raisi: __________________ __________

Ishchi guruh a’zolari: __________________ __________, _________________ _______

____________________ _________, ___________________ _______, _____________ ;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) Nizomga 2a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

___________ viloyati __________ tumani (shahri) _____-son maktabning kutubxona xodimi ________________________________________ ning 20__ -20 ___ o‘quv yilidagi faoliyatiga Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida berilgan

BAHOLAR

T/r

Ko‘rsatkichlar

Maksimal ball

Faoliyatning qisqacha tasnifi

Faoliyat natijalariga ko‘ra qo‘yilgan ball

1.

Kutubxona bo‘yicha mutaxassislik ma’lumotiga ega bo‘lishi

10

2.

Malaka oshirishdan o‘tganligi

10

3.

Kutubxonachi lavozimidagi ish staji

20

4.

Maktabda ehtiyojga ko‘ra darsliklar bo‘yicha buyurtmalarning to‘g‘ri shakllantirilganligi

30

5.

O‘quvchilarning kutubxonaga jalb qilinishi

30

JAMI:

100

Ishchi guruh raisi: __________________ __________

Ishchi guruh a’zolari: _____________________ ____________, _______________________ ___________, ________________________ _______, ________________________ ___________________”;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) Nizomga 2b-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

___________ viloyati __________ tumani (shahri) _____-son maktabning psixolog xodimi ________________________________________ ning 20__ -20 ___ o‘quv yilidagi faoliyatiga Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasini tashkil etish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida berilgan

BAHOLAR

T/r

Ko‘rsatkichlar

Maksimal ball

Psixolog faoliyatining qisqacha tasnifi

Faoliyat natijalariga ko‘ra qo‘yilgan ball

1.

Psixologiya bo‘yicha mutaxassislik ma’lumotiga ega bo‘lishi

10

2.

Malaka oshirishdan o‘tganligi

10

3.

Sinfdan tashqari profilaktika, korreksion va rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar

45

4.

Ijodiy ishlar

20

5.

Umumta’lim muassasasi Kuzatuv kengashi va o‘quvchilarning psixolog faoliyatiga bergan bahosi

5

5

5

JAMI:

100

Ishchi guruh raisi: __________________ __________

Ishchi guruh a’zolari: __________________ __________, ____________________ _________, ___________________ _______, ____________________ __________ .

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/831/1697-son)