31.12.2020 yildagi 823-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 31.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti moddiy-texnika bazasini mustahkamlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional taʼlim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga muvofiq quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolari umumiy oʻrta taʼlim muassasalari sifatida foydalaniladigan kasb-hunar kollejlari roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — roʻyxat) tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida joylashgan Sariosiyo agrosanoat kasb-hunar kolleji roʻyxatga kiritilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga zarur hollarda roʻyxatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Xufar QFY, Gulobod mahallasida joylashgan sobiq Sariosiyo agrosanoat kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini (keyingi oʻrinlarda — obyekt) operativ boshqaruv huquqi asosida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga (keyingi oʻrinlarda — Institut) bepul berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut tomonidan bir oy muddatda obyekt qabul qilib olinishini hamda undan maqsadli va samarali foydalanilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz davlat universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan 1 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻ Institut hududida zamonaviy tipdagi axborot-resurs markazini qurish uchun ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni bilan tasdiqlangan Binolari umumiy oʻrta taʼlim muassasalari sifatida foydalaniladigan kasb-hunar kollejlari roʻyxatidan 281-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
823-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/823/1688-son)