31.12.2020 yildagi 823-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti moddiy-texnika bazasini mustahkamlash to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Professional ta’lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoniga muvofiq quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
binolari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari sifatida foydalaniladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda — ro‘yxat) tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida joylashgan Sariosiyo agrosanoat kasb-hunar kolleji ro‘yxatga kiritilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga zarur hollarda ro‘yxatga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumani, Xufar QFY, Gulobod mahallasida joylashgan sobiq Sariosiyo agrosanoat kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini (keyingi o‘rinlarda — obyekt) operativ boshqaruv huquqi asosida Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika institutiga (keyingi o‘rinlarda — Institut) bepul berish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Institut tomonidan bir oy muddatda obyekt qabul qilib olinishini hamda undan maqsadli va samarali foydalanilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz davlat universitetining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 1 mlrd so‘m miqdoridagi mablag‘ Institut hududida zamonaviy tipdagi axborot-resurs markazini qurish uchun ajratilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni bilan tasdiqlangan Binolari umumiy o‘rta ta’lim muassasalari sifatida foydalaniladigan kasb-hunar kollejlari ro‘yxatidan 281-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev hamda oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
823-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/823/1688-son)