31.12.2020 yildagi 820-son
Hujjat 05.04.2022 sanasi holatiga
Joriy versiya
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori
qarori
Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va zamonaviy namunali oila mezonlarini hayotga joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari huzurida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini (keyingi oʻrinlarda — markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hamda Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) oila va xotin-qizlar boʻlimlari huzurida Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarini (keyingi oʻrinlarda — markaz) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
2. Quyidagilar markazlarni tashkil etishning asosiy maqsadi deb belgilansin:

zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila — muqaddas”, “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat”, “Oila — jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila — jamiyat ravnaqining asosi” konseptual gʻoyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish;

nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha tizimli tayyorlash;

oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish, nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish, oilalarda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona boʻlish koʻnikmalarini shakllantirish.

3. Belgilab qoʻyilsinki, markazlarda fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlariga nikohni qayd etish uchun ariza bergan va oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan oʻttiz yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar, oʻquv yuklamasi hajmi oʻn olti soatdan kam boʻlmagan dastur asosida bepul oʻqitiladi.

4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

markazlar tashkil etilishining maqsadi va asosiy vazifalari;

markazlarda mashgʻulotlarni samarali oʻtkazishni tashkil etish mexanizmi hamda ularning monitoringini yuritish tartibi;

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash boʻyicha mashgʻulotlar yoʻnalishlari va ularni oʻtkazish tartibi.

5. Quyidagilar markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari;
Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;

xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

6. Markazlardagi mashgʻulotlarni samarali oʻtkazishni tashkil etish masalalari:

tuman (shahar) darajasida — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari;
tuman (shahar) darajasida — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi;
viloyat darajasida — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari;
viloyat darajasida — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari;
respublika darajasida — Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
respublika darajasida — Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari tomonidan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
7. Mashgʻulotlar oʻtkazilishini tizimli tashkil etish maqsadida:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda markazlardagi mashgʻulotlarning sifatli va toʻliq oʻtkazilishiga hamda markazlar faoliyatini takomillashtirishga koʻmaklashsin;
a) Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda markazlardagi mashgʻulotlarning sifatli va toʻliq oʻtkazilishiga hamda markazlar faoliyatini takomillashtirishga koʻmaklashsin;
b) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi:

fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarining nikohni qayd etish uchun ariza bergan va oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan oʻttiz yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar roʻyxatini mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimlariga oʻz vaqtida taqdim etilishini tashkil etsin;
fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlarining nikohni qayd etish uchun ariza bergan va oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan oʻttiz yoshdan oshmagan nikohlanuvchi shaxslar roʻyxatini Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlariga oʻz vaqtida taqdim etilishini tashkil etsin;
markazlarda nikohlanuvchi yoshlarga oiladagi er-xotinning huquq va majburiyatlariga oid mashgʻulotlar oʻtkazilishida amaliy yordam koʻrsatsin;

markazlar faoliyatini targʻib etishda koʻmaklashsin;

v) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan birgalikda:

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash uchun oʻtkaziladigan mashgʻulotlarga yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish choralarini koʻrsin;

markazlar faoliyatini ilmiy-metodik qoʻllanmalar va tarqatma materiallar bilan taʼminlashda amaliy yordam koʻrsatsin;

g) Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi:

oila mavzusiga bagʻishlangan taʼsirchan videofilm, videoroliklar, infografik lavhalar mediatekasini tashkil etsin;

ishtirokchilarni nikoh va oila munosabatlarini targʻib qiluvchi tarqatma materiallar bilan taʼminlasin;

oila mavzusiga bagʻishlangan taʼsirchan videoroliklarni “Mening yurtim”, “Yoshlar” telekanallarida namoyish etsin;

markaz faoliyatini oliy taʼlim muassasalari bitiruvchi yoshlari, nikoh yoshiga yetgan yoshlar orasida targʻib qilsin;

d) Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi huzuridagi “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti:
d) Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti:
oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajralishlarning oldini olish, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi masʼuliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, shuningdek, namunali oilalarning hayotiy tajribasini ommalashtirish boʻyicha takliflar tayyorlasin;

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini oʻrgatish, oilaviy ajralishlarning oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqsin;

umuminsoniy va milliy oilaviy qadriyatlarni, ilgʻor xorijiy tajribani tahlil qilish asosida oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bilan bogʻliq metodik tavsiyalar ishlab chiqsin.

8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi ikki oy muddatda markazlarga mashgʻulotlar uchun alohida xonalar ajratish, zarur mebel, maishiy va kompyuter texnikasi bilan taʼminlash choralari mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari, oʻz mablagʻlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanishini nazarda tutsin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri R.T. Mamatov zimmasiga yuklansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Z.B. Mahkamova zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2020-yil 31-dekabr,
2020-yil 31-dekabr,
820-son
820-son
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 820-son qaroriga
ILOVA

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlarida mashgʻulotlarni tashkil qilish tartibi toʻgʻrisida

NIZOM
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari (keyingi oʻrinlarda — markazlar) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2. Markazlar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlariga (keyingi oʻrinlarda — FHDY organlari) nikohni qayd etish boʻyicha ariza bergan shaxslarni oilaviy hayotga tayyorlashga yoʻnaltirilgan oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish maskani hisoblanadi.

3. Markazlarda tashkil etilgan oʻquv mashgʻulotlar yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yuqori maʼnaviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish, mustahkam, totuv va baxtli oila yaratishga koʻmaklashish, ularga anʼanaviy oilaviy qadriyatlarni singdirish, shuningdek, oilaning zamonaviy modelini shakllantirishga qaratiladi.

4. Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
4. Quyidagilar markazlarning asosiy vazifalari hisoblanadi:
zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila — muqaddas”, “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat”, “Oila — jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila — jamiyat ravnaqining asosi” konseptual gʻoyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish;
zamonaviy oilaning namunali shaklini hamda “Oila — muqaddas”, “Sogʻlom oila — sogʻlom jamiyat”, “Oila — jamiyat va davlat himoyasida” va “Farovon oila — jamiyat ravnaqining asosi” konseptual gʻoyalarini nikohlanuvchilarning ongiga singdirib borish;
nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha tizimli tayyorlash;
nikohlanuvchi shaxslarni oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va budjeti, reproduktiv salomatlik asoslari, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha tizimli tayyorlash;
oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajralishlarni oldini olish, nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona boʻlish koʻnikmalarini shakllantirish.

2-bob. Markazlar faoliyatini tashkil etish

5. Markazlar tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari huzurida tashkil etiladi.
5. Markazlar tuman (shahar) oila va xotin-qizlar qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari huzurida tashkil etiladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi:
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi:
markazlardagi oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish yuzasidan rejalar va dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi hamda doimiy yangilanishini taʼminlaydi;

oʻqitishning zamonaviy shakl va uslublarini, ilgʻor pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalarini joriy etadi, oʻquv mashgʻulotlariga malakali mutaxassislarni jalb qiladi;

markazlar faoliyatini oʻquv-metodik jihatdan taʼminlashda “Mahalla va oila” ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik qiladi;
markazlar faoliyatini oʻquv-metodik jihatdan taʼminlashda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik qiladi;
oʻquv mashgʻulotlarining oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq oʻtkazilishi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi va natijalari boʻyicha faoliyatni takomillashtirishga koʻmaklashadi.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari:
7. Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari:
markazlarda oʻquv mashgʻulotlarining samarali tashkil qilinishini taʼminlaydi, shuningdek, oʻqitishning oʻquv-uslubiy asoslarini ishlab chiqishga koʻmaklashadi;

oʻqitishni amalga oshirish uchun yetakchi taʼlim, ilmiy-tadqiqot muassasalaridan mutaxassislar, shuningdek, amaliyotchi mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etadi;

nikohlanuvchi shaxslarning mashgʻulotlarda roʻyxat asosida ishtirok etishini tashkil etadi;

markazlarda mashgʻulotlar muntazam oʻtkazilishini taʼminlaydi, ularning monitoringini yuritadi va Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga oylik, chorak, yarim yillik, yillik maʼlumotlar berib boradi.
markazlarda mashgʻulotlar muntazam oʻtkazilishini taʼminlaydi, ularning monitoringini yuritadi va Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga oylik, chorak, yarim yillik, yillik maʼlumotlar berib boradi.
8. Markazlardagi mashgʻulotlarni samarali oʻtkazishni tashkil etish masalalari tuman (shahar) darajasida — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari, viloyat darajasida — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari va respublika darajasida — Oʻzbekiston Respublikasi mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirining birinchi oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
8. Markazlardagi mashgʻulotlarni samarali oʻtkazishni tashkil etish masalalari tuman (shahar) darajasida — oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi, viloyat darajasida — oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari va respublika darajasida — Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining oʻrinbosari tomonidan amalga oshiriladi.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hududiy boshqarmalarining oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha bosh mutaxassislari, tuman (shahar) boʻlimlarining xotin-qizlar va oila masalalari boʻyicha davlat va jamoat tashkilotlari bilan aloqalar boʻyicha yetakchi mutaxassislari markazlarda mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazilishiga masʼul hisoblanadi.
Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi hududiy boshqarmalarining oilaviy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻlimlarining bosh mutaxassislari, tuman (shahar) boʻlimlarining oilaviy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha yetakchi mutaxassislari markazlarda mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazishga masʼul hisoblanadi.
9. Markazlardagi oʻquv mashgʻulotlari rejalari har oyda Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
9. Markazlardagi oʻquv mashgʻulotlari rejalari har oyda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
3-bob. Markazlarda mashgʻulotlarni tashkil qilish

10. FHDY organlari nikohni qayd etish uchun ariza bergan shaxslarga markazlarda ixtiyoriylik asosida quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha bepul oʻqishlari mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumot beradi:

oilaviy-huquqiy munosabatlar;
oilaviy-huquqiy munosabatlar;
oilaviy turmush psixologiyasi;
oilaviy turmush psixologiyasi;
reproduktiv salomatlik asoslari;
reproduktiv salomatlik asoslari;
iqtisod va oila budjeti;
iqtisod va oila budjeti;
ota-onalik ijobiy koʻnikmalari;
ota-onalik ijobiy koʻnikmalari;
maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar.
maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar.
FHDY organlari har oyning yakunida oila qurish uchun ariza bergan va oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan shaxslarning roʻyxatini shakllantiradi va keyingi oyning uchinchi sanasigacha Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hududiy boʻlimlariga taqdim etadi.
FHDY organlari har oyning yakunida oila qurish uchun ariza bergan va oʻquv mashgʻulotlarida qatnashish uchun roziligi olingan shaxslarning roʻyxatini shakllantiradi va keyingi oyning uchinchi sanasigacha Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlimlariga taqdim etadi.
Oʻttiz yoshdan oshgan nikohlanuvchi shaxslar, nikoh tuzgan shaxslar, shuningdek, ajralish yoqasiga kelib qolgan oilalarning tomonlari ham alohida dastur asosida markazlarda ixtiyoriy oʻqishlari mumkin.

11. Oʻquv jarayonining davomiyligi toʻrt kundan ortiq boʻlmasligi, oʻquv yuklamasi hajmi esa — 16 soatdan kam boʻlmasligi kerak.

12. Markazlarda mashgʻulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi tomonidan tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari asosida hamda hududlarning xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil qilinadi.
12. Markazlarda mashgʻulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining Oilaviy, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boshqarmasi tomonidan tegishli yoʻnalishlar boʻyicha ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari asosida hamda hududlarning xususiyatlarini inobatga olgan holda tashkil qilinadi.
13. Markazlarda mashgʻulotlar oʻqitishning zamonaviy shakllari va usullaridan, ilgʻor pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalardan foydalanilgan holda oʻtkaziladi hamda oʻquv mashgʻulotlarining quyidagi asosiy turlari qoʻllaniladi: maʼruza, taqdimot, interfaol seminar, amaliy mashgʻulot (keys-stadi, “kichik” guruhlarda ishlash, “aqliy hujum” va boshqalar).

Mashgʻulotning davomiyligi 45 daqiqani tashkil etadi.

14. Oʻquv jarayoni, qoida tariqasida, 15 juft nikohlanuvchilar ishtirokida tashkil qilinadi.

15. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hududiy boʻlimlari tomonidan har chorak boshida FHDY organlariga oʻquvlar oʻtkaziladigan sana va oʻquv rejalari yetkazib beriladi.

16. Oʻtkazilgan mashgʻulotlarning doimiy monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
16. Oʻtkazilgan mashgʻulotlarning doimiy monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Markazlarda oʻqib chiqqan yosh oilalarning holatini har tomonlama oʻrganish va monitoring natijalaridan kelib chiqib, oʻquv jarayoni yanada takomillashtirib boriladi.

17. Oʻquv mashgʻulotlarida toʻliq qatnashgan tinglovchilarga mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shaklda sertifikat tantanali ravishda topshiriladi.

4-bob. Yakunlovchi qoidalar
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
18. Markazlarda mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni, shu jumladan, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishga jalb etiladigan mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash, kurslar tinglovchilari uchun oʻquv, tarqatma materiallar va kanselyariya anjomlarini xarid qilish, sertifikat tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
18. Markazlarda mashgʻulotlarni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarni, shu jumladan, oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazishga jalb etiladigan mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash, kurslar tinglovchilari uchun oʻquv, tarqatma materiallar va kanselyariya anjomlarini xarid qilish, sertifikat tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazlari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomga

‎‎Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazida o`qiganligi haqida
‎SERTIFIKAT IM
‎№ 000000

‎‎__________________________________________________________________________________________
‎(Tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20____yil ______________________dan 20 ____________ gacha

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎(viloyat, tuman (shahar) nomi)

‎‎Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazida o`qidi.
‎‎Sana __________________ Qayd raqami_______
‎‎___________________________mahalla va oilani ‎‎

‎‎(viloyat, tuman (shahar) nomi)

‎‎qo`llab-quvvatlash bo`limi boshlig`i‎‎

‎‎_________________________________
‎(familiya, ism, otasining ismi)

________
‎(imzo)‎

Muhr o`rni‎

‎‎Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazida o`qiganligi haqida
‎SERTIFIKAT IM
‎№ 000000

‎‎__________________________________________________________________________________________
‎(Tinglovchining familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎20____yil ______________________dan 20 ____________ gacha

‎‎___________________________________________________________________________________________
‎(viloyat, tuman (shahar) nomi)

‎‎Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazida o`qidi.
‎‎Sana __________________ Qayd raqami_______
‎‎___________________________oila va xotin qizlar‎‎

‎‎(viloyat, tuman (shahar) nomi)

‎‎bo`limi boshlig`i‎‎

‎‎_________________________________
‎(familiya, ism, otasining ismi)

________
‎(imzo)‎

Muhr o`rni‎