26.12.2020 yildagi 810-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror qabul qilinguniga qadar qurol muomalasi sohasidagi harakatlarni bajarish va (yoki) faoliyatni amalga oshirish huquqini beradigan ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar ularning amal qilish muddati tugagunicha haqiqiy hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror kuchga kirganidan keyin uch oy ichida “Qurol toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yuridik va jismoniy shaxslardagi mavjud pnevmatik qurollar ichki ishlar organlarida roʻyxatga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qarorning maqsadi, mohiyati va amaliy ahamiyatini keng yoritish boʻyicha tadbirlar tashkil etilishini hamda amalga oshirilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 26-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
810-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-dekabrdagi 810-son qaroriga

3-ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 26-oktabrdagi 493-son qarori bilan tasdiqlangan Birja tovari boʻlishi mumkin boʻlmagan mol-mulklar milliy-madaniy va tarixiy boyliklar turlari roʻyxatining 14-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“14. Fuqaroviy va xizmat quroli turlari va uning oʻq-dorilari”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida avtomobil transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish qoidalarini hamda avtobuslarda yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlashga doir talablarni tasdiqlash haqida” 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 11-son, 108-modda) 1-ilovaning 15-bandi “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“d) tez yonuvchan, portlovchi, zaharlovchi, zaharli, qoʻlansa, radioaktiv moddalar va ashyolarni, shuningdek qurolni va sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin boʻlgan ashyolarni ochiq (gʻilofsiz) holda olib yurish;”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-fevraldagi 27-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 8-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qoʻllab-quvvatlash uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatining 38 — 3820-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

38.

Integratsiyalangan maʼlumotlar bazasi (jismoniy shaxslar)

Ichki ishlar vazirligi

381.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri

382.

Pirotexnika buyumlarini (harbiy maqsaddagi mahsulotlardan tashqari) yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, realizatsiya qilish, ulardan foydalanish, ularni yoʻq qilish va utilizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi berilgan litsenziyalar reyestri

383.

Roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxsiy avtomototransport vositalarining maʼlumotlar bazasi

384.

Yuridik shaxslarning roʻyxatdan oʻtkazilgan avtomototransport vositalarining maʼlumotlar bazasi

385.

Profilaktik, tezkor va boshqa hisoblarda turgan shaxslar toʻgʻrisidagi “Shaxs” maʼlumotlar bazasi

386.

“Respublika qidiruvida” boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi

387.

“MDH davlatlararo qidiruvi”da boʻlgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi

388.

Temir yoʻl transportida harakatlanish hujjat (chipta)larini rasmiylashtirgan yoʻlovchilar haqidagi “Vokzal” maʼlumotlar bazasi

389.

Havo transportida harakatlanish hujjat (chipta)larini rasmiylashtirgan yoʻlovchilar haqidagi “Aeroport” maʼlumotlar bazasi

3810.

Qidiruvda boʻlgan raqamli buyumlar toʻgʻrisidagi “Buyum” maʼlumotlar bazasi

3811.

Respublika boʻyicha yoʻqotib qoʻyilgan, oʻgʻirlangan, olib qoʻyilgan va topib olingan qurolning maʼlumotlar bazasi

3812.

“MDH davlatlarida yoʻqotilgan va aniqlangan qurol” toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi

3813.

Respublika boʻyicha qidiruvdagi avtomototransport vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi

3814.

MDH davlatlari qidiruvda boʻlgan avtomototransport vositalari toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi

3815.

“Fuqaroviy va xizmat quroli” toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi

3816.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar barmoq izlarining maʼlumotlar bazasi

3817.

Shaxslarning foto tasviri tushirilgan va pasport 1-shakli axborotlarining maʼlumotlar bazasi

3818

Haydovchilik guvohnomasini olgan shaxslarning maʼlumotlar bazasi

3819.

Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi

3820.

Maxsus hisobda turgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi (jinoiy javobgarlikka tortilganligi, sudlanganligi, jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod etilganligi, qidiruvda boʻlganligi, jazoni oʻtganligi yoxud oʻtayotganligi)

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 9-sentabrdagi 203-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2008-y., 37-38-son, 373-modda) bilan tasdiqlangan Oʻrmon qoʻriqchiligi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 15-bandning toʻqqizinchi xatboshidagi “idoraviy qurol” soʻzlari “xizmat quroli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 21-bandning birinchi xatboshidagi “Milliy gvardiyasi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Muzeylar toʻgʻrisida”gi Qonunini roʻyobga chiqarish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida” 2010-yil 12-apreldagi 68-son qaroriga 8-ilovaning 9-bandi uchinchi xatboshidagi “qurollangan (oʻqotar yoki sovuq qurollar)” soʻzlari “fuqaroviy va xizmat quroli bilan qurollangan” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2023-y., 09/23/73/0098-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida xavfli yuklarni avtomobil transportida tashish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2011-yil 16-fevraldagi 35-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 2-son, 9-modda) 1-ilovaning 174-bandidagi “oʻqotar qurol bilan qurollangan soqchilar” soʻzlari “xizmat quroli bilan qurollangan soqchilar” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi huzurida Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2011-yil 26-avgustdagi 243-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2011-y., 34-35-son, 351-modda) 3-ilovaning 50-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“50. Biosfera rezervati muhofaza xodimlariga xizmat vazifalarini bajarish paytida belgilangan tartibda xizmat qurolini olib yurishga ruxsat etiladi. Biosfera rezervati muhofaza xodimlari oʻz xizmat vazifalarini bajarish paytida xizmat qurolini va maxsus vositalarni (qoʻlkishan, rezina tayoq, koʻzdan yosh oqizadigan gaz, transport vositalarini majburiy toʻxtatuvchi vositalarni) qoʻllash, shuningdek, xizmat itlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat qurolini va maxsus vositalarni olib yurish, shuningdek, ularni berish, olib yurish, saqlash, qoʻllash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 630-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/630/0980-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-fevraldagi 88-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 15-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 7-modda) rus tilidagi matniga 1-ilovaning “II. Meditsinskiye psixiatricheskiye protivopokazaniya dlya osushestvleniya otdelnix vidov professionalnoy deyatelnosti v usloviyax povishennoy opasnosti” boʻlimi 7-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Rabotniki yuridicheskix lits so spetsialnimi slujebnimi zadachami, kotorim razresheno nosheniye i primeneniye slujebnogo orujiya.

Epilepsiya (individualno).

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 205-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 76-modda) bilan tasdiqlangan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalarining 59-bandidagi oltinchi-yettinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“fuqaroviy va xizmat qurolini, ularning oʻq-dorilarini, pirotexnika buyumlarini, foydalanilishi odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf tugʻdirishi yoki fuqarolar va tashkilotlarga moddiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan maxsus tayyorlangan yoki moslashtirilgan predmetlarni, shuningdek ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektining maʼmuriyati tomonidan tasdiqlangan, ommaviy tadbirni oʻtkazish obyektiga olib kirilishi taqiqlangan predmetlar roʻyxatiga kiritilgan oson alangalanadigan va zaharli moddalar, sanchuvchi, kesuvchi va boshqa predmetlarni olib yurish (sportchilar tomonidan sport tadbirlari dasturlarida koʻzda tutilgan sport quroli va anjomlaridan foydalanishlari bundan mustasno);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalarning imitatorlari va mulyajlarini olib yurish (teatr va teatr tomoshalarida ulardan foydalanish bundan mustasno);”.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasining “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida” 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 43-son, 530-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1-ilovaning 73-bandi oʻn birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“berilgan xizmat qurolini va uning oʻq-dorilarini belgilangan tartibda olib yurish.”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-maydagi 175-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2023-y., 09/23/175/0239-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-bandning toʻrtinchi xatboshidagi “oʻqotar qurolni” soʻzlari “ov qurolini” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yettinchi xatboshidagi “oʻqotar qurol” soʻzlari “ov quroli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn ikkinchi xatboshidagi “xizmat boʻyicha berilgan oʻq otish qurolini” soʻzlari “berilgan xizmat qurolini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-band “b” kichik bandining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-maydagi 175-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2023-y., 09/23/175/0239-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 8-maydagi 114-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 36-modda) bilan tasdiqlangan Davlat xavfsizligini taʼminlash manfaatlari nuqtai nazaridan garov va ipoteka qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan obyektlar toifalari roʻyxatining 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“10. Fuqaroviy va xizmat quroli hamda uning oʻq-dorilarini ishlab chiqarish, taʼmirlash va realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi davlat korxonalari va davlat obyektlari”.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-iyuldagi 481-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 2-iyundagi 185-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2016-y., 23-son, 266-modda) bilan tasdiqlangan Elektron tijoratni amalga oshirish qoidalariga 2-ilovaning rus tilidagi matnida 13-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

13.

Remont grajdanskogo i slujebnogo orujiya i boyepripasov k nemu.

vnutrenniy rinok

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-iyuldagi 238-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 7-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Majmua (landshaft) buyurtma qoʻriqxonalari toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 18-bandning yettinchi xatboshidagi “idoraga qarashli oʻqotar qurollar va ularning oʻq-dorilari” soʻzlari “xizmat quroli va uning oʻq-dorilari” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 39-bandning yettinchi xatboshidagi “idoraga qarashli oʻqotar qurollar” soʻzlari “xizmat quroli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 40-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “oʻqotar qurollar va ularning oʻq-dorilari” soʻzlari “xizmat quroli va uning oʻq-dorilari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Vazirlar Mahkamasining “Oʻrmon xoʻjaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 19-iyuldagi 530-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda) 3-ilovaning 10-bandi beshinchi xatboshidagi “xizmat oʻqotar qurollari va oʻq-dorilarni” soʻzlari “xizmat quroli va uning oʻq-dorilarini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-yanvardagi 13-son qarori bilan tasdiqlangan Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda boʻlishning namunaviy qoidalarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 29-bandning ikkinchi xatboshidagi “oʻqotar qurol” soʻzlari “qurol” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ilovadagi “Yoʻnalishda yoki joyda (maydonda) quyidagilar taqiqlanadi:” boʻlimining ikkinchi xatboshidagi “oʻqotar qurol” soʻzlari “qurol” soʻzi bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Vazirlar Mahkamasining “Yoʻlovchi avtotransportida favqulodda vaziyatlar profilaktikasi va ularning oldini olish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidan tashqariga chiqadigan fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga doir shoshilinch chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 23-yanvardagi 42-son qarori 1-bandining beshinchi xatboshidagi “oʻqotar qurol va tigʻli qurollar” soʻzlari “qurolning barcha turlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-iyuldagi 319-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2023-y., 09/23/319/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 1-maydagi 175-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.05.2023-y., 09/23/175/0239-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 657-son qarori bilan tasdiqlangan Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bogʻi toʻgʻrisidagi nizomda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 22-bandning uchinchi xatboshidagi “qurollar, oʻq-dorilar” soʻzlari “xizmat quroli va unga oʻq-dorilar” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 52-bandning yettinchi xatboshidagi “idoraviy oʻqotar qurol” soʻzlari “xizmat quroli” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 53-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi “oʻqotar qurollar va ularning oʻq-dorilari” soʻzlari “xizmat quroli va uning oʻq-dorilari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Vazirlar Mahkamasining “Davlat oʻrmon xoʻjaligi organlarining faoliyatini takomillashtirish va oʻrmon xoʻjaliklarining chegara hududlari tabiiy resurslaridan foydalanish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 10-sentabrdagi 717-son qaroriga 2-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 4-bandning uchinchi xatboshidagi “oʻqotar” soʻzi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 10-banddagi “idoraviy” soʻzi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 16-oktabrdagi 829-son qarori bilan tasdiqlangan Vakolatli vazirlik, idora va tashkilotlar tomonidan kiritiladigan va “Integratsiyalashgan tarif” interaktiv xizmati doirasida taqdim etiladigan axborot roʻyxatining 5-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

5.

Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning oʻq-dorilarini olish, realizatsiya qilish, olib kirish yoki olib chiqish, tranzit qilish, saqlash, olib yurish, tashish, qurol va uning oʻq-dorilarini kolleksiyalash, koʻrgazmaga qoʻyish uchun ruxsatnoma.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-dekabrdagi 1062-son qarori bilan tasdiqlangan Ugom-Chotqol davlat biosfera rezervati toʻgʻrisidagi nizomning 47-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“47. Biosfera rezervatini qoʻriqlash xodimlariga xizmat vazifalarini ado etishda xizmat qurolini belgilangan tartibda taqib yurishga ruxsat beriladi. Biosfera rezervatini qoʻriqlash xodimlari oʻz xizmat vazifalarini ado etishda belgilangan tartibda xizmat qurolidan va maxsus vositalardan (kishanlar, rezina tayoqlar, koʻzdan yosh oqizuvchi gaz, transport vositalarini majburiy toʻxtatish qurilmalari) qoʻllash, shuningdek, xizmat itlaridan foydalanishga ruxsat beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat qurolini va maxsus vositalarni sotib olish, saqlash, taqib yurish va qoʻllashga ruxsatnoma olish belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-yanvardagi 29-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomning 18-bandi “23” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“23) qonun hujjatlari asosida zimmalariga yuklangan majburiyatlarga muvofiq atrof muhit, tabiiy resurslarni muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda Davlat ekologiya qoʻmitasi raisi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimining alohida toifadagi xodimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat qurolini olib yurish va saqlash”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi davlat oʻq-gilzotekasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 10-yanvardagi 13-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2020-y., 1-son, 5-modda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 7-banddagi “va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʻmondoni B.X.Tashmatov” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qarorga 1-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-bandning ikkinchi xatboshidagi va 42-bandning ikkinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi organiga” soʻzlari “hududiy ichki ishlar organiga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-banddagi “Milliy gvardiyasi nazorat-ruxsat berish faoliyati boʻlinmasi” soʻzlari “Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi nazorat-litsenziyalash faoliyati boʻlimi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 1-ilovaning 1 — 6-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Qaydlov oʻq-gilzotekasiga qoʻyiladigan qurollar

Nazorat tartibida otiladigan davr

”;

1.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan qurol

Ichki ishlar organlarida qurolni roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin

2.

Jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan qurol

Uch yilda bir marotaba, qurolni realizatsiya qilish holatida esa — ichki ishlar organlarida qurolni qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin

3.

Mukofot quroli

Ichki ishlar organlarida qurolni roʻyxatdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin

4.

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kolleksiyalash va koʻrgazmaga qoʻyish quroli

Ichki ishlar organlarida qurolni roʻyxatdan va qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin

5.

Fuqaroviy va xizmat quroli hamda ularning oʻq-dorilari realizatsiyasini amalga oshiradigan yuridik shaxslar tomonidan olib kirilgan qurol

Realizatsiya qilishdan oldin

6.

Yuridik shaxslar egaligida boʻlgan qurol

Uch yilda bir marotaba, qurolni realizatsiya qilish holatida esa — ichki ishlar organlarida qurolni qayta roʻyxatdan oʻtkazishdan oldin

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 4-ilovaning izohi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi nazorat-litsenziyalash faoliyati boʻlimida, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar organlarida hisobda turuvchi fuqaroviy qurolni otish, istisno tariqasida, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazida amalga oshirilishi mumkin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizomga 6-ilovaning “6-bosqich” blokidagi “Tadbir” ustunining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“3. Dalolatnomaning birinchi nusxasi hududiy ichki ishlar organiga egasining nazorat-kuzatuv yigʻmajildiga kiritish uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikkinchi nusxasi qurol va sarflanmagan patronlar bilan yuridik shaxsga yoki egasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uchinchi nusxasi nazorat oʻqlari va gilzalar bilan Davlat oʻq-gilzotekasiga yuboriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2020-y., 09/20/810/1673-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2021-y., 09/21/661/0999-son; 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 15.08.2022-y., 09/22/444/0738-son; 02.11.2022-y., 09/22/630/0980-son; 31.01.2023-y., 09/23/37/0063-son; 22.02.2023-y., 09/23/73/0098-son; 02.05.2023-y., 09/23/175/0239-son; 31.07.2023-y., 09/23/319/0543-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)