31.10.2019 yildagi 2863-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikovga “Erkin iqtisodiy zonalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida” parlament soʻrovini yuborish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasining Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikovga “Erkin iqtisodiy zonalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida” parlament soʻrovini yuborish haqidagi taklifi qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Qaror va parlament soʻrovi Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.M. Sadikovga yuborilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2863-III-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
Sh.M. Sadikovga
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PARLAMENT SOʻROVI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hurmatli Shuxrat Muxamadjanovich,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin iqtisodiy zonalarni tashkil etish dunyodagi koʻplab davlatlar singari mamlakatimizda ham toʻgʻridan toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etishning, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Prezidentimizning 2017-yil 25-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori mamlakatimizda bu borada yanada qulay investitsiya muhitini yaratishga, imkoniyat va imtiyozlar koʻlamini kengaytirishga keng yoʻl ochib berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni vaqtda mamlakatimizning 12 ta hududida 21 ta erkin iqtisodiy zona tashkil qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi masʼulligida Jizzax erkin iqtisodiy zonasida 2016-yilda amalga oshirilishi lozim boʻlgan uchta yirik loyiha bugungi kunga qadar oxiriga yetkazilmagan va loyihadagi bu korxonalar oʻz faoliyatlarini toʻxtatgan. Unga koʻra, “ZTE telekom” qoʻshma korxonasi passiv telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarishi, “Broadboad Solutions” qoʻshma korxonasi telekommunikatsiya uskunalarini ishlab chiqarishi, “Smart Vision” qoʻshma korxonasi IP va videotelefonlar ishlab chiqarishi lozim edi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maʼlum boʻlishicha, ushbu korxonalarda aylanma mablagʻ toʻliq shakllantirilmaganligi, xorijiy valyuta kursining oshib ketishi mahsulot tannarxiga taʼsir koʻrsatgan hamda butlovchi qismlarni olib kelishda xorijiy hamkorlar bilan muammolar yuzaga kelgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga va “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi yuqoridagi masala yuzasidan vaziyatni yaxshilash, oʻz tarmogʻidagi “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining masʼuliyatini oshirish va loyihani kechiktirib boʻlsa ham bajarish boʻyicha, shuningdek, mamlakatimizda raqobatbardosh axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ishlab chiqarish, yalpi ichki mahsulotda ularning ulushini oshirish yuzasidan qanday chora-tadbirlar koʻrayotganligi haqida axborot berishingiz soʻraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Parlament soʻroviga shu yilning 14-noyabriga qadar yozma ravishda javob taqdim etishingizni soʻraymiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi