31.10.2019 yildagi 2860-III-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019-yil uchinchi choragida bajarilishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hisoboti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019-yil uchinchi choragida bajarilishi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi taʼkidlaydiki, Hukumat tomonidan yuqori iqtisodiy oʻsish surʼatlarini saqlab qolish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish hamda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish koʻrsatkichini yaxshilash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, joriy yilning toʻqqiz oyida yalpi ichki mahsulot oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,7 foizga oʻsishi taʼminlandi va davlat budjetining daromadlari 1,5 baravarga ortdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlanganidek, oʻtgan davrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan Davlat dasturining bajarilishida bir qator jihatlarga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2019-yil 17-yanvardagi Farmoni bilan belgilangan ustuvor yoʻnalishlarni sifatli, samarali amalga oshirish, hisobot davrida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy-ijtimoiy sohaning bardavom rivojlanishini taʼminlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, jozibador investitsiya muhitini yaratish, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni koʻrishga ustuvor ahamiyat berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatimiz rahbari ilgari surgan gʻoyaning amalga oshirilishi va shu orqali mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishda mahalliy davlat hokimiyati organlari mustaqilligining kuchaytirilishi, natijada daromad tushumlari koʻrsatkichlarining ortigʻi bilan bajarilishi hisobiga mahalliy hokimliklar ixtiyorida qoʻshimcha 4,0 trln. soʻm yoki oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 28 foiz koʻp mablagʻ qoldirildi. Bu esa faqat markazlashgan mablagʻlargagina qaram boʻlmay, mahalliy budjetlar hisobiga ham investitsiyaviy muhitni yaxshilash, turizm uchun qulayliklar yaratish, aholini ish bilan taʼminlash kabi muhim yoʻnalishlarga eʼtiborni kuchaytirish imkonini berdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, mamlakatimizda yaratilgan qulay investitsiya muhiti natijasida ularning oʻzlashtirilishi jadallashtirilib, jalb etilayotgan jami investitsiyalar hajmi 46 foizga oʻsdi. Bunda Prezidentimiz tomonidan tasdiqlangan Investitsiya dasturining alohida ahamiyati bor.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan davrda Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, iqtisodiyotni liberallashtirish, ijtimoiy sohasini rivojlantirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida Davlat dasturi doirasida 260 ta normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasining 13 ta Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23 ta farmoni, 71 ta qarori, 3 ta farmoyishi, Vazirlar Mahkamasining 71 ta qarori va farmoyishlari qabul qilindi hamda 51 ta chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanib, izchil amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga Davlat dasturidagi ayrim bandlarning bajarilish muddatlari kechikmoqda. Jumladan, davlat boshqaruvining zamonaviy usullarini keng joriy etish orqali davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini qoʻllagan holda vazirlik va idoralarning shtat birliklarini maqbullashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat (13-band) oxiriga yetkazilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat unitar korxonalarini xatlovdan oʻtkazish asosida raqobat mavjud sohalarda faoliyat yurituvchi va samaradorligi past davlat unitar korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni hamda autsorsing mexanizmlarini qoʻllash orqali ularni tugatishni nazarda tutuvchi davlat unitar korxonalari sonini maqbullashtirish (24-band) boʻyicha boshlangan ishlar oʻz nihoyasiga yetmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimizda 2030-yilgacha urbanizatsiyani rivojlantirish konsepsiyasini qabul qilish (102-band), majburiy tibbiy sugʻurta tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish, sogʻliqni saqlash ehtiyoji uchun ajratilayotgan pul mablagʻlarini jamlash va taqsimlash mexanizmlarini takomillashtirish (160-band) borasidagi vazifalarning bajarilishi yetarli darajasida emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shular bilan bir qatorda sogʻliqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish masalalariga deputatlar tomonidan alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, deputatlar tomonidan joylarda koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifati va samaradorligi oʻrganilganda keyingi yillarda aholi oʻrtasida otorinolaringologik, yaʼni tomoq, burun va quloq (LOR) kasalliklarining oʻsish tendensiyasi yuqoriligicha saqlanib turganligi, bu kasallik, ayniqsa, goʻdak va bolalarda koʻproq kuzatilayotganligi sababli respublikada bu sohada ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazini tuzish masalasini koʻrib chiqish maqsadga muvofiqligi taʼkidlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Parlament nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 81-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 322-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” Davlat dasturining 2019-yil uchinchi choragida bajarilishi yuzasidan hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni oʻz muddatida va puxta bajarilishini taʼminlash yuzasidan Hukumat aʼzolari, davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining masʼuliyatini yanada oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturidagi ijrosi taʼminlanmagan bandlarning bajarilishini, xususan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqilishi hamda qabul qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kuz-qish mavsumida aholi va tadbirkorlik subyektlarini energoresurslar (elektr energiyasi, koʻmir, tabiiy va suyultirilgan gaz) bilan uzluksiz taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturining oʻtgan choraklardagi ijrosi yuzasidan Vazirlar Mahkamasining hisobotlari boʻyicha Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini toʻliq taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga yuqori darajada ixtisoslashgan tibbiy otorinolaringologik yordam koʻrsatish va ushbu xizmatni vertikal tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazini tashkil etish masalasini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturida ijro muddati uzaytirilgan 11 ta bandda belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida amalga oshirish yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarning masʼuliyatini yanada oshirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi deputatlar birlashmalariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz partiyaviy maqsad va vazifalaridan kelib chiqib, Davlat dasturida belgilangan ustuvor yoʻnalishlarning samarali ijro etilishi ustidan taʼsirchan parlament nazoratini oʻrnatish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari oʻz faoliyat yoʻnalishlaridan kelib chiqqan holda Davlat dasturida ijrosi toʻliq taʼminlanmagan bandlarning bajarilishi ustidan parlament nazoratini oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi boʻyicha joriy yilning 20-noyabr kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 31-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2860-III-son