Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2011 16.06.1995 yildagi 223-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2011
Hujjat 16.06.1995 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YERLARNING QIShLOQ XOʻJALIGI VA OʻRMON XOʻJALIGINI YuRITISh BILAN BOGʻLIQ BOʻLMAGAN EHTIYOJLAR UChUN OLIB QOʻYILIShI MUNOSABATI BILAN QIShLOQ XOʻJALIGI VA OʻRMON XOʻJALIGI IShLAB ChIQARIShI KOʻRGAN ZARARNING OʻRNINI QOPLASh MIQDORLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 25-maydagi 146-sonli “Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish hamda qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa ehtiyojlar uchun yer uchastkalari berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerlarning qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi koʻrgan zararning oʻrnini toʻliq qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida yerlarning qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi koʻrgan zararning oʻrnini qoplash miqdorlari 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*Ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 15-iyundagi 282-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida yerlarning qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olinishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash hamda ularning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 20-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Olib qoʻyilgan lalmi yerlarning 1 gektari oʻrniga teng bahodagi yangi yerlarni sugʻorish va oʻzlashtirish qiymati quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekislikdagi (yogʻingarchilik kam boʻladigan) zonada — haydaladigan lalmi yerlar uchun 7,5 va boʻz lalmi yerlar uchun 2,4 ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tekislik-past-balandlikdagi (yogʻingarchilik oʻrtacha boʻladigan) zonada — haydaladigan lalmi yerlar uchun 11,1 va boʻz lalmi yerlar uchun 3,6 ming soʻm;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
togʻ oldi va togʻ (yogʻingarchilik yetarli boʻladigan) zonada — haydaladigan lalmi yerlar va koʻp yillik daraxtzorlar uchun 13,8 va boʻz lalmi yerlar uchun 4,4 ming soʻm”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan Nizomning 1 va 2-jadvallari va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-dekabrdagi 595-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 16-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223-son