Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.1995 11.12.1993 yildagi 595-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.1995
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI
VAZIRLAR MAHKAMASINING 1992-YIL 15 IYuNDAGI 282-SON
QARORIGA OʻZGARTIRISh KIRITISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 16-iyundagi 223-son “Oʻzbekiston Respublikasida yerlarning qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi koʻrgan zararning oʻrnini qoplash miqdorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy-texnika resurslari narxlari muntazam ravishda oʻsib borayotganligi, ish haqi darajasi oshishi munosabati bilan hamda qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlarga ajratiladigan yerlar uchun qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligini toʻliq qoplash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 15-iyundagi 282-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida yerlarning qishloq va oʻrmon xoʻjaligini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun olinishi munosabati bilan qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarish nobudgarchiligi hajmlarini aniqlash hamda ularning oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 20-bandi hamda 1 va 2-jadvallarda belgilangan qishloq xoʻjaligi ehtiyojlari bilan bogʻliq boʻlmagan maqsadlarda olib qoʻyiladigan teng bahodagi yangi sugʻoriladigan va lalmi yerlarni, shuningdek, pichanzorlar va yaylovlarni oʻzlashtirish qiymati 1994-yil yanvar oyidan boshlab kamida 50 baravar oshadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1993-yil 11-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
595-son