1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar;
2.20.00.00.00 Kadrlar masalalari, mukofotlar, faxriy unvonlar, esdalik nishonlar, faxriy yorliqlar bilan taqdirlash, amnistiya va afv etish masalalari hamda fuqarolik berish boʻyicha individual aktlar / 20.05.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlash toʻgʻrisida qarorlar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

“Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishonini taʼsis etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati koʻrsatishni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 7-iyundagi PQ-4354-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatishning yangi tizimini yaratishga, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qoʻshgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targʻib qilish va yosh mutaxassis kadrlar tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan hamda bu yoʻnalishda yuqori natijalarga erishgan fuqarolarni ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tavsiflari tegishlicha 2 va 3-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun taqdim etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruh tarkibi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi “Davlat belgisi” ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining buyurtmasiga asosan belgilangan tartibda “Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasi tayyorlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
803-son

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 803-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda — koʻkrak nishoni) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Koʻkrak nishoni bilan axborot-kutubxona sohasini rivojlantirishga, aholiga axborot-kutubxona xizmatlari koʻrsatishning yangi tizimini yaratishga, kutubxonalarda saqlanayotgan milliy madaniy merosni asrab-avaylash va boyitish ishlariga munosib hissa qoʻshgan, jamiyatda mutolaa madaniyati, kitobxonlikni keng targʻib qilish va yosh mutaxassis kadrlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan va mazkur yoʻnalishda yuqori natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilova qilingan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish va koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlariga har yili 10-martga qadar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari nomzodlar boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi hamda har yili 1-aprelga qadar Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasiga (keyingi oʻrinlarda — Milliy kutubxona) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar axborot-kutubxona tizimi vakillarini koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni har yili 1-aprelga qadar Milliy kutubxonaga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Milliy kutubxona taqdim etilgan nomzodlarni oʻrganib chiqib eng munosiblarini har yili 20-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun taqdim etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruh yigʻilishida nomzodlarning hujjatlari oʻrganilib, har yili 1-mayga qadar eng munosib nomzodlar boʻyicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlik direktorining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi har yili 10-mayga qadar chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Koʻkrak nishoni Agentlik direktori (yoki uning topshirigʻiga binoan boshqa masʼul shaxslar) tomonidan tantanali vaziyatda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar mehnatga haq toʻlash bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biryoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari Oʻzbekiston Respublikasining axborot sohasi va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, Agentlik direktorining buyrugʻiga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Bir shaxs koʻkrak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Koʻkrak nishoni davlat mukofotlaridan keyin koʻkrakning chap tomoniga taqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik ushbu Nizomga muvofiq koʻkrak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar hujjatlarining xolis koʻrib chiqilishi uchun bevosita masʼuldir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Bosqichlar
Masʼullar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Tuman (shahar) axborot-kutubxona markazlari
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlariga taqdim etadi
Har yili 10-martga qadar
2-bosqich
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona markazlari
2. Vazirliklar va idoralar
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va Milliy kutubxonaga taqdim etadi
Har yili 1-aprelga qadar
3-bosqich
Milliy kutubxona
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga taqdim etadi
Har yili 20-aprelga qadar
4-bosqich
“Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun taqdim etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruh
Nomzodlar boʻyicha hujjatlarni oʻrganib chiqadi va eng munosib nomzodlar yuzasidan yakuniy xulosa qabul qiladi
Har yili 1-mayga qadar
5-bosqich
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi
1. Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisida Agentlikning buyrugʻini chiqaradi.
1. Har yili 10-mayga qadar
2. Koʻkrak n�shoni bilan taqdirlaydi.
2. Har yili may oyining uchinchi oʻn kunligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 803-son qaroriga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishonining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI

“Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni diametri 34,0 millimetrli doira shaklda boʻlib, mis qotishmasidan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining chetki qismida aylana boʻlib, och tilla rang fonda 14 ta qizil rangli emal joylashtirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining old yuqori qismida zarhal hoshiya bilan oʻralgan oq rangdagi emal doira ichida “AXBOROT-KUTUBXONA AʼLOCNISI” soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2 millimetr boʻlib, yozuvlar zarhallangan. Uning pastki qismi markazida faxr-iftixor va sharaf maʼnolarini ifoda etuvchi ikkita dafna yaprogʻi tasvirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining markaziy qismida ochiq holda tasvirlangan kitob varaqlari aks ettirilgan. Kitob varaqlarining ikki yon tomonida yashil rangda yaproq tasvirlangan. Kitob varaqlarining markazida Humo qushining bosh qismi tasvirlangan. Humo qushining qanotlari kitob tasviri bilan uygʻunlashgan. Humo qushining orqa tomonidan quyosh nur sochgan tarzda aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining qalinligi 2,2 millimetr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishonining orqa tomonida qavariq aylana markazining birinchi qatorida “AXBOROT-KUTUBXONA”, ikkinchi qatorda “SONASIDAGI SAMARALI”, uchinchi qatorda “MENNATLARI UCNUN” soʻzlari yozilgan. Harflarning balandligi 2 millimetr. Tasvirlar va yozuvlar qavariqdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻkrak nishoni ilgakchalar va halqacha yordamida toʻrtburchak shaklidagi qadagʻichga ulangan boʻlib, qadagʻichning pastki qismida tilla rangida dafna yaproqlari tasviri oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning yuqori qismi uch qirrali qavariq yoysimon koʻrinishida tasvirlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning eni — 25 millimetr, boʻyi — 40 millimetr. Qadagʻich eni 20 millimetrli koʻk rangdagi shoyi lenta bilan qoplangan. Shoyi lentaning oʻrtasidan oq rangli yoʻl vertikal holatda oʻtgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qadagʻichning orqa tomoniga koʻkrak nishonini kiyimga taqib qoʻyish uchun toʻgʻnogʻich koʻrinishidagi moslama oʻrnatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 803-son qaroriga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TAVSIFI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni guvohnomasi (keyingi oʻrinlarda — guvohnoma) 160x110 millimetr oʻlchamdagi kitobcha shaklida boʻlib, 240 g/kv.m. qalinlikdagi ofset qogʻozdan tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning tashqi tomoni (birinchi va toʻrtinchi betlari) koʻk rangda boʻlib, plyonka bilan qoplangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning birinchi beti eni 7,5 millimetrli, ichki burchaklari aylana shaklida boʻlgan toʻq koʻk rangli hoshiya bilan oʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning yuqori chekkasidan (birinchi beti) 35 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 3,5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “AXBOROT-KUTUBXONA”, ikkinchi satrda “AʼLOCNISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 14 kegl) soʻzlari yozilgan. Undan 6 millimetr pastda “GUVONNOMASI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 17 kegl) soʻzi yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yozuvlar toʻq koʻk rangda aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning ichki tomoni (ikkinchi va uchinchi betlari) “Tangir” tasviri tushirilgan och havo rangda boʻlib, ofset usulida chop etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki tomonining chap qismida (ikkinchi beti), markazda, koʻkrak nishonining asliga teng oʻlchamdagi rangli tasviri aks ettirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning ichki oʻng tomoni (uchinchi beti) yuqori chekkasidan 8 millimetr pastda, markazda, “GUVONNOMA” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi hamda guvohnomaning tartib raqami uchun “N” belgisi va 15 millimetrli chiziq joylashgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“GUVONNOMA” soʻzidan 10 millimetr pastda mukofotlangan shaxsning familiyasi, ismi va otasining ismini qayd etish uchun oraligʻi 8 millimetrli uchta chiziq tortilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pastki chiziqdan 6 millimetr quyida, markazda, oraligʻi 2 millimetrli toʻrt satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti”, ikkinchi satrda “Administratsiyasi huzuridagi”, uchinchi satrda “Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar”, toʻrtinchi satrda “agentligi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undan 5 millimetr pastda oraligʻi 4 millimetr boʻlgan ikki satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “20__-y. “___” “________” dagi”, ikkinchi satrda “___-sonli buyrugʻiga asosan” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Undan 5 millimetr pastda, markazda, oraligʻi 5 millimetrli uch satrdan iborat matn joylashgan. Birinchi satrda “AXBOROT-KUTUBXONA”, ikkinchi satrda “AʼLOCNISI” (katta harflarda, “Times new Roman Bolt” shrifti, 12 kegl), uchinchi satrda “koʻkrak nishoni bilan mukofotlandi” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzlari yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻnggi soʻzlardan 9 millimetr pastda, chap tomonda, “Direktor” (“Times new Roman Bolt” shrifti, 10 kegl) soʻzi yozilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 803-son qaroriga 4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash uchun taqdim etilgan nomzodlarni koʻrib chiqish boʻyicha ishchi guruh
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI

1.
A. Xodjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori, Ishchi guruh rahbari
2.
U. Teshabayeva
—
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktori, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
3.
K. Akilova
—
Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari
4.
Gʻ. Bozorov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori oʻrinbosari
5.
B. Yusupaliyev
—
Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi
6.
U. Begimqulov
—
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari
7.
D. Kenjayev
—
Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri oʻrinbosari
8.
B. Abduhalimov
—
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti
9.
B. Mahmadaliyev
—
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi oʻrinbosari
10.
S. Boboxoʻjayev
—
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti rektori
11.
I. Yuldashev
—
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori
12.
Q. Tursunov
—
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi direktorining oʻrinbosari
13.
M. Yunusxodjayeva
—
Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining kadrlar boʻyicha bosh mutaxassisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Ishchi guruh aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Axborot-kutubxona aʼlochisi” koʻkrak nishoni

GUVOHNOMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2020-y., 09/20/803/1659-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)