22.12.2020 yildagi PQ-4933-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta tiklanadigan energiyani jadal rivojlantirishni taʼminlash, elektr energiyasi ishlab chiqarish manbalarini diversifikatsiyalash, elektr energiyasi ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni kamaytirish, shuningdek, elektr energetika tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida 2019-yil 20-martda “Abu Dhabi Future Energy Company PJSC — Masdar” (BAA) kompaniyasi (keyingi oʻrinlarda — Investor) bilan Oʻzbekiston Respublikasida umumiy quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini (keyingi oʻrinlarda — SHES) loyihalash, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish loyihasini birgalikda amalga oshirish boʻyicha bitim imzolanganligi (keyingi oʻrinlarda — investitsiya loyihasi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida Investor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Shamol Zarafshan Energy” xorijiy korxonasi (keyingi oʻrinlarda — Loyiha kompaniyasi) tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi (keyinchalik shartnomaga qoʻshilishini hisobga olgan holda) oʻrtasida 2020-yil 10-iyunda investitsiya shartnomasi imzolanganligi (keyingi oʻrinlarda — Investitsiya shartnomasi) hamda unga muvofiq Investor va Loyiha kompaniyasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya loyihasini amalga oshirishning butun davri mobaynida Navoiy viloyatida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini loyihalashtirish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf-xatarlarni oʻz zimmasiga olgan holda, 600 mln AQSH dollaridan ortiq miqdorda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular tomonidan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona xaridor boʻlgan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishlari nazarda tutilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Investor oʻrtasida 2020-yil 10-iyunda Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisida bitim (keyingi oʻrinlarda — Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim) imzolanganligi hamda unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Investor ushbu bitim boʻyicha oʻz huquq va majburiyatlaridan Loyiha kompaniyasi foydasiga voz kechishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini yagona xaridor boʻlgan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga kafolatlangan tarzda sotish majburiyatini olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi oʻz majburiyatlarining lozim darajada bajarilishi boʻyicha 35 mln AQSH dollari miqdorida bank kafolatini taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi SHESning oshiruvchi podstansiyasini qurish va u ishga tushirilgandan soʻng “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga bepul topshirish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib olish majburiyatini oʻz zimmasiga olishi va elektr energiyasi uchun toʻlovni milliy valyutada amalga oshirishi nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Investor va Loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi Investitsiya shartnomasi tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Investitsiya shartnomasi u imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar natijasida imzolangan Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq ularning amal qilish muddati davomida elektr energiyasini sotib olish uchun xorijiy valyutada denominatsiyalangan qatʼiy tarif oʻrnatilganligi belgilab qoʻyilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Energetika vazirligiga Investor, Loyiha kompaniyasi va investitsiya loyihasini moliyalashtirishda ishtirok etayotgan kreditorlar bilan Loyiha kompaniyasi tomonidan investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida imzolangan bitimlar boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan taqdirda Loyiha kompaniyasi va Investor huquqlarini kreditorlarga berish yuzasidan bitimlar tuzish huquqi berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PQ-314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Loyiha kompaniyasi bilan birgalikda Loyiha kompaniyasi tomonidan belgilangan tartib-taomillarga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasini tanlab olishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
majburiy ekspertiza va roʻyxatdan oʻtkazmagan holda xalqaro mustaqil injiniring kompaniyasi bilan shartnoma tuzishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHESda ishlab chiqariladigan elektr energiyasini uch oy mobaynida sotib olishni qoplash uchun majburiyatlar bajarilishining taʼminoti sifatida Loyiha kompaniyasi foydasiga xorijiy valyutada tasdiqlangan tiklanadigan akkreditivni ochishga ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Investitsiya shartnomasiga muvofiq investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga quyidagilarga ruxsat berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kreditlash, xorijiy valyutadagi mablagʻlarni olish va ulardan foydalanish (shu jumladan boshqalardan tashqari xorijiy valyutada kredit mablagʻlari tushumlari) uchun chet ellardagi xorijiy banklarda bank hisobvaraqlari ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet eldagi bank hisobvaraqlaridan xorijiy valyutada kredit olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ustav kapitali uchun faqat qurilish davrida Loyiha kompaniyasi ishtirokchilari bilan tuzilgan qarz shartnomalari va oraliq qarz bitimlari boʻyicha xorijiy valyutada pul mablagʻlarini qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining tashqarisidagi xorijiy pudratchilar, yetkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga toʻlovlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi bank hisobvaraqlari orqali oʻtkazmasdan toʻgʻridan-toʻgʻri amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning akkreditiv ochadigan xorijiy bank oldidagi toʻlov majburiyatlari Osiyo taraqqiyot banki kafolati orqali bajarilgan taqdirda, Osiyo taraqqiyot banki bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatiga maqbul shakldagi Osiyo taraqqiyot banki xarajatlarini qoplash toʻgʻrisidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
(71-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PQ-314-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Navoiy viloyati hokimligi 2022-yil 30-iyulga qadar Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimda koʻrsatilgan shartlarga mos keladigan SHES, podstansiya va havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun zarur boʻlgan yer uchastkalarini, tayanch qurilmalar egallaydigan yer koordinatalaridan kelib chiqib davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Energetika vazirligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi mazkur bandga asosan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SHES va podstansiya qurilishi uchun ajratilgan yer uchastkasining investitsiya loyihasini amalga oshirish muddatiga teng davrga Loyiha kompaniyasiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasining “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJga ijaraga berilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yerni ijaraga olish huquqi uchun bozor qiymatida haq toʻlash yerga nisbatan amal qiluvchi va Loyiha kompaniyasi tomonidan toʻlanadigan ijara toʻlovlari koʻrinishida ifodalanishi belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, Loyiha kompaniyasi va “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanganlik uchun qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi oʻrnini qoplashdan (kompensatsiya toʻlovlaridan) ozod qilinsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PQ-314-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Navoiy viloyati hokimligining Investitsiya loyihasini joylashtirish uchun Navoiy viloyatining Tomdi tumanidagi mazkur qarorning ilovasiga muvofiq 293,35 gektar yer maydonini qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyati hokimligi 2022-yil oxiriga qadar ushbu qaror bilan toifasi oʻzgartirilayotgan yer uchastkalari maydoniga teng miqdorda qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yangi yerlar oʻzlashtirilishini taʼminlasin.
(81-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PQ-314-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Adliya vazirligi (R.K. Davletov) investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida Investitsiya shartnomasi qoidalariga muvofiq imzolangan bitimlar yuzasidan yuridik xulosa bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) loyiha hujjatlari belgilangan tartibda davlat ekologiya ekspertizasidan oʻtkazilishini hamda investitsiya loyihasini amalga oshirishda tabiatni muhofaza qilishga oid qonunchilikka rioya etilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev) investitsiya loyihasining amalga oshirilishi, shuningdek, tomonlarning Investitsiya shartnomasi va Elektr energiyasini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim doirasidagi majburiyatlarini bajarishi ustidan doimiy nazorat oʻrnatsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Komilov) Loyiha kompaniyasining buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kirish vizalari rasmiylashtirilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ichki ishlar vazirligi (P.R. Bobojonov) Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan investitsiya loyihasini amalga oshirishda ishtirok etadigan xorijiy mutaxassislarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini, berilishini (muddati uzaytirilishini) hamda vaqtincha yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtishini va uning muddati uzaytirilishini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov) Loyiha kompaniyasi buyurtmanomalariga asosan Oʻzbekiston Respublikasiga xorijiy ishchi kuchini (Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlmaganlar orasidan) jalb etishga ruxsatnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini), shuningdek, xorijiy fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi tasdiqnomalar berilishini (muddati uzaytirilishini) belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan har chorak yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 22-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4933-son
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-dekabrdagi PQ-4933-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar toifasidan sanoat va boshqa maqsadlariga moʻljallangan yerlar toifasiga oʻtkazilayotgan yer uchastkalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Hudud nomi

Kontur raqami

Jami yer uchastkasi

(gektar)

Shundan, yaylov yerlar

Tuproq ball boniteti

Shamol elektr stansiyasi uchun

Tomdi tumani

Tomdibuloq massivi

364q

12,97

12,97

baholanmagan

371q

33,99

33,99

baholanmagan

566q

9,25

9,25

baholanmagan

565q

1,35

1,35

baholanmagan

571q

18,56

18,56

baholanmagan

572q

35,04

35,04

baholanmagan

573q

8,0

8,0

baholanmagan

576q

4,2

4,2

baholanmagan

577q

24,26

24,26

baholanmagan

584q

28,34

28,34

baholanmagan

585q

48,75

48,75

baholanmagan

Hudud boʻyicha jami

224,71

224,71

Tomdi tumani

Oqtov massivi

29q

13,56

13,56

baholanmagan

33q

14,96

14,96

baholanmagan

34q

4,58

4,58

baholanmagan

Hudud boʻyicha jami

33,1

33,1

Jami

257,81

257,81

Podstansiya qurilishi uchun

Tomdi tumani

Tomdibuloq massivi

571q

11,25

11,25

baholanmagan

Jami

11,25

11,25

Havo elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun

Tomdi tumani

Tomdibuloq massivi

571q

0,05

0,05

baholanmagan

Jami

0,05

0,05

Qushlarni kuzatish tizimi uchun va shamolni kuzatish minoralari uchun

Tomdi tumani

Tomdibuloq massivi

364q

2,59

2,59

baholanmagan

371q

3,01

3,01

baholanmagan

566q

0,33

0,33

baholanmagan

571q

2,51

2,51

baholanmagan

572q

2,76

2,76

baholanmagan

573q

2,18

2,18

baholanmagan

576q

0,17

0,17

baholanmagan

577q

2,26

2,26

baholanmagan

584q

2,59

2,59

baholanmagan

585q

2,92

2,92

baholanmagan

Hudud jami

21,32

21,32

Tomdi tumani

Oqtov massivi

29q

0,5

0,5

baholanmagan

33q

2,34

2,34

baholanmagan

34q

0,08

0,08

baholanmagan

Hudud boʻyicha jami

2,92

2,92

Jami

24,24

24,24

Loyiha boʻyicha jami

293,35

293,35

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PQ-314-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.12.2020-y., 07/20/4933/1654-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 07/22/314/0616-son)