Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumani va Navoiy viloyatining Konimex tumani chegaralarini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga hamda “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi qabul qilinib, Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumani va Navoiy viloyatining Konimex tumani chegaralari oʻzgartirilsin.
2. Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani maʼmuriy hududining 10 651 gektar yer maydoni, shu jumladan “Zafarobod” aholi punktining 609,65 gektar yer maydoni (shundan, yaylovlar 107 gektar, aholi punktlari yerlari 116 gektar va boshqa yerlar 386,65 gektar) Navoiy viloyatining Konimex tumani tarkibiga oʻtkazilsin.
3. Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumani va Navoiy viloyatining Konimex tumani chegaralari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan 1 va 2-ilovalarga* koʻra tavsiflar va grafik chizmalarga muvofiq tasdiqlansin.
*1- va 2-ilovalar berilmaydi.
4. Belgilab qoʻyilsinki, Navoiy viloyatining Konimex tumani tarkibiga oʻtkazilayotgan Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumani “25-Zafarobod” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Gʻijduvon tuman Kengashining deputati Navoiy viloyati xalq deputatlari Konimex tuman Kengashining deputati hisoblanadi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Qarorning ijrosi boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini taʼminlasin.
6. Ushbu Qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga yuborilsin.
7. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2018-yil 27-avgust,
1924-III-son