Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.06.2000 19.11.1992 yildagi 540-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.06.2000
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON SUV XO‘JALIGI QURILIShI DAVLAT KONSERNI (“O‘ZSUVQURILISh”) FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston suv xo‘jaligi qurilishi Davlat konserni (“O‘zsuvqurilish”)ni tugatish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2000-yil 29-iyundagi 249-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston suv xo‘jaligi qurilishi davlat konserni (“O‘zsuvqurilishni tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 18-noyabrdagi 497-son Farmonni bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston suv xo‘jaligi qurilishi davlat konserni (“O‘zsuvqurilish”) tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq birlashmalar, trestlar, korxonalar va tashkilotlardan iborat tarkibda tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zsuvqurilish” konserni quyidagilarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirsin va:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilayotgan va foydalanilayotgan davlat xo‘jaliklari va xo‘jalik hisobidagi uchastkalarni 1992-yil 1-yanvardagi holatiga ko‘ra kommunal qurilish, ijtimoiy-madaniy-maishiy uy-joy va davlat xo‘jaligi qurilishi obyektlari bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi bilan birga 1992-yil oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meliorativ qurilish va yangi yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha buyurtmachi funksiyalarini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Melioratsiya va suv xo‘jaligi qurilishi vazirligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
balansda bo‘lgan va tugallanmagan qurilish hisoblanuvchi meliorativ fond, binolar, inshootlar, korxonalar va obyektlarni 1992-yil oxirigacha qabul qilish-topshirish dalolatnomalari bo‘yicha tegishliligiga ko‘ra respublika vazirliklari va idoralariga bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi 1993-yilda yetishtirilgan va tayyorlangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining butun hajmini “O‘zsuvqurilish” konsernidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga berishni, shuningdek, bu vazirlikka “O‘zsuvqurilish” tomonidan berilgan davlat xo‘jaliklari va xo‘jalik hisobidagi uchastkalar qurilishini tugallash uchun maqsadli sarmoya mablag‘lari ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda meliorativ va qishloq xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha buyurtmachi va pudratchi funksiyasini ajratish hamda Orolbo‘yi muammolarini hal etish masalalarini ko‘rib chiqsin va tartibga solsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “O‘zsuvqurilish” konsernining funksiyalariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘rtaosiyogiprosuvpaxta” loyiha-qidiruv instituti — O‘zbekiston davlat meliorativ, suv xo‘jaligi obyektlarini loyihalash, sug‘oriladigan katta massivlar va Orolbo‘yi obyektlarini o‘zlashtirish loyiha-qidiruv instituti (“O‘zgipromeliosuvxo‘jalik”)ga aylantirilsin hamda u O‘zbekiston Respublikasi Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibiga berilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘rtaosiyogiproqo‘riqqurilish” loyiha-qidiruv instituti — “O‘zsuvqurilish” konserni tarkibida qoldirilgan holda O‘zbekiston davlat sanoat-xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy-maishiy, suv xo‘jaligi, Qishloq xo‘jaligi va kommunal qurilish obyektlarini joriy va ishchi loyihalash bo‘yicha loyiha-qidiruv instituti (“O‘zgiprosuvqurilishga aylantirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilab qo‘yilsinki, “O‘zsuvqurilish” konserni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi, o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan konsern Ustaviga amal qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika xalq xo‘jaligining ehtiyojlaridan kelib chiqib, konsern tarkibiga kiruvchi barcha korxonalar manfaatlarini hisobga olgan holda davlat buyurtmalari, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘rishartnomalar va bitimlar asosida mustaqil ravishda istiqbolni belgilaydi va pudrat faoliyatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, trestlar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar mehnat jamoalarining ijtimoiy masalalarini hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqadi va ro‘yobga chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Konsernni boshqarishning yuqori organi Kengash hisoblanadi, u boshqaruvni saylaydi. “O‘zsuvqurilish” apparatining tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq hamda uning xodimlarining eng ko‘p soni 145 nafardan iborat qilib tasdiqlansin. Konsernning ishchi apparati konsern Kengashi tomonidan tasdiqlangan bitim asosida konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar ajratgan mablag‘lar hisobiga saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsernga raisning to‘rt nafar o‘rinbosariga, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosariga hamda 9 kishidan iborat boshqaruv a’zolariga ega bo‘lishga ruxsat berilsin. Konsern rahbarlari va boshqaruv a’zolarining shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zsuvqurilish” davlat konserni raisi maqomi, maishiy ta’minot, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha respublika vazirligiga, raisning birinchi o‘rinbosari — vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari — vazir o‘rinbosarlariga, boshqaruv a’zolari esa — hay’at a’zolariga tenglashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “O‘zsuvqurilish” konserniga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern tarkibiga kiruvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarni Kengash qarori bilan tashkil etish, qayta tuzish va tugatish, ularni mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish to‘g‘risida belgilangan tartibda taklif kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konsern tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar mehnat jamoalarining roziligi bilan ishlab chiqarish vazifalarini bajarish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy, moddiy va boshqa resurslarni konsern Ustavi bilan belgilanadigan tartibda va shartlarda markazlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy sheriklar bilan qo‘shma korxonalar tashkil etish, belgilangan tartibda asbob-uskunalar. materiallar, mexanizmlar va xalq iste’mol mollari bo‘yicha eksport-import mollarini amalga oshirish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “O‘zsuvqurilish” konserni 20 kun muddat ichida konsern Ustavini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 16-noyabrdagi 376-son qarorining 14 va 16-bandlari “O‘zsuvqurilish” konserniga tatbiq qilinsin. Qayd qilib o‘tilgan qarorning O‘zbekiston Respublikasi Davlat suv xo‘jaligi qurilishi qo‘mitasiga tegishli 5, 6, 9, 10-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. “O‘zsuvqurilish” davlat konserni va uning ishchi apparati Toshkent shahar, A. Qodiriy ko‘chasi, 5-uyda joylashishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Raisining birinchi o‘rinbosari o‘rtoq I. H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklatilsin. Qarorning qanday bajarilayotganligi 1993-yil aprel oyida ko‘rib chiqilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 19-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
540-son