Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“TOVAR BOZORLARIDA MONOPOLISTIK FAOLIYATNI ChEKLASh VA RAQOBAT TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1996-yil 27-dekabrdagi qarorini bajarish yuzasidan hamda monopoliyaga qarshi davlat siyosatini oʻtkazish, raqobat muhiti yaratilishini taʼminlash va respublikada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanilishini nazorat qilish tartibi tasdiqlansin (1-ilova).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:
erkin (shartnomaviy) narxlar va tariflarni shakllantirish va ularning qoʻllanishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda monopol mahsulotlarga narxlar (tariflar)ni va rentabellikni deklaratsiyalash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi bir oy muddatda:
Keyingi tahrirga qarang.
Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
monopoliyaga qarshi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni qoʻzgʻash va ularni koʻrib chiqish tartibi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi tovar bozorlarini tartibga solish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari uchun har choraklik davlat statistika hisoboti shaklini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga monopoliyaga qarshi siyosatni olib borish boʻyicha vazifalarni yuklash toʻgʻrisida” 1993-yil 6-fevraldagi 63-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1993-yil 30-martdagi 160-son qarori 1-bandining uchinchi — oltinchi xatboshilari, 2, 3, 4, 8-bandlari;
Vazirlar Mahkamasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning monopolistik faoliyatini cheklash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 7-fevraldagi 34-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining tovar bozorlarida monopolistik mavqeni egallagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestri toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1996-yil 19-sentabrdagi 323-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 31-mart,
165-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanishini nazorat qilish
TARTIBI
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Tartib “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
2. Mazkur Tartib:
Monopolistik korxonalar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga;
tabiiy monopoliyalar subyektlariga tegishli boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
narxlari Hukumat tomonidan yoki oʻz vakolatlari doirasida joylardagi davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga narxlarni shakllantirishda qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Qolgan mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Narxlarni davlat yoʻli bilan tartibga solish:
monopolist korxonalarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga narxlar (tariflar), ustamalar yoki rentabellikning cheklangan darajalarini deklaratsiya qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga koʻra belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar joriy etish;
joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Qonunchilik bilan belgilangan tartibda narxlarni tartibga solishning boshqa usullari ham qoʻllanilishi mumkin.
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, mahsulotlari (tovarlari, xizmatlari)ga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar)ni, shu jumladan, tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning toʻgʻri qoʻllanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
II. MONOPOLIST KORXONALARNING MAXSULOTLARIGA NARXLARNI DAVLAT YOʻLI BILAN TARTIBGA SOLISh
5. Monopol yuqori va monopol past narxlar belgilanishining (demping narxlar belgilanishining), xaridorgir mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ga narxlar asossiz oshirilishi (pasaytirilishining, ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻz natijasiga koʻra raqobatning cheklanishiga va (yoki) boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning manfaatlari kamsitilishiga sabab boʻlgan yoki sabab boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa suiisteʼmolchiliklarning oldini olish, cheklash va ularga barham berish maqsadida monopolistlarning mahsulotlari (xizmatlari)ga narxlar (tariflar)ni davlat tomonidan tartibga solish joriy etiladi.
6. Muayyan sifat va turdagi mahsulotlar, xizmatlar va xalq isteʼmol tovarlari aniq guruhlari va turlarining tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar Oʻzbekiston Respublikasining tovar bozorlarida harakat qiluvchi Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Davlat reyestri deb ataladi) kiritiladi.
7. Davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga kiritilgan paytda amalda boʻlgan va xoʻjalik yurituvchi subyekt mahalliy yoki respublika bozorlarida ular boʻyicha monopolist hisoblangan mahsulotga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) yoki rentabellik oshirilishi toʻgʻrisida asosiy isteʼmolchi bilan yangi narxlar (tariflar) kelishilgandan keyin tegishli moliya organlariga deklaratsiya taqdim etishga majburdirlar.
8. Monopolist korxonalar tomonidan narxlarning pasaytirilishi mustaqil amalga oshiriladi. Bunda raqobatni cheklash maqsadida monopolist tomonidan shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflar pasaytirilishiga (demping narxlar belgilanishiga) yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Bir xil mahsulot (xizmat)ning oʻzi bir necha isteʼmolchiga (buyurtmachiga) yetkazib berilgan taqdirda, unga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (xizmatlar)ning kamida 50 foizi sotilayotgan asosiy isteʼmolchi (buyurtmachi) boʻyicha narxlar (tariflar) oshishi, yoki hammasi boʻlib mazkur mahsulotlar (xizmatlar)ning kamida 50 foizi sotiladigan bir necha isteʼmolchi (buyurtmachi) boʻyicha oldingi oyda shakllangan oʻrtacha narxlar (tariflar) toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etiladi.
10. Monopol mahsulotlarga narxlar (tariflar) va rentabellikka deklaratsiya taqdim etish tartibi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Deklaratsiya uchun taqdim etilgan materiallar boʻyicha tegishli moliyaviy organ bir hafta muddatdan kechikmay qaror qabul qilishi shart.
Yangi cheklangan deklaratsiya taqdim etilgan narxlar (tariflar) yoki rentabellik joriy etilishi sanasi etib uning tegishli moliya organida roʻyxatga olingan sana hisoblanadi. Deklaratsiya nusxasi yoki narxlar (tariflar)ni roʻyxatga olish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qaror tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Monopol mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt moliya organlaridan hujjatlar olingandan keyin bir hafta muddatda isteʼmolchilarni moliya organlari tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
13. Moliya organlariga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) deklaratsiya qilinishi boʻyicha materiallarni taqdim etgan korxonalar, agar moliya organlari tomonidan narxlar (tariflar)ni taqdim etilgan loyihadan past darajada roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda isteʼmolchilar bilan keyinchalik hisob-kitob qilgan holda ular bilan kelishilgan narxlar (tariflar) boʻyicha mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishni davom ettiradilar. Agar moliya organlari tomonidan monopolist tomonidan pirovard isteʼmolchiga emas, balki vositachi korxonalar, va tashkilotlarga yoki savdoga sotilgan mahsulotga loyihalashtirilayotgan narxlar (tariflar)ni pasaytirish yoki ilgari amalda boʻlganlarini saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda haqiqatda sotilgan narxlar bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan narxlar oʻrtasidagi farq summasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi”ga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
III. TABIIY MONOPOLIYALARGA TEGIShLI BOʻLGAN KORXONALARNING MAHSULOTLARI VA XIZMATLARI NARXLARI VA TARIFLARINI DAVLAT YOʻLI BILAN TARTIBGA SOLISh
14. Tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyati sohasida samarali davlat siyosatini oʻtkazish maqsadida ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar (koʻrsatiladigan xizmatlar)ga narxlar (tariflar) davlat yoʻli bilan tartibga solish tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatining quyidagi sohalarida amalga oshiriladi.
15. Narxlar (tariflar)ni davlat yoʻli bilan tartibga solish tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatining quyidagi sohalarida amalga oshiriladi:
neft, gaz kondensati, tabiiy gaz va koʻmir qazib chiqarish;
neft, neft mahsulotlari va gazni magistral quvurlar orqali uzatish;
elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqarish va uzatish;
temir yoʻllarda tashish;
portlar, aeroportlar xizmati;
umumiy elektr va pochta aloqasi xizmatlari.
vodoprovod va kanalizatsiya xoʻjaligi xizmatlari.
16. Tabiiy monopoliyalarga tegishli boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga narxlar (tariflar) va ustamalar Hukumat qarorlari bilan hamda oʻz vakolatlari doirasida joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
IV. BELGILANGAN NARXLAR (TARIFLAR) VA USTAMALAR BELGILASh TARTIBI
17. Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning ayrim turlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda oʻz vakolatlari doirasida joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek davlat boshqaruvi organlari tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha ularning ijtimoiy va iqtisodiy asoslanishi hollarida belgilangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilanishi mumkin.
V. MAHSULOTLAR, TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR)GA NARXLAR ShAKLLANIShI VA QOʻLLANILIShI USTIDAN DAVLAT NAZORATI
18. Belgilangan va boshqariladigan narxlar (tariflar) va ustamalarni shakllantirish va qoʻllashning toʻgʻriligi ustidan davlat nazorati monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
19. Monopoliyaga qarshi davlat organi oʻtkazilgan tekshirishlar asosida xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarni davlat yoʻli bilan tartibga solish tartibi buzilishi natijasida olingan summalarni Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” schyotiga undirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, olib qoʻyilishi kerak boʻlgan va amalda tushgan jarimalar hisobini yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Narxlar (tariflar) va ustamalarni shakllantirish va qoʻllash tartibi buzilishiga quyidagilar kiradi:
belgilangan va cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalarni oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
moliya organlariga narxlar (tariflar) toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etish yoki rentabellik, ularning oshib ketishiga olib keluvchi ustamalarning cheklangan darajasini belgilash uchun ishonchsiz axborot taqdim etilishi;
mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) qiymatiga ularning narxida hisobga olingan amalda foydalanilmagan materiallar yoki bajarilmagan ishlarni kiritish;
narxlar (tariflar)ni kelishishda nazarda tutilgan (qabul qilingan) yoki konstruktiv nuqsonlar tufayli (standartlashtirish organlarining xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan (belgilangan, tartibga solinadigan) mahsulotning texnologik parametrlariga rioya etmaslik;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (tayyorlash) uchun nazarda tutilgan hamda narxlar (tariflar)ni shakllantirishda hisobga olinmagan xomashyo (komponentlar)ni almashtirish hisobiga foyda (daromad) olinishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarni shakllantirish va qoʻllash tartibi buzilishi natijasida olingan mablagʻlar oshirilgan narxlar va tariflar (qoʻshimcha haq, ularga chegirmalar va boshqalar hisobga olingan holda) boʻyicha mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan amaldagi tushum bilan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq shakllangan narxlar va tariflar (ularga qoʻshimcha haq, chegirmalar va boshqalar hisobga olingan holda) boʻyicha mana shu mahsulot (ishlar, xizmatlar) qiymati oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Mahsulot (tovarlar)ning sotish narxlarini sotish narxlariga savdo, taʼminot-sotish, ulgurji va boshqa ustamalarni qoʻshib shakllantiruvchi va qoʻllovchi savdo, umumiy ovqatlanish, taʼminot-sotish korxonalari, vositachilik tashkilotlari va tashkilotlar uchun olib qoʻyilishi kerak boʻlgan summa quyidagicha belgilanadi:
oshirilgan ustamalar qoʻllangan hollarda — mahsulotlar (tovarlar)ni sotishdan olingan ustamaning amaldagi summasi bilan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq aniqlangan ustama summasi oʻrtasidagi tafovut sifatida;
narx belgilashning amaldagi tartibi buzilgan holda belgilangan narxlarga belgilangan ustamalar qoʻllanilgan hollarda — oshirilgan narxlar boʻyicha sotilgan mahsulotning butun hajmiga hisoblab chiqilgan ustama summasi bilan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq hisoblab chiqilgan sotilgan mahsulotning xuddi shu hajmiga ustama summasi oʻrtasidagi tafovut sifatida.
Mahsulotlariga rentabellikning cheklangan darajalari belgilangan korxonalar uchun umuman mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) guruhlari (turlari) boʻyicha rentabellikning cheklangan darajasini oshirish hisobiga olingan hamda korxonalar tomonidan choraklik hisob-kitoblar asosida Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” schyotiga kiritilmagan summa olib qoʻyilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Narxlar (tariflar) va ustamalarni shakllantirish va qoʻllash tartibi buzilishi natijasida olingan mablagʻlar Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” maxsus schyotiga olib qoʻyiladi hamda narxlar buzilishi natijasida olingan summa miqdorida iqtisodiy sanksiyalar qoʻllaniladi.
Deklaratsiya toʻldirilmagan narxlarni qoʻllashdan olingan tafovut toʻliq budjet daromadiga, iqtisodiy sanksiya esa Moliya vazirligining “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi”ga olib qoʻyiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Iqtisodiy sanksiyalar qonunni buzishning butun davriga qoʻllaniladi va xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidan va uning budjet bilan oʻzaro munosabatlaridan qatʼi nazar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin, xoʻjalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladigan foydadan undiriladi, mazkur Tartibning 28-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qoʻllanilishi ularning narxlarining davlat tomonidan tartibga solinishi tartibi buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarini javobgarlikdan ozod qilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” schyotiga olib qoʻyilishi kerak boʻlgan summani hisoblab chiqishda soliqlar oshishiga olib kelgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ga narxlar belgilash va qoʻllash tartibi buzilishiga yoʻl qoʻygan korxonalarda ortiqcha toʻlangan soliqlar va boshqa toʻlovlar summasi hisobiga korxonadan olib qoʻyiladigan summa kamaytirilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
26. Moliya organlari amaldagi Tartibga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
narxlarning davlat tomonidan boshqarilishi tartibi buzilganligi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar qoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni olgach, bir oy muddatda ushbu mablagʻlarni Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” schyotiga undiradilar;
Keyingi tahrirga qarang.
bir hafta muddatda mablagʻlarni olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan monopoliyaga qarshi davlat organiga undirilgan vaqt va uning summasi toʻgʻrisida maʼlum qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Davlat soliq organlari iqtisodiy sanksiyalar qoʻllanilishi zarur boʻlgan narxlar (tariflar) va ustamalar qoʻllanilishida qonun buzilishlar aniqlanganda tekshirish materiallarini ortiqcha olingan mablagʻlarni olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun tegishli monopoliyaga qarshi davlat organiga yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Narxlarning davlat tomonidan boshqarilishi tartibi buzilganligi va buning natijasida ortiqcha summa olinganligini mustaqil ravishda aniqlagan xoʻjalik yurituvchi subyekt ularni Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” schyotiga oʻtkazadi. Ushbu holda iqtisodiy sanksiyalar qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt narxlar (tariflar)ni davlat tomonidan boshqarish tartibi buzilishiga yoʻl qoʻygan taqdirda mablagʻlarni olib qoʻyish bunday qarorni qabul qilgan organning hisob-kitob schyotidan amalga oshiriladi.
30. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (yozma koʻrsatmasi) ustidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinishi mumkin.
31. Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” budjetdan tashqari schyotiga notoʻgʻri undirilgan mablagʻlarni qaytarish, ushbu mablagʻlar koʻrsatib oʻtilgan fond schyotiga oʻtkazilganiga bir yil toʻlmagan taqdirda monopoliyaga qarshi davlat organining qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 23-maydagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan
OʻZGARTIRiShLAR VA QOʻShIMChALAR
1.4-band:
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan hollarda va tartibda yuridik shaxslar birlashmalarining tashkil etilishi, qoʻshilishi va birlashishi, xoʻjalik subyektlarining moliya-sanoat guruhlari va xolding kompaniyalarini tashkil etgan holda qoʻshilishi va birlashishi ustidan, korxonalarning tugatilishi va boʻlinishi ustidan nazoratni amalga oshiradi”;
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonunchilik hujjatlari bilan belgilangan hollarda va tartibda xoʻjalik yurituvchi subyektning ustav kapitalidagi aksiyalar, ulushlarni ovoz berish huquqi bilan sotib olish, shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektning tadbirkorlik faoliyatini yuritish shartlarini belgilovchi huquqlarni yoxud uning ijro etuvchi organi vazifasini amalga oshirish huquqlarini sotib olish haqidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqadi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“qonunchilik hujjatlari bilan nazarda tutilgan boshqa vazifalarni amalga oshiradi”.
2.5 band:
“xoʻjalik yurituvchi subyektlarga monopoliyaga qarshi qonunchilik buzilishi toʻxtatilishi, isteʼmolchilarning huquqlari buzilishi toʻxtatilishi yoki ularning oqibatlari bartaraf etilishi, dastlabki holat tiklanishi, monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid boʻlgan shartnomalarning bekor qilinishi yoki oʻzgartirishi toʻgʻrisida bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar berish;
davlat boshqaruv organlariga va joylardagi davlat hokimiyati organlariga ular tomonidan monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid ravishda qabul qilingan hujjatlarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisida talablar qoʻyish”;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“xoʻjalik yurituvchi subyektlarni va ularning rahbarlarini shuningdek, mansabdor shaxslarni monopoliyaga qarshi qonunchilikni, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik yoki monopoliyaga qarshi organning yozma koʻrsatmalarini bajarmaganligi uchun javobgarlikka tortish toʻgʻrisida oʻz vakolatlariga muvofiq qarorlar qabul qilish”;
oʻninchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“monopoliyaga qarshi qonunchilik va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishi, shu jumladan, monopoliyaga qarshi qonunchilikka zid boʻlgan shartnomalarni toʻliq yoki qisman haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida sudga murojaat qilish, shuningdek, monopoliyaga qarshi qonunchilikni va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash va ularni buzish bilan bogʻliq ishlar sud tomonidan koʻrib chiqilayotganida qatnashish”;
oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi maʼlumotlari asosida Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestrini shakllantirish tartibini belgilash;
monopoliyaga qarshi qonunchilik buzilishi, isteʼmolchilarning huquqlarini buzish natijasida olingan foyda (daromad)ni, agar koʻrsatib oʻtilgan summa tekshirish paytigacha xaridor (buyurtmachi)ga qaytarilmagan yoki tegishli budjetga oʻtkazilmagan boʻlsa, ularni musodara qilish va tegishli budjetga oʻtkazish”;
quyidagi mazmundagi oʻn toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“narxlar (tariflar)ni va ustamalarni shakllantirish hamda, ularni qoʻllash natijasida olingan mablagʻlarni musodara qilish va budjetdan tashqari maxsus schyotga oʻtkazish, shuningdek, narxlarni buzish natijasida olingan summa miqdorida iqtisodiy sanksiyalar qoʻllash”;
oʻn toʻrtinchi va oʻn beshinchi xatboshilar quyidagi tahrirda bayon qilinsin;
“ortiqcha olingan summa musodara qilish toʻgʻrisidagi qaror olingan paytdan boshlab xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan oʻttiz kun muddatda oʻtkaziladi, mablagʻlar belgilangan muddatda oʻtkazilmagan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyekt muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun musodara qilinadigan summaning 0,15 foizi miqdorida penya toʻlaydi. Agar kechikish bank aybi bilan (xoʻjalik yurituvchi subyekt toʻlov topshiriqnomasi kelgan kundan boshlab uch kundan ortiq vaqt oʻtgan boʻlsa) sodir etilgan boʻlsa, 0,15 foiz miqdoridagi penya bank tomonidan toʻlanadi.
Mablagʻlar shak-shubhasiz tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki mahalliy moliya organlari tomonidan olib qoʻyiladi”;
quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“monopoliyaga qarshi qonunchilik va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirish berish;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish”.
Keyingi tahrirga qarang.