Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.1997 07.02.1995 yildagi 34-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.03.1997
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XO‘JALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING MONOPOLISTIK FAOLIYATINI ChEKLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-sonli “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport xizmatlari ko‘rsatish, ulgurji savdo sohasida raqobatli muhit yaratish va korxonalarning monopolistik faoliyatini cheklash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda xo‘jalik birlashmalarining transport xizmatlari ko‘rsatish, ulgurji savdo sohasidagi faoliyatini tahlil qilsinlar hamda ayrim monopolistlarning tovar va xizmatlarning muayyan bozoridagi ustunlik mavqei zaminlarini bartaraf etish bo‘yicha belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xo‘jalik birlashmalari ularning tarkibiga kiruvchi korxonalarga, tashkilotlarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga (ishlarga, xizmatlarga), o‘z faoliyati samaradorligini hisobga olgan holda, bozor konyunkturasi asosida erkin narxlarni shakllantirishda yordam ko‘rsatsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “O‘zbeksavdo”, “O‘zbekbirlashuv” uyushmalari, “O‘zavtotrans” davlat-aksionerlik korporatsiyasi tizimidagi tovarlar va xizmatlar bozorida ustunlik mavqeini egallab turgan ombor xo‘jaliklari korxonalari, birlashmalari, ulgurji savdo va avtotransport korxonalari 1-ilovaga* muvofiq monopoliyadan chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi va “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan tadbirlar ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Monopoliyadan chiqarish bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-2-ilovalar berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaga quyidagilar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va xizmatlar bozorida monopol mavqeni egallab turgan korxonalar faoliyatini ekspertiza qilish materiallarini ko‘rib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertiza materiallari bo‘yicha monopol korxonalarni maydalashtirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida xulosalar qabul qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi bilan birgalikda, o‘zlarining ustunlik mavqeini suiiste’mol qilishayotgan xo‘jalik yurituvchi monopolist subyektlarni aniqlash maqsadida, xalq xo‘jaligining boshqa tarmoqlaridagi raqobatli muhitni muntazam ravishda tadqiq qilib borishni amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqotlar natijalari bo‘yicha Idoralararo komissiyaga, yangi tadbirkorlarning bozorga kirishlari uchun zamin yaratish, raqobatni rivojlantirish uchun, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning monopolistik faoliyatini to‘xtatish va bartaraf qilishga doir takliflar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 7-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-son