Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“TOVAR BOZORLARIDA MONOPOLISTIK FAOLIYATNI ChEKLASh VA RAQOBAT TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1996-yil 27-dekabrdagi qarorini bajarish yuzasidan hamda monopoliyaga qarshi davlat siyosatini oʻtkazish, raqobat muhiti yaratilishini taʼminlash va respublikada iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanilishini nazorat qilish tartibi tasdiqlansin (1-ilova).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda:
erkin (shartnomaviy) narxlar va tariflarni shakllantirish va ularning qoʻllanishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni hamda monopol mahsulotlarga narxlar (tariflar)ni va rentabellikni deklaratsiyalash tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
(3-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qarori tahririda — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestrini shakllantirish va yuritish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
monopoliyaga qarshi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisidagi ishlarni qoʻzgʻash va ularni koʻrib chiqish tartibi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi tovar bozorlarini tartibga solish maqsadida xoʻjalik yurituvchi subyektlar va ularning birlashmalari uchun har choraklik davlat statistika hisoboti shaklini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qarori tahririda — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
6. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga monopoliyaga qarshi siyosatni olib borish boʻyicha vazifalarni yuklash toʻgʻrisida” 1993-yil 6-fevraldagi 63-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 1993-yil 30-martdagi 160-son qarori 1-bandining uchinchi — oltinchi xatboshilari, 2, 3, 4, 8-bandlari;
Vazirlar Mahkamasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning monopolistik faoliyatini cheklash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1995-yil 7-fevraldagi 34-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining tovar bozorlarida monopolistik mavqeni egallagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestri toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida” 1996-yil 19-sentabrdagi 323-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S.Hamidov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Toshkent sh.,
1997-yil 31-mart,
165-son
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 31-martdagi 165-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning qoʻllanishini nazorat qilish
TARTIBI
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Mazkur Tartib “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan ishlab chiqilgan.
2. Mazkur Tartib:
Monopolistik korxonalar davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
narxlari Hukumat tomonidan yoki oʻz vakolatlari doirasida joylardagi davlat hokimiyati organlari va davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilanadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga narxlarni shakllantirishda qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning davlat mablagʻlari yoki Hukumat kafolatlari ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan qurilish obyektlarida foydalaniladigan tovarlari (ishlar va xizmatlari).
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Qolgan mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Tartib birjalarning birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yigʻimlari miqdorini shakllantirishda ham qoʻllanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-avgustdagi 384-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 32-son, 364-modda)
3. Narxlarni davlat yoʻli bilan tartibga solish:
monopolist korxonalarning mahsulotlari, tovarlari va xizmatlariga narxlar (tariflar), ustamalar yoki rentabellikning cheklangan darajalarini deklaratsiya qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga koʻra belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar joriy etish;
joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda belgilangan yoki cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Qonunchilik bilan belgilangan tartibda narxlarni tartibga solishning boshqa usullari ham qoʻllanilishi mumkin.
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, mahsulotlari (tovarlari, xizmatlari)ga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar)ni, shu jumladan, tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish va ularning toʻgʻri qoʻllanilishi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
II. MONOPOLIST KORXONALARNING MAXSULOTLARIGA NARXLARNI DAVLAT YOʻLI BILAN TARTIBGA SOLISh
5. Monopol yuqori va monopol past narxlar belgilanishining (demping narxlar belgilanishining), xaridorgir mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar)ga narxlar asossiz oshirilishi (pasaytirilishining, ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan oʻz natijasiga koʻra raqobatning cheklanishiga va (yoki) boshqa xoʻjalik yurituvchi subyektlarning manfaatlari kamsitilishiga sabab boʻlgan yoki sabab boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa suiisteʼmolchiliklarning oldini olish, cheklash va ularga barham berish maqsadida monopolistlarning mahsulotlari (xizmatlari)ga narxlar (tariflar)ni davlat tomonidan tartibga solish joriy etiladi.
6. Muayyan sifat va turdagi mahsulotlar, xizmatlar va xalq isteʼmol tovarlari aniq guruhlari va turlarining tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan, Oʻzbekiston Respublikasi hududida xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanuvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlar Oʻzbekiston Respublikasining tovar bozorlarida harakat qiluvchi Monopolist birlashmalar (korxonalar) davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Davlat reyestri deb ataladi) kiritiladi.
7. Davlat reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar Davlat reyestriga kiritilgan paytda amalda boʻlgan va xoʻjalik yurituvchi subyekt mahalliy yoki respublika bozorlarida ular boʻyicha monopolist hisoblangan mahsulotga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) yoki rentabellik oshirilishi toʻgʻrisida asosiy isteʼmolchi bilan yangi narxlar (tariflar) kelishilgandan keyin tegishli moliya organlariga deklaratsiya taqdim etishga majburdirlar.
8. Monopolist korxonalar tomonidan narxlarning pasaytirilishi mustaqil amalga oshiriladi. Bunda raqobatni cheklash maqsadida monopolist tomonidan shartnomaviy (erkin) narxlar va tariflar pasaytirilishiga (demping narxlar belgilanishiga) yoʻl qoʻyilmaydi.
9. Bir xil mahsulot (xizmat)ning oʻzi bir necha isteʼmolchiga (buyurtmachiga) yetkazib berilgan taqdirda, unga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar (xizmatlar)ning kamida 50 foizi sotilayotgan asosiy isteʼmolchi (buyurtmachi) boʻyicha narxlar (tariflar) oshishi, yoki hammasi boʻlib mazkur mahsulotlar (xizmatlar)ning kamida 50 foizi sotiladigan bir necha isteʼmolchi (buyurtmachi) boʻyicha oldingi oyda shakllangan oʻrtacha narxlar (tariflar) toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Monopol mahsulotlarga narxlar (tariflar) va rentabellikka deklaratsiya taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 251-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Deklaratsiya uchun taqdim etilgan materiallar boʻyicha tegishli moliyaviy organ bir hafta muddatdan kechikmay qaror qabul qilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi cheklangan deklaratsiya taqdim etilgan narxlar (tariflar) yoki rentabellik joriy etilishi sanasi etib uning tegishli moliya organida roʻyxatga olingan sana hisoblanadi. Deklaratsiya nusxasi yoki narxlar (tariflar)ni roʻyxatga olish rad etilganligi toʻgʻrisidagi qaror tegishli qaror qabul qilingandan keyin uch kun muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektga va davlat monopoliyaga qarshi organiga yuboriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
12. Monopol mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yoki sotuvchi xoʻjalik yurituvchi subyekt moliya organlaridan hujjatlar olingandan keyin bir hafta muddatda isteʼmolchilarni moliya organlari tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida xabardor qilishi shart.
13. Moliya organlariga shartnomaviy (erkin) narxlar (tariflar) deklaratsiya qilinishi boʻyicha materiallarni taqdim etgan korxonalar, agar moliya organlari tomonidan narxlar (tariflar)ni taqdim etilgan loyihadan past darajada roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda isteʼmolchilar bilan keyinchalik hisob-kitob qilgan holda ular bilan kelishilgan narxlar (tariflar) boʻyicha mahsulotlar ishlab chiqarish va sotishni davom ettiradilar. Agar moliya organlari tomonidan monopolist tomonidan pirovard isteʼmolchiga emas, balki vositachi korxonalar, va tashkilotlarga yoki savdoga sotilgan mahsulotga loyihalashtirilayotgan narxlar (tariflar)ni pasaytirish yoki ilgari amalda boʻlganlarini saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda haqiqatda sotilgan narxlar bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan narxlar oʻrtasidagi farq summasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi”ga oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-sentabrdagi 364-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotgan)
IV. BELGILANGAN NARXLAR (TARIFLAR) VA USTAMALAR BELGILASh TARTIBI
17. Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarning ayrim turlariga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda oʻz vakolatlari doirasida joylardagi davlat hokimiyati organlari, shuningdek davlat boshqaruvi organlari tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishuv boʻyicha ularning ijtimoiy va iqtisodiy asoslanishi hollarida belgilangan narxlar (tariflar) va ustamalar belgilanishi mumkin.
V. MAHSULOTLAR, TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR)GA NARXLAR ShAKLLANIShI VA QOʻLLANILIShI USTIDAN DAVLAT NAZORATI
18. Belgilangan va boshqariladigan narxlar (tariflar) va ustamalarni shakllantirish va qoʻllashning toʻgʻriligi ustidan davlat nazorati monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
19. Monopoliyaga qarshi davlat organi oʻtkazilgan tekshirishlar asosida xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarni davlat yoʻli bilan tartibga solish tartibi buzilishi natijasida olingan summalarni Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” schyotiga undirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi, olib qoʻyilishi kerak boʻlgan va amalda tushgan jarimalar hisobini yuritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Narxlar (tariflar) va ustamalarni shakllantirish va qoʻllash tartibi buzilishiga quyidagilar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan va cheklangan narxlar (tariflar) va ustamalarni oshirish, birja savdolari va auksionlar natijasida shakllangan monopolist korxonalar mahsulotlari narxlari bundan mustasno;
(20-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-sentabrdagi 430-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 37-son, 411-modda)
moliya organlariga narxlar (tariflar) toʻgʻrisida deklaratsiya taqdim etish yoki rentabellik, ularning oshib ketishiga olib keluvchi ustamalarning cheklangan darajasini belgilash uchun ishonchsiz axborot taqdim etilishi;
mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) qiymatiga ularning narxida hisobga olingan amalda foydalanilmagan materiallar yoki bajarilmagan ishlarni kiritish;
narxlar (tariflar)ni kelishishda nazarda tutilgan (qabul qilingan) yoki konstruktiv nuqsonlar tufayli (standartlashtirish organlarining xulosasi mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlangan (belgilangan, tartibga solinadigan) mahsulotning texnologik parametrlariga rioya etmaslik;
xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulot ishlab chiqarish (tayyorlash) uchun nazarda tutilgan hamda narxlar (tariflar)ni shakllantirishda hisobga olinmagan xomashyo (komponentlar)ni almashtirish hisobiga foyda (daromad) olinishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
erkin (shartnomaviy) narxlar va tariflarning buyurtmachi yoki pudratchi tomonidan iqtisodiy jihatdan asoslanmagan holda shakllantirilishi va ularning oshirilishi, davlat mablagʻlari va Hukumat kafolatlari ostidagi kreditlar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadigan qurilish obyektlarida bajarilgan ishlar hajmiga qoʻshib yozish.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
birja bitishuvlaridan undiriladigan vositachilik yigʻimi cheklangan miqdorining tovar-xomashyo birjalari tomonidan oshirib yuborilishi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-avgustdagi 384-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 32-son, 364-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan narxlarni shakllantirish va qoʻllash tartibi buzilishi natijasida olingan mablagʻlar oshirilgan narxlar va tariflar (qoʻshimcha haq, ularga chegirmalar va boshqalar hisobga olingan holda) boʻyicha mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan amaldagi tushum bilan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq shakllangan narxlar va tariflar (ularga qoʻshimcha haq, chegirmalar va boshqalar hisobga olingan holda) boʻyicha mana shu mahsulot (ishlar, xizmatlar) qiymati oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.
Mahsulot (tovarlar)ning sotish narxlarini sotish narxlariga savdo, taʼminot-sotish, ulgurji va boshqa ustamalarni qoʻshib shakllantiruvchi va qoʻllovchi savdo, umumiy ovqatlanish, taʼminot-sotish korxonalari, vositachilik tashkilotlari va tashkilotlar uchun olib qoʻyilishi kerak boʻlgan summa quyidagicha belgilanadi:
oshirilgan ustamalar qoʻllangan hollarda — mahsulotlar (tovarlar)ni sotishdan olingan ustamaning amaldagi summasi bilan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq aniqlangan ustama summasi oʻrtasidagi tafovut sifatida;
narx belgilashning amaldagi tartibi buzilgan holda belgilangan narxlarga belgilangan ustamalar qoʻllanilgan hollarda — oshirilgan narxlar boʻyicha sotilgan mahsulotning butun hajmiga hisoblab chiqilgan ustama summasi bilan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq hisoblab chiqilgan sotilgan mahsulotning xuddi shu hajmiga ustama summasi oʻrtasidagi tafovut sifatida.
Oldingi tahrirga qarang.
Mahsulotlariga rentabellikning cheklangan darajalari belgilangan korxonalar uchun umuman mahsulotlar (tovarlar, xizmatlar) guruhlari (turlari) boʻyicha rentabellikning cheklangan darajasini oshirish hisobiga olingan hamda korxonalar tomonidan choraklik hisob-kitoblar asosida ishlarning mavsumiy xususiyatiga ega boʻlgan korxonalar uchun esa yillik hisob-kitoblar asosida Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” schyotiga kiritilmagan summa olib qoʻyilishi kerak.
(21-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil16-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Mazkur Tartib buzilishi natijasida olingan mablagʻlar (mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning deklaratsiyada koʻrsatilmagan narxlari qoʻllanilishi natijasida olingan tafovutdan tashqari) Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi hisob raqamiga olib qoʻyiladi. Bunda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga sotilgan mahsulotlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun ular bilan hisob-kitob qilish boʻyicha mazkur Tartib buzilishi natijasida olingan mablagʻlar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga qaytarilishi kerak.
Mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ning deklaratsiyada koʻrsatilmagan narxlarini qoʻllashdan olingan tafovut tegishli budjetga olib qoʻyiladi.
Narxlar (tariflar) shakllantirilishi va ular qoʻllanilishi ustidan nazorat qilish tartibi buzilganligi uchun mazkur bandning birinchi va ikkinchi xatboshilariga muvofiq olib qoʻyilishi kerak boʻlgan summa miqdorida jarima undiriladi. Jarima summasi Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Davlat monopoliyaga qarshi kurash organining qaroriga muvofiq olib qoʻyilishi kerak boʻlgan summa belgilangan oʻttiz kun muddatda oʻtkazilmagan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyekt kechiktirilgan har bir kun uchun olib qoʻyilishi kerak boʻlgan mablagʻning 0,15 foizi miqdorida penya toʻlaydi. Agar kechiktirish bankning aybi bilan yuz bergan boʻlsa (xoʻjalik yurituvchi subyektning toʻlov topshirigʻi tushgan kundan boshlab uch kundan ortiq) 0,15 foiz miqdoridagi penya bank tomonidan toʻlanadi;
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Monopolist korxonalar tomonidan monopol mahsulotlar birja savdolari va auksionlar orqali, shuningdek birja (auksion) kotirovkalarining oʻrtacha narxlari boʻyicha toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha sotilganda, ularga nisbatan deklaratsiya toʻldirilgan cheklangan narx oshirilganligi uchun jazolar qoʻllanilmaydi.
(22-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 29-iyuldagi 179-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 30-31-son, 231-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Jarima qonunni buzishning butun davriga qoʻllaniladi va xoʻjalik yurituvchi subyektning moliyaviy ahvolidan va uning budjet bilan oʻzaro munosabatlaridan qatʼi nazar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin, xoʻjalik yurituvchi subyekt ixtiyorida qoladigan foydadan undiriladi, mazkur Tartibning 28-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasnodir.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. Qonunsiz olingan mablagʻlar olib qoʻyilishi va xoʻjalik yurituvchi subyektlarga jarima solinishi ularning mazkur Tartib buzilishida aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarini amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikdan ozod qilmaydi.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” hisob raqamiga olib qoʻyilishi kerak boʻlgan summani hisoblab chiqishda soliqlarning oshirilishiga olib kelgan mazkur Tartib buzilishiga yoʻl qoʻygan korxonalarda soliqlarning va boshqa toʻlovlarning ortiqcha toʻlangan summasi korxonadan olib qoʻyiladigan summa pasaytirilishi hisobiga oʻtkazilmaydi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
26. Moliya organlari amaldagi Tartibga muvofiq:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
davlat monopoliyaga qarshi organining qonunsiz olingan mablagʻlarni olib qoʻyish va mazkur Tartib buzilganligi uchun jarima solish toʻgʻrisidagi qarori olingandan keyin bir oy muddatda ushbu mablagʻlarni Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” hisob raqamiga yoki tegishli budjetga soʻzsiz undirib oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
(26-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
bir hafta muddatda mablagʻlarni olib qoʻyish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan monopoliyaga qarshi davlat organiga undirilgan vaqt va uning summasi toʻgʻrisida maʼlum qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
27. Nazorat organlari mazkur Tartib buzilganligi aniqlangan taqdirda tekshirish materiallarini qonunsiz olingan mablagʻlar olib qoʻyilishi va jarima solish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun tegishli monopoliyaga qarshi davlat organiga yuboradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
28. Mazkur Tartib buzilganligini mustaqil ravishda aniqlagan va buning natijasida ortiqcha summa olgan xoʻjalik yurituvchi subyekt ushbu summani Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” hisob raqamiga yoki tegishli budjetga oʻtkazadi. Ushbu holda jarima qoʻllanilmaydi.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
29. Davlat boshqaruvi organining koʻrsatmasi boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyekt narxlar (tariflar)ni davlat tomonidan boshqarish tartibi buzilishiga yoʻl qoʻygan taqdirda mablagʻlarni olib qoʻyish bunday qarorni qabul qilgan organning hisob-kitob schyotidan amalga oshiriladi.
30. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (yozma koʻrsatmasi) ustidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Moliya vazirligining budjetdan tashqari “Narxlarni boshqarish jamgʻarmasi” hisob raqamiga notoʻgʻri undirilgan mablagʻlar va jarimalarni qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha foizlar qoʻshilgan xolda monopoliyaga qarshi davlat organining yoki sudning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-iyundagi 216-son qarori tahririda — OʻR QHT, 2002-y., 11-12-son, 94-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-oktabrdagi 412-son qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR HQT, 2000-y., 10-son, 69-modda)