Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmonini amalga oshirish, qishloq xoʻjaligi fanining ishlab chiqarish bilan aloqasini mustahkamlash, qishloq, oʻrmon va suv xoʻjaligini ilmiy taʼminlashni boshqarishni takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Markaz hududiy boʻlimlarining namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 4-noyabrdagi 502-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
3. Markaz, Qoraqalpogʻiston Respublikasi vazirlar kengashi, viloyatlar hokimliklari Markazning hududiy boʻlimlarini tashkil etish boʻyicha tashkiliy tadbirlarni bir oy muddatda amalga oshirsinlar.
Belgilansinki, Markazning Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar boʻlimlarining rahbarlari tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining va viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasiga koʻra Markaz bosh direktori tomonidan tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Markazning Qoraqalpogʻiston respublika boʻlimi xodimlari uchun Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasida amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash shartlari saqlab qolinsin. Markazning viloyat boʻlimlari xodimlari mehnatga haq toʻlash boʻyicha viloyatlarning qishloq xoʻjaligi boshqarmalari xodimlariga tenglashtirilsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
4. Markaz va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda Markazning hududiy boʻlimlari toʻgʻrisida Namunaviy nizomni tasdiqlasinlar.
5. Belgilab qoʻyilsinki, budjet mablagʻlari va xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar Markaz ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi.
Ilmiy-tadqiqot institutlari faoliyatini xoʻjalik shartnomalari boʻyicha (xoʻjalik hisobi) faoliyatdan mablagʻ bilan taʼminlash 2000-yilga borib 50 foizgacha yetkazilishi lozimligi belgilab qoʻyilsin.
Markaz, uning ilmiy tashkilotlari xodimlari uchun Qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasida amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlash shartlari saqlab qolinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
7. Markazga Markazning (budjet mablagʻlaridan tashqari) xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan, shuningdek jalb etilgan boshqa mablagʻlar hisobiga maxsus moliya va innovatsiya (ilmiy-texnik rivojlantirish, innovatsiyalar, olimlarni ijtimoiy himoya qilish va boshqalar) jamgʻarmalari tashkil etish huquqi berilsin.
Jamgʻarmalar toʻgʻrisidagi nizom, ularning mablagʻlarini shakllantirish va sarflash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishib olinadi.
8. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi Toshkent shahar, Usmon Yusupov koʻchasidagi 1-uyga joylashtirilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
1997-1998-yillarda Markaz buyurtmanomalariga binoan Markazni va uning hududiy boʻlimlarini zamonaviy kompyuter va axborot tizimlari bilan taʼminlash, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun zarur mablagʻlar;
Markazga 3 ta yengil avtomobilni yangilash uchun mablagʻlar va hududiy boʻlimlar uchun 13 ta yengil avtomobil xarajatlariga limit ajratsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Markazni belgilangan tartibda telefon va teleks aloqasi, shu jumladan hukumat aloqasi bilan taʼminlasin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari Q.Gʻ. Obidov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 12-mart,
136-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2001-y., 1-2-son, 4-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan— OʻR QHT, 2001-y., 6-son, 35-modda)
Markaz hududiy boʻlimining namunaviy
TUZILMASI
1. Boʻlim rahbari
2. Iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha bosh mutaxassis
3. Ilmiy-texnik ishlanmalarni joriy etish boʻyicha bosh mutaxassis
4. Marketing boʻyicha yetakchi mutaxassis
5. Texnologiyalar boʻyicha yetakchi mutaxassis
6. Buxgalter-kassir
|
Hududiy boʻlimlar xodimlarining soni: | |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | —10 kishi |
| Andijon viloyati | — 5 kishi |
| Buxoro viloyati | —4 kishi |
| Jizzax viloyati | —6 kishi |
| Qashqadaryo viloyati | —6 kishi |
| Navoiy viloyati | —4 kishi |
| Namangan viloyati | —4 kishi |
| Samarqand viloyati | —6 kishi |
| Sirdaryo viloyati | — 5 kishi |
| Surxondaryo viloyati | — 5 kishi |
| Toshkent viloyati | —6 kishi |
| Fargʻona viloyati | — 5 kishi |
| Xorazm viloyati | —4 kishi |
| Jami: | 70 kishi |
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)