30.09.2019 yildagi 2782-III-son
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarori, 30.09.2019 yildagi 2782-III-son
Кучга кириш санаси
30.09.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-sonli Farmonida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament nazorati samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi PF-5729-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2019-2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturining 30-bandiga asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining tavsiyalarini bajarish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarini tahlil qilish, ularda korrupsiyaga sharoit yaratadigan qoida va normalarni aniqlash hamda ularni bartaraf qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari rahbarlarining axborotlarini eshitishni tashkil qilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli ravishda oʻrgansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan idoraviy choralar samaradorligini baholab borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Odob komissiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglament va odob komissiyasi 2019-yil 1-dekabrga qadar ilgʻor xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrgangan holda parlament aʼzolari faoliyatida manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har bir davlat boshqaruvi organlarida jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadigan korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha idoraviy dasturlarni ishlab chiqilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiya holatlariga olib kelishi mumkin boʻlgan har qanday xizmatlarni raqamlashtirish, ularni “yagona darcha” tamoyili asosida berish va davlat xizmatlari markazlariga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning murojaatlaridan koʻtarilayotgan masalalardan kelib chiqib va korrupsiyaga sharoit yaratuvchi holatlarni oʻrgangan holda, ularni bartaraf etishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiya holatlarini aniqlashga yordam koʻrsatuvchi “xolis fuqaro” tizimini joriy etish, bunda jamoatchilik nazorati va nodavlat notijorat tashkilotlarining rolini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqbuzarliklar va ularga sharoit yaratuvchi omillar haqida xabar berishga imkoniyat yaratuvchi yagona portalni tashkil etish va ishga tushirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xususiy sektor oʻrtasidagi munosabatlarning shaffofligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pora berilishi haqida xabar qilgan davlat xizmatchilari, shuningdek korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro reytinglarda Oʻzbekistonning oʻrnini yaxshilash, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korrupsiyaning oldini olishga oid tavsiyalarini har tomonlama koʻrib chiqish boʻyicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Korrupsiyasiz soha” loyihasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar holatini oʻrganish maqsadida joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi rahbarlarining axborotini eshitsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi har bir eshituv yakuni boʻyicha vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyatidagi korrupsiya alomatlariga barham berish hamda ularga qarshi keskin kurash olib borishda qatʼiy choralar koʻrishni nazarda tutadigan taklif va tavsiyalar ishlab chiqsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur Qoʻshma qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari N. Umarov va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining oʻrinbosari S. Artikova zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi T. NARBAYEVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2782-III/KQ-610-III-son