Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvarda qabul qilingan PF-5635-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga doir davlat dasturining 1 va 4-bandlarini bajarish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 28-iyulda qabul qilingan 102-I-sonli Qarori bilan qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 29-yanvarda qabul qilingan 368-III-sonli Qarori tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 1, 15-modda; 2017-yil, № 10, 631-modda; 2019-yil, № 1, 18-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 40-moddaning birinchi qismidagi “qonunchilik va sud-huquq masalalari” degan soʻzlar “korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 65-modda sakkizinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining sessiyalari davrida har oyning oxirgi haftasi ajratiladi”;
3) 244-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Deputatlarning saylovchilar bilan saylov okruglaridagi ishlari uchun, qoida tariqasida, Qonunchilik palatasining sessiyalari davrida har oyning oxirgi haftasi ajratiladi”.
2. Ushbu Qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari B. ALIXANOV
Toshkent sh.,
2019-yil 26-aprel,
2480-III-son