15.12.2020 yildagi 786-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzurida Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori ijrosini taʼminlash, rassomlar uchun tajriba ustaxonasi faoliyatini tashkil etish, tasviriy sanʼat sohasida malakali kadrlar tayyorlash uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish hamda sohada oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimida tayyorgarlik bosqichini tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tasviriy va amaliy sanʼat sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qaroriga asosan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzurida oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimida tayyorgarlik bosqichi sifatida Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi) (keyingi oʻrinlarda — Rassomlik mahorat ustaxonasi) tashkil etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Rassomlik mahorat ustaxonasi faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rassomlik mahorat ustaxonasi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmasligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yosh ijodkorlar Rassomlik mahorat ustaxonasiga stajyor-tadqiqotchilar uchun belgilangan tartib asosida qabul qilinishi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rassomlik mahorat ustaxonasiga ikki yilda bir marotaba 10 nafar stajyor-tadqiqotchilar qabul qilinadi hamda oʻqish muddati soha xususiyatidan kelib chiqqan holda ikki yil davom etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rassomlik mahorat ustaxonasini saqlash xarajatlari 2022-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida nazarda tutiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi belgilangan tartibda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rassomlik mahorat ustaxonasi faoliyatini samarali tashkil etish (moddiy-texnika bazasini shakllantirish, asbob-uskuna va boshqa anjomlar bilan jihozlash) uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlarini jalb qilish boʻyicha choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda Rassomlik mahorat ustaxonasi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Rassomlik mahorat ustaxonasini maxsus mebellar, asbob-uskunalar, stajyorlar tomonidan ijodiy ishlarni tayyorlash uchun xomashyo va boshqa anjomlar bilan jihozlash normativlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 1-fevralga qadar Rassomlik mahorat ustaxonasiga Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi binosidan xonalar ajratish va zarur shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A.V. Nuridinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
786-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 09/20/786/1630-son)