15.12.2020 yildagi PQ-4925-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 08.10.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida maishiy va qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida iqtisodiyot tarmoqlarining yuqori surʼatlarda rivojlanishini taʼminlash, maishiy va qurilish chiqindilarini toʻplash, saralash, olib chiqish va qayta ishlashning zamonaviy usullari hamda texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, ushbu yoʻnalishda boshqaruvning zamonaviy tizimini yoʻlga qoʻyish orqali sohaga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish hamda xizmatlar sifatini yanada oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toshkent shahar hokimligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda — Davlat ekologiya qoʻmitasi), Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimidagi “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi va “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish” davlat korxonasini Toshkent shahar hokimligi tizimiga oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Chiqindilarni qayta yuklash va utilizatsiya qilish” davlat korxonasini “Maxsustrans” davlat unitar korxonasiga qoʻshib yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsustrans” davlat unitar korxonasi ishtirokida chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi ishtirokida chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirishda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklik loyihasi davlat organi va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor yoxud yuridik shaxs tomonidan tashabbus qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahar hokimligi davlat sherigi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq aniqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsustrans” davlat unitar korxonasi tomonidan sanitar tozalash xizmatlari koʻrsatilayotgan hudud, uning uchun ajratilgan chiqindi poligonlari va unga tegishli boʻlgan mol-mulk, shu jumladan maxsus avtotransport vositalari va texnikalar davlat-xususiy sheriklik obyekti hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsustrans” davlat unitar korxonasi hisobidagi maxsus avtotransport vositalari va texnikalari xususiy sherikka oʻn yilgacha muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotiladi hamda toʻlovlar toʻliq toʻlab boʻlinganidan soʻng ularni tasarruf etish huquqi xususiy sherikka oʻtkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsustrans” davlat unitar korxonasiga tegishli boʻlgan bino va inshootlar hamda yer maydonlari, shu jumladan chiqindi poligonlari xususiy sherikka davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim muddatiga ijaraga beriladi.
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi bilan birgalikda ikki oy muddatda “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi ishtirokida chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish boʻyicha davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasi ishlab chiqilishi va belgilangan tartibda tasdiqlanishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitim shartlarida quyidagilarni nazarda tutsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik tomonidan Toshkent shahrida hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilarni zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etgan holda utilizatsiya qilish va qayta ishlash korxonasini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Maxsustrans” davlat unitar korxonasi ishtirokida chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshirish doirasida hosil boʻladigan qattiq maishiy chiqindilar utilizatsiya qilingandan soʻng qolgan qismni koʻmish amaliyotini bosqichma-bosqich joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish” loyihasi doirasida davlat kafilligi ostida jalb qilingan kreditlarni davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish jarayonida qaytarish tartibini belgilash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020 — 2022-yillarda Toshkent shahrida chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi taʼminlanadigan maqsadli koʻrsatkichlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasini amaldagi 8 foizdan 30 foizga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash, saralash va olib chiqib ketish xizmatlarini tashkil etish sohasida xususiy sektor ulushini 100 foizga yetkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholiga qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha mavjud debitor qarzdorlikni 75 foizga kamaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-apreldagi “2019 — 2028-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PQ-4291-son qaroriga muvofiq 2022-yildan boshlab respublika shaharlarining koʻp kvartirali turar joy sektorida besh turdagi markalangan konteynerlarni oʻrnatishga asoslangan, qattiq maishiy chiqindilarni saralab yigʻish tizimini joriy etish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 1-martdan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni saralab yigʻish tizimi (keyingi oʻrinlarda — chiqindilarni saralab yigʻish tizimi) quyidagi tartibda bosqichma-bosqich joriy etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bosqichda (2021-yilda) — Toshkent shahar hokimligi tomonidan belgilanadigan mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida chiqindilarni “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” toifalarga ajratgan holda yigʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bosqichda (2022-yilda) — “Maxsustrans” davlat unitar korxonasi tomonidan xizmat koʻrsatiladigan barcha hududlardagi yakka tartibdagi turar-joy sektorida qattiq maishiy chiqindilarni “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” toifalarga ajratgan holda yigʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bosqichda (2023-yildan boshlab) — barcha tumanlarda chiqindilarni “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan”, “organik”, “xavfli maishiy chiqindilar” va boshqa toifalarga ajratgan holda yigʻish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. 2021 — 2025-yillarda Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni isteʼmolchilardan saralab yigʻish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Belgilansinki, chiqindilarni saralab yigʻish tizimi joriy etilayotgan hududlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bosqichda isteʼmolchilar chiqindilarni “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan” toifalarga ajratilgan holda toʻplashi uchun rangli chiqindi konteynerlari va (yoki) qayta ishlanadigan paketlar Toshkent shahar hokimligi va “Maxsustrans” DUK tomonidan bepul taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni olib chiqib ketish tariflari isteʼmolchilar tomonidan chiqindilar saralab yigʻilganligini inobatga olib pasaytirilgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Toshkent shahar hokimligi (J. Artikxodjayev), Davlat ekologiya qoʻmitasi (A.I. Maksudov) Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R.T. Mamatov) bilan birgalikda qattiq maishiy chiqindilarni isteʼmolchilardan saralab yigʻish tizimi joriy etilayotgan hududlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi tipdagi chiqindilarni saralangan holda toʻplash shoxobchalarini barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq maishiy chiqindilarning turiga qarab markalangan zamonaviy konteynerlarni oʻrnatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saralangan chiqindilarni alohida olib chiqish va ularni qayta ishlashni yoʻlga qoʻyish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilarni saralangan holda yiqqanlik uchun isteʼmolchilarni moddiy ragʻbatlantirish amaliyotini tatbiq etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmolchilarni saralangan chiqindilarni olib chiqish reja-jadvali bilan taʼminlash, chiqindilarni saralab yigʻish tartib-qoidalari, oʻrnatilgan ragʻbatlantirish mexanizmlari va qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik haqida ularning xabardorligini oshirish boʻyicha targʻibot ishlarini olib borish choralarini koʻrsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish” loyihasini jadallashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Toshkent shahar hokimligi (J.A. Artikxodjayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) bilan birgalikda uch oy muddatda chiqindilarni saralab yigʻish tizimi joriy etilayotgan hududlar uchun pasaytirilgan tariflarni ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlash uchun Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashiga kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2021-yil 1-aprelga qadar quyidagi masalalar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga asoslantirilgan takliflar kiritsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika vazirligi (A.S. Sultanov), Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) va Davlat ekologiya qoʻmitasi (A.I. Maksudov) bilan birgalikda qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xarajatlarini isteʼmolchilarning foydalanilgan elektr energiyasi tariflari tarkibiga kiritish mexanizmlarini joriy qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent viloyati hokimligi (R.Q. Xolmatov) va Davlat ekologiya qoʻmitasi (A.I. Maksudov) bilan birgalikda Toshkent shahridan chiqayotgan qurilish chiqindilari uchun poligon tashkil etishga tegishli yer maydonini ajratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qurilish vazirligi (B.I. Zakirov), Davlat ekologiya qoʻmitasi (A.I. Maksudov) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh.M. Sadikov) bilan birgalikda ikki oy muddatda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimini quyidagilarni inobatga olgan holda takomillashtirsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlari natijasida hosil boʻlgan, saralangan, qayta ishlashga va utilizatsiyaga topshirilgan chiqindilarning toʻliq sikli haqidagi maʼlumotlarni kiritib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarda hosil boʻladigan qurilish chiqindilarining miqdori va sifat koʻrsatkichlarini (kelib chiqishi, agregat holati, xavflilik darajasi va boshqalar) hamda davlat ekologik ekspertizasi xulosasiga asosan ulardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish ishlari amalga oshiriladigan obyektlarda qurilish chiqindilari toʻplanadigan joylarni (maydonchalarni) belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektlarda hosil boʻladigan qurilish chiqindilarini toʻplash, olib chiqish, qayta ishlash, utilizatsiya qilish va poligonlarga joylashtirishning kuzatuv monitoringini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan boshqa tadbirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish” loyihasini amalga oshirish muddati 2022-yilga qadar uzaytirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov va Toshkent shahar hokimi J.A. Artikxodjayev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror boʻyicha ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har yarim yil yakuni boʻyicha axborot kiritib borilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4925-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi PQ-4925-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020 — 2022-yillarda Toshkent shahrida chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida erishilishi taʼminlanadigan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAQSADLI KOʻRSATKICHLAR
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Maqsadli indikatorlar nomi

Oʻlchov birligi

2020-yil 31-dekabr holatiga amalda

Yillar

2021-yil 1-iyul

2021-yil 31-dekabr

2022-yil 31-dekabr

1. Umumiy koʻrsatkichlar

1.

Mahalla fuqarolar yigʻinlarini maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari bilan qamrab olish darajasi

dona

514

514

514

514

%

100

100

100

100

2.

Qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash darajasi

%

8

12

25

30

3.

Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini tashkil etish sohasida xususiy sektor ulushi

%

29

29

29

100

2. Chiqindilarni toʻplash, saralash, qayta ishlash va koʻmish infratuzilmasi

4.

Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash shoxobchalarining soni, shundan:

dona

1 065

1 075

1 095

1 150

Taʼmirlanadiganlari

dona

101

110

120

150

5.

Qattiq maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash obyektlari soni

dona

54

61

68

70

6.

Budjet tashkilotlarning chiqindi konteynerlari bilan taʼminlanganligi

talab etiladi, dona

2 813

2 813

2 900

3 000

mavjud, dona

2 634

2 794

2 900

3 000

%

93,6

99,3

100

100

3. Maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish sohasida moddiy texnik baza

7.

Chiqindi tashish maxsus texnika taʼminoti

dona

430

489

489

501

8.

Poligonlar uchun maxsus texnika va mexanizmlar taʼminoti

dona

9

15

15

15

4. Koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlov intizomini taʼminlash

9.

Aholiga maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha debitor qarzdorlik

mlrd soʻm

38,7

33,2

20

10

10.

Koʻrsatilgan xizmatlar uchun majburiy toʻlovlarni undirish darajasi

%

91

95

100

100

11.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish boʻyicha xizmatlardan foydalanish uchun xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan shartnoma tuzganlik darajasi

%

60

80

90

100

5. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish

12.

Loyihalar soni

dona

1

13.

Kiritiladigan investitsiya miqdori

mln AQSH doll.

10

14.

Yaratiladigan yangi ish oʻrinlari soni

nafar

112

15.

Jalb etiladigan qoʻshimcha texnikalar soni

dona

12

16.

Oʻrnatiladigan uskunalar soni

dona

2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi PQ-4925-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021 — 2025-yillarda Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni isteʼmolchilardan saralab yigʻish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmlari va shakllari

Amalga oshirish muddatlari

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Qattiq maishiy chiqindilarni saralab toʻplashni joriy qilish

1.1. Birinchi bosqichToshkent shahar hokimligi tomonidan belgilanadigan mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida chiqindilarni saralab yigʻish

1.

Yakka tartibdagi turar-joy sektorida qattiq maishiy chiqindilarni (keyingi oʻrinlarda — QMCH) saralab toʻplashni tajriba sifatida joriy qilish.

1. QMCHlarni saralab yigʻish tizimi joriy etiladigan mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarini aniqlash.

2021-yil 1-fevral

Mahalliy budjet mablagʻlari, xayriya va homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahar hokimligi, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan manfaatdor tashkilotlar

2. Mazkur mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlaridagi isteʼmolchilarni konteynerlar yoki maxsus chiqindi qoplari (paketlar) bilan taʼminlash.

2021-yil 1-mart

3. Saralangan QMCHlarni olib chiqib ketish uchun alohida grafiklarini ishlab chiqish.

2021-yil 1-mart

4. Mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarini chiqindi tashish texnikasi bilan aylanib chiqib saralangan QMCHlarni alohida olib chiqib ketish amaliyotini joriy qilish.

2021-yil martdan boshlab doimiy

2.

Yakka tartibdagi turar-joy sektorida QMCHlarni saralab toʻplashni ragʻbatlantirish.

1. Aholi tomonidan QMCHlarni saralab toʻplashda hosil boʻladigan ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish (sotib olish) tariflarini belgilash yoki saralab toʻplashni ragʻbatlantirishning boshqa iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish.

2021-yil 1-iyun

Mahalliy budjet mablagʻlari, xayriya va homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahar hokimligi, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan manfaatdor tashkilotlar

2. Mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarini ikkilamchi xom ashyoni koʻchma (mobil) qabul qilish shoxobchalari orqali yigʻish (qabul qilish, sotib olish).

2022-yil martdan boshlab doimiy

3.

Saralangan QMCHlarni qabul qilish shoxobchalarini tashkil etish.

1. Ikkilamchi xom ashyo bozorini (talab va taklif) oʻrganish.

2021-yil 1-aprel

Mahalliy budjet mablagʻlari, xayriya va homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahar hokimligi, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan manfaatdor tashkilotlar

2. Toshkent shahrida ikkilamchi xom ashyoni qabul qilish shoxobchalarini dislokatsiyasini ishlab chiqish va ularni joylashtirish uchun yer uchastkalarini aniqlash.

2021-yil 1-may

3. Qabul qilish shoxobchalarini tashkil etish va faoliyatini yuritish.

2022-yil 1-iyun

4. Ikkilamchi xom ashyoni realizatsiya qilish.

doimiy

1.2. Ikkinchi bosqich“Maxsustrans” davlat unitar korxonasi tomonidan xizmat koʻrsatiladigan barcha hududlardagi yakka tartibdagi turar-joy sektorida qattiq maishiy chiqindilarni saralab yigʻish

4.

Yakka tartibdagi turar-joy sektorida QMCHlarni saralab toʻplashni joriy qilish.

1. Isteʼmolchilarni ikki turdagi konteynerlar yoki maxsus chiqindi qoplari (paketlar) bilan taʼminlash uchun talab etiladigan xarajatlarni hisob-kitob qilish.

2021-yil yakuniga qadar

Mablagʻ talab etilmaydi

Toshkent shahar hokimligi, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan manfaatdor tashkilotlar

2. QMCHlarni saralab toʻplashni joriy qilish uchun talab etiladigan xarajatlarni hisobga olgan holda QMCHlarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun tariflarni qayta shakllantirish va tegishli davlat organlariga taqdim etish.

2021-yil 1-dekabr

3. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun tariflarni qayta tasdiqlash.

Belgilangan muddatda

Toshkent shahar hokimligi

4. Istemolchilarni ikki turdagi konteynerlar yoki maxsus chiqindi qoplari (paketlar) bilan bosqichma-bosqich taʼminlash boʻyicha reja-grafigini ishlab chiqish.

2022-yil 15-dekabr

Toshkent shahar hokimligi, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan manfaatdor tashkilotlar

5. Istemolchilarni quyidagi ikki turdagi konteynerlar yoki maxsus chiqindi qoplari (paketlar) bilan bosqichma-bosqich taʼminlash:

qayta ishlanadigan QMCHlar (polimerlar, qogʻoz va metall kabi ikkilamchi moddiy resurslar aralashmasidan tashkil topgan);

qayta ishlanmaydigan QMCHlar (boshqa aralash QMCHlar);

2022-yil davomida

Mahalliy budjet va sanitar tozalash korxonalari mablagʻlari, xayriya va homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

6. Saralangan QMCHlarni olib chiqib ketish uchun alohida grafiklarni ishlab chiqish.

2022-yil 1-fevral

7. MFYlarni chiqindi tashish texnikasi bilan aylanib chiqib saralangan QMCHlarni alohida olib chiqib ketishni tashkil etish.

2022-yildan boshlab doimiy

5.

QMCHlarni saralab yigʻish qutilarini (urna) oʻrnatish.

1. Toshkent shahrining obodonlashtirish obyektlarida ikkilamchi QMCHlarni saralab yigʻish uchun maxsus qutilarni (urna) oʻrnatish dislokatsiyasini ishlab chiqish va ularni joylashtirish uchun yer uchastkalarini aniqlash.

2022-yil 1-mart

Mahalliy budjet mablagʻlari, xayriya va homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahar hokimligi, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan manfaatdor tashkilotlar

2. QMCHlarni saralab yigʻish maxsus qutilarni (urna) oʻrnatish reja-grafigini ishlab chiqish.

2022-yil 1-mart

3. QMCHlarni saralab yigʻish uchun maxsus qutilarni (urna) oʻrnatish.

2022-yil 1-iyun

1.3. Uchinchi bosqichbarcha tumanlarda chiqindilarni “qayta ishlanadigan” va “qayta ishlanmaydigan”, “organik”, “xavfli maishiy chiqindilar” va boshqa toifalarga ajratgan holda yigʻish

6.

Koʻp kvartirali turar-joy sektorida QMCHlarni saralab toʻplash uchun chiqindi toʻplash shoxobchalarini maxsus konteynerlar bilan jihozlash.

Quyidagi turdagi markalangan konteynerlarni oʻrnatish:

qayta ishlanadigan QMCHlar (polimerlar, qogʻoz va metall kabi ikkilamchi moddiy resurslar aralashmasidan tashkil topgan);

organik QMCHlar (oziq-ovqat va boshqa biologik chiriydigan chiqindilar);

qayta ishlanmaydigan QMCHlar (boshqa aralash QMCHlar);

shisha idish buyumlari uchun.

2022 — 2025-yillar davomida

Sanitar tozalash korxonalari mablagʻlari, xayriya va homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahar hokimligi, “Maxsustrans” DUK, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan manfaatdor tashkilotlar

7.

Koʻp kvartirali turar-joy sektorida QMCHlarni alohida olib chiqib ketish tizimini joriy qilish.

Saralangan QMCHlarni chiqindi tashish texnikasi bilan chiqindi toʻplash shoxobchalarini aylanib chiqib olib chiqib ketishni tashkil etish.

2023 — 2025-yillar

Mahalliy budjet mablagʻlari, xayriya va homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahar hokimligi, “Maxsustrans” DUK, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan manfaatdor tashkilotlar

II. Ekologik madaniyatni oshirishga qaratilgan targʻibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish

8.

QMCHlar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha ijtimoiy reklama maʼlumotlarini tarqatishni tashkillashtirish.

1. QMCHlarni saralab toʻplash boʻyicha ijtimoiy reklama roliklarini yaratish.

2. Televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda QMCHlar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish, shu jumladan ularni saralab toʻplash masalalari boʻyicha ijtimoiy reklamalarni joylashtirish.

Doimiy ravishda

Xayriya va homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Maxsustrans” DUK, sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan manfaatdor tashkilotlar

9.

Aholining QMCHlar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi bilim darajasini oshirish boʻyicha tadbirlarni tashkillashtirish.

1. OAVlarda QMCHlar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish masalalari boʻyicha axborot va maqolalar tayyorlash.

2. QMCHlar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan bannerlarni yaratish va oʻrnatish.

Doimiy ravishda

Xayriya va homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahar hokimligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, “Maxsustrans” DUK

10.

Obodonlashtirish va sanitariya jihatidan tozalash tadbirlarini tashkillashtirish.

1. Ruxsat etilmagan (tartibsiz) chiqindixonalarni bartaraf etish boʻyicha ekologik “ploging”larni oʻtkazish:

“ploging” uchun kiyim-bosh va boshqa kerakli buyumlarni (qoplar, qisqichlar, qoʻlqoplar va h.k.) xarid qilish va tayyorlash;

taniqli sanʼatkorlar va koʻngilli yoshlar ishtirokida Respublika boʻyicha “ploging” oʻtkazish.

Har yili

Xayriya va homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahar hokimligi, Oʻzbekiston Yoshlar uyushmasi, Davlat ekologiya qoʻmitasi

2. Oʻtkazilayotgan tadbirlarni OAVlarida keng yoritish.

Doimiy ravishda

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston milliy axborot agentligi

III. Sanitariya jihatidan tozalash sohasida toʻlov mexanizmlarini takomillashtirish

11.

Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun toʻlovlarni undirish mexanizmini takomillashtirish.

1. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun toʻlovlarni undirish boʻyicha xorijiy tajribani oʻrganish maqsadida mazkur sohada samarali koʻrsatkichlarga erishgan xorijiy mamlakatlarning Oʻzbekistondagi vakolatxonalariga soʻrovnoma yuborish va (yoki) tajriba almashish uchun malakali mutaxassislardan iborat ishchi guruhni xorijiy mamlakatlarga xizmat safariga yuborish.

2021-yil 1-aprel

Xayriya va homiylik mablagʻlari, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar

Toshkent shahar hokimligi, Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun toʻlovlarni undirish boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil qilish.

2021-yil davomida

3. Oʻrganish va tahlillar natijasi boʻyicha qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlarni undirishning zamonaviy yechimlari yuzasidan eng maqbul takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2022-yil 1-mart

12.

QMCHlarning toʻplanish meʼyorlarini aniqlash boʻyicha tadqiqot va xronometraj ishlarini olib borish.

1. QMCHlarning toʻplanish meʼyorlarini aniqlash boʻyicha tajriba tadqiqot va xronometraj ishlarini oʻtkazish.

2. QMCHlarning toʻplanish meʼyorlarini tasdiqlash.

2021-yil yanvar — dekabr

Qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan manbalar

Toshkent shahar hokimligi, Davlat ekologiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3. QMCHlarning toʻplanish meʼyorlarini respublikaning ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqish.

Har besh yilda

IV. Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida davlat ekologik nazoratini amalga oshirish

13.

Toshkent shahrida “Yashil patrul” aksiyasini oʻtkazish.

1. Aholining ekologik bilim va madaniyatini oshirish, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlashni oldini olish maqsadida, koʻngillilar hamda Davlat ekologik nazorati inspektorlari bilan hamkorlikda joylarda “Yashil patrul” aksiyasini oʻtkazish.

2. Belgilanmagan joylarga chiqindilarning tashlanishini oldini olish va aniqlangan holatlar yuzasidan maʼmuriy choralar qoʻllash.

Har yili

Talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Toshkent shahar hokimligi

3. Oʻtkazilayotgan tadbirlarni OAVlarida keng yoritish.

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston milliy axborot agentligi

14.

Chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida monitoring oʻtkazish.

QMCHlarni noqonuniy joylashtirish va ularning hosil boʻlish va joylashtirish joylarida yoqish holatlarini monitoring qilish tadbirlarini oʻtkazish.

Monitoring natijalarini oʻrganish.

Mavjud muammoli masalalarni aniqlash va ularni hal etish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish.

Doimiy ravishda

Mablagʻ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi

15.

Tezkor nazorat tadbirlarini oʻtkazish.

1. QMCHlarni noqonuniy joylashtirish va ularning hosil boʻlish va joylashtirish joylarida yoqish holatlarini aniqlash hamda ularni oldini olish boʻyicha ekologik nazorat tadbirlarini oʻtkazish.

2. OAV vakillari ishtirokida QMCHlar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi joriy holatni yoritish maqsadida ekologik nazorat tadbirlarini oʻtkazish.

QMCHlar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarlarni aniqlash.

QMCHlar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarlarga nisbatan taʼsir choralarini koʻrish.

Doimiy ravishda

Mablagʻ talab etilmaydi

Davlat ekologiya qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi PQ-4925-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Toshkent shahrida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish” loyihasini jadallashtirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“YOʻL XARITASI”
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Amalga oshirish muddatlari

Masʼul ijrochilar

1.

Ohangaron tumani hududida yangi poligon qurish va mavjud poligonni koʻmish ishlarini amalga oshirish

1. Toshkent shahar hokimligi qoshidagi xarid komissiyasi tomonidan muvofiq tender gʻolibini aniqlash va pudratchi bilan shartnomani imzolash.

2021-yil yanvar

Toshkent shahar hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Maxsustrans” DUK

2. Ohangaron tumani hududidagi yangi tashkil etilgan hamda eski poligonlarda belgilangan ishlarni tugatish.

2022-yil dekabr

2.

“Maxsustrans” DUK tasarrufidagi “Chiqindini qayta yuklash stansiyalari”ni rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish

1. “Chiqindini qayta yuklash stansiyalarini rekonstruksiya qilish” paketi boʻyicha muvofiq tender gʻolibini aniqlash va pudratchi bilan shartnomani imzolash.

2021-yil yanvar

Toshkent shahar hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Maxsustrans” DUK

2. Yunusobod va Yakkasaroy chiqindini qayta yuklash stansiyalarida qayta taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2021-yil dekabr

3.

“Maxsustrans” DUKga qarashli garaj xoʻjaliklarini rekonstruksiya qilish ishlarini amalga oshirish

1. “Garaj xoʻjaliklarini rekonstruksiya qilish” paketi boʻyicha tender gʻolibini aniqlash va pudratchi bilan shartnomani imzolash.

2021-yil yanvar

Toshkent shahar hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Maxsustrans” DUK

2. Mirobod va Bektemir tumanlarda joylashgan garaj xoʻjaliklarida qayta taʼmirlash ishlarini amalga oshirish.

2021-yil dekabr

4.

Ohangaron tumani hududidagi yangi chiqindi poligonining moddiy texnika bazasini rivojlantirish

Ohangaron tumani hududidagi yangi chiqindi poligoni uchun maxsus texnikalarni xarid qilish.

2021-yil dekabr

Toshkent shahar hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Maxsustrans” DUK

5.

Osiyo taraqqiyot banki loyihasi doirasida iqtisod qilingan kredit mablagʻlari hisobidan “Maxsustrans” DUKda yagona elektron dastur (ERP) va ixtisoslashgan maxsus texnikalar yoʻnalishlarini maqbullashtiruvchi qiluvchi (GIS) elektron dasturlarini oʻrnatish.

Loyiha boʻyicha iqtisod qilingan kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish maqsadida “Maxsustrans” DUKga zarur boʻlgan taʼmirlash yoki qurilish ishlarini amalga oshirish.

2022-yil iyun

Toshkent shahar hokimligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, “Maxsustrans” DUK

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 15-dekabrdagi PQ-4925-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PQ-3067-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga asosan davlat tasarrufidan chiqariladigan va xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari roʻyxatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 112-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 290-pozitsiyaning “Davlat mulki obyektining nomi” ustunidagi “Chiqindilarni qayta yuklash shoxobchalaridan foydalanish korxonasi” DUK” soʻzlari “Maxsustrans” DUK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 3-oktabrdagi PQ-3956-son qarorida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-bandning “b” kichik bandi ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat ekologiya qoʻmitasi tizimiga kiruvchi maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasida xizmatlar koʻrsatishga ixtisoslashtirilgan davlat unitar korxonalarining moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini muvofiqlashtirish”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“va “Maxsustrans” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“korxonalarining” soʻzi “korxonasining” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 1-ilovadan “Maxsustrans” DUK va uning Toshkent shahar tumanlardagi filiallari, “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish” DK*” bloki chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toshkent shahri “Maxsustrans” DUK”, “Tuman filiallari”, “Chiqindilarni qayta yuklash va utilizasiya qilish” DK” bloklari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
izohdagi “sanitar tozalash nodavlat ixtisoslashtirilgan” soʻzlari “sanitar tozalashga ixtisoslashtirilgan boshqa” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2020-y., 07/20/4925/1626-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son; 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son; 03.08.2024-y., 06/24/106/0571-son)