Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2002 17.11.1992 yildagi 538-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2002
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR VAZIRLIGI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI HAMDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IQTISODIY ALOQALAR VAZIRLIGINING MINTAQAVIY VAKOLATLI VAKILI BOShQARMASI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-oktabrdagi 368-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilova etilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi to‘g‘risidagi Nizom hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 17-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
538-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 17-noyabrdagi 538-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik yoki TIAV deb ataladi) respublikaning barcha tashqi iqtisodiy aloqalarini muvofiqlashtirishni, tartibga solishni, nazorat qilishni hamda boshqarishni amalga oshiruvchi, respublikadan tashqarida, shuningdek, chet ellarda O‘zbekiston Respublikasining vakili bo‘luvchi, barcha tashqi iqtisodiy masalalarda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlari borasida respublika nomidan hamda respublika manfaatlarini ko‘zlab qatnashuvchi davlat organi hisoblanadi. Vazirlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining bevosita rahbarligi ostida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlik yagona tashqi iqtisodiy siyosatni hamda uni rivojlantirish strategiyasini shakllantirish hamda amalga oshirish, ham ichki, ham tashqi bozorda umumdavlat manfaatlarini ta’minlash, chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, savdo-sotiq, sport, madaniy hamkorlikning samaradorligini oshirish, turistik va boshqa xil aloqalarni, hamkorlik qilishning yangi shakllarini rivojlantirish, bu sohadagi boshqaruvni takomillashtirish hamda xalqaro maydonda samarali ish olib borishlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida tuzilgandir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlik o‘z faoliyatida xalqaro huquq me’yorlariga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan tuzgan bitimlariga, O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga, shuningdek, Vazirlik faoliyatiga taalluqli bo‘lgan boshqa me’yoriy hujjatlarga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlik o‘z faoliyatini tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning umumdavlat, savdo-siyosiy, iqtisodiy, rejaviy, valyuta-kredit, moliyaviy va tahliliy masalalariga, ularning samaradorligini oshirishga, ana shunday aloqalar tartibini takomillashtirishga hamda vazirliklar, idoralar, tashqi iqtisodiy tashkilotlar, birlashmalar va korxonalar, jamoat tashkilotlari, konsorsiumlar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar va boshqa davlat hamda jamoat korxonalariga, mulkchilikning barcha shaklidagi tashkilotlarga, shu jumladan jismoniy shaxslarga (keyingi o‘rinlarda “Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari” yoki “Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari” deb yuritiladi) ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy sohada O‘zbekiston Respublikasi davlat istiqloli va iqtisodiy mustaqilligi qoidalarini ro‘yobga chiqarishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining tashqi aloqalarini har tomonlama va teng huquqli asosda rivojlantirishni ta’minlash zamirida yagona tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit, investitsiya va narx-navo siyosati yuritishni, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishda bu aloqalarning samaradorligini oshirishni ta’minlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit siyosati hamda O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish va bunday aloqalar istiqbolini belgilash tizimi hamda ularni rivojlantirish dasturlarining muhim masalalari yuzasidan takliflar ishlab chiqishda faol qatnashishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy masalalar va hamkorlikning o‘zga turlari bo‘yicha, shu jumladan to‘lov hisob-kitob munosabatlari, chet el kreditlarini olish va davlat kreditlarini. berish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining chet el mamlakatlari bilan, xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalarini tayyorlashda ishtirok etishdan, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining topshirig‘iga binoan muzokaralar olib borish va shartnomalar tuzishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat, bank va tijorat kreditlarini jalb etish ishlarida ishtirok etishdan, ularning hisobini yuritish va ulardan qanday foydalanilayotganligini nazorat qilishdan, kredit evaziga a’mollar bajarish uchun o‘z tasarrufidagi tashqi iqtisodiy tashkilotlarga topshiriqlar berish hamda kreditlar hisobiga tuzilayotgan bitimlar berilgan kreditlarning shartlariga mos ekanligi tezlikda nazorat etilishini ta’minlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining savdo iqtisodiy hamkorlik borasidagi xalqaro shartnomalari yuzasidan tomonlarning majburiyatlarni bajarishi ustidan nazoratni ta’minlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hamda davlatlarning O‘zbekiston ham a’zo bo‘lgan o‘zga ittifoqlari tarkibiga kirgan davlatlarning idoralari bilan tashqi iqtisodiy sohada o‘zaro hamjihat siyosat yuritishda birgalikda harakat qilishdan, shu jumladan boshqa chet el mamlakatlarining tashqi iqtisodiy tashkilotlari bilan hamkorlik qilishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumdavlat ahamiyatiga molik mollar (ishlar, xizmatlar) bilan eksport-import a’mollari o‘tkazishni tashkil etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan birgalikda chet ellarda hamda respublika hududida chet el tashkilotlari va firmalari ishtirokida obyektlar qurilishini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatni, shu jumladan me’yoriy-huquqiy faoliyatni ishlab chiqish, amalga oshirish va uning davlat tomonidan tartibga solib borilishini takomillashtirishdan, tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining ichki va tashqi bozorda O‘zbekistonning davlat manfaatlariga, shu sohada amal qilib turgan qoida va me’yorlarga rioya etishlarini nazorat qilish, ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirib turish va tahlil etib borishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy-iqtisodiy va moliya-kredit holatini, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini, tashqi iqtisodiy aloqalarning xususiyatlarini, chet el mamlakatlarining tegishli qonunlarini, chet ellik sheriklarning ishonchli va ishbilarmonlik nufuzini o‘rganish va tahlil etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekistonning eksport qilish imkoniyatlarini kengaytirish hamda respublikaning import mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etishning va ulardan samarali foydalanish ustidan, respublika sarmoyasini chet ellarda oqilona joylashtirish ustidan nazorat o‘rnatishning umumdavlat siyosatini ishlab chiqishda va bu siyosatni yuritishda faol ishtirok etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talab-ehtiyojlarni o‘rganish va shu asosda jahon tovarlar bozorining, investitsiya, injiniring, konsalting, marketing bozorlarining va boshqa ishlar hamda xizmatlar bozorining, xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanish tamoyillari istiqbolini belgilash, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarini narx-navo, valyuta, moliya, kredit, huquqiy masalalar yuzasidan, tashqi bozorning chet elga chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga, texnikaviy xususiyatlariga bo‘lgan talablar yuzasidan tijorat asosida uslubiy, axborot va maslahat yo‘sinidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat siriga rioya etgan va uni saqlagan holda mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari o‘rtasida tuzilayotgan savdo-iqtisodiy shartnomalar, bitimlar va ahdlashuvlarni muqarrar tarzda ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakli va kimning tasarrufida ekanligidan qat’i nazar yuridik va jismoniy shaxslarni, shu jumladan chet el tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarni tashqi iqtisodiy, aloqalar qatnashchilari sifatida ro‘yxatga olish tartibini belgilash hamda ularni ro‘yxatga olish, chet el firmalari, kompaniyalari va tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga mollar (ishlar, xizmatlar)ni eksport-import qilish uchun, shu jumladan eksport va import hamda tranzit yuklarni tashish uchun litsenziyalar berish tartibini belgilash va ularga litsenziyalar berishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mollar (ishlar, xizmatlar)ni eksport va import qilish kvotasi yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda ishlab chiqish va kiritishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining mollar (ishlar, xizmatlar)ni litsenziyalash yuzasidan belgilangan tartibga rioya etishlarini nazorat qilishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noan’anaviy eksport dasturlarini, shu jumladan ilm-fanni ko‘p talab qiladigan mahsulotlarni, texnologiyalar va xizmatlarni, butlov mahsulotlarini yetkazib berish, ishlab chiqarish-texnologiya kuchlarini jamlash va ilmiy hamkorlik dasturlarini ishlab chiqishda va ularni amalga oshirishda ishtirok etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport dasturlarini hamda chet el investitsiyalarini sug‘urta qilish tashkilotlari tuzishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik ko‘rsatmasi bilan chet el mamlakatlariga qisqa muddatli va uzoq muddatli xizmat safariga yuborilayotgan xalq xo‘jaligi mutaxassislarining chet elga chiqishi to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilish, chet el pasportlari belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi, berilishi hamda saqlanishini ta’minlashdan, zarur ruxsatnomalarni olish, Vazirlik tizimidagi xodimlarning chet elda bo‘lish muddatlarini, chet el pasportlarining, respublika va chet el ruxsatnomalarining amal qilish muddatlarini nazorat qilishdan, chet elga borishi Vazirlik tomonidan rasmiylashtirilayotgan shaxslarga tegishli tushuntirish va yo‘l-yo‘riq berishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat mulki jamg‘armasi tomonidan berib qo‘yilgan huquqlar doirasida aksiyali jamiyatlarda davlatga tegishli aksiyalarni (ulushlarni, paylarni) idora etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy ahamiyatga molik bo‘lgan keng ko‘lamdagi loyihalar bo‘yicha xalqaro savdo-sotiqlarni (tendyerlarni) tanlov asosida o‘tkazishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shma korxonalar va tashqi iqtisodiy aloqalarning boshqa qatnashchilari faoliyatini tekshirish uchun auditorlik xizmatini, yirik tashqi iqtisodiy loyihalar va dasturlarning xolis ekspertizasini yo‘lga qo‘yishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shma korxonalar va chet el korxonalari, xalqaro tashkilotlar hamda ularning tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, umumlashtirish va bu faoliyat samaradorligini tahlil etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarkibiga kirgan mamlakatlarda va chet ellarda respublikaning savdo vakolatxonalarini ochish, ularning kadrlar tarkibini belgilangan tartibda qaror toptirish, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda o‘z vakillarini O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari huzurida iqtisodiy maslahatchi etib tayinlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalari huzuridagi savdo vakolatxonalari hamda iqtisodiy maslahatchilar faoliyatiga rahbarlik qilishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekiston Respublikasining savdo vakillarini va ularning o‘rinbosarlarini, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda respublikaning chet ellardagi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilarni tayinlash hamda vazifasidan ozod etish (chaqirib olish) to‘g‘risidagi taqdimnomalarni va takliflarni kiritishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Vazirlikning viloyatlar va Toshkent shahridagi vakolatli vakillari faoliyatiga rahbarlik qilish, ularning ishini tashkil etish va muvofiqlashtirib borishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada va chet ellarda tashqi iqtisodiy faoliyat uchun kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va stajirovkadan o‘tkazishni amalga oshirishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlarining hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tasarrufidagi tashqi iqtisodiy birlashmalar, firmalar va boshqa tashkilotlarning mutaxassislarni chet ellarga xizmat safariga yuborish va tashqi iqtisodiyot sohasida malakali kadrlar tayyorlash borasidagi ishlarini muvofiqlashtirib borishdan hamda ana shu ish samaradorligini tahlil qilishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalarning xo‘jalik va tashkiliy-huquqiy tartibotini takomillashtirish yuzasidan qonunlar negizini ishlab chiqishda va takomillashtirish tadbirlarini amalga oshirishda faol qatnashishdan, respublikaning iqtisodiy idoralari, vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralarning, mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar korxonalar va tashkilotlarning, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralarining tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirib borishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonunchilikka muvofiq respublika tashqi iqtisodiy tashkilotlarining, shuningdek, mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining chet ellardagi faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining savdo va iqtisodiy vakolatxonalari orqali muvofiqlashtirib borishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transportning barcha turlarida xalqaro miqyosda yuk tashish, shu jumladan, tranzit yuklarni tashishni amalga oshirish yuzasidan mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar idoralar va tashkilotlarning ishlarini muvofiqlashtirib borishdan, shuningdek, tashqi savdo yuklarini tashishni tartibga solishning huquqiy, tarifga doir va boshqa tadbirlarini ishlab chiqishda, kelishib olishda va amalga oshirishda qatnashishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoh respublika hududida bo‘lsin, xoh o‘z vakolatxonalari orqali Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlarida bo‘lsin, chegara punktlarida (portlarda, temir yo‘l stansiyalarida, yuklar tushirib, qayta ortiladigan bazalarda, shuningdek, aeroportlarda) eksport-import yuklarining holati ustidan davlat nazoratini yo‘lga qo‘yishda qatnashishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo yuklariga ko‘rsatiladigan transport-ekspeditorlik xizmati tizimini takomillashtirish, respublika hududida, shuningdek, asosiy dengiz portlarida, temir yo‘l chegara stansiyalarida tashqi savdo yuklarini omborga joylashdan, qayta ishlash va mollarning e’lon qilinadigan ro‘yxati haqidagi ma’lumotlarni yozishni tashkil etish tadbirlarini amalga oshirishdan, eksport-import yuklari va tranzit yuklarning harakatini nazorat qilishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi bozorda umumdavlat manfaatlariga rioya etilishi ustidan nazorat natijalarini umumlashtirish va tahlil qilishdan, shu asosda tashqi iqtisodiy aloqalardagi, shu jumladan hamkorlikning yangi shakllari borasidagi, xususan qo‘shma tadbirkorlik, bevosita ishlab chiqarish va ilmiy-texnika aloqalari, mol almashuv a’mollari, sohil bo‘yi va chegara bo‘yi savdosi, O‘zbekiston Respublikasi hududida erkin iqtisodiy tegralar barpo etish borasidagi salbiy holatlarni bartaraf etish to‘g‘risida takliflar tayyorlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari samaradorligini oshirishni, shu jumladan bu ishni eksport va import tuzilmasini yaxshilash, O‘zbekiston Respublikasining eksport imkoniyatlarini rag‘batlantirish va kengaytirish yo‘li bilan ta’minlash, hamkorlikning yangi shakllarini o‘zlashtirish, valyuta mablag‘laridan oqilona foydalanish hamda respublika kreditlari qaytarilishini ta’minlash ustidan nazorat qilib borishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib berishdan, respublika tashkilotlarining, mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan korxonalarning tashqi iqtisodiy sohadagi amaliy faolligini rag‘batlantirishni ta’minlovchi umumiy iqtisodiy va huquqiy muhitni yuzaga keltirishda qatnashishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zining ixtisoslashtirilgan tashqi savdo firmalari orqali kichik va o‘rta biznes korxonalari chiqaradigan mahsulotlarni eksportga sotishni tashkil qilish, ularga xorijiy bozorlar marketing tadqiqotlarini o‘tkazishda ko‘maklashish.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-iyuldagi 312-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Vazirlikning respublika viloyatlari va Toshkent shahri bo‘yicha vakolatli vakillari boshqarmalari, ular huzurida barpo etilgan xo‘jalik hisobidagi tijorat tizimlari, ham respublika hududidagi, ham undan tashqaridagi ayrim mintaqalarda, punktlarda va obyektlarda ochilgan filiallar, chet ellardagi savdo va iqtisodiy vakolatxonalar, respublikaning xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy, tashqi savdo birlashmalari va firmalari, tijorat-reklama markazi (Respublika xalqaro savdo majmui). transport vakolatxonalari va vazirlik tasarrufidagi boshqa tashkilotlar hamda chet ellardagi muassasalar yuridik shaxs huquqida Vazirlikning yagona tizimini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy siyosati doirasida va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi rahbarligi ostida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mintaqaviy vakolatli vakillar boshqarmalari (matnda bundan keyin “Vakillar boshqarmalari” deb yuritiladi) hamda davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi o‘z faoliyatini o‘zaro jips hamkorlikda olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlikning vakolatli vakili boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizomni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, vakolatli vakillar boshqarmalarining tarkibiy tuzilishi va shtatlari soni, ular huzurida barpo etilgan xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy va tashqi savdo firmalari hamda tashkilotlarining ustavlari, nizomlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri tomonidan belgilab qo‘yiladi va tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlik tasarrufida bo‘lgan tashkilotlar va bo‘linmalarning ustavlari va nizomlarini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirlik tasarrufida bo‘lgan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo birlashmalari, firmalari faoliyatni to‘la xo‘jalik hisobi sharoitida amalga oshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy, tashqi savdo birlashmalari va firmalari, Vazirlik tasarrufidagi boshqa tashkilotlar qo‘shimcha daromad manbalariga ega bo‘lish maqsadida aksiyali jamiyatlar, uyushmalar, qo‘shma korxonalar, konsernlar va tadbirkorlikning (tijoratning) boshqa shakllarida qatnashish, shu jumladan bunday korxonalar, konsernlarni va tadbirkorlikning (tijoratning) bu xildagi shakllarini o‘zlari ta’sis etish, qolaversa faoliyatning boshqa turlarida ishtirok etish uchun, Vazirlikning roziligini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirlik o‘z tasarrufidagi xo‘jalik hisobidagi va boshqa xil tashqi iqtisodiy tashkilotlarning majburiyatlari yuzasidan mulkiy javobgar bo‘lmaydi, tashqi iqtisodiy tashkilotlar esa Vazirlik majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasini iqtisodiy va. ijtimoiy rivojlantirishning tamoyillari va asosiy yo‘nalishlarini, shuningdek, istiqbolga mo‘ljallangan dasturlar va boshqa yechimlarning O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini ham yaxlit holatda, ham ayrim mamlakatlar, bir guruh mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha rivojlantirishga doir qismini ishlab chiqishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport-import bo‘yicha valyuta rejasi loyihasi yuzasidan kvota ajratish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqadi va ularni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy va iqtisodiy rivojlantirishning Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi ishlab chiqqan uzoq muddatga mo‘ljallangan rejalariga, vazirliklar, idoralar, konsernlar, tashkilotlar, “O‘zshartnomasavdo” buyurtmanomalariga muvofiq uskunalar, materiallar, xomashyoni, shu jumladan xalq xo‘jaligining ijtimoiy majmui tarmoqlari uchun ham uskunalar, materiallar, xomashyoni, xalq iste’mol mollari, oziq-ovqat mahsulotlari va hokazolarni chetdan olib kelishning davlat rejasi loyihasini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi xalq xo‘jaligini rivojlantirish va uning ehtiyojlarini qondirish uchun valyuta mablag‘lariga bo‘lgan talabni inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi ajratadigan tegishli kvotalar asosida, korxonalar, tashkilotlarning chet elga mol chiqarishini rag‘batlantirish uchun Moliya vazirligi eksport dotatsiyalari va boshqa kerakli mablag‘lar ajratishini nazarda tutib, eksport va import qilish rejasining va chet elga mol chiqarish borasidagi davlat buyurtmasining loyihasini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasi eksport va import rejasining muvozanatlashtirilgan loyihasini Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi bilan birgalikda tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi statistika hisoboti shakl-andozalarini, Standartlashtirish davlat qo‘mitasi va Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda Respublika uyg‘unlashgan tizimini, Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda esa eksport-import a’mollarini tarif asosida va tarifsiz boshqarish tadbirlarini ishlab chiqadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa tijorat banklari bilan birgalikda tovar-moliya kreditlarining, ularga xizmat ko‘rsatishning, Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi bilan birgalikda o‘zining valyuta xarajatini o‘zi qoplash qoidalari asosidagi yirik investitsiya mablag‘larining miqdorlari va yo‘nalishlarini belgilaydi, kreditlardan foydalanish ustidan nazorat olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar davlat nazorati, boshqarish va ularga oid axborotlar tizimining yagona axborot tarmog‘ini tuzishni ta’minlaydi va uning ishini yo‘lga qo‘yadi, tashqi iqtisodiy aloqalarga doir ma’lumotlarning respublika jamg‘armasini vujudga keltiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, mulkchilikning hamma shaklidagi korxonalar va tashkilotlarning belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobotlari va taqdimnomalari, shuningdek yuklarning e’lon qilingan ro‘yxati to‘g‘risida bojxona tomonidan beriladigan ma’lumotlar asosida eksport va import yuzasidan davlat buyurtmasi bajarilishini nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport va importning sur’ati, mutanosibligi va samaradorligini natura holida va narx-navo ifodasida tahlil qiladi hamda istiqbolni belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo va to‘lov balansining Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi faoliyati turlariga doir qismi yuzasidan istiqbol narxlarini ishlab chiqadi va ularning holatini tahlil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar hamda tashqi iqtisodiy aloqalar boshqa qatnashchilari Vazirlikka yuboradigan axborotlar asosida ular tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi davlat topshiriqlarini qanday bajarayotganliklarini tahlil etadi, respublikaning xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlari qanday bajarilayotgani haqida jamlama hisobotlar tayyorlaydi, tashqi savdo bitimlari hisobotini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlarining, shu jumladan belgilangan tartibda respublika hududida ham, chet ellarda ham chet el jismoniy va yuridik shaxslarining faoliyatini muayyan yo‘nalishda va keng ko‘lamda tekshirishni tashkil etadi hamda o‘tkazadi (zarur hollarda bu ish Moliya vazirligi, davlat soliq inspeksiyasi, maxsus yurisdiksiyaga ega bo‘lgan idoralar va boshqa manfaatdor tashkilotlar ishtirokida o‘tkaziladi), tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari respublika qonunlarini buzayotgan va O‘zbekiston manfaatlariga zarar yetkazayotgan hollarda, shu jumladan g‘irrom raqobat, litsenziyalarning shartlari buzilgan hollarda eksport-import a’mollarning oldini oladi, tezlik bilan to‘xtatib qo‘yadi, Vazirlar Mahkamasiga tashqi iqtisodiy faoliyatni to‘xtatib qo‘yish, sudlarga esa tashqi iqtisodiy faoliyatni to‘xtatish va bunday ish qilgan tashkilotga nisbatan boshqa tegishli tadbirlar ko‘rish haqida, shuningdek, to‘xtatib qo‘yilgan a’mollarni tiklash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan chet el savdo vakolatxonalari bilan, chet el mamlakatlari elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar bilan birgalikda ish olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el mamlakatlari hukumatlari, tashkilotlari va firmalarining tashqi iqtisodiy aloqalar masalalariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi, zarur hollarda shu masalalar yuzasidai takliflar tayyorlab, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi, tovar oborot va to‘lovlar, yetkazib beriladigan mollarining hajmi va navbati to‘g‘risida, eksport va import ishiga kredit berib turish to‘g‘risida manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida muzokaralar olib boradi hamda o‘z huquq doirasida zarur hujjatlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisod sohasidagi hukumatlararo shartnomalarining asl nusxalarini o‘zida saqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilishni va ko‘rsatib o‘tilgan vakolatxonalarning xorijiy xodimlarini shaxsan akkreditatsiya qilishni belgilangan tartibda amalga oshiradi, shuningdek, bunday vakolatxonalar tomonidan taqdim etiladigan o‘zlari to‘g‘risidagi axborotlarni ko‘rib chiqadi;
(11-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-oktabrdagi 410-sonli qarori tahririda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi respublika birlashmalari, korxonalari va tashkilotlari ishtirokida xorijiy mamlakatlarda tashkilotlar tuzishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el tashkilotlari va firmalari ishtirokida chet ellarda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida obyektlar qurish uchun investitsiya ajratishdan oldingi hujjatlarni va loyiha-smeta hujjatlarini ekspertiza qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet ellarda barpo etilayotgan, shuningdek, chet el tashkilotlari va firmalari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi hududida qurilayotgan obyektlar uchun ajratilgan eksport tovar fondlari hamda valyuta mablag‘laridan oqilona foydalanish va ularni rasamadi bilan sarflash ustidan nazoratni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport va import bo‘yicha reja asosidagi hisob-kitob baholarini ishlab chiqishda hamda valyuta-kredit masalalari yuzasidan tadbirlarni amalga oshirishda, shuningdek, tashqi savdodagi baho va tariflarni belgilashning qoidalari va usuliyotini ishlab chiqishda ishtirok etadi, asosiy eksport va import mollari yuzasidan tashqi savdo baholari darajasini nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport mollarini ortish hamda O‘zbekiston hududidan chet el tranzit yuklari olib o‘tish uchun ruxsatnomalar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z tasarrufidagi tashqi iqtisodiy firmalar va birlashmalar orqali shartnoma asosida tashqi savdo yuklarini hamda O‘zbekiston hududidan olib o‘tiladigan chet el tranzit yuklarini tashish va ularga transport ekspeditorlik xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yadi, tashqi savdo yuklari tashishni takomillashtirish, bunday yuklar saqlanishini yaxshilash ha ularni asrashini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va idoralar, chet el mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik yuzasidan hukumatlararo komissiyalar va qo‘mitalarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi va ularning ishida ishtirok etadi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar masalalariga doir konferensiyalarda, kongresslarda, simpoziumlar va yig‘ilishlarda qatnashadi, tashqi iqtisodiy aloqalarga doir masalalarni muhokama etish va hal qilish uchun O‘zbekistonga keladigan chet el delegatsiyalarini qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el mamlakatlari bilan iqtisodiy va texnikaviy hamkorlik yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlari belgilangan tartibda bajarilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ayrim mollar (ishlar, xizmatlar)ga, mamlakatlar va bir guruh mamlakatlarga muayyan davrga eksport-importni litsenziyalash va kvotalashni joriy etish to‘g‘risida, shuningdek, to‘lov imkoniyatlari holati va boshqa iqtisodiy hamda siyosiy sharoitlar taqozo qilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan bir taraflama kamsituvchi cheklovlar kiritgan ayrim davlatlarga nisbatan eksport-import a’mollarini taqiqlash, cheklash yoki to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el davlatlarining amaliy faoliyatida O‘zbekiston Respublikasiga nisbatan cheklash yo‘liga o‘tgan yoki respublika tashkilotlari oldida zimmasiga olgan majburiyatlarini halol bajarmayotgan kompaniyalari ro‘yxatini yuritadi, bu ro‘yxat mazmuni yuzasidan tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga maslahatlatlar berib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi va chet ellardagi ommaviy axborot vositalaridan foydalanib, chet el mamlakatlari va shu mamlakatlardagi savdo-sotiq doiralari bilan O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish yuzasidan targ‘ibot-axborot ishlarini, shu jumladan aksiltarg‘ibot ishlarini olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tashqi iqtisodiy aloqalar subyektlarining xalqaro iqtisodiy va boshqa tashkilotlardagi faoliyatini muvofiqlashtirib turadi, tashqi bozorda a’mollar o‘tkazishda hamda hamkorlikning yangi shakllarini o‘zlashtirishda amaliy yordam ko‘rsatadi, ishning ko‘zini biladigan sheriklarni izlashda ko‘maklashadi, tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari, tashqi savdo qonunlari, an’analari, rasm-rusumlari va qoidalari yuzasidan tegishli axborotlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
investitsiya hamkorligi loyihalarini birgalikda ro‘yobga chiqarish maqsadida respublikadagi tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga, banklarga, jamg‘armalarga va boshqa tashkilotlarga chet el firmalari bilan o‘zaro foydali asosda aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tadbirkorlarining boshqa mamlakatlarning, korxonalari, tashkilotlari va firmalari bilan ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy hamkorlik o‘rnatishlariga, shuningdek, qo‘shma korxonalar tashkil etish hamda tadbirkorlik ishlarini birgalikda olib borishning boshqa shakllarini rivojlantirishga ko‘maklashadi, shu jumladan O‘zbekiston hududida erkin iqtisodiy tegralar barpo etishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el savdo-sotiq doiralari va jamoat tashkilotlarining vakillarini respublikaga taklif etadi va kelganlarida qabul qiladi ish va tadbirkorlik bilan bog‘liq turizmni rivojlantirishga ko‘maklashadi, ham chet ellarda, ham O‘zbekiston Respublikasi hududida uchrashuvlar, simpoziumlar, konferensiyalar, kongresslar tashkil etadi va o‘tkazadi, Vazirlik huquqi doirasiga kiritilgan masalalar yuzasidan amaliy aloqalar o‘rnatish uchun o‘z vakillarini chet ellarga yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining tashqi iqtisodiy faoliyatini tahlil qiladi, ularning ish tajribasini, shu sohada amal qilib kelayotgan me’yoriy hujjatlarni qo‘llanish tartibini o‘rganadi, ularni takomillashtirishga doir takliflar kiritadi hamda ijobiy tajribani ommalashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z tasarrufidagi xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy va tashqi savdo firmalari, birlashmalari va boshqa tashkilotlar faoliyatining me’yoriy negizini ishlab chiqishga, ularning faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda nazorat etib turadi, ularning buxgalteriya hisoboti ma’lumotlarini, moliya rejalari hamda tovar hisob-kitoblarini jamlaydi va umumlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada va chet ellarda xalqaro ko‘rgazmalar, yarmarkalar, kim oshdi savdolari va boshqa tadbirlar uyushtiradi, tijorat-axborot va reklama ishlari olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik huquq doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan vaqtli nashrlar, axborot-reklama va boshqa xil materiallar chop etadi, tashqi iqtisodiy aloqalar muammolari yuzasidan fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtirolar, sanoat namunalari, tovar belgilari hamda sanoat mulkining boshqa obyektlariga muhofaza etuvchi hujjatlar olish yuzasidan, shuningdek, respublika qonunlari va xalqaro shartnomalardan kelib chiqib, ularning huquqlarini himoya qilish yuzasidan respublika va chet el yuridik hamda jismoniy shaxslariga maslahatlar beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chetdan olib kelingan molni qayta eksport qilish a’mollariga ruxsatnomalar beradi, respublikadan olib chiqilayotgan mollarning yaratilishi to‘g‘risidagi guvohnomalarni (sertifikatlarni), shu mollarga ilova qilingan hujjatlarni tasdiqlaydi, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni tasdiqlab beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport va import mollar, xomashyolar, uskunalarning sifati, butligi va miqdori yuzasidan, shuningdek, mollarning o‘rab joylanishi va xos belgilari holati yuzasidan mustaqil ekspertiza va nazorat o‘tkazilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalarning shartlariga muvofiq favqulodda va kutilmagan hodisalar, holatlar (fors-major) to‘g‘risida dalolat beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rejalashtirish, hisob va statistika hujjatlarini yuritish, me’yoriy negiz ishlab chiqish, auditorlik faoliyati va tashqi iqtisodiy faoliyatga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining boshqa barcha masalalari yuzasidan rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining chet el firmalari akkreditatsiya qilingan vakolatxonalarining, xalqaro xo‘jalik, iqtisodiy tashkilotlarning Davlat ro‘yxatini yuritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi balansida turuvchi, O‘zbekiston hududidagi va chet ellardagi davlat mulkiga egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ixtisoslashgan tashqi iqtisodiy tashkilotlarni hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tarkibidagi boshqa tashkilotlarni shifrli aloqa bilan ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tarkibiga kiruvchi muassasalar va tashkilotlar xodimlarini, eng avvalo budjetdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlar xodimlarini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish, budjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘larga ega bo‘lish maqsadida Vazirlik tizimida xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini o‘zlashtirish tadbirlarini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tizimida budjet mablag‘laridan oqilona foydalanish ustidan muntazam nazoratni amalga oshiradi, mamlakat ichkarisidagi va chet ellardagi o‘z tasarrufida bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning tijorat hamda moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirib turadi va taftishlar o‘tkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli yuklar, qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar tranziti chog‘ida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi;
(11-bandning qirq sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 1-maydagi 150-sonli qarori bilan kiritilgan)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining maqsad va vazifalariga muvofiq keluvchi, amaldagi qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa vazifalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralaridan, shuningdek, bevosita korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar hamda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarining mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar boshqa qatnashchilaridan tashqi iqtisodiy aloqalar masalalariga doir buxgalteriya, hisobot, statistika ma’lumotlari, takliflar va xulosalar hamda boshqa materiallar, davlat buyurtmasini hamda eksport va import bo‘yicha valyuta rejasini ishlab chiqish hamda ularning ijrosini tekshirish uchun kerakli materiallar, shu jumladan idoraviy statistika materiallari va boshqa axborot materiallari olish hamda zimmasiga yuklatilgan funksiya va vazifalarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan yozishmalar olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga yordam beradigan tashqi iqtisodiy konsorsiumlar, konsernlar, aksiyali kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar va loyihalarning muassisi bo‘lish, ularning faoliyatida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona tashqi iqtisodiy siyosat o‘tkazish, tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya etish, uning eksport imkoniyatlarini kengaytirish hamda tashqi iqtisodiy aloqalarga doir boshqa masalalar yuzasidan tegishli vazirliklar, idoralar, tashkilotlar, davlat hokimiyati va boshqaruvining, mahalliy idoralari, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining, hamda boshqa davlat, kooperativ va jamoat korxonalari, birlashmalari hamda o‘zga tashkilotlarning rahbarlari hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikadagi va chet ellardagi o‘z tasarrufida bo‘lgan xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy, tashqi savdo birlashmalari, firmalar, markazlar, agentlar, jamg‘armalar, o‘quv yurtlari va boshqa tashkilotlarni, shu jumladan, chet ellik sheriklar ishtirokidagi ana shunday tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va faoliyatini tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik o‘z vazifalarini yanada to‘liqroq va samaraliroq bajarishiga ko‘maklashishi mumkin bo‘lgan ittifoqlar, uyushmalar, federatsiyalar va boshqa birlashmalar tarkibga kirish, shu jumladan birlashmalar barpo etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bo‘linmalar, bo‘limlar barpo etish, o‘z firma va birlashmalarining filiallari hamda vakolatxonalarini ochish, shu jumladan ularni chet ellarda ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari muammolari yuzasidan muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-texnikaviy va boshqa xil kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tuzish, shuningdek, maxsus kengashlar chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning eng muhim muammolari yuzasidan takliflar tayyorlash uchun olimlar, xalq xo‘jaligi mutaxassislari orasidan zaruratga (qarab muvaqqat ishchi guruhlari tuzish, tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida maslahat olish, bu sohadagi muammolarni o‘rganish va hal etish uchun xoh respublikadan, xoh Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan, shu jumladan chet ellardan olimlarni, mutaxassislarni va ekspertlarni shartnoma (bitim) asosida jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rivojlantirish, rag‘batlantirish, kadrlar tayyorlash jamg‘armalari hamda boshqa markazlashgan jamg‘armalar barpo etish uchun o‘z tasarrufidagi tashkilotlar, firmalar, korxonalar, markazlarning daromadlarida so‘m va valyutadagi ajratmalarning me’yorlarini belgilab qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z tasarrufidagi tashkilotlarning daromadlaridan markazlashgan maxsus, shu jumladan valyutadagi iste’mol va jamg‘arma fondlarini tashkil etish tartibini hamda ularni tarkib toptirish miqdorlarini belgilab qo‘yish, sug‘urta fondlari hosil etish va ulardan foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yillik sarf-xarajatlarga mo‘ljallangan smetadan tejab qolingan mablag‘larni o‘z tasarrufida qoldirish, Vazirlik va uning bo‘linmalari respublikaning o‘zida va uning sarhadlaridan chetda turli xizmat va faoliyat ko‘rsatishdan olgan, budjetdan tashqari mablag‘lardan to‘liq foydalanish, o‘z moddiy-texnika negizlarini rivojlantirishni pul bilan ta’minlash va ijtimoiy maqsadlar uchun tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari sifatida ro‘yxatga olganlik, chet el yuridik shaxslariga litsenziyalar berganlik va akkreditatsiyadan o‘tkazganlik uchun to‘lov olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maxsus va shaxsiy unvonlar, martaba darajalari, ilmiy darajalar, chet tillarini bilganlik va ma’lum xizmat muddati uchun lavozim maoshlariga ustama haq belgilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining, uning tasarrufida bo‘lgan birlashmalar, firmalar va tashkilotlarning (Vazirlikning roziligi bilan) rasmiy taklifiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el delegatsiyalarining respublika hududida bo‘lishi va transport xarajatlarini so‘mlarda to‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el mamlakatlari, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari bilan o‘zaro kelishib texnikaviy va iqtisodiy axborotlar almashish, shu maqsadda vazirliklar, idoralar, tashkilotlar hamda tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilaridan zarur materiallar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilab qo‘yilgan miqdor va ish haqi fondi doirasida Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy tuzilishiga o‘zgarishlar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z huquq doirasida O‘zbekistonning o‘zida ham, chet ellarda ham davlat idoralari, muassasalari, korxonalari, tashkilotlari, mansabdor va xususiy shaxslar bilan bog‘lanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
valyuta kimoshdi savdolarini tashkil etish va o‘tkazishda qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilariga mollar, xomashyo, ishlar va xizmatlar uchun tanlov asosida litsenziyalar berish, shu jumladan kvotalangan mollarni eksportga chiqarish litsenziyalarini kimoshdi savdosi orqali sotish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan, keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tasdig‘iga taqdim etiladigan Vazir boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan o‘rinbosarlari, shu jumladan ikki nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. O‘rinbosarlar o‘rtasida vazifalarni Vazirning o‘zi taqsimlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakillarining vakolat doirasini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi va uning o‘z vazifalarini ado etishi uchun shaxsan javobgardir. U o‘z o‘rinbosarlarining hamda Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining Vazirlik faoliyatining ayrim yo‘nalishlariga rahbarlik qilishdagi javobgarlik darajasini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazir O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tarkibidagi mulkchilikning barcha shaklidagi tashkilotlar, korxonalar va muassasalar bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur hollarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, ko‘rsatmalari, yo‘l-yo‘riqlarini bekor qiladi yoki ularning amal qilishini to‘xtatib qo‘yadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik huquq doirasiga taalluqli masalalar yuzasidan qaror qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik va uning tasarrufidagi muassasalar va tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilab qo‘yilgan tarkibiy tuzilish miqdor va ish haqi fondi doirasida Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy apparat xodimlarini, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakillarini, Vazirlik tasarrufida bo‘lgan muassasalar va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarning rahbar xodimlarini, savdo vakillari va ularning chet ellardagi apparati xodimlarini, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilarni lavozimga tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik xodimlarini, shuningdek, o‘z tasarrufidagi muassasalar va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarning rahbar xodimlarini chet elga xizmat safariga yuborish masalalarini hal etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), Vazir o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri (lavozimiga ko‘ra), Vazirlikning, uning tasarrufidagi tashkilotlarning boshqa rahbar xodimlari, shuningdek, respublika huquq-tartibot, bojxona, moliya idoralarining hamda o‘z vazifalari doirasida O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari boshqaruvida qatnashuvchi boshqa vazirliklar, idoralar, tashkilotlarning vakillaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’atning miqdori va uning tarkibi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining hay’ati o‘zining muntazam o‘tkaziladigan majlislarida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining tashqi iqtisodiy aloqalar masalalariga doir muhim qonunchilik aktlari va qarorlarining loyihalarini tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashqi iqtisodiy shartnomalarini tayyorlash, tuzish, ijro etish va bekor qilish (denonsatsiya);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar tashqi bozorda davlat manfaatlariga rioya etishi ustidan, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bo‘yicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatda kelishilgan tarzda siyosat olib borish maqsadida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchilari bo‘lgan boshqa davlatlarning tashqi iqtisodiy idoralari bilan ishni muvofiqlashtirib turish va o‘zaro hamkorlik qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
savdo vakolatxonalari, O‘zbekiston Respublikasining elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda o‘z tasarrufida bo‘lgan birlashmalar, firmalar, markazlar va tashkilotlar faoliyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik markaziy apparati bo‘linmalarining rahbarlarini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri va vazir o‘rinbosarini, xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisodiy va tashqi savdo firmalari hamda birlashmalarning, markazlarning va o‘z tasarrufidagi boshqa tashkilotlarning bosh direktorlarini, bosh direktor o‘rinbosarlarini, direktorlarini, savdo vakillarini, ularning o‘rinbosarlarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilarni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hukumat topshiriqlarini, Vazirlikning valyutaga oid va boshqa rejalarini bajarish masalalarini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at o‘z majlislarida Vazirlik huquq doirasiga kiruvchi boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at majlisida uning tarkibiga kirganlarning yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirdagina majlis vakolatli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muhokama etilayotgan masala yuzasidan qaror ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hay’at qarori, odatda, Vazirning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi. Vazir bilan hay’at o‘rtasida tafovut kelib chiqqan taqdirda Vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilib, o‘z qarorini hayotga tatbiq etadi, hay’at a’zolari esa o‘z navbatida fikrlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘z huquq doirasida, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida va ularni bajarish yuzasidan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar, davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Vazirlikning vakolatli vakillari, o‘z tasarrufidagi tashqi iqtisodiy birlashmalar, firmalar, vakolatxonalar, muassasalar va boshqa tashkilotlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining savdo vakolatxonalari hamda O‘zbekiston Respublikasining chet el mamlakatlaridagi elchixonalari huzuridagi iqtisodiy maslahatchilar apparatlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, yo‘l-yo‘riqlar, me’yoriy hujjatlar ishlab chiqadi, ko‘rsatmalar beradi, ularning ijrosini tashkil etadi va tekshirib boradi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida ishlab chiqqan va tasdiqlagan me’yoriy va uslubiy hujjatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari ijro etishi uchun ham majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik zarur hollarda boshqa vazirliklar yoki idoralar bilan birgalikda yoxud ular bilan kelishib, buyruqlar va yo‘l-yo‘riqlar chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi markaziy apparatining tarkibiy tuzilishi, ish haqi fondi va xodimlarining sonini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydi. Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvali, shuningdek, uning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 17-noyabrdagi 538-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NI3OM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining (matnda bundan keyin “Vazirlik” deb yuritiladi) viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha (matnda bundan keyin “Mintaqa” deb yuritiladi) Mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasi (matnda bundan keyin “Vakolatli vakil boshqarmasi” deb yuritiladi) mintaqada yagona iqtisodiy siyosat o‘tkazish va uni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish, tashqi bozorda umumdavlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, savdo, madaniy, sport, turistik va boshqa xil aloqalar samaradorligini oshirish, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, bu sohada boshqaruvni takomillashtirish hamda xalqaro maydonda samarali ish olib borish uchun mintaqaning tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga zarur sharoitlar yaratib berish maqsadida tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vakolatli vakil boshqarmasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining boshqa qarorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vakolatli vakil boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi sifatida tuziladi va u o‘z faoliyatini tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning umumdavlat, savdo-iqtisodiy, rejaviy, tahliliy va boshqa masalalariga hamda vazirliklar, idoralar, tashqi iqtisod tashkilotlari, birlashmalari va korxonalariga, jamoat tashkilotlariga, konsorsiumlar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kooperativlar hamda boshqa davlat va o‘zga xil jamoat korxonalariga, mulkchilikning barcha shaklidagi tashkilotlarga, xususiy tadbirkorlarga (matnda bundan keyin “Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilar” yoki “Tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari” deb yuritiladi) ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga ko‘maklashishga qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vakolatli vakil boshqarmasi o‘z faoliyatini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bo‘linmalari, Vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar, xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisod va tashqi savdo birlashmalari hamda firmalari bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi savdo vakolatxonalari bilan o‘zaro hamkorlik asosida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vakolatli vakil boshqarmasi tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi ishlarni davlat hokimiyati va boshqaruvining mahalliy idoralari bilan o‘zaro jips hamkorlikda olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vakolatli vakil boshqarmasining asosiy vazifalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarini har taraflama va teng huquqli asosda rivojlantirishni ta’minlash zamirida mintaqada O‘zbekiston Respublikasining yagona tashqi iqtisodiy, valyuta-kredit va investitsiya siyosatini o‘tkazishni, bu aloqalarning respublikani, mintaqani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishdagi samaradorligini oshirishni ta’minlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaning, O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy valyuta-kredit va investitsiya siyosatining hamda tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishning uzoq muddatga mo‘ljallangan muhim masalalari hamda bunday aloqalarni rivojlantirishning istiqbolga mo‘ljallangan rejalari va dasturlarining loyihalari yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaning mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari ham ichki, ham tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya etishlari ustidan nazoratni amalga oshirishdan, ularning tashqi iqtisodiy faoliyatini, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiquvchi majburiyatlar bilan bog‘liq faoliyatini muvofiqlashtirib borish va boshqarib turishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tashqi savdo tashkilotlarida umumrespublika ahamiyatiga molik mollar yuzasidan eksport-import a’mollarini o‘tkazishda ko‘maklashish, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi hududida obyektlar qurishda chet el firmalari, tashkilotlariga texnikaviy va iqtisodiy ko‘mak berishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaning tashqi iqtisodiy aloqalari samaradorligini oshirish, shu jumladan mintaqa, umuman respublikaning talab-ehtiyojlarini inobatga olgan holda eksport va import tuzilmasining tarkibini yaxshilash, valyuta mablag‘larini oqilona sarflash yo‘li bilan bunday aloqalar samaradorligini oshirishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish, shu jumladan ham import bo‘yicha, ham eksport bo‘yicha jahon bozorlaridagi talab-ehtiyojlar va baholarni o‘rganish hamda istiqbolini belgilash orqali yordam ko‘rsatishdan, eksport asosini vujudga keltirish va rivojlantirishga, eksport mahsulotlarining texnikaviy darajasi va raqobatga qobilligini tahlil etish va eksport mollari, mahsulotlarini aniqlash ishlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish, manfaatdor korxonalar va tashkilotlarni axborot, maslahatlar bilan ta’minlash va auditorlik xizmati ko‘rsatishdan, ham respublikaning o‘zida, ham chet ellarda kadrlarni tayyorlash va stajirovkadan o‘tkazishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining tashqi bozorga chiqishlari uchun, shuningdek, tadbirkorlik uchun amaldagi qonunlarga muvofiq eng qulay sharoitlar yaratib berishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari tuzadigan savdo-iqtisodiy shartnomalar, bitimlar va ahdlashuvlarning tijorat sirlari saqlanishini ta’minlagan holda ularni majburiy ekspertizadan o‘tkazish va hisobga olib borishdan, litsenziyalar asosida eksport va import qilinadigan mollar, mahsulotlar, ishlar, xizmatlar ro‘yxati bo‘yicha bitimlar bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatlar va mollar (ishlar, xizmatlar)ning turlari bo‘yicha tashqi iqtisodiy a’mollarni o‘tkazish uchun kvotadan foydalanish va litsetsziyalar berish, ularni tarifsiz boshqarishning boshqa tadbirlari yuzasidan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga kiritish uchun takliflar tayyorlashdan, berilgan litsenziyalar istifoda etilishi ustidan nazoratni ta’minlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kvota va litsenziyalarni tanlov yoki kimoshdi savdosi asosida sotishni yo‘lga qo‘yishda qatnashishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqada bozor tizimini shakllantirishda, mollar ishlab chiqarish tarmoqlarini, shuningdek, savdo uylari, tovar birjalari, yarmarkalar va kimoshdi savdolari tarmog‘ini kengaytirishdan, shu maqsadda tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarini ularga jalb etishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi axboroti uchun mintaqaning eksport imkoniyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashda qatnashish, mintaqaning ichki bozori muvozanatlashtirilgan bo‘lishini va iste’molchilarning huquqlari himoya etilishini ta’minlashga ko‘maklashishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli mintaqalarda O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar sohasidagi qonunlarining qo‘llanish amaliyotini umumlashtirish hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga shu xususda tegishli axborot va takliflar tayyorlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma majburiyatlari, mollar, mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport va import qilish yuzasidan belgilangan davlat topshiriqlari, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlaridan kelib chiqib Hukumat belgilaydigan topshiriqlar bajarilishini ta’minlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalarning xo‘jalik tashkiliy-huquqiy tartibotlarini takomillashtirishga va bunday aloqalar samaradorligini oshirishga ko‘maklashishdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chegara punktlarida (portlarda, temir yo‘l stansiyalarida, yuklar tushirilib qayta ortiladigan bazalarda, aeroportlarda) eksport va import yuklarining holati ustidan mintaqada davlat nazoratini tashkil etishda qatnashishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vakolatli vakil boshqarmasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaviy iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning tamoyillari va asosiy yo‘nalishlarini, shu jumladan uzoq muddatga mo‘ljallangan boshqa dasturlar va rejalarning respublikaning tashqi iqtisodiy va ijtimoiy aloqalarini rivojlantirishga doir qismini ishlab chiqishda, shuningdek, tashqi bozorda xaridorgir, raqobatga qobil eksport mollari, mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish tadbirlarida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqaning eksport va importga doir jamlama ko‘rsatkichlari, chet el valyutasidagi tushumlar va to‘lovlar yuzasidan birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning takliflari asosida dasturlarning loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi hamda mahalliy hokimiyat idoralari (hokimliklar) bilan kelishib, ularni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari eksport va importga doir davlat buyurtmasini qanday bajarayotganliklarini nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tasarrufidagi, mintaqada joylashgan va o‘z faoliyatini shu yerda amalga oshirayotgan barcha tashkilotlar ishini kuzatib boradi. Vazirlik rahbariyatining topshirig‘iga ko‘ra bevosita bu tashkilotlardagi ishlar ahvolini tekshiradi hamda tegishli axborot tayyorlaydi, ularning ishida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilari, mahalliy statistika boshqarmalari, bojxona va boshqa tashkilotlar yuboradigan ko‘rsatkichlar va ma’lumotlar asosida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining ishini tahlil qiladi, tashqi savdo bitimlari va savdoga taalluqli bo‘lmagan a’mollar bajarilishi hisobini yuritadi va nazorat qilib boradi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga tegishli jamlama axborot tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi topshirig‘iga ko‘ra belgilangan tartibda (shu jumladan Moliya vazirligining, Davlat soliq bosh boshqarmasining va boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mintaqa bo‘linmalari bilan birgalikda) mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yalpisiga va muayyan yo‘nalish bo‘yicha tekshirish ishini tashkil etadi va o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nomaqbul raqobat, litsenziya shartlarini buzish hollari sodir bo‘lgan taqdirda, eksport-import a’mollarining oldini oladi va ularni tezlik bilan to‘xtatib qo‘yadi, respublika qonunlarini buzayotgan va O‘zbekiston manfaatlariga ziyon yetkazayotgan tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga nisbatan chora ko‘rish, shuningdek, to‘xtatib qo‘yilgan a’mollarni tiklash to‘g‘risida Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqada eksport-import a’mollarini olib borish, tashqi iqtisodiy aloqalarni, akkreditatsiyalash ishlarini yo‘lga qo‘yish masalalari yuzasidan chet el mamlakatlari tashkilotlari va firmalarining murojaatlarini ko‘rib chiqishda qatnashadi yoki Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan kelishib, o‘zi ko‘rib chiqadi, shuningdek, mazkur masalalar yuzasidan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga belgilangan tartibda takliflar taqdim etadi, manfaatdor birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar ishtirokida sheriklar bilan muzokaralar olib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el davlatlarining O‘zbekiston bilan tashqi iqtisodiy hamkorlikda kamsituvchi (cheklovchi) ish amaliyotiga o‘ta boshlagan, o‘z majburiyatlarini halol bajarmaydigan kompaniyalari, firmalarining ro‘yxatini olib boradi, bu kompaniyalar va firmalar to‘g‘risida tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini, respublikaning manfaatdor tashkilotlarini xabardor etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z tasarrufidagi tashqi iqtisodiy tashkilotlar, firmalarning xo‘jalik tartibotini takomillashtirish choralarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, shu jumladan qo‘shma korxonalar tashkil etishda tashabbuskor bo‘lib chiqadi, bunday korxonalarni mintaqa hududida va chet ellarda mustaqil ravishda, qolaversa tegishli birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar bilan birgalikda qurish hamda ulardan foydalanish ishini, shuningdek, o‘z ehtiyojlari uchun amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarini yo‘lga qo‘yadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va uning tarkibidagi bo‘linmalar, firmalar va birlashmalar orqali tashqi savdo yuklari hamda O‘zbekiston Respublikasi va boshqa respublikalar hududidan olib o‘tiladigan chet el tranzit yuklari, eng avvalo davlat buyurtmasi asosidagi yuklar tashilishi hamda ularga transport-ekspeditorlik xizmati ko‘rsatilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi savdo yuklarining tashilishini takomillashtirish, ularni saqlab turishni yaxshilash hamda asralishini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada va Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari hududida, chet ellarda tijorat ko‘rgazmalari va yarmarkalarini tashkil etish hamda o‘tkazishda faol qatnashadi, mintaqa, respublika eksport-import a’mollari qatnashchilarining doirasini kengaytirish maqsadida axborot-reklama va noshirlik faoliyatini amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro, respublika tashkilotlari, komissiyalari, uyushmalarining chet el mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy va amaliy hamkorlikka doir ishida qatnashadi, xalqaro hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan konferensiyalarda, kongresslarda, simpozium va kengashlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqarma huzurida tashkil etilgan firmalar, tashkilotlarning buxgalteriya hisoboti, moliya rejalari va tovar topshiriqlariga oid ma’lumotlari va hisob-kitoblarini jamlab umumlashtiradi va belgilangan tartibda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga, mahalliy hokimiyat idoralariga eksport-import a’mollari ro‘yxatini kengaytirish, tashqi iqtisodiy hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisod masalalari yuzasidan maslahatlar berib boradi, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishni mo‘ljallayotgan tashkilotlarning ustavlari, nizomlari, shartnomalari va boshqa ta’sis hujjatlarini bu tashkilotlar Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro‘yxatga olingunga qadar ko‘rib chiqadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisi sifatida ro‘yxatga olish Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili tegishli yozma xulosasidan keyin amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari yuzasidan mintaqadan chet ellarga xizmat safariga boruvchi shaxslarning hujjatlarini ko‘rib chiqadi, ular yuzasidan chiqargan xulosalarini keyinchalik safar hujjatlarini rasmiylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari bilan birgalikda eksport va import qilinadigan mollarning mintaqaviy kvotalarini taqsimlashda ishtirok etadi hamda ularning ro‘yobga chiqarilishini nazorat qilib boradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport-import, valyuta, kredit, investitsiya va baho munosabatlarini boshqarib borish va muvofiqlashtirib turish darajasini oshirish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari huzuridagi tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha mintaqaviy kengashlar (komissiyalar) ishida qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqadagi obyektlar qurilishiga chet el firmalari va tashkilotlarini jalb etish to‘g‘risida tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilaridan, shuningdek, chet ellik sheriklardan tushgan takliflarni ko‘rib chiqishda davlat hokimiyati va boshqaruvi mahalliy idoralari bilan birgalikda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining tegishli tarkibiy bo‘linmalari bilan birgalikda belgilangan tartibda mintaqa tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilarini axborotlar bilan ta’minlash tiziminn tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat miqyosida nazorat qilish va boshqarib borish tizimining yagona axborot tarmog‘ini vujudga keltirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqa korxonalari, birlashmalari va tashkilotlari ishtirokida xorijiy mamlakatlarda tashkilotlar tuzilishiga ko‘maklashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining boshqa topshiriqlarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z zimmasidagi vazifalarni bajarish uchun vazirlik bo‘linmalaridan, boshqa idoralar va tashkilotlardan, bojxona xizmati, statistika boshqarmalaridan, chet ellardagi savdo vakolatxonalaridan, tashqi iqtisodiy aloqalar qatnashchilaridan, O‘zbekiston Respublikasining xususiy tadbirkorlaridan kerakli axborot, uslubiy, me’yoriy va talab-ehtiyojlarga oid materiallar (tijorat siri saqlanishini ta’minlash sharti bilan) iqtisodiyot-statistikaga taalluqli ma’lumotlar, shu jumladan bojxona statistikasiga doir ma’lumotlar, buxgalteriya hisobotlari va boshqa yo‘sindagi hisobot ma’lumotlarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona tashqi iqtisodiy siyosat yuritish, tashqi bozorda respublika manfaatlariga rioya etish, uning eksport imkoniyatlarini kengaytirish va tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa masalalari yuzasidan tegishli korxonalar, birlashmalar tashqi iqtisod tashkilotlari davlat, kooperativ va boshqa jamoat tashkilotlarining mahalliy bo‘linmalari rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mintaqa va umuman O‘zbekiston Respublikasi talab-ehtiyojlari, narx-navo va tashqi iqtisodiy aloqalarning boshqa muammolari yuzasidan olimlar, xalq xo‘jaligi mutaxassislari, ekspertlar va boshqa manfaatdor tashkilotlarni jalb etgan holda o‘z huquq doirasida kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari, muvaqqat ishchi guruhlari tuzish, maxsus kengashlar chaqirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika tashkilotlari bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zolari va davlatlarning hamda xorijiy mamlakatlarning tashkilotlari bilan tashqi iqtisodiy masalalar yuzasidan o‘zaro kelishuv asosida zarur axborotlar ayirboshlashni amalga oshirish huquqi beriladi. Berilishi kerak bo‘lgan materiallar hajmi va xarakteri O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tomonidan belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z huquq doirasida ham O‘zbekiston Respublikasida ham uning tashqarisida davlat idoralari, muassasalar, korxonalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va xususiy shaxslar bilan aloqa bog‘lash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bo‘linmalarining, boshqa idoraviy tashkilotlarning, bojxona, moliya idoralari va boshqa idoralarning xodimlarini, ularning rahbarlari roziligi bilan boshqarma o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq o‘tkazadigan tadbirlarni amalga oshirishga jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kengashlarda va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi topshirig‘iga ko‘ra mintaqa tashqi iqtisodiy faoliyatiga taalluqli masalalarni ko‘rib chiqish bilan bog‘liq muzokaralarda Vazirlik nomidan ish ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro ko‘rgazmalardagi, yarmarkalardagi, tijorat ishlariga va konferensiyalar, simpoziumlar, boshqa tadbirlarda qatnashish uchun boshqarma xodimlarini Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlariga va chet ellarga xizmat safariga yuborish to‘g‘risidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining roziligi bilan Boshqarma huzurida xo‘jalik hisobidagi firmalar, kichik korxonalar, uyushmalar, qo‘shma korxonalar, tijorat banklari hamda tashqi iqtisodiy tashkilotlarining boshqa turlarini, shu jumladan chet ellik sheriklar ishtirokida mustaqil yuridik shaxs sifatida va bunday huquqsiz faoliyat ko‘rsatadigan shunday tashkilotlar tuzish, shuningdek, ularni belgilangan tartibda qayta tashkil etish va tugatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining roziligi bilan aksiyali jamiyatlar, qo‘shma korxonalarga muassis sifatida kirish, o‘zaro hamkorlik qilish Boshqarmaga o‘z vazifa va funksiyalarini yanada to‘liqroq va samaraliroq bajarishiga yordam berishi mumkin bo‘lgan uyushmalar, federatsiyalar va boshqa birlashmalar tarkibiga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqarma huzurida tashkil etilgan xo‘jalik hisobidagi tuzilmalar daromadidan rivojlantirish, rag‘batlantirish, kadrlar tayyorlash fondlarini barpo etish uchun so‘mlar va valyutalardagi ajratmalarning me’yorlarini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi roziligi bilan belgilab qo‘yish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda, shartnoma asosida konsalting, injiniring, marketing xizmatlari ko‘rsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mustaqil balansga ega bo‘lish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritish, buxgalteriya, statistika va operativ hisobotlar tuzish hamda ularni tegishli tashkilotlarga taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqaruvni takomillashtirish maqsadida belgilangan ish haqi fondi va xodimlarning chegaralangan soni doirasida boshqarma tarkibiy tuzilishini o‘zgartirish yuzasidan Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga takliflar kiritish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Vakolatli vakili boshqarmasiga Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili — Boshqarma boshlig‘i boshchilik qiladi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili — Boshqarma boshlig‘i keyinchalik mahalliy hokimiyat idorasi (viloyatlar, shaharlarning hokimliklari) tasdig‘iga taqdim etish sharti bilan Vazirning buyrug‘i bilan tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi vakolatli vakilining o‘rinbosari — Boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari ham xuddi shu tartibda tayinlanadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Vakolatli vakili — Boshqarma boshlig‘i Boshqarma xodimlarini Vazir bilan kelishib turib tayinlaydi. Boshqarma huzuridagi xo‘jalik hisobidagi firmalar va tashkilotlarning rahbarlarini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili — Boshqarma boshlig‘i Vazir bilan kelishib turib tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili — Boshqarma boshlig‘i Boshqarmaning butun faoliyatiga rahbarlik qiladi va u Boshqarma zimmasiga yuklatilgan vazifalar bajarilishi hamda o‘z zimmasidagi vazifalar samarali ado etilishi uchun, shu jumladan Boshqarma huzurida tashkil etilgan xo‘jalik hisobidagi firmalar va tashkilotlar faoliyati uchun shaxsan javob beradi, u o‘z o‘rinbosari, Boshqarma xodimlari hamda xo‘jalik hisobidagi firmalar, tashkilotlar rahbarlarining o‘z zimmalaridagi vazifa va majburiyatlarni bajarishlari uchun javobgarligi darajasini belgilab beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili — Boshqarma boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining mintaqadagi birdan-bir muxtor vakili hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining markaziy apparati, Vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar davlat hokimiyati va boshqaruv mahalliy idoralariga murojaat etganlari taqdirda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili albatta xabardor etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va uning tasarrufida bo‘lgan tashkilotlarning mintaqaga xizmat safariga yuborilgan xodimlari Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili — Boshqarma boshlig‘ini xizmat safaridan ko‘zlangan maqsad to‘g‘risida. xabardor etishlari shart (Vazirlik rahbariyatining Vakolatli vakil boshqarmasi hamda uning huzurida tashkil etilgan firmalar, tashkilotlar faoliyatini tekshirishga doir maxsus topshiriqlari bilan borilgan hollar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Vakolatli vakili boshqarmasi o‘z huquq doirasida, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining farmoyishlari va buyruqlari asosida hamda ularni ijro etish uchun mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar mintaqadagi korxonalar, birlashmalar, tashkilotlar, kooperativlar boshqa jamoat tashkilotlari, tashqi iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari, xususiy shaxslar bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi, shuningdek, ularning ijrosini tekshirib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Vakolatli vakili bashqarmasining tarkibiy tuzilishi, shtat jadvali, balansi, daromadlar bo‘yicha xarajatlarning maxsus bandi Vazir tomonidan tasdiqlanadi. Vakolatli vakil boshqarmasining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi Nizomni, vakolatli vakil boshqarmasi huzurida barpo etilgan firmalar, tashkilotlarning ustavlari va boshqa ta’sis hujjatlarini Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining vakolatli vakili — Boshqarma boshlig‘i Vazir bilan kelishgan holda tasdiqlaydi. Vakolatli vakil boshqarmasi huzurida barpo etilgan xo‘jalik hisobidagi tashqi iqtisod va tashqi savdo firmalari tashkilotlari qo‘shimcha daromad manbalariga ega bo‘lish maqsadida aksiyali jamiyatlarda, uyushmalarda, qo‘shma korxonalarda va tadbirkorlikning boshqa shakllarida ishtirok etish, shu jumladan ularni ta’sis etish uchun Vazirlikning roziligini oladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Mintaqaviy vakolatli vakili boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi tasviri tushirilgan va nomi O‘zbekiston Respublikasi davlat tilida yozilgan o‘z muhriga, shu jumladan maxsus ish qog‘ozlariga, Vazir tasdiqlaydigan uch (to‘rt) burchakli shtampga, mahalliy (respublika) banklarida o‘zining schyotlari, shu jumladan valyuta schyotlariga ega bo‘ladi. Vakolatli vakil boshqarmasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining topshirig‘iga ko‘ra boshqa hujjatlarni rasmiylashtirish uchun Vazir tasdiqlab beradigan maxsus raqamli muhrga ham ega bo‘lishi mumkin.
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1992-yil, 11-son, 35-modda; 1998-y.,7-son, 28-modda; 2000-y., 10-son, 68-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2000-y., 8-son, 127-modda; 2002-y., 9-son, 66-modda)