14.12.2020 yildagi 780-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.12.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron turdagi sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, sugʻurta xizmatlarining elektron turlarini faol joriy etish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 16-martdagi 222-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida onlayn tartibida faoliyat yurituvchi tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari, jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha yagona axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — yagona axborot tizimi) joriy etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Sugʻurta toʻlovlarini kafolatlash jamgʻarmasining elektron turdagi sugʻurta xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — E-polis) yagona axborot tizimi tarkibida amalga oshirish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sugʻurta toʻlovlarini kafolatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar yagona axborot tizimi tarkibida E-polislarni sotish va rasmiylashtirishga moʻljallangan majburiy sugʻurta boʻyicha faoliyat olib boruvchi sugʻurta tashkilotlarining hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan axborot modullarini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Majburiy sugʻurta elektron shartnomasini tuzish, oʻzgartirish va muddatidan oldin toʻxtatish tartibini, sugʻurta qildiruvchi va sugʻurta tashkiloti oʻrtasida elektron axborot almashinuvi, majburiy sugʻurta elektron shartnomasi tuzilganligi toʻgʻrisida xabarnomani yuborish va xabarnomaning mazmuniga qoʻyiladigan talablarni nazarda tutuvchi Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha E-polisni sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda 2021-yil 1-martdan boshlab Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha E-polisni sotish, rasmiylashtirishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkilotlari tomonidan xorijiy davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalari bilan E-polisni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E-polis qogʻoz shaklidagi shartnomaga (polisga) tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona axborot tizimi tarkibida E-polisni rasmiylashtirish boʻyicha tegishli axborot modullarni ishlab chiqish va joriy etishni moliyalashtirish Jamgʻarma hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu qaror bilan joriy etilayotgan mexanizmni amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar va idoralar — E-polisni rasmiylashtirishda zarur boʻlgan maʼlumotlarni yagona axborot tizimiga taqdim etish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkilotlari — majburiy sugʻurta boʻyicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilishda zarur boʻlgan maʼlumotlarni yagona axborot tizimiga taqdim etish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma — E-polisni rasmiylashtirishda zarur boʻlgan axborot-maʼlumotlar tegishli vazirliklar va idoralar hamda sugʻurta tashkilotlari oʻrtasida almashinuvini taʼminlash uchun javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan real vaqt rejimida idoralararo axborot almashinuvini tashkil qilish uchun yagona axborot tizimini “Oʻzbektelekom” AK elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MChJ (keyingi oʻrinlarda — Yagona integrator) hamda “Oʻzbektelekom” AK bilan birgalikda yagona axborot tizimini ishlab chiqish boʻyicha texnik talablarga muvofiq yagona axborot tizimini Yagona integrator serverlar maydonida belgilangan tartibda joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar E-polis tizimini boshqa majburiy va ixtiyoriy sugʻurta turlariga tatbiq etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma va sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-polislar, sugʻurta hodisalari, sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanganlar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlardan iborat boʻlgan, E-polisni sotish va rasmiylashtirish boʻyicha axborot-maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda majburiy sugʻurta boʻyicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organlar bilan maʼlumotlar almashinuvini tashkil etish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
780-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi 780-son qaroriga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha E-polisni sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha E-polisni sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish qoidalari (keyingi oʻrinlarda — Qoidalar) sugʻurta qildiruvchi va sugʻurta tashkiloti, sugʻurta tashkiloti va Sugʻurta toʻlovlarini kafolatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) oʻrtasida elektron axborot resurslarini almashish orqali transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha elektron turdagi sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona axborot tizimi — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari va markaziy maʼlumotlar bazalari, jismoniy va yuridik shaxslar markaziy maʼlumotlar bazalari bilan integratsiyalashgan, majburiy sugʻurta qilish boʻyicha onlayn tartibida faoliyat yurituvchi yagona axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot almashinuvi ishtirokchilari — sugʻurta qildiruvchi, sugʻurta tashkiloti, Jamgʻarma va Yagona axborot tizimi bilan integratsiyalashgan vazirliklar va idoralar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E-polis — transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha elektron shaklda tuzilgan sugʻurta shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkiloti — tegishli turdagi sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan va E-polisga muvofiq sugʻurta tovoni (sugʻurta puli) toʻlovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkilotining Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursi — sugʻurta tashkiloti rasmiy veb-saytining majburiy sugʻurta uchun moʻljallangan qismi yoki uning mobil ilovasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchi — sugʻurta tashkiloti bilan majburiy sugʻurta elektron shartnomasini tuzgan va sugʻurta mukofoti boʻyicha toʻlovni amalga oshirish majburiyatini olgan, muomalaga layoqatli jismoniy yoki yuridik shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. E-polisni sotish va rasmiylashtirish elektron maʼlumot almashish orqali sugʻurta qildiruvchi bilan sugʻurta tashkiloti oʻrtasida quyidagicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻridan toʻgʻri sugʻurta tashkilotining Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursi orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmaning rasmiy veb-saytidan sugʻurta qildiruvchi tanlagan sugʻurta tashkiloti rasmiy saytining majburiy sugʻurta uchun moʻljallangan qismiga yoʻnaltirish orqali;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonning yagona sugʻurta portalidan sugʻurta qildiruvchi tanlagan sugʻurta tashkiloti rasmiy veb-saytining majburiy sugʻurta uchun moʻljallangan qismiga yoʻnaltirish orqali.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashda axborot almashinuvi ishtirokchilari shaxsiy maʼlumotlar va sugʻurta siri deb tasniflangan maʼlumotlarni ularga noqonuniy yoki tasodifiy kirish, yoʻq qilish, oʻzgartirish, blokirovka qilish, nusxa olish, taqdim etish va tarqatishdan, shuningdek, boshqa noqonuniy harakatlardan himoya qilish uchun zarur huquqiy, tashkiliy va texnik choralarni koʻrishlari shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha E-polisni sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish ushbu Qoidalarga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. E-polisni tuzish, oʻzgartirish va muddatidan oldin toʻxtatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. E-polis ommaviy shartnoma hisoblanadi va bir yil muddatgacha tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. E-polis, shartnomada boshqa hollar nazarda tutilmagan boʻlsa, sugʻurta mukofoti toʻlangan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Agar E-polisda sugʻurta amal qilishi boshlanishining boshqacha muddati nazarda tutilmagan boʻlsa, majburiy sugʻurta elektron shartnomasi kuchga kirganidan keyin yuz bergan sugʻurta hodisalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Transport vositasi olinganda (sotib olinganda, meros qilib olinganda, hadyaga olinganda) uning egasi transport vositasini roʻyxatdan oʻtkazish joyiga borish muddatiga, biroq oʻn kundan kam boʻlmagan muddatga E-polisni tuzishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Transport vositasidan mavsumiy foydalanishda uning egasi undan foydalanish davridan iborat muddatga E-polisni tuzish huquqiga ega. Bunda koʻrsatib oʻtilgan muddat kalendar yilda olti oydan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Transport vositasining egasi majburiy sugʻurtani amalga oshiruvchi sugʻurta tashkilotini erkin tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. E-polisni tuzish uchun sugʻurta qildiruvchi har bir transport vositasi boʻyicha sugʻurta tashkilotining Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursidagi E-polisni tuzish toʻgʻrisidagi elektron arizaga quyidagi maʼlumotlarni kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchining va/yoki transport vositasini boshqarishga vakolat berilgan jismoniy shaxslarning (transport vositasini boshqarishga faqat muayyan shaxslarga ruxsat berilishi sharti bilan E-polis tuzilgan taqdirda) shaxsiy identifikatsiya raqamini va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi, raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (yuridik shaxs uchun);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi egasining shaxsiy identifikatsiya raqami va shaxsini tasdiqlovchi hujjatning seriyasi va raqami (agar transport vositasi mulkdori boshqa jismoniy shaxs boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron pochta manzili (mavjud boʻlsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mobil telefon raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E-polis tuzilayotgan transport vositasining davlat raqami belgisi va roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning seriyasi va raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar sugʻurta qildiruvchi qonunchilikka asosan siylov olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar toifasiga kirsa, majburiy sugʻurta boʻyicha siylovlar mavjudligi toʻgʻrisida belgi qoʻyib, yuqoridagi toifaga tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlarning (guvohnoma, maʼlumotnoma) tegishli raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi egasining ixtiyori bilan mazkur transport vositasidan foydalanish va uni boshqarishga qoʻyilgan yaqin qarindoshlarining (ota, ona, er (xotin), oʻgʻil, qiz, aka, uka, opa, singil) qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatlarning tegishli raqamlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda tegishli maʼlumotlar yagona axborot tizimida mavjud boʻlganda avtomatik tarzda toʻldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. E-polis tuzilayotgan vaqtda Yagona axborot tizimi qisman yoki toʻliq ishlamaganda, yaʼni davlat axborot bazalari qisman ishlamagan va/yoki ular bilan aloqa uzilgan taqdirda, sugʻurta qildiruvchi arizadagi maʼlumotlarni qoʻlda kiritadi. Sugʻurta qildiruvchi tomonidan toʻldirilgan arizadagi maʼlumotlar Yagona axborot tizimiga yuboriladi va davlat axborot bazalari ishga tushirilgandan va/yoki aloqa tiklagandan soʻng yuborilgan maʼlumotlarning muvofiq yoki nomuvofiqligi tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Arizadagi maʼlumotlarning davlat axborot bazalaridagi maʼlumotlarga muvofiqligi yoki nomuvofiqligi haqidagi axborot Yagona axborot tizimidan sugʻurta tashkilotiga kelib tushsa, arizadagi maʼlumotlarni qayta tekshirish va toʻgʻrilash haqida sugʻurta tashkilotining Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursi yoki SMS-xabar orqali sugʻurta tashkiloti sugʻurta qildiruvchiga maʼlumot yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agar sugʻurta qildiruvchi tomonidan ariza berilgan sanadan boshlab 24 soat davomida maʼlumotlar qayta tekshirilmasa va/yoki toʻgʻrilanmasa, unda sugʻurta tashkiloti E-polisni tuzish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish imkoniyati yoʻqligi toʻgʻrisida sugʻurta tashkilotining Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursi yoki SMS-xabar orqali sugʻurta tashkiloti sugʻurta qildiruvchini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Majburiy sugʻurtaga oid siylovlar boʻyicha sugʻurta qildiruvchi oʻzi tomonidan sugʻurta tashkilotiga taqdim etilayotgan elektron yoki skaner maʼlumotlar va hujjatlarning haqiqiyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Majburiy sugʻurta elektron shartnomasining amal qilishi quyidagi hollarda muddatidan oldin toʻxtatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasidan foydalanish belgilangan tartibda taqiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E-polisda koʻrsatilgan transport vositasi bundan buyon foydalanish uchun yaroqsiz boʻlib qolganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining egasi oʻzgarganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. E-polisning amal qilishi muddatidan oldin toʻxtatilgan taqdirda, sugʻurta mukofotining bir qismi toʻlangan tovon summasiga va E-polis amal qilishining kunlar hisobidagi qolgan muddatiga mutanosib ravishda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Sugʻurta qildiruvchiga (uning qonuniy vakillariga, merosxoʻrlariga, huquqiy vorislariga) sugʻurta summasining bir qismini qaytarish sugʻurta qildiruvchi (uning qonuniy vakillari, merosxoʻrlari, huquqiy vorislari) tegishli tartibda murojaat qilgan kundan boshlab 14 kalendar kun mobaynida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sugʻurta qildiruvchiga qaytarilishi lozim boʻlgan sugʻurta mukofotining bir qismi sugʻurta qildiruvchining arizasiga muvofiq yangi tuzilgan E-polis boʻyicha sugʻurta mukofoti hisobiga oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Axborot almashinuvi ishtirokchilari oʻrtasida elektron axborot almashinuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sugʻurta qildiruvchi va sugʻurta tashkiloti oʻrtasida elektron axborot resurslarini almashishda sugʻurta tashkiloti quyidagilarni taʼminlashga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkilotining Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursidan tun-u kun erkin foydalana olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E-polisni tuzish haqidagi arizani shakllantirish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkilotining Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursida ommaviy oferta — E-polisni tuzish taklifini, majburiy sugʻurta qoidalarini (standart sugʻurta shartlari) joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E-polis tuzish toʻgʻrisidagi arizada sugʻurta qildiruvchi tomonidan arizani shakllantirish uchun zarur boʻlgan harflar, raqamlar va belgilarning minimal hamda maksimal soni va formatiga muvofiqligini avtomatik tarzda tekshirish va agar arizadagi yozuvlar mos kelmasa sugʻurta qildiruvchi tomonidan nomuvofiq joylarni tekshirish va toʻgʻrilash zarurati toʻgʻrisida xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari bilan E-polisni tuzishda Yagona axborot tizimi bilan integratsiyalashgan vazirliklar va idoralar axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlarni arizada avtomatik tarzda toʻldirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E-polis tuzilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotni roʻyxatdan oʻtkazish va uning noyob raqamini olish uchun Yagona axborot tizimiga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona axborot tizimiga yoʻnaltirish orqali E-polis haqiqiyligini tekshirish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta mukofoti miqdori, shuningdek, majburiy sugʻurta boʻyicha taqdim etiladigan siylovni (mavjud boʻlganda) hisobga olgan holda sugʻurta mukofotining miqdori bilan tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta miqdori (summasi), tariflarni hisoblashda ishlatiladigan koeffitsiyentlar toʻgʻrisidagi va E-polisni tuzish bilan tanishish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, majburiy sugʻurta qoidalari (standart sugʻurta shartlari) va ommaviy oferta — E-polisni tuzish taklifi bilan sugʻurta mukofotini toʻlashdan oldin tanishtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta mukofotini naqd yoki naqdsiz toʻlash, shu jumladan, sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta toʻlovchining toʻlov rekvizitlari, hisobvaragʻi, toʻlov muddati va E-polisning kuchga kirish sanasi koʻrsatilgan toʻlov hisobini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta mukofoti sugʻurta qildiruvchi tomonidan toʻlanmasa, sugʻurta tashkiloti sugʻurta qildiruvchiga E-polis tuzilmaganlik toʻgʻrisida xabar qilinishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E-polisni tuzish toʻgʻrisida xabar beradigan usulni sugʻurta qildiruvchi tomonidan tanlash imkoniyatini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sugʻurta mukofoti E-polisda nazarda tutilgan toʻlovdan kamroq miqdorda toʻlangan boʻlsa, sugʻurta tashkiloti sugʻurta mukofotining toʻlanmagan qismi, sugʻurta qildiruvchi tomonidan uch kun muddatda toʻlanishi zarurligi toʻgʻrisida darhol xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sugʻurta mukofoti miqdori ortiqcha toʻlangan taqdirda, sugʻurta tashkiloti uning sugʻurta qildiruvchiga qaytarilishini taʼminlaydi va tegishli xabarni yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sugʻurta tashkiloti maʼlumotni oʻzgartirish toʻgʻrisida ariza olgandan soʻng E-polisni qayta rasmiylashtirish uchun arizada koʻrsatilgan maʼlumotlar avtomatik tarzda vazirliklar va idoralarning axborot tizimlaridan olingan maʼlumotlar bilan muvofiq ekanligini tekshiradi va solishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. E-polis boʻyicha jabrlanuvchi yoki sugʻurta qildiruvchining xohishiga binoan (sugʻurta hodisasini toʻgʻridan toʻgʻri hal etish hollarida) sugʻurta hodisasi roʻy berganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborish, yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash, sugʻurta toʻlovlarini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomda belgilangan hujjatlarning elektron yoki skanerlangan nusxalarini sugʻurta tashkilotining Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursidagi jabrlanuvchi yoki sugʻurta qildiruvchining (sugʻurta hodisasini toʻgʻridan toʻgʻri hal etish hollarida) sugʻurta tashkilotiga yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Agar sugʻurta hodisasi roʻy berganligini va sugʻurta qildiruvchi tomonidan yetkazilgan zarar miqdorini tasdiqlovchi hujjatlar yetarli boʻlmasa, sugʻurta tashkiloti bu toʻgʻrisida ushbu hujjatlar olingan kundan boshlab uch ish kuni ichida, yetishmayotgan va (yoki) notoʻgʻri rasmiylashtirilgan hujjatlarning toʻliq roʻyxatini koʻrsatgan holda jabrlanuvchi yoki sugʻurta qildiruvchining (sugʻurta hodisasini toʻgʻridan toʻgʻri hal etish hollarida) elektron pochta manziliga (mavjud boʻlsa) va (yoki) koʻrsatilgan telefon raqamiga SMS-xabar orqali maʼlumot yuborishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va qabul qilingan sanasi toʻgʻrisida elektron maʼlumotnoma ariza beruvchiga, u koʻrsatgan elektron pochta manziliga (agar mavjud boʻlsa) yuboriladi va (yoki) sugʻurta tashkilotining Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursidagi ariza beruvchining shaxsiy kabinetida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. E-polis tuzilganligi toʻgʻrisida xabarnomani yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Yagona axborot tizimi tomonidan sugʻurta qildiruvchiga majburiy sugʻurta elektron shartnomasi tuzilganligi toʻgʻrisidagi xabarnoma quyidagi shakllarda yuboriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchining telefon raqamiga SMS-xabar shaklida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qildiruvchining elektron pochta manziliga (mavjud boʻlsa) elektron xabarnoma shaklida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sugʻurta qildiruvchi xabarnoma yuborishning bir yoki bir nechta usulini tanlash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. E-polis tuzilganligi toʻgʻrisida SMS-xabar shaklida yuborilgan maʼlumot quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkilotining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta mukofoti miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E-polisning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

E-polisning noyob raqami;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona axborot tizimiga havola.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. E-polis tuzilganligi toʻgʻrisida elektron shaklda yuborilgan xabarnoma quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkilotining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta mukofoti miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E-polisning amal qilish muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

E-polisning noyob raqami;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yagona axborot tizimiga havola.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. E-polis haqiqiyligini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Yagona axborot tizimi orqali E-polis haqiqiyligini tekshirish sugʻurta qildiruvchi tomonidan davlat interaktiv xizmatidan foydalangan holda maʼlumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida E-polis haqiqiyligini tekshirish sugʻurta qildiruvchi tomonidan oʻz shaxsiy kabineti orqali yoki davlat interaktiv xizmatidan foydalangan holda maʼlumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan E-polis haqiqiyligini tekshirish tegishli mobil qurilma orqali QR-kodni oʻqib olish yoki E-polisning noyob raqamini kiritish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Majburiy sugʻurta boʻyicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organlariga taqdim etish uchun sugʻurta qildiruvchi E-polisni qogʻozga chiqarib olishi yoki uni elektron shaklda yoxud boshqa vizual shaklda tanishish imkonini beruvchi qurilmada taqdim qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Qogʻozga chiqarib olingan yoki elektron shaklda olib yurish imkonini beruvchi qurilmada (smartfon, planshet va boshqalar) taqdim etilayotgan E-polis oʻlchami hujjat matni bilan vizual holda tanishish imkonini berishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Axborot almashinuvi ishtirokchilari yagona axborot tizimida axborot almashinuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi sugʻurta tashkilotining litsenziyasini toʻxtatib turish yoki tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan va/yoki sugʻurta tashkilotini Jamgʻarma aʼzoligidan chiqarish va/yoki yagona axborot tizimi doirasida Jamgʻarma va sugʻurta tashkiloti oʻrtasida maʼlumot almashish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilgan taqdirda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma yagona axborot tizimi bilan sugʻurta tashkilotining axborot tizimi oʻrtasida majburiy sugʻurta elektron shartnomasini tuzish uchun zarur boʻlgan maʼlumot almashinuvini mutanosib ravishda toʻxtatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma oʻzining rasmiy veb-saytida ushbu sugʻurta tashkiloti bilan elektron sugʻurta shartnomalarni tuzish mumkin emasligi va buning sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotni joylashtiradi hamda sugʻurta tashkilotining Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursi bilan axborot almashinuvini mutanosib ravishda toʻxtatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sugʻurta bozorini rivojlantirish agentligi Oʻzbekistonning yagona sugʻurta portaliga ushbu sugʻurta tashkiloti bilan E-polisni tuzish mumkin emasligi va sugʻurta tashkilotining Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursi bilan axborot almashinuvi toʻxtatilganligi (vaqtincha toʻxtatganligi) toʻgʻrisidagi maʼlumotni joylashtiradi hamda sugʻurta tashkilotining Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursi bilan axborot almashinuvini mutanosib ravishda toʻxtatadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkiloti oʻzining Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursida E-polisni tuzish mumkin emasligi va uning sabablari toʻgʻrisidagi maʼlumotni joylashtiradi va majburiy sugʻurta qilish boʻyicha elektron turdagi sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishni mutanosib ravishda toʻxtatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Ushbu Qoidalar bilan bogʻliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Ushbu Qoidalarning talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha E-polisni sotish, rasmiylashtirish va ularning haqiqiyligini tekshirish qoidalariga

ILOVA

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha E-polisni sotish, rasmiylashtirish, ularning haqiqiyligini tekshirish va sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda koʻrib chiqish

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddat


1-bosqich

Sugʻurta qildiruvchi

Sugʻurta tashkilotining Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursida E-polis sotib olish uchun arizani toʻldiradi.

Zaruratga koʻra


2-bosqich

Sugʻurta tashkiloti

1. E-polis sotib olish uchun yuborilgan arizadagi maʼlumotlarni tekshiradi hamda elektron shartnoma tuzish uchun ommaviy oferta bilan tanishish, tasdiqlash va sugʻurta mukofotini toʻlash toʻgʻrisida taklifini beradi.

2. Agar maʼlumot notoʻgʻri yoki qisman toʻldirilgan boʻlsa, arizadagi maʼlumotni qayta tekshirish va toʻgʻrilash haqida sugʻurta qildiruvchiga maʼlumot yuboradi.

Avtomatik tarzda


3-bosqich

Sugʻurta qildiruvchi

1. E-polisni tuzish uchun ommaviy oferta bilan tanishadi va tasdiqlaydi.

2. E-polisda koʻrsatilgan sugʻurta mukofotini toʻlaydi.

3. Agar sugʻurta tashkilotidan arizani qayta tekshirish va toʻgʻrilash haqida maʼlumot kelsa, maʼlumotlarni tekshiradi va toʻgʻrilab qayta yuboradi.

Avtomatik tarzda 24 soat ichida


4-bosqich

Sugʻurta tashkiloti

Sugʻurta qildiruvchi tomonidan sugʻurta mukofoti toʻlanganligini tekshiradi va E-polis boʻyicha yagona axborot tizimiga maʼlumot yuboradi.

Avtomatik tarzda


5-bosqich

Yagona axborot tizimi

1. Tuzilgan shartnoma boʻyicha maʼlumotlarni saqlaydi, E-polisning noyob raqamini shakllantiradi va sugʻurta tashkilotiga yuboradi.

2. Sugʻurta qildiruvchining telefon raqamiga SMS-xabar shaklida va elektron pochta manziliga (mavjud boʻlsa) elektron xabarnoma shaklida maʼlumot yuboradi.

Avtomatik tarzda


6-bosqich

Sugʻurta qildiruvchi

1. SMS yoki elektron manziliga yuborilgan xabarnomada koʻrsatilgan havolaga oʻtadi va E-polisni elektron qurilmaga yuklaydi yoki qogʻozga chiqarib oladi.

2. Yagona axborot tizimi yoki sugʻurta tashkiloti rasmiy veb-sayti, E-polisning noyob raqami va transport vositasining davlat raqam belgisini kiritish orqali E-polisni haqiqiyligini tekshiradi.

Toʻliq boʻlmagan avtomatik tarzda


7-bosqich

Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligining YXHBB xodimlari

Yagona axborot tizimi orqali yoki planshet qurilmadagi axborot tizimlarni integratsi�si orqali E-polisni haqiqiyligini tekshiradi.

Toʻliq boʻlmagan avtomatik tarzda


8-bosqich

Ariza beruvchi

Sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda E-polis boʻyicha jabrlanuvchi yoki sugʻurta qildiruvchining qonunchilikda belgilangan hujjatlarning elektron yoki skanerlangan nusxalari sugʻurta tashkilotining Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursi orqali yuboradi.

Toʻliq boʻlmagan avtomatik tarzda


9-bosqich

Sugʻurta tashkiloti

Taqdim etilgan hujjatlarning toʻliq roʻyxati va qabul qilingan sanasi toʻgʻrisida elektron maʼlumotnoma ariza beruvchiga, u koʻrsatgan elektron pochta manziliga (agar mavjud boʻlsa) yuboriladi va (yoki) sugʻurta tashkilotining Internet jahon axborot tarmogʻidagi resursidagi arizachining shaxsiy kabinetida koʻrsatiladi.

Toʻliq boʻlmagan avtomatik tarzda


10-bosqich

Sugʻurta tashkiloti

Qonunda belgilangan muddatlarda arizani koʻrib chiqadi va toʻlovni amalga oshirish yoki rad etish haqida ariza beruvchiga xabar beradi.

Toʻliq boʻlmagan avtomatik tarzda

Keyingi tahrirga qarang.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/780/1618-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 06.12.2022-y., 09/22/694/1068-son)