14.12.2020 yildagi 780-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron turdagi sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining sugʻurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 2-avgustdagi PQ-4412-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, sugʻurta xizmatlarining elektron turlarini faol joriy etish va rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 16-martdagi 222-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida onlayn tartibida faoliyat yurituvchi tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlari, jismoniy va yuridik shaxslarning markaziy maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha yagona axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda — yagona axborot tizimi) joriy etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Sugʻurta toʻlovlarini kafolatlash jamgʻarmasining elektron turdagi sugʻurta xizmatlarini (keyingi oʻrinlarda — E-polis) yagona axborot tizimi tarkibida amalga oshirish haqidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Sugʻurta toʻlovlarini kafolatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) bilan birgalikda 2021-yil 1-iyulga qadar yagona axborot tizimi tarkibida E-polislarni sotish va rasmiylashtirishga moʻljallangan majburiy sugʻurta boʻyicha faoliyat olib boruvchi sugʻurta tashkilotlarining hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari va maʼlumotlar bazasi bilan integratsiyalashgan axborot modullarini joriy etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-dekabrdagi 694-sonli qaroriga asosan 2023-yil 7-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2022-y., 09/22/694/1068-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda 2021-yil 1-martdan boshlab Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha E-polisni sotish, rasmiylashtirishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkilotlari tomonidan xorijiy davlatlarda roʻyxatdan oʻtkazilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi hududida vaqtincha foydalanilayotgan transport vositalari egalari bilan E-polisni rasmiylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
E-polis qogʻoz shaklidagi shartnomaga (polisga) tenglashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona axborot tizimi tarkibida E-polisni rasmiylashtirish boʻyicha tegishli axborot modullarni ishlab chiqish va joriy etishni moliyalashtirish Jamgʻarma hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ushbu qaror bilan joriy etilayotgan mexanizmni amalga oshirish doirasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar va idoralar — E-polisni rasmiylashtirishda zarur boʻlgan maʼlumotlarni yagona axborot tizimiga taqdim etish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta tashkilotlari — majburiy sugʻurta boʻyicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilishda zarur boʻlgan maʼlumotlarni yagona axborot tizimiga taqdim etish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma — E-polisni rasmiylashtirishda zarur boʻlgan axborot-maʼlumotlar tegishli vazirliklar va idoralar hamda sugʻurta tashkilotlari oʻrtasida almashinuvini taʼminlash uchun javobgar ekanligi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralarning axborot tizimlari bilan real vaqt rejimida idoralararo axborot almashinuvini tashkil qilish uchun yagona axborot tizimini “Oʻzbektelekom” AK elektron hukumatning idoralararo maʼlumotlar uzatish tarmogʻiga ulasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“UZINFOCOM” davlat axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona integrator” MChJ (keyingi oʻrinlarda — Yagona integrator) hamda “Oʻzbektelekom” AK bilan birgalikda yagona axborot tizimini ishlab chiqish boʻyicha texnik talablarga muvofiq yagona axborot tizimini Yagona integrator serverlar maydonida belgilangan tartibda joylashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda 2021-yil 1-aprelga qadar E-polis tizimini boshqa majburiy va ixtiyoriy sugʻurta turlariga tatbiq etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarma va sugʻurta tashkilotlari bilan birgalikda ushbu qarorning mohiyati va ahamiyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini tashkil etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 24-iyundagi 141-son qarori bilan tasdiqlangan Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurta qilish boʻyicha toʻlovlarni kafolatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-polislar, sugʻurta hodisalari, sugʻurta qildiruvchilar va jabrlanganlar toʻgʻrisidagi shaxsiy maʼlumotlardan iborat boʻlgan, E-polisni sotish va rasmiylashtirish boʻyicha axborot-maʼlumotlar bazasini shakllantirish hamda majburiy sugʻurta boʻyicha majburiyatning transport vositalari egalari tomonidan bajarilishini nazorat qilish boʻyicha vakolatli davlat organlar bilan maʼlumotlar almashinuvini tashkil etish”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 14-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
780-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-dekabrdagi 694-sonli qaroriga asosan 2023-yil 7-martdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2022-y., 09/22/694/1068-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2020-y., 09/20/780/1618-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son, 06.12.2022-y., 09/22/694/1068-son)