29.06.2020 yildagi 370-IV-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlarning muammolarini hal etish borasida Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish boʻyicha Jizzax viloyatida amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish yakunlarini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi taʼkidlaydiki, xalq deputatlari Kengashlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, sektorlar rahbarlari tomonidan bu borada muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganishlar davomida pandemiya sharoitida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash, aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish boʻyicha davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan viloyatda qator choralar koʻrilayotganligi maʼlum boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joylarda budjet tushumlari, respublika budjetidan ajratilayotgan transfertlar va boshqa mablagʻlar birinchi navbatda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tadbirlariga, jumladan dori vositalari, tibbiyot buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olishga, shuningdek ish haqi, pensiyalar va nafaqalarni oʻz vaqtida toʻlashga, kommunal toʻlovlar va boshqa kechiktirib boʻlmaydigan xarajatlarning oʻrnini qoplashga yoʻnaltirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish ishlariga jalb qilingan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari hamda boshqa xodimlarni ijtimoiy va moddiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash uchun maxsus ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar, bir yoʻla beriladigan qoʻshimcha toʻlovlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, ayrim xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida taqdim etilgan imtiyozlar asosida viloyatdagi 42 ta tadbirkorlik subyektiga, jami 1,0 mlrd. soʻmlik mol-mulk soligʻi, yer soligʻi va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni olti oyga kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imtiyozi qoʻllanilgan. 130 ta xoʻjalik yurituvchi subyektiga muddati oʻtgan debitorlik qarzdorlik uchun jami 269,9 mlrd. soʻmlik jarima qoʻllash toʻxtatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 1-iyundan 1-sentabrgacha boʻlgan davrda kichik tadbirkorlik subyektlarining mol-mulk va yer soliqlaridan ozod etilishi hisobiga jami 8,3 mlrd. soʻm tadbirkorlar ixtiyorida qoldirilgan. Shuningdek, xoʻjalik yurituvchi subyektlarning 2020-yil 15-may holatiga yer va mol-mulk soligʻi jami 3,4 mlrd.soʻmlik hosil boʻlgan penya va jarimalar hisobdan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mamlakatimiz Prezidentining 2020-yil 12-maydagi PF-5992-sonli Farmoni asosida banklar tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlarining mavjud kreditlari undirilishini kechiktirish hamda moliyaviy xizmatlarga boʻlgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmi (“loyihalar fabrikasi”) boʻyicha ham viloyatda qator ishlar amalga oshirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jumladan, jami 90 985 nafar jismoniy va yuridik shaxsga ajratilgan 825,3 mlrd. soʻmlik kredit muddatlari joriy yilning 1-oktabriga qadar uzaytirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganishlar chogʻida tadbirkorlarga koʻrsatilgan yordam va karantin talablarining yumshatilishi natijasida faoliyati vaqtincha toʻxtatilgan 6 332 ta korxonadan karantin qoidalariga rioya etgan holda 6 271 tasining faoliyati qayta yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kambagʻallikning oldini olish boʻyicha viloyat 52 ta kichik hududga boʻlingan boʻlib, ularning har biri boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ushbu ishlar natijasida 18 287 nafar kam taʼminlangan fuqaroning bandligi taʼminlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, oʻrganishlar jarayonida viloyatda hali oʻz yechimini kutayotgan qator muammolar, eʼtibor qaratilishi kerak boʻlgan masalalar ham mavjudligi aniqlandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, mamlakatimiz Prezidentining joriy yilning 18-maydagi PQ-4716-sonli Qarorining mazmun-mohiyati boʻyicha Bandlikka koʻmaklashish markazlari tomonidan targʻibot ishlari yetarli darajada olib borilmaganligi sababli ajratilgan subsidiya miqdori mavjud ehtiyojga nisbatan bir muncha pastligi kuzatildi. Vaholanki, Zafarobod, Doʻstlik, Mirzachoʻl va Zarbdor tumanlaridagi aholi xonadonlarida oʻtkazilgan muloqotlar chogʻida ushbu subsidiyaga ehtiyoj 2-3 barobar koʻp ekanligi maʼlum boʻldi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Banklar tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga berilishi lozim boʻlgan kreditlarni kechiktirish, moliyaviy xizmatlarga boʻlgan talabni yetarlicha qanoatlantirmaslik kabi holatlar mavjud. Jumladan, Doʻstlik tumanidagi “Mardonbek Muslimov” MChJ sunʼiy sport maydoni tashkil etish maqsadida bankdan kredit olish bilan bogʻliq muammosi hanuzgacha hal etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar koʻmagida Zafarobod tumanidagi “Jizzax avto kapital” xususiy korxonasiga “Mikrokreditbank” tuman filiali tomonidan 223 mln. soʻmlik imtiyozli kredit ajratib berildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Adm Jizzakh” MChJ tomonidan “Yengil avtomobillar ishlab chiqarish” loyihasi joriy yilning oktyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan boʻlib, bugungi kunda loyiha tashabbuskorlari tomonidan qurilish ishlari boshlab yuborilgan boʻlsa-da, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash masalasi hal etilmasdan qolmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqot qiladigan, kasallangan bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlar uchun belgilangan maxsus qoʻshimcha ragʻbatlantirish toʻlovlarining toʻlanmasligi holatlari Zafarobod, Doʻstlik, Mirzachoʻl, Zarbdor, Gʻallaorol tumanlari hamda Jizzax shahrida kuzatildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, viloyat va tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining 552 nafar tibbiyot xodimlarining lavozim maoshiga mehnatning sogʻliq uchun xavfliligi va ogʻir sharoitlari uchun belgilanadigan qoʻshimcha 1,1 mlrd. soʻmlik ragʻbatlantirish toʻlovlari toʻlab berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deputatlar tomonidan ushbu muammoni hal etish choralarining koʻrilishi natijasida mazkur toʻlovlar toʻliq amalga oshirildi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganishlar davomida suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalari belgilangan suv obyektlaridan foydalanish borasidagi ishlar yetarli darajada tashkil etilmaganligi kuzatildi. Xususan, viloyatdagi Sangzor daryosining muhofaza zonasida ayrim tadbirkorlik subyektlari va fuqarolar tomonidan qum-shagʻal aralashmasi tartibsiz, noqonuniy qazib olinmoqda. Natijada daryo oʻzanining oʻzgarishi va qirgʻoqlarning yemirilishi aholi hayoti hamda mol-mulkiga xavf solmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq xoʻjaligi kooperatsiyalarida ishtirok etayotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam taʼminlangan oilalar toifasiga kiruvchi har bir oilaga parranda boqqan davri uchun Jamoat ishlari jamgʻarmasidan qoʻshimcha mablagʻlar ajratilishi masalasiga yetarli darajada eʼtibor qaratilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatda olib borilgan oʻrganishlar hududlarda yuzaga kelgan muammolar, aniqlangan kamchiliklar ayrim sektorlarda ishlarning aniq reja asosida, qoniqarli tashkil etilmaganligini, masalaga masʼuliyat bilan yondashilmayotganini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrganishlar davomida aholi va tadbirkorlarni tashvishlantirayotgan boshqa qator muammolarni deputat va parlament nazorati shakllaridan samarali foydalangan holda hal qilish choralarini koʻrishga kelishildi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqoridagilardan kelib chiqib, muhokamalarda bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlarning muammolarini hal etish boʻyicha ishchi guruhining “Jizzax viloyatida aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish boʻyicha sektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning holatini oʻrganish yakunlari toʻgʻrisida”gi axboroti hamda mazkur masala yuzasidan Jizzax viloyati hokimi E. Saliyevning axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Xalq deputatlari Jizzax viloyati, tuman va shaharlar Kengashlariga aholining turmush darajasini yaxshilash, bandligini taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlarning muammolarini hal etish borasidagi masalalarni muntazam ravishda Kengashlar yigʻilishlarida keng jamoatchilik, tadbirkorlik subyektlari, OAV vakillari ishtirokida muhokama qilishni davom ettirish hamda mavjud muammolarni oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrib borish, bunda deputatlar nazoratini yanada kuchaytirish choralarini koʻrish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jizzax viloyati hokimi (E. Saliyev) va tuman (shahar) hokimlariga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining koronavirus pandemiyasi munosabati bilan qabul qilingan farmon va qarorlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va yengilliklar joylarda qanday tatbiq etilayotganligi, jumladan, tadbirkorlar duch kelayotgan muammolarni hal qilish borasidagi ishlarning borishi yuzasidan brifing oʻtkazib, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik oldida hisobot berib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan oʻrganishlar davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlarni belgilab olish, bunda sektorlar rahbarlari, tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining masʼuliyatini yanada oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Zarbdor tumanining 3-sektori rahbari M. Sarikulovga, Jizzax shahrining 4-sektori rahbari K. Irgashevga sektorlar faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish zarurligi, bunda hududda yashovchi aholi hamda tadbirkorlik subyektlarining muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish borasidagi ishlar yetarli emasligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi (Sh. Nazarov)ga oʻz majlisida tanlov asosida tijorat banklarining hududlarda aholining moliyaviy xizmatlarga boʻlgan talabini qondirish, investitsiya loyihalarini qoʻllab-quvvatlash mexanizmini (“loyihalar fabrikasi”) keng joriy qilish, bank xizmatlarining hududiy qamrovini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan axborotlarini eshitish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish masalalari qoʻmitasi (B. Alixanov)ga Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vaziriga suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash ishlarini amalga oshirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirish olish uchun parlament soʻrovini yuborish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari B. Alixanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 29-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
370-IV-son