Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmonini bajarish, qishloq va suv xoʻjaligini boshqarishning qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan butunlay yangi tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qishloq va suv xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruv organi hisoblanadi va majburiyatlar boʻyicha tugatilgan Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligining huquqiy vorisi funksiyasini amalga oshiradi.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati tuzilmasi 2 va 2a-ilovalarga muvofiq, uning xodimlarining cheklangan soni 330 nafar etib (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Magistral kanallardan va yirik suv xoʻjaligi obyektlaridan foydalanish boshqarmalari (3-ilova) negizida “Oʻzsuvtaʼmirfoydalanish” respublika birlashmasi tashkil etilsin. Ushbu birlashma markaziy apparati xodimlarining cheklangan soni 45 nafar etib belgilansin.
4. Qishloq va suv xoʻjaligida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishni ragʻbatlantiruvchi, qishloq joylarda bozor infrastrukturasini shakllantirishga, qishloq va suv xoʻjaligi korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarishga koʻmaklashuvchi bozor tuzilmalarini barpo etish zarurligini hisobga olgan holda mavjud respublika ishlab chiqarish birlashmalari 4-ilovaga muvofiq xoʻjalik yurituvchi subyektlar uyushmasiga aylantirilsin. Koʻrsatib oʻtilgan birlashmalar Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishilgan holda va uning bevosita yordamida qayta tashkil etilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Davlat mulki qoʻmitasi bilan birgalikda:
4-ilovada koʻrsatib oʻtilgan uyushmalarning faoliyat yoʻnalishlari, tuzilmasi va xodimlari soni yuzasidan, ularning faoliyati bozor normalariga toʻliq muvofiq kelishini taʼminlashni nazarda tutgan holda, ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
ishda bir-birini takrorlashni, parallelizmni bartaraf etish maqsadida ilgari oʻxshash yoki bir-biriga yaqin funksiyalarni bajarib kelgan korxonalar va tashkilotlarni bir oy muddatda qoʻshib yuborsin, tugatsin yoki qayta tashkil etsin.
5. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar roʻyxati 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Belgilansinki, “Oʻzsuvqurilish” Oʻzbekiston suv xoʻjaligi qurilishi davlat konserni boʻlinmalari suv xoʻjaligi qurilishi va yirik meliorativ qurilishlar boʻyicha bosh pudratchi hisoblanadi.
7. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
ilgari Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligi tizimiga kirgan “Qashqadaryosuvqurilish”, “Kattaqoʻrgʻonsuvqurilish”, “Toshviloyatmeliosuvqurilish” trestlarini, Samarqand temir-beton buyumlari zavodini “Oʻzsuvqurilish” Oʻzbekiston suv xoʻjaligi qurilishi davlat konserni;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi ixtiyorida boʻlgan 6-ilovaga muvofiq paxta tozalash zavodlarini “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” davlat-aksionerlik uyushmasi ixtiyoriga belgilangan tartibda bersin.
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tuzilmasi, viloyat va tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 7, 7a, va 8-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Belgilansinki, meva-sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan qishloq maʼmuriy tumanlarida tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari, qishloq xoʻjaligi boʻyicha qoʻshimcha xodimlarni jalb etgan holda, tuman suv xoʻjaligi boshqarmalari negizida tashkil etiladi.
10. Belgilab qoʻyilsinki:
viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga hamda tegishli viloyat hokimligiga, tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari esa — viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasiga hamda tuman hokimligiga hisob beradi;
viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari viloyatlar hokimlarining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan, tuman boshqarmalari boshliqlari esa — tegishli tuman hokimining taqdimnomasi boʻyicha viloyat boshqarmasi boshligʻi tomonidan tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 4-maydagi 215-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
12. Belgilansinki, budjetdan ajratiladigan mablagʻlar va korxonalarning xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini, uning boʻlinmalarini va unga qarashli tashkilotlarni mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi.
Belgilansinki, yirik suv xoʻjaligi obyektlari (magistral kanallar, suv omborlari, nasos stansiyalari, xoʻjaliklararo kollektorlar)dan foydalanish, loyiha-qidiruv va ilmiy ishlar bilan bogʻliq xarajatlar, shuningdek qishloq xoʻjaligining operatsiya xarajatlari budjet mablagʻlari (respublika va mahalliy budjetlar mablagʻlari) hisobiga amalga oshiriladi.
13. Moddiy manfaatdorlikni oshirish, yuqori malakali kadrlarning qishloq va suv xoʻjaligi tizimida oʻrnashib qolishi uchun sharoitlar yaratish maqsadida vazirlik markaziy apparati, viloyat va tuman boshqarmalari xodimlarining lavozim maoshlari tugatilgan vazirliklar va ularning boʻlinmalarida amalda qoʻllanib kelingan razryadlardan bir razryad yuqori etib belgilansin.
14. Tugatilgan Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Melioratsiya va suv xoʻjaligi vazirligining tegishli xodimlariga avvalgi ish joyidagi imtiyozlar va tibbiy xizmat koʻrsatish sharoitlari saqlab qolinsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Adliya vazirligi ikki hafta muddatda viloyat va tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari toʻgʻrisidagi namunaviy nizomlarni tayyorlasinlar va tasdiqlasinlar, ularni joylarga yetkazsinlar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan birgalikda koʻrsatib oʻtilgan boshqarmalarni tashkil etish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining markaziy apparati Toshkent shahar, Navoiy koʻchasidagi 4-uyga joylashtirilsin.
17. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989-yil 16-noyabrdagi 376-son, 1990-yil 31-martdagi 155-son va Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 15-apreldagi 99-son qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 11-yanvardagi 5-son qarori Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha oʻz kuchini qisman yoʻqotgan deb hisoblansin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Q. Obidov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 26-noyabr,
419-son
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qishloq va suv xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
2. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
3. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, banklarda joriy va valyuta schyotlariga ega boʻladi.
II. VAZIRLIKNING ASOSIY VAZIFALARI
Quyidagilar vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
sugʻoriladigan yerlarning unumdorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan yagona strategik siyosatni shakllantirish va amalga oshirish. Respublikaning suv xoʻjaligi va qishloq xoʻjaligi tashkilotlari, loyiha-qidiruv, ilmiy, gidrogeologik-meliorativ, tuproq-yer tuzish va tuzatish-qurilish muassasalari va korxonalarining imkoniyatlaridan kompleks va oqilona foydalanish;
qishloq va suv xoʻjaligida Vatanimizning ilgʻor tajribasi va eng yaxshi jahon yutuqlarini qoʻshib olib borish asosida yagona ilmiy-texnika va texnologiya siyosatini hayotga joriy etish;
qishloq va suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi korxonalarining iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, ularning manfaatlarini qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini oqilona tashkil etish maqsadi bilan qoʻshib olib borish;
agrar sektorda bozor munosabatlarini rivojlantirish, fermerlik harakatini va xususiy tashabbusni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, respublika hududida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ulgurji va mayda ulgurji bozorlarini tashkil etish;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi tuzilmasini ratsionalizatsiyalash, almashlab ekishning maqbul sxemalarini joriy etish va talabdan kelib chiqib ekin maydonlari tuzilmasini hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlarini tartibga solish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
respublika agrosanoat majmuining ahvolini tahlil qilish, uni rivojlantirish prognozlarini ishlab chiqish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va xomashyosi yetishtirish va harakatining maqsadli dasturlarini, balanslarini tuzish;
qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligini, chorvachilikda naslchilik ishlarini va veterinariya xizmatini tashkil etish, urugʻlarning sifati, pestitsidlar va oʻgʻitlarni qoʻllash, tuproq eroziyasini oldini olish, oʻsimliklar va hayvonlar kasalliklari tarqalishini nazorat qilish;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini uni har tomonlama mexanizatsiyalar, texnikani, mashina va mexanizmlar yangi avlodini joriy etish asosida intensivlashni taʼminlash;
Oldingi tahrirga qarang.
suvdan foydalanuvchilarning barcha toifalarida suvdan samarali foydalanishlarining davlat hisobi va nazoratini amalga oshirish;
(II boʻlimning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-son qarori tahririda)
respublika xalq xoʻjaligining barcha tarmoqlari va viloyatlari boʻyicha suv resurslarini rejalashtirish va taqsimlash, suvdan foydalanuvchilarning barcha toifalari uchun suv olish va suvdan foydalanishning cheklangan limitlarini belgilash va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
respublika xalq xoʻjaligini va aholisini belgilangan limit doirasida suv bilan taʼminlash;
eskidan sugʻorilib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va rekonstruksiyalashga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, yangi yerlarni oʻzlashtirish, sugʻorishning ilgʻor usullarini joriy etish;
ekologiya muammolarini va Orol dengizi havzasi muammolarini hisobga olgan holda barcha suvdan foydalanuvchilarning manfaatlari yoʻlida suv resurslarini boshqarish;
magistral va xoʻjaliklararo kanallar, suv omborlari va boshqa suv xoʻjaligi obyektlari va tizimlarining davlat boshqaruvi;
oliy va oʻrta maxsus taʼlimni tashkil etish, fermerlarni oʻqitish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish.
III. VAZIRLIKNING FUNKSIYALARI
1. Qishloqda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sohasida:
qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning indikativ dasturlarini va suv xoʻjaligini rivojlantirishning davlat dasturlarini ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
mulkchilik munosabatlarini takomillashtiradi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni amalga oshiradi, xoʻjalik ichki iqtisodiy munosabatlarini modernizatsiya qiladi, mehnatni ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqadi;
davlat ehtiyojlari uchun mahsulot yetkazib berish tizimini takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlaydi;
sugʻorish suvi uchun haq toʻlanishi joriy etilishidan kelib chiqib qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi korxonalariga soliq solishni takomillashtirishga doir takliflarni tayyorlaydi;
bozor infrastrukturasi rivojlanishiga, resurslar va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ulgurji va mayda ulgurji bozorlari tashkil etilishiga koʻmaklashadi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining kimoshdi savdolarini va tanlov sotuvlarini tashkil etadi;
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatuvchi kooperativlar, xususiy korxonalar tashkil etish, qishloq xoʻjaligi texnikasi, inventari, mineral oʻgʻitlar sotadigan ulgurji doʻkonlar tashkil etish asosida qishloqda ishlab chiqarish infrastrukturasi rivojlanishiga koʻmaklashadi;
qishloq xoʻjaligida islohotlar sohasidagi ilgʻor jahon tajribasini oʻrganadi va uni joriy etishni, xalqaro qishloq xoʻjaligi va suv xoʻjaligi tashkilotlari bilan, shuningdek yirik xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikning kengayishini taʼminlaydi.
2. Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi sohasida:
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga zamonaviy texnologiyalar joriy etilishiga koʻmaklashadi, almashlab ekish sxemalariga va qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻstirish agrotexnikasining va chorvachilik mahsulotlari yetishtirishning boshqa talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini intensivlashtirish, yangi texnologiyalarni qoʻllash, qishloq xoʻjaligi ekinlarining yuqori hosilli navlaridan foydalanish yoʻli bilan dehqonchilik mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
oʻsimliklar va chorva mollarining kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilinishini, zararkunandalarga qarshi kurashning biologik usullari joriy etilishini taʼminlaydi;
erdan, suvdan va boshqa tabiiy resurslardan samarali foydalanish, qishloq joylarining ekologiya talablarini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan agrosanoat kompleksida ishlab chiqariladigan tovarlarning raqobatbardoshligini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi, qayta ishlovchi korxonalarning tezkorlik bilan qayta jihozlanishini ragʻbatlantiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
suvdan foydalanish, veterinariya xizmati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari tayyorlash va ularning sifati, naslchilik ishi, joylarda texnika xavfsizligini nazorat qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻchiligi va naslchilik ishi inspeksiyalari va tashkilotlarining ishiga rahbarlik qiladi;
(III boʻlimning 2-bandi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-son qarori tahririda)
dehqonchilikdagi davlat karantin qoidalarining bajarilishini nazorat qilishni amalga oshiradi.
3. Suv xoʻjaligi faoliyati sohasida:
agrotexnika talablari va texnologiya kartalariga muvofiq qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini sugʻorish suvi bilan taʼminlaydi, qishloq xoʻjaligini kafolatli ravishda suv bilan taʼminlash manfaatlaridan kelib chiqib suv oqimini tartibga soladi;
qishloq xoʻjaligi korxonalarining buyurtmanomalariga muvofiq suv berishning kelishilgan jadvalini ishlab chiqishni;
Vazirlik balansidagi magistral va xoʻjaliklararo kanallar, kollektorlar, suv omborlari, gidrotexnik inshootlar, nasos stansiyalari, quduqlar, elektr uzatish, aloqa liniyalari, transformator podstansiyalari va boshqa obyektlar va inshootlardan ishonchli foydalanishni;
suvni tejash texnologiyalari va sugʻorish texnikasini joriy etishni taʼminlaydi;
xoʻjaliklararo irrigatsiya va meliorativ tarmoqlar hamda gidrotexnik inshootlardan foydalanish, suv resurslari nobudgarchiligini qisqartirish, shuningdek ichki xoʻjalik sugʻorish va meliorativ tarmoqlar va inshootlarga suvdan foydalanuvchilar bilan shartnoma asosida xizmat koʻrsatishni;
sugʻoriladigach yerlarning meliorativ holatini har yili davlat hisobini oʻtkazishni tashkil etadi. Mavjud sugʻoriladigan yerlarni har yili hisobga olishda qatnashadi, shuningdek sugʻorish tizimlarini kompleks rekonstruksiyalash, kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta barpo etish boʻyicha ishlar samaradorligini muntazam baholashni amalga oshiradi;
respublika hududida suv resurslarini boshqarish va suvni tartibga solishni;
xoʻjaliklararo tarmoqda suv hisobotini takomillashtirishga, meliorativ tarmoqlar va inshootlarni suvni oʻlchash va hisoblash vositalari bilan jihozlashga rahbarlikni amalga oshiradi. Suvni hisoblash vositalarini metrologik taʼminlash boʻyicha ish olib boradi;
suvdan maxsus foydalanishga ruxsatnomalarni hamda ularning joylashuv oʻrnini belgilashda korxonalar va tashkilotlarni suv bilan taʼminlash shartlarini kelishib oladi, suv resurslarini xalq xoʻjaligi tarmoqlari boʻyicha taqsimlashni taʼminlaydi, suvning davlat hisobini va undan oqilona foydalanish ustidan idoraviy nazoratni amalga oshiradi;
suv resurslaridan oqilona foydalanish qoidalarini belgilangan tartibda ishlab chiqadi, kelishib oladi va tasdiqlaydi, bu qoidalar respublika hududida joylashgan barcha birlashmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar uchun, ular qaysi idoraga boʻysunishlaridan qatʼi nazar, majburiy hisoblanadi;
“Amudaryo” va “Sirdaryo” suv havzasi suv xoʻjaligi birlashmalari bilan birgalikda alohida daryolar, sanoat rayonlari va umuman respublika boʻyicha jami suv havzalari uchun suv xoʻjaligi balanslarini va suv resurslaridan kompleks foydalanishning istiqbolli sxemalarini ishlab chiqishni, davlat suv kadastrini yuritishni tashkil etadi;
suv resurslari mavjudligi toʻgʻrisida xulosalar va suv resurslaridan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan yangi korxonalarni qurish va ishlab turganlarini rekonstruksiya qilish loyihalari boʻyicha majburiy kuchga ega boʻlgan roziliklar beradi;
suv olish inshootlari qurilishiga maydonlarni loyihalashtirish va tanlash ustidan nazoratni amalga oshiradi hamda suv obyektlaridan olinadigan va ularga qaytariladigan suvni hisoblashni taʼminlovchi chora-tadbirlarni nazarda tutadi;
irrigatsiya tizimlaridan suv olish, ularda suv olish va ortiqcha suvni chiqarish inshootlarini qurish, muhandislik kommunikatsiyalarining suv oqimlariga kesishishiga texnik shartlar beradi;
tegishli organlar bilan birgalikda suv obyektlarining texnik holatini yaxshilash va ularning ishdan chiqishini bartaraf etish, suvlarning zararli taʼsirining oldini olish boʻyicha choralarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, kichik daryolar va suv omborlarining suv rejimini yaxshilash boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
tegishli organlar bilan birgalikda baliqlarni, boshqa suv jonivorlari va oʻsimliklarini muhofaza qilish, baliqchilik xoʻjaligi havzalarida korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirishda ularni koʻpaytirish uchun sharoitlarni taʼminlovchi tadbirlarni oʻtkazadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi organlari bilan birgalikda suvni muhofaza qilish zonalarini, suv omborlari, daryolar, kanallar va kollektorlarning chegara yonidagi polosalarini belgilashni hamda ularning ahvolini nazorat qilishni taʼminlaydi.
4. Kapital qurilish va loyihalashtirish sohasida:
samarali investitsiya siyosatini olib boradi hamda tarmoqlarni ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlantirish uchun davlat markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarini va korxonalarning oʻz mablagʻlarini oqilona qoʻshib olib borishni taʼminlaydi;
kapital qoʻyilmalarni rejalashtirish, ulardan oqilona foydalanishni, ularning samaradorligini oshirishni, qurilish qiymatini pasaytirish, ishlab chiqarish quvvatlari va fondlarini oʻz vaqtida ishga tushirish va oʻzlashtirishni taʼminlaydi;
texnik takomillashgan meliorativ tizimlarni qoʻllash asosida gidromeliorativ tizimlarni rekonstruksiya qilish va texnik qayta jihozlash, eskidan haydaladigan yerlarni sifat jihatidan yaxshilash va yangilarini oʻzlashtirish boʻyicha ishlarni, atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini;
qishloq xoʻjaligi, suv xoʻjaligi va boshqa maqsaddagi obyektlarning qurilishi, texnik qayta jihozlanishi, rekonstruksiya qilinishi va ulardan foydalanish bilan bogʻliq loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini, respublika hududidagi barcha suv xoʻjaligi obyektlarining, ular qaysi manbadan mablagʻ bilan taʼminlanishlaridan qatʼi nazar, loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasini;
boshqa vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlarga loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi.
5. Prognozlashtirish, iqtisodiyot, moliya va boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish sohasida:
tarmoqni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari loyihalarini, limitlar, istiqbol va yillik prognozlarni ishlab chiqishda qatnashadi, melioratsiyani rivojlantirish va korxonalarni joylashtirish sxemasini ishlab chiqadi;
moddiy-texnika resurslarini taqsimlash prognozlari va limitlarini ishlab chiqish xamda vazirlik birlashmalari, korxonalari, muassasalari, tashkilotlariga oʻz vaqtida yetkazishni;
qishloq xoʻjaligi korxonalarida yetishtirilgan hamda qayta ishlangan mahsulotlarga shartnomalar tuzishni muvofiqlashtirishni va uni nazorat qilishni;
rentabellikni oshirish va oʻziga qarashli boʻlinmalar foydasini maksimal koʻpaytirish, asosiy fondlardan, aylanma mablagʻlar va banklar kreditlaridan samarali foydalanish, qoʻshimcha quvvat va rezervlarni aniqlash hamda ulardan foydalanishga doir tadbirlarni amalga oshirishni;
vazirlik tizimida hisob va hisobot, moliya-iqtisodiyot ishlarini tashkil etish va takomillashtirishni, oʻziga qarashli davlat birlashmalari, korxonalarning buxgalteriya hisobotlari va balanslarini koʻrib chiqish va tasdiqlashni;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq moliya-xoʻjalik faoliyatini audit, tahlil qilish, pul mablagʻlari va moddiy boyliklar saqlanishi, tejamkorlik rejimiga rioya etilishi, hisob va hisobotning toʻgʻri yuritilishi hamda ishonchliligini nazorat etishni amalga oshirishni;
bank muassasalari bilan birgalikda hisob-kitoblarning ilgʻor shakllarini joriy etish va toʻlov intizomini mustahkamlashni;
tashqi iqtisodiy faoliyat prognozlari va dasturlarini, shu jumladan loyiha-qidiruv ishlarining bajarilishini, mahsulot ishlab chiqarish, bosh pudrat shartlarida amalga oshiriladigan qurilish-montaj va boshqa ishlar hamda xalqaro shartnomalar, shuningdek belgilangan tartibda tuzilgan kontraktlar boʻyicha vazirlikka yuklangan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlovchi xizmatlar koʻrsatish hajmlarini belgilashni;
belgilangan tartibda vazirlik boʻlinmalarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatishni taʼminlaydi.
6. Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida:
bozor iqtisodiyoti sharoitlarida tarmoqning eng muhim vazifalarini hal etish maqsadida faoliyatning har xil turlarini tashkil etgan hamda kengaytirgan holda xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantiradi va kengaytiradi;
respublika qishloq va suv xoʻjaligini jadal rivojlantirish maqsadida xorijiy mamlakatlar bilan aloqalarni takomillashtirish hamda yanada rivojlantirish, shuningdek chet ellarda mamlakatimizning qishloq xoʻjaligi, meliorativ va suv xoʻjaligi fani va texnikasi yutuqlarini targʻib qilish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
respublikada xalqaro tadbirlarni (simpoziumlarni, konferensiyalarni, koʻrgazmalarni, mutaxassislarni tanishtirish safarlarini) oʻtkazishni tashkil qiladi;
xalqaro, davlatlararo qishloq va suv xoʻjaligi organlarida respublika nomidan vakillik qiladi, davlatlararo suv taqsimotida va transchegara daryolari oqimlaridan foydalanishda Oʻzbekiston manfaatlarini ifodalaydi.
7. Fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish sohasida:
mamlakatimiz hamda chet el fan va texnikasi yutuqlari, fan-texnika va ishlab chiqarish potensialidan samarali foydalanish, yangi texnika va progressiv texnologiyalarni yaratish va oʻzlashtirish muddatlarini qisqartirish, fan va texnika dasturlarini bajarish asosida tarmoqni rivojlantirishning yuqori ilmiy-texnik darajasini taʼminlaydi;
xorijiy kompaniyalar, firmalar, ilmiy markazlar bilan maqsadli ilmiy-texnik dasturlar boʻyicha hamkorlik qiladi va ularni bajarishni amalga oshiradi;
“Orol dengizi havzasida ekologik ahvolni yaxshilash boʻyicha aniq xatti-harakatlar dasturlari” doirasida respublika hududida bajariladigan ilmiy-tadqiqot loyiha-konstruktorlik va qurilish ishlarining suv xoʻjaligiga doir qismini muvofiqlashtirib borishni taʼminlaydi;
vazirlik korxonalari, birlashmalari, muassasalari va tashkilotlarida standartlashtirish va metrologiya, patent-litsenziya faoliyati boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
vazirlik birlashmalari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga chet ellarga litsenziyalar, materiallar, muhandislik xizmatlari sotish va u yerlardan ularni sotib olish boʻyicha uslubiy va maslahat yordamlari koʻrsatadi;
belgilangan tartibda ilmiy-texnik va uslubiy adabiyotlar va axborotlarni nashr qiladi hamda vazirlik boʻlinmalarini ular bilan taʼminlaydi.
8. Moddiy-texnika taʼminoti va mahsulotlarni sotish sohasida:
moddiy-texnika taʼminoti va ishlab chiqarish prognozlarining mutanosibligini taʼminlaydi, buning uchun taʼminot va xoʻjalik aloqalarining progressiv shakllaridan, iqtisodiy dastaklardan, resurslarni tejovchi tadbirlardan, ishlab chiqarish-texnologik butlash tizimidan, birja, yarmarka va kimoshdi savdolaridan foydalanadi;
marketing faoliyatini takomillashtiradi, tarmoqda ishlab chiqariladigan mahsulotning sifatini va raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarishning progressiv texnologiyalarini va sifatni sertifikatsiyalashni joriy etish, tovarlarni sotishning zamonaviy tashkiliy shakllarini amalga oshirish, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining ulgurji bozorlarini tashkil etish, mahsulotni eksport qilishni kengaytirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha ishlarni amalga oshiradi.
9. Kadrlar, mehnat va ijtimoiy rivojlantirish sohasida:
rahbar kadrlarni tanlash, tayyorlash va joy-joyiga qoʻyish ishlarini amalga oshiradi, kadrlarning kasb darajasini, ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil qiladi;
oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislarga hamda malakali kadrlarga boʻlgan joriy va istiqboldagi ehtiyojni aniqlaydi;
vazirlik tizimidagi oliy, oʻrta maxsus oʻquv yurtlari faoliyatini boshqaradi;
tasarrufidagi birlashmalarda, korxonalarda, muassasalarda va tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va mehnat intizomining ahvoli ustidan idoraviy nazoratni amalga oshiradi.
10. Vazirlik oʻz faoliyatini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
IV. VAZIRLIK FAOLIYATIGA RAHBARLIK QILISh
1. Vazirlik oʻz ishlarini bamaslahat ish koʻrish, yakkaboshchilik va markazlashtirilgan rahbarlikni uygʻunlashtirish asosida tashkil qiladi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vazirligini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan, keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlaydigan Vazir boshqaradi.
Vazirning 6 nafar, shu jumladan 2 nafar birinchi oʻrinbosarlari boʻladi.
Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyoviy tadqiqotlar markazining bosh direktori lavozimiga koʻra vazir oʻrinbosari hisoblanadi.
Vazirning suv xoʻjaligi bilan shugʻullanadigan birinchi oʻrinbosari ayni vaqtda lavozimiga koʻra Respublika suv xoʻjaligi kengashi (Irrigatsiya va drenaj boʻyicha milliy qoʻmita) raisi kamida Davlatlararo muvofiqlashtiruvchi suv xoʻjaligi komissiyasining aʼzosi hisoblanadi.
Vazirning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadilar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida Vazir — hayʼat raisi, uning oʻrinbosarlari va vazirlikning boshqa rahbar xodimlaridan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼat aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hayʼat qarorlari, qoidaga koʻra, Vazirning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi.
Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar paydo boʻlgan taqdirda Vazir, paydo boʻlgan kelishmovchiliklar haqida Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilgan holda, oʻz qarorini hayotga tatbiq qiladi, hayʼat aʼzolari esa, oʻz navbatida, oʻz fikrini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin,
4. Vazirlik zarurat boʻlganda boshqa vazirliklar, idoralar va muassasalar bilan birgalikda qoʻshma qarorlar, buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri:
vazirlik va tasarrufidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, Oʻzbekiston Respublikasining davlat hamda boshqa organlarida va tashkilotlarida, shuningdek xalqaro tashkilotlarda vazirlik nomidan vakillik qiladi;
oʻz vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi, yoʻriqnomalarni, meʼyorlarni, qoidalarni va meʼyoriy tusdagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi, koʻrsatmalar beradi va ularning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etadi;
belgilangan xodimlar soni doirasida vazirlik markaziy apparatining, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarning shtat jadvalini, vazirlikning bosh boshqarmalari va boshqarmalari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda viloyatlar qishloq hamda suv xoʻjaligi boshqarmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
vazirlik apparati xodimlarini, tasarrufidagi birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbar xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
vazirlik apparati barcha tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va xodimlarining javobgarlik darajasini belgilaydi, belgilangan tartibda ragʻbatlantirish va jazolash choralarini qoʻllaydi.
6. Fan va texnikani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni, mamlakatimiz va chet el fani, texnikasinnng eng muhim yutuqlaridan hamda ilgʻor tajribadan foydalanish va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish boʻyicha tavsiyalarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligida ilmiy-texnika kengashi tuziladi.
Ilmiy-texnika kengashi tarkibini va uning toʻgʻrisidagi nizomni Vazir tasdiqlaydi.
V. VAZIRLIKNING ATRIBUTLARI
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhri boʻladi.
VI. VAZIRLIKNING FAOLIYATINI TOʻXTATISh TARTIBI
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining faoliyati qonun bilan belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 4-noyabrdagi 502-son qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Qishloq va suv xoʻjalik vazirligi markaziy apparati xodimlarining soni
Oldingi tahrirga qarang.
| Vazir | 1 |
| Vazirning birinchi oʻrinbosari | 2 |
| Vazir oʻrinbosarlari | 3 |
| Dehqonchilik bosh boshqarmasi — jami | 28 |
| shu jumladan: | |
| Paxtachilik boshqarmasi | 6 |
| Gʻallachilik boshqarmasi | 5 |
| Meva-sabzavotchilik boshqarmasi | 7 |
| Urugʻchilik boshqarmasi | 9 |
| Fermer xoʻjaliklari boshqarmasi | 6 |
| Qayta ishlash korxonalari boshqarmasi | 5 |
| Qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash boshqarmasi | 8 |
| Kimyolashtirish boshqarmasi | 5 |
| Qishloq xoʻjaligida ilmiy-texnika taraqqiyoti boshqarmasi | 6 |
| Suv resurslari balansi boshqarmasi | 9 |
| Gidrotexnika va suv xoʻjaligi obyektlari, energetika va aloqa boshqarmasi | 12 |
| Xoʻjalik ichki sugʻorish tizimlari va melioratsiya tarmoqlari boshqarmasi | 8 |
| Melioratsiya boshqarmasi | 8 |
| Iqtisodiy tahlil va istiqbolni belgilash boshqarmasi | 18 |
| Moliya boshqarmasi | 9 |
| Hisob va hisobot uslubiyoti boshqarmasi | 13 |
| Iqtisodiy islohotlar, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish boshqarmasi | 12 |
| Mehnatni tashkil etishni va haq toʻlashni takomillashtirish va ijtimoiy muhofaza boshqarmasi | 7 |
| Chorvachilik boshqarmasi | 17 |
| Ozuqa yetishtirish boshqarmasi | 8 |
| Qurilish industriyasi boshqarmasi | 4 |
| Taʼmirlash-qurilish boshqarmasi | 9 |
| Suv va qishloq qurilishi boshqarmasi | 14 |
| Suv xoʻjaligi va melioratsiya obyektlari loyihalari ekspertizasini tashkil etish boshqarmasi | 8 |
| Moddiy-texnika resurslari boshqarmasi | 16 |
| Qishl�q ijtimoiy infrastrukturasi boshqarmasi | 9 |
| Suv xoʻjaligida ilmiy-texnika taraqqiyoti boshqarmasi | 8 |
| Asbob-uskunalar ishlab chiqarish va texnikani tuzatish korxonalari boshqarmasi | 4 |
| Gidromelioratsiya isharini mexanizatsiyalash boshqarmasi | 5 |
| Transport boshqarmasi | 4 |
| Kadrlar va oʻquv yurtlari boshqarmasi | 14 |
| Yuridik boshqarma | 6 |
| Tashqi aloqalar boshqarmasi | 6 |
| Birinchi boʻlim | 2 |
| Ikkinchi boʻlim | 3 |
| Kotibiyat | 4 |
| Nazorat inspeksiyasi | 3 |
| Ishlar boshqarmasi | 25 |
|
Jami |
330 |
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
“Oʻzsuvtamirfoydalanish” respublika birlashmasi korxonalari va tashkilotlari
ROʻYXATI
1. Tuyamoʻyin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi
2. Andijon suv omboridan foydalanish boshqarmasi
3. Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi (Tallimarjon suv ombori bilan)
4. Amu—Buxoro mashina kanalidan foydalanish boshqarmasi (Toʻdakoʻl va Quyimozor suv omborlari bilan)
5. Janubiy Mirzachoʻl kanalidan foydalanish boshqarmasi
6. Katta Fargʻona kanalidan foydalanish boshqarmasi
7. Zarafshon vodiysi suv xoʻjaligidan foydalanish boshqarmasi (Kattaqoʻrgʻon suv ombori bilan)
8. “Mirzachoʻl” ishlab chiqarish birlashmasi
9. Hisoraq Pachkamar va Chimqurgʻon suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari
10. Ohangaron va Toshkent suv omborlaridan foydalanish boshqarmalari
11. Janubiy Surxon suv omboridan foydalanish boshqarmasi
12. Toʻpolang suv ombori qurilishi va undan foydalanish direksiyasi
13. Karkidon suv omboridan foydalanish boshqarmasi
14. Qirgʻoqlarni himoyalash dambalari va oʻzanlarni tartibga solish inshootlari boshqarmasi
15. Yirik viloyatlararo suv chiqarib yuborish kollektorlari boshqarmasi
Mavjud respublika ishlab chiqarish birlashmalari negizida tashkil etiladigan uyushmalar
ROʻYXATI
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-iyundagi 250-son qaroriga muvofiq chiqarilgan)
2. “Oʻzparrandasanoat” parranda goʻshti va tuxum yetishtirish korxonalari uyushmasi — “Oʻzparrandasanoat” RIB negizida
3. “Oʻzsabzavotnavurugʻlari” sabzavot-poliz ekinlari urugʻi yetishtirish, marketingi va sotish uyushmasi — “Oʻzsabzavotnav-urugʻlar” respublika birlashmasi negizida
4. “Asal” asalchilik xoʻjaliklari uyushmasi — “Asal” RIB negizida
5. “Oʻzjamoaqurilish” qurilish korxonalari uyushmasi — “Oʻzjamoaxoʻjalikqurilish” respublika davlat-kooperativ birlashmasi negizida
6. “Oʻzqishloqichimliksuvtaʼminot” qishloqlarni ichimlik suv bilan taʼminlash korxonalari uyushmasi — “Oʻzagrovodokanal” RIB negizida
7. “Oʻzqishloqxoʻjalikqurilishtaʼmir” qishloq xoʻjaligi obyektlarini qurish va taʼmirlash uyushmasi — “Oʻzagroqurilishtaʼmir” RIB negizida
8. “Sanoatuyjoysuvqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasi — “Sanoatuyjoysuvqurilish” tresti negizida
9. “Oʻzsuvmetall” davlat-aksionerlik birlashmasi — “Oʻzsuvmetall” birlashmasi negizida
10. “Oʻzqishloqtaʼminot” uyushmasi “Oʻzbartertaʼminot” respublika tashkiloti negizida
11. “Oʻzjamoaxoʻjaliksogʻlomlashtirish” uyushmasi — “Oʻzjamoaxoʻjaliksogʻlomlashtirish” respublika birlashmasi negizida
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi uyushmalar, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar
ROʻYXATI
I. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmalari
II. Xoʻjalik hisobidagi korxonalar:
“Oʻzsabzavotnavurugʻlari” uyushmasi
“Oʻzparrandasanoat” uyushmasi
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbek qorakoʻli” kompaniyasi
(II boʻlimning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 13-iyundagi 250-son qarori tahririda)
“Asal” uyushmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlimning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga muvofiq chiqarilgan)
“Otchopar” respublika ot sporti klubi
Oldingi tahrirga qarang.
(II boʻlimning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 28-noyabrdagi 500-son qaroriga muvofiq chiqarilgan)
“Oʻzqishloqxoʻjalikqurilishtaʼmir” qishloq xoʻjaligi obyektlarini qurish va taʼmirlash uyushmasi
“Oʻzmaxsussuvdrenaj” taʼmirlash-qurilish tresti
“Oʻzsuvtaʼmirqurilishfoydalanish” respublika ishlab chiqarish birlashmasi
“Qoraqalpoqtaʼmirqurilishmelioratsiya” tresti
“Sanoatuyjoyqurilish” davlat-aksionerlik birlashmasi
“Oʻzsuvxorijiyqurilish” respublika birlashmasi
“Oʻzsuvuskunabutlash” ishlab chiqarish birlashmasi
“Oʻzmeliosuvtrans” transport korporatsiyasi
“Suv — hayot manbai” sanoat korporatsiyasi
Nasos-kuchlanish va energetika mashinasozligi uyushmasi — “NEM” uyushmasi
Ixtisoslashtirilgan “Oʻzsuvenergiya” birlashmasi
“Oʻzsuvmetall” davlat-aksionerlik birlashmasi
“Oʻzqishloqichimliksuvtaʼminot” uyushmasi
“Oʻzsuvloyiha” ishlab chiqarish birlashmasi
“Oʻzdaverloyiha” loyihalash instituti
“Oʻzqishloqqurilishloyiha” instituti
“SANIIRI” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
“Sovuq” xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
“Oʻzjamoasogʻlomlashtirish” uyushmasi
“Oʻzagroaxborot” ishlab chiqarish birlashmasi
“Oʻzqishloqtaʼminot” uyushmasi
“Miroblarning tadbirkorlik taraqqiyoti” uyushmasi
“Oʻzdehqonsavdo” savdo birlashmasi
“Hosilot” mehmonxonasi aksionerlik jamiyati
III. Budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan tashkilotlar
Oʻzbekiston Respublikasi Oʻsimliklar karantini bosh davlat inspeksiyasi
Oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini roʻyxatdan oʻtkazish Oʻzbekiston respublika idoralararo komissiyasi
Qishloq xoʻjalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻini sertifikatsiyalash va sifatini nazorat qilish davlat markazi
(III boʻlimning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 18-dekabrdagi 553-son qarori tahririda)
Mahsulot xarid qilish va uning sifati boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi
Oʻsimliklarni himoya qilish va agrokimyo tadqiqotlari respublika markazi
Oldingi tahrirga qarang.
(III boʻlimning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreldagi 202-son qaroriga muvofiq chiqarilgan)
Bosh davlat veterinariya boshqarmasi
Chorvachilikda naslchilik ishlari boʻyicha davlat inspeksiyasi
Mashina va jihozlarning texnik holatini nazorat qilish boʻyicha davlat bosh inspeksiyasi
“Oʻzsuvtaʼmirfoydalanish” respublika birlashmasi
Toshkent shahar suv xoʻjaligi boshqarmasi
Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar gidrogeologiya-meliorativ ekspeditsiyalari (12)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi kollektor-drenaj tarmoqlari boshqarmasi
Jizzax viloyati kollektor-drenaj tarmoqlari boshqarmasi
Qashqadaryo viloyati kollektor-drenaj tarmoqlari boshqarmasi
Markaziy ishlab chiqarish-texnologiya xizmati
“Oʻzsuvnazorat” respublika suv inspeksiyasi
Respublika suv xoʻjaligi kengashi (Irrigatsiya va drenaj boʻyicha milliy qoʻmita)
Harbiylashtirilgan gidrometrologiya xizmati
Respublika mehnat boʻyicha normativ-tadqiqot stansiyasi
Respublika oʻquv-uslubiy markazi
Chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti — A. Chudnaya nomidagi ilgʻor tajriba maktabi
Respublika bogʻbonlar maktabi
Toshkent davlat agrar universiteti
Andijon paxtachilik instituti
Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti
Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti
Texnikumlar va kollejlar — 45 ta
Litseylar —5 ta
Bolalar bogʻchalari va yaslilari — 6 ta.
“Oʻzdavpaxtasanoatsotish” uyushmasi ixtiyoriga berilayotgan paxta tozalash zavodlari
ROʻYXATI
1. Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Zarbdor” paxta tozalash zavodi.
2. Namangan viloyati Namangan tumanidagi K. Soliyev nomidagi paxta tozalash zavodi.
3. Navoiy viloyati Navoiy tumanidagi “Narpay” paxta tozalash zavodi.
4. Samarqand viloyati Narpay tumanidagi Bobur nomidagi paxta tozalash zavodi.
5. Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanidagi M. Sultonov nomidagi paxta tozalash zavodi.
6. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Qorasuv” paxta tozalash zavodi.
7. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi Kim Pen Xva nomidagi paxta tozalash zavodi.
8. Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumanidagi “Guliston” paxta tozalash zavodi.
9. Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidagi Gʻ. Gʻulom nomidagi paxta tozalash zavodi.
10. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Amudaryo tumanidagi “Oq oltin” paxta tozalash zavodi.
11. Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi “Toʻpalang” paxta tozalash zavodi.
12. Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Bekobod” paxta tozalash zavodi.
13. Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi “Dalvarzin” paxta tozalash zavodi.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
26-noyabrdagi 419-son qaroriga
7-ILOVA
26-noyabrdagi 419-son qaroriga
7-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
( 7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreladgi 202-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Viloyat qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
( 7a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreladgi 202-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1996-yil
26-noyabrdagi 419-son qaroriga
8-ILOVA
26-noyabrdagi 419-son qaroriga
8-ILOVA
Tuman qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasining
NAMUNAVIY TUZILMASI
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-apreladgi 202-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 11-son, 33-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 1-2-son, 4-modda; 6-son, 35-modda)