Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2022 01.11.1996 yildagi PF-1617-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.07.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-iyuldagi PF-167-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor munosabatlari sharoitida qishloq va suv xo‘jaligini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, tuproq unumdorligini, sug‘oriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini yaxshilash va qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligini oshirish masalalarida ularning mustahkam o‘zaro aloqasini ta’minlash maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi hamda Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi negizida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi davlat boshqaruv organi deb belgilab qo‘yilsin va uning zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklatilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sug‘oriladigan yerlar unumdorligi va samaradorligini oshirishga qaratilgan yagona strategik siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish. Respublika suv xo‘jaligi tashkilotlarining, loyiha-qidiruv, ilmiy, gidrogeologiya-meliorativ, tuproq-yer tuzilishi hamda ta’mirlash-qurilish muassasalari va korxonalari imkoniyatlaridan har tomonlama oqilona foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizdagi ilg‘or tajriba va jahondagi eng yaxshi yutuqlarni uyg‘unlashtirib, qishloq va suv xo‘jaligida yagona ilmiy-texnikaviy va texnologik siyosatni yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq va suv xo‘jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, qishloq xo‘jaligi va suv xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini oqilona tashkil etish maqsadida ularning manfaatlarini birlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrar sektorda bozor munosabatlarini rivojlantirish, fermerlik harakati va xususiy tashabbuskorlikni butun choralar bilan qo‘llab-quvvatlash, respublika hududida qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ulgurji va mayda ulgurji bozorlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi tarkibini oqilona tashkil etish, almashlab ekish va ekinlarni navbat bilan ekishning maqbul sxemalarini joriy etish, bozor talablariga qarab ekin maydonlari tarkibi va qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish hajmini boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agrosanoat majmui holatini tahlil etish va uni rivojlantirish istiqbollarini ishlab chiqish, qishloq xo‘jalik mahsulotlari va xomashyo yetishtirish hamda ular harakatda bo‘ladigan aniq maqsadni ko‘zlovchi dastur va balanslarini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jalik ekinlari urug‘chiligini, chorvachilikda naslchilik ishini va veterinariya xizmatini tashkil etish, urug‘lik sifatini, pestitsid va o‘g‘itlarning qo‘llanilishi, tuproq eroziyasining oldini olish, o‘simliklar va hayvonlar kasalliklari tarqalishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini har tomonlama mexanizatsiyalash, yangi turdagi texnika, mashina va mexanizmlarni joriy etish asosida uni intensivlashni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
er, suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilarining barcha toifalarida yer va suvdan samarali foydalanishni davlat yo‘li bilan hisobga olish va nazorat qilishni amalga oshirish;
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 2-fevraldagi PF-4273-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 4-5-son, 32-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qadimdan sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va yangilash, yangi yerlarni o‘zlashtirish, sug‘orishning ilg‘or usullarini joriy etish choralarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya muammolari va Orol dengizi havzasi muammolarini hisobga olib, barcha suv iste’molchilari va suvdan foydalanuvchilar manfaatlarini ko‘zlagan holda suv resurslarini boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
katta kanallar, yirik suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi inshootlari va tizimlarini davlat yo‘li bilan boshqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy va o‘rta maxsus ta’limni tashkil etish, fermerlarni o‘qitish, xodimlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, agrosanoat majmui sohasida davlat kadrlar siyosatini o‘tkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, viloyat va tuman qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qishloq va suv xo‘jaligi hududiy boshqarmalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga va tegishli hudud hokimiga bo‘ysunishi belgilab qo‘yilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlik tarkibidagi mavjud respublika ishlab chiqarish birlashmalari, korporatsiyalar va boshqa tashkilotlar saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlari er, suvdan foydalanish va suv iste’mol qilish turlaridan, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini tashkil etish shakllaridan qat’i nazar, vazirliklar, idoralar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar va muassasalar, mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning ijro etishi uchun majburiydir.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 2-fevraldagi PF-4273-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 4-5-son, 32-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlarini ushbu Farmonga muvofiqlashtirish uchun ularga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligini tuzishga doir tashkiliy masalalarni hal qilish uchun tashkilot qo‘mitasi tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish, uning tarkibi, shtatlar soni va vazirlik to‘g‘risidagi Nizom haqida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ikki hafta muddatda tayyorlash topshirilsin. Qaror loyihasini tayyorlash chog‘ida ikki vazirlik negizida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtiruvchilar uchun zarur rag‘batlantiruvchi sharoit yaratishi lozim bo‘lgan mutlaqo yangi boshqaruv organi barpo etilishi nazarda tutilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1990-yil 8-dekabrda chiqargan “O‘zbekiston SSR agrosanoat majmuini boshqarish strukturasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 107-Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1996-yil 1-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-1617-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 10-son, 207-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 4-5-son, 32-modda)