10.08.2020 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Xalqaro migratsiya tashkiloti oʻrtasida hamkorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimi

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati (keyingi oʻrinlarda “Hukumat” deb yuritiladi) bir tomondan, hamda Xalqaro migratsiya tashkiloti (keyingi oʻrinlarda “Tashkilot” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan (keyingi oʻrinlarda birgalikda “Tomonlar” deb yuritiladi),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Tashkilotga aʼzo davlat ekanligini eʼtirof etgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat va Tashkilot oʻrtasida doʻstona munosabatlarni hamda hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishni istagan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 26-noyabrda Tashkilot Kengashi “Tashkilot faoliyat olib boradigan aʼzo, kuzatuvchi va boshqa maqomdagi barcha davlatlarni Ixtisoslashtirilgan muassasalar imtiyozlari va immunitetlari toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (1947-yil) muvofiq ravishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti ixtisoslashtirilgan muassasalari foydalanadigan imtiyozlar va immunitetlarni Tashkilotga taqdim etishga chaqiruvchi” 1266-sonli (SIII) Rezolyutsiyani qabul qilganligini eʼtirof etgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimiga kiruvchi muassasa ekanligini eʼtirof etgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilotning maqsad va vazifalari hamda Tashkilot tomonidan olib borilayotgan faoliyatdan kelib chiqib Ixtisoslashtirilgan muassasalar imtiyozlari va immunitetlari toʻgʻrisida 1947-yil 21-noyabrda qabul qilingan Konvensiyaga (keyingi oʻrinlarda “Konvensiya” deb yuritiladi) muvofiq Birlashgan Millatlar Tashkiloti ixtisoslashtirilgan muassasalariga beriladigan imtiyozlar va immunitetlarni Hukumat tomonidan Tashkilotga berilishi kafolatlanishini inobatga olgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelivushga erishdilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashkilot oʻzining boshqaruvchi organlarining tegishli karorlari va Hukumatning ruxsati hamda mavjud moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda Oʻzbekiston Respublikasida salohiyatni oshirish, migratsiya masalalari buyicha maslahat xizmati va texnik hamkorlik, migratsiya va sogʻliqni saqlash, xalqaro migratsiya huquqi, migratsiya va atrof-muhit, migratsiya axboroti, odam savdosiga qarshi kurash, mahalliy va xorijiy fuqarolar migratsiyasi, koʻchirilgan va boshqa yordamga muhtoj shaxslarga yordam koʻrsatish, malakali inson resurslarini qaytarish va qaytarish bilan bogʻlik boʻlgan dasturlarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat Tashkilotga Oʻzbekiston Respublikasida vakolatxona ochishga ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan taqdirda Tashkilot oʻz faoliyatini amalga oshirish maqsadida Hukumat bilan maslahatlashuvlardan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi hududida boshqa vakolatxonalar ochishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan va kelajakda amalga oshiriladigan loyiha va dasturlarni amalga tadbiq etish yuzasidan Tomonlar oʻrtasidagi hamkorlik tafsilotlari Tomonlar oʻrtasida alohida kelishuvlar rasmiylashtirish orqali kelishiladi. Ushbu kelishuvlar, agar shunday belgilangan boʻlsa, mazkur Bitimning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda Vakolatxonani ochish va saqlab turish bilan bogʻliq xarajatlar toʻliq Tashkilot mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konvensiyaning 3- dan 30-bandigacha va ushbu Konvensiyaning I ilovasi 2- va 3-bandlariga muvofik, Hukumat Tashkilotga Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ixtisoslashtirilgan muassasalariga beriladigan imtiyozlar va immunitetlarni takdim etadi. Konvensiyada koʻllanilgan taʼriflar tegishli oʻzgartirishlar bilan ushbu Bitimga koʻllaniladi. Yuqorida keltirib oʻtilgan Konvensiya bandlari va uning I ilovasidagi qoidalar Xalqaro migratsiya tashkilotining oʻziga xos jihatlarini inobatga olish maqsadida tegishli oʻzgartirishlar bilan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimning qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllashda yuzaga keladigan har qanday nizolar Tomonlar oʻrtasida muzokaralar va maslahatlashuvlar orqali tinch yoʻl bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga Tomonlarning oʻzaro roziligi bilan ushbu Bitimning ajralmas qismi hisoblanadigan va alohida bayonnomalar rasmiylashtirish orqali Bitimning 6-moddasida koʻrsatib oʻtilgan tartibda kuchga kiradigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim ohirgi Tomon imzolagan sanadan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuziladi va bir Tomon boshqa Tomonning ushbu Bitimni tugatish niyati toʻgʻrisidagi yozma xabarnomasini olganidan soʻng 6 oy oʻtgunga qadar amalda boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuyida, mazkur Bitimni tegishli tartibda imzolash vakolati berilgan vakillar tomonidan imzolandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2020-yil 10-avgustda va Jeneva shahrida 2020-yil 5-noyabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek va ingliz tillarida tuzildi, bunda ikkala matn bir xil yuridik kuchga ega. Matnlar oʻrtasida tafovut yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)