Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2005 27.03.1997 yildagi 163-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2005
Hujjat 27.03.1997 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EKSPORT IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRIShNI RAGʻBATLANTIRISh RESPUBLIKA KENGAShINI TUZISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va xorijiy investitsiyalar boʻyicha idoralararo Kengash qarorini va Vazirlar Mahkamasining eksport imkoniyatlarini rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish toʻgʻrisida 1997-yil 28-fevraldagi 116-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish respublika kengashi 1-ilovaga* muvofiq tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish respublika kengashiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xoʻjaligi ayrim tarmoqlarini rivojlantirish va ularning tuzilmasini oʻzgartirishning kompleks dasturlari asosida Eksport imkoniyatlarini rivojlantirish davlat dasturini tayyorlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mintaqalarida eksport imkoniyatlarini koʻpaytirish va importning oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan vazifalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori samarali, tez qoplanadigan innovatsiya loyihalari boʻyicha takliflar tayyorlash va ularni amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot eksport qiluvchilarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash yuzasidan takliflar kiritish uchun javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish respublika kengashi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kengashi bir hafta muddatda 1997-yilgi ish rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Eksport imkoniyatlarini rivojlantirish davlat dasturi boʻlimlarini ishlab chiqish boʻyicha ishchi guruhlar tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzistiqbolstat” davlat qoʻmitasi ishchi guruhlar rahbarlari bilan birgalikda vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflarini puxta ishlab chiqsin hamda 1997-yil 1-maygacha Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekistonning Eksport imkoniyatlarini rivojlantirish davlat dasturi loyihasini taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qoʻyilsinki, Respublika kengashining qarorlari barcha vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining boj poshlinalari stavkalarini koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarori 5-bandining 13-xat boshi va ushbu qarorga 14-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin, bu komissiyaning funksiyalari Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish respublika kengashiga berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 27-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1997-yil 27-martdagi 163-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish respublika kengashi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni ragʻbatlantirish respublika kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-fevraldagi 116-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Kengashning faoliyati eksport imkoniyatlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish yoki ishlab chiqarishlarni xalqaro standartlarga mos yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish, eksport hajmlarini kengaytirishdan mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish boʻyicha respublikada olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekicton Respublikasining qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuzgan bitimlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Kengash oʻz faoliyatini Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan ish dasturiga muvofiq muntazam oʻtkaziladigan majlislar va maslahat uchrashuvlari shaklida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengashning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Uzoq muddatli tashqi iqtisodiy strategiyani - respublikaning Eksport imkoniyatlarini rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Respublika mintaqalarida eksport imkoniyatlarini koʻpaytirish va importning oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish boʻyicha aniq maqsadga qaratilgan vazifalarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning qisqa muddatli va uzoq muddatli maqsadlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi munosabati bilan uning xalqaro majburiyatlari asosida eksport siyosatini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Eksportni rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasini tashkil etish yoʻli bilan moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning davlat tizimini tashkil etish boʻyicha takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Eksport imkoniyatlarini va importning oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantivishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Eksportga mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish bilan bogʻliq masalalar kompleksini operativ hal etish (xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar narxlarini, transport va boj tariflarini boshqarish va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Moliya va moddiy-texnika resurslarini, shu jumladan, investitsiyalarni yuqori samarali, tez qoplanadigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, shuningdek xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni yuqori darajada ishlash va dastlabki ishlash yoʻli bilan mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bogʻliq tarmoqlarga jalb etishga oid takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.8. Turizm, aloqa, transportda tashish, qurilish-pudrat ishlari, fan, taʼlim va informatika sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini rivojlantirishni iqtisodiy ragʻbatlantirish siyosatini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.9. Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, Hukumatning eksportni kengaytirish va importning oʻrnini bosish loyihalarni, shu jumladan, xorijiy sarmoyani jalb qilgan holda, amalga oshirish boʻyicha qarorlari vazirliklar, idoralar tomonidan bajarilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.10. Eksport, mahsulot eksport qiluvchilarni zarur huquqiy va yoʻriqnoma hujjatlar bilan taʼminlashning yagona axborot tizimini, eksportga mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga amaliy yordam koʻrsatish uchun konsalting, injiniring, huquqiy va boshqa xizmatlarni tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir ishlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengashning funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Ishlab chiqilgan prinsiplar va iqtisodiyotni isloh qilish ustuvorliklari asosida eksport imkoniyatlarini va importning oʻrnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi hamda ularni amalga oshirishning eng samarali yoʻllarini taklif etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Respublikaning eksport dasturini, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarining eksportni kengaytirish va importning oʻrnini bosish maqsadli dasturlarini amalga oshirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Mahsulot ishlab chiqaruvchilarning turli guruhlarining, eng avvalo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishni talab etuvchi texnik jihatdan murakkab mahsulotlar ishlab chiqaruvchi guruhlarning iqtisodiy manfaatlari kelishilishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Eksport siyosati tarkibiy, tarmoq va mintaqaviy siyosat, innovatsiya faoliyati bilan bogʻlanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Kichik va oʻrta biznesning eksport faolligini ragʻbatlantirish masalalarini koʻrib chiqadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Boj poshlinalari stavkalarini koʻrib chiqishga doir takliflar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni taʼminlovchi innovatsiya hamkorligi sohasida xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini tanlashga doir takliflar tayyorlaydi hamda erishilgan yechimlarni amalga oshirishni nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.8. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlarning, joylardagi davlat hokimiyati organlarining ularning eksport imkoniyatlarini rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqish, eksportni kengaytirish va importning oʻrnini bosish boʻyicha investitsiya takliflari va loyihalarini koʻrib chiqish va amalga oshirish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.9. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning eksport faoliyati davlat monitoringi tizimi doirasida ularning va davlat boshqaruvi tegishli organlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning mineral-xomashyo imkoniyatlari mavjudligiga asoslangan anʼanaviy eksport hajmini koʻpaytirish imkoniyatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik muhim materiallar va xomashyo bazasida qayta ishlovchi va qazib oluvchi tarmoqlarni rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat darajasi yuqori boʻlgan eksportga yoʻnaltirilgan ilm-fanni koʻplab talab qiladigan va mashina-texnika mahsulotlarni yigʻma ishlab chiqarishni tashkil etishga doir ishlab chiqilgan takliflarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga yoʻnaltirilgan investitsiya loyihalarining oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va ekspertizadan oʻtkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga yoʻnaltirilgan va importning oʻrnini bosuvchi investitsiya loyihalari roʻyxatini tuzish va uni ehtimol tutilgan investorlar orasida tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mahsulot eksport qiluvchi korxonalarga berilgan soliq va boj ustunliklari va boshqa imtiyozlarni roʻyobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar boʻyicha hisobotlarni eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.10. Mahsulot eksport qiluvchilarni zarur qonun hujjatlari va normativ hujjatlar, yoʻriqnomalar va axborot-maʼlumotnoma materiallari (jahon bozori konyunkturasi, ehtimol tutilgan hamkorlar toʻgʻrisidagi va boshqalar) bilan taʼminlash maqsadida ularni axborot bilan taʼminlashning yagona tizimini ishlab chiqish va joriy etishga koʻmaklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.11. Eksport faoliyatini ragʻbatlantirishning xalqaro amaliyoti tajribasini oʻrganish va respublikaning amaldagi qonun hujjatlarini tahlil qilish asosida Vazirlar Mahkamasiga eksport imkoniyatlarini rivojlantirish sohasida qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.12. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning eksport faoliyati natijalari asosida har yili yilning eng yaxshi eksport qiluvchilarini aniqlaydi va “Eksportni rivojlantirishda eng salmoqli natijalarga erishganlik uchun har yillik milliy mukofotlarni berish tartibi”ga muvofiq ularni mukofotlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kengash ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Kengash tarkibiga: Kengash raisi, Kengash aʼzolari, ishchi guruhlar rahbarlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Kengash tarkibiga kengashning raisi, u boʻlmagan vaqtda uning oʻrinbosari boshchilik qiladi. Kengash raisi umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, uning faoliyatining bosh yoʻnalishini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais oʻrinbosarlari Respublika Kengashi ish rejasi va uning qarorlari bajarilishini nazorat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Kengashga lavozimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Kengash tarkibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi. Kengash tarkibidagi kadrlashni almashtirib turish Kengash raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Ishchi guruhlar Kengashning kotibiyatlari hisoblanadi, ular uning majlislarini tayyorlaydi, uning qarorlarini barcha manfaatdor vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlarga yetkazadi, qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Ishchi guruhlar rahbarlari va aʼzolariga ish rejasiga muvofiq belgilangan aniq ish biriktirib qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. Kengashning ishi uning kalendar yilga tuzilgan rejasiga muvofiq tashkil etiladi. Kengash majlislari har chorakda oʻtkaziladi. Majlis kun tartibi majlis boshlanishidan 15 kun oldin belgilanadi va uning aʼzolariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8. Kengash qarorlari, uning vakolatlari doirasida, barcha vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar, joylardagi davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Kengash qarorlari bayonnomalar shaklida qabul qilinadi.