Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2005 27.03.1997 yildagi 163-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.09.2005
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
EKSPORT IMKONIYATLARINI RIVOJLANTIRIShNI RAG‘BATLANTIRISh RESPUBLIKA KENGAShINI TUZISh TO‘G‘RISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Iqtisodiy islohot, tadbirkorlik va xorijiy investitsiyalar bo‘yicha idoralararo Kengash qarorini va Vazirlar Mahkamasining eksport imkoniyatlarini rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida 1997-yil 28-fevraldagi 116-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish respublika kengashi 1-ilovaga* muvofiq tuzilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 1-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish respublika kengashiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalq xo‘jaligi ayrim tarmoqlarini rivojlantirish va ularning tuzilmasini o‘zgartirishning kompleks dasturlari asosida Eksport imkoniyatlarini rivojlantirish davlat dasturini tayyorlash va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika mintaqalarida eksport imkoniyatlarini ko‘paytirish va importning o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan vazifalarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori samarali, tez qoplanadigan innovatsiya loyihalari bo‘yicha takliflar tayyorlash va ularni amalga oshirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar ko‘rish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot eksport qiluvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan takliflar kiritish uchun javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish respublika kengashi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika kengashi bir hafta muddatda 1997-yilgi ish rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Eksport imkoniyatlarini rivojlantirish davlat dasturi bo‘limlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruhlar tarkibi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 3-ilova berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi ishchi guruhlar rahbarlari bilan birgalikda vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining takliflarini puxta ishlab chiqsin hamda 1997-yil 1-maygacha Vazirlar Mahkamasiga O‘zbekistonning Eksport imkoniyatlarini rivojlantirish davlat dasturi loyihasini taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Belgilab qo‘yilsinki, Respublika kengashining qarorlari barcha vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining boj poshlinalari stavkalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha idoralararo komissiya tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida 1995-yil 25-iyuldagi 287-son qarori 5-bandining 13-xat boshi va ushbu qarorga 14-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin, bu komissiyaning funksiyalari Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish respublika kengashiga berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1997-yil 27-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1997-yil 27-martdagi 163-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish respublika kengashi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.1. Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish respublika kengashi (keyingi o‘rinlarda Kengash deb ataladi) Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-fevraldagi 116-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.2. Kengashning faoliyati eksport imkoniyatlarini rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish yoki ishlab chiqarishlarni xalqaro standartlarga mos yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashtirish, eksport hajmlarini kengaytirishdan mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarning iqtisodiy manfaatdorligini oshirish bo‘yicha respublikada olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.3. Kengash o‘z faoliyatida O‘zbekicton Respublikasining qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuzgan bitimlariga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1.4. Kengash o‘z faoliyatini Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan ish dasturiga muvofiq muntazam o‘tkaziladigan majlislar va maslahat uchrashuvlari shaklida amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kengashning asosiy vazifalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.1. Uzoq muddatli tashqi iqtisodiy strategiyani - respublikaning Eksport imkoniyatlarini rivojlantirish davlat dasturini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.2. Respublika mintaqalarida eksport imkoniyatlarini ko‘paytirish va importning o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilgan vazifalarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.3. Amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning qisqa muddatli va uzoq muddatli maqsadlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga kirishi munosabati bilan uning xalqaro majburiyatlari asosida eksport siyosatini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.4. Eksportni rivojlantirish maqsadli jamg‘armasini tashkil etish yo‘li bilan moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning davlat tizimini tashkil etish bo‘yicha takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.5. Eksport imkoniyatlarini va importning o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantivishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.6. Eksportga mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq masalalar kompleksini operativ hal etish (xomashyo va yarim tayyor mahsulotlar narxlarini, transport va boj tariflarini boshqarish va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.7. Moliya va moddiy-texnika resurslarini, shu jumladan, investitsiyalarni yuqori samarali, tez qoplanadigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, shuningdek xomashyo va yarim tayyor mahsulotlarni yuqori darajada ishlash va dastlabki ishlash yo‘li bilan mahsulotlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq tarmoqlarga jalb etishga oid takliflar kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.8. Turizm, aloqa, transportda tashish, qurilish-pudrat ishlari, fan, ta’lim va informatika sohasida tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini rivojlantirishni iqtisodiy rag‘batlantirish siyosatini ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.9. Davlat boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish, Hukumatning eksportni kengaytirish va importning o‘rnini bosish loyihalarni, shu jumladan, xorijiy sarmoyani jalb qilgan holda, amalga oshirish bo‘yicha qarorlari vazirliklar, idoralar tomonidan bajarilishini nazorat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2.10. Eksport, mahsulot eksport qiluvchilarni zarur huquqiy va yo‘riqnoma hujjatlar bilan ta’minlashning yagona axborot tizimini, eksportga mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarga amaliy yordam ko‘rsatish uchun konsalting, injiniring, huquqiy va boshqa xizmatlarni tashkil etish masalalarini tartibga soluvchi qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishga doir ishlarni tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kengashning funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.1. Ishlab chiqilgan prinsiplar va iqtisodiyotni isloh qilish ustuvorliklari asosida eksport imkoniyatlarini va importning o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishlarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi hamda ularni amalga oshirishning eng samarali yo‘llarini taklif etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.2. Respublikaning eksport dasturini, iqtisodiyot ustuvor tarmoqlarining eksportni kengaytirish va importning o‘rnini bosish maqsadli dasturlarini amalga oshirishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.3. Mahsulot ishlab chiqaruvchilarning turli guruhlarining, eng avvalo kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishni talab etuvchi texnik jihatdan murakkab mahsulotlar ishlab chiqaruvchi guruhlarning iqtisodiy manfaatlari kelishilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.4. Eksport siyosati tarkibiy, tarmoq va mintaqaviy siyosat, innovatsiya faoliyati bilan bog‘lanishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.5. Kichik biznesning eksport faolligini rag‘batlantirish masalalarini ko‘rib chiqadi.
(3.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda; )
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.6. Boj poshlinalari stavkalarini ko‘rib chiqishga doir takliflar tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.7. Eksport imkoniyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi innovatsiya hamkorligi sohasida xalqaro moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini tanlashga doir takliflar tayyorlaydi hamda erishilgan yechimlarni amalga oshirishni nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.8. Vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlarning, joylardagi davlat hokimiyati organlarining ularning eksport imkoniyatlarini rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqish, eksportni kengaytirish va importning o‘rnini bosish bo‘yicha investitsiya takliflari va loyihalarini ko‘rib chiqish va amalga oshirish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.9. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eksport faoliyati davlat monitoringi tizimi doirasida ularning va davlat boshqaruvi tegishli organlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning mineral-xomashyo imkoniyatlari mavjudligiga asoslangan an’anaviy eksport hajmini ko‘paytirish imkoniyatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
strategik muhim materiallar va xomashyo bazasida qayta ishlovchi va qazib oluvchi tarmoqlarni rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qo‘shilgan qiymat darajasi yuqori bo‘lgan eksportga yo‘naltirilgan ilm-fanni ko‘plab talab qiladigan va mashina-texnika mahsulotlarni yig‘ma ishlab chiqarishni tashkil etishga doir ishlab chiqilgan takliflarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va ekspertizadan o‘tkazilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksportga yo‘naltirilgan va importning o‘rnini bosuvchi investitsiya loyihalari ro‘yxatini tuzish va uni ehtimol tutilgan investorlar orasida tarqatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq mahsulot eksport qiluvchi korxonalarga berilgan soliq va boj ustunliklari va boshqa imtiyozlarni ro‘yobga chiqarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar bo‘yicha hisobotlarni eshitadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.10. Mahsulot eksport qiluvchilarni zarur qonun hujjatlari va normativ hujjatlar, yo‘riqnomalar va axborot-ma’lumotnoma materiallari (jahon bozori konyunkturasi, ehtimol tutilgan hamkorlar to‘g‘risidagi va boshqalar) bilan ta’minlash maqsadida ularni axborot bilan ta’minlashning yagona tizimini ishlab chiqish va joriy etishga ko‘maklashadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.11. Eksport faoliyatini rag‘batlantirishning xalqaro amaliyoti tajribasini o‘rganish va respublikaning amaldagi qonun hujjatlarini tahlil qilish asosida Vazirlar Mahkamasiga eksport imkoniyatlarini rivojlantirish sohasida qonun hujjatlari va normativ-huquqiy hujjatlarni yanada takomillashtirish to‘g‘risida takliflar kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3.12. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eksport faoliyati natijalari asosida har yili yilning eng yaxshi eksport qiluvchilarini aniqlaydi va “Eksportni rivojlantirishda eng salmoqli natijalarga erishganlik uchun har yillik milliy mukofotlarni berish tartibi”ga muvofiq ularni mukofotlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Kengash ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.1. Kengash tarkibiga: Kengash raisi, Kengash a’zolari, ishchi guruhlar rahbarlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.2. Kengash tarkibiga kengashning raisi, u bo‘lmagan vaqtda uning o‘rinbosari boshchilik qiladi. Kengash raisi umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, uning faoliyatining bosh yo‘nalishini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rais o‘rinbosarlari Respublika Kengashi ish rejasi va uning qarorlari bajarilishini nazorat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.3. Kengashga lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri boshchilik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.4. Kengash tarkibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi. Kengash tarkibidagi kadrlashni almashtirib turish Kengash raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.5. Ishchi guruhlar Kengashning kotibiyatlari hisoblanadi, ular uning majlislarini tayyorlaydi, uning qarorlarini barcha manfaatdor vazirliklar va idoralar, korxonalar va tashkilotlarga yetkazadi, qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.6. Ishchi guruhlar rahbarlari va a’zolariga ish rejasiga muvofiq belgilangan aniq ish biriktirib qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.7. Kengashning ishi uning kalendar yilga tuzilgan rejasiga muvofiq tashkil etiladi. Kengash majlislari har chorakda o‘tkaziladi. Majlis kun tartibi majlis boshlanishidan 15 kun oldin belgilanadi va uning a’zolariga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4.8. Kengash qarorlari, uning vakolatlari doirasida, barcha vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar, tashkilotlar, joylardagi davlat hokimiyati mahalliy organlari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi. Kengash qarorlari bayonnomalar shaklida qabul qilinadi.