02.12.2020 yildagi 763-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazishda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda mazkur sohada qonun buzilish holatlarining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT., 2017-y., 2-son, 5-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu qaror eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 2-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
763-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-dekabrdagi 763-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va hisobga qoʻyish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2016-yil 28-oktabrdagi PQ-2646-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qarorga 1-ilovada (Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha davlat bojlari toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan maʼlumotlar berish uchun tegishlicha ushbu Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan stavkalar boʻyicha yigʻimlar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta roʻyxatdan oʻtkazish ushbu Nizomga 3-ilovada nazarda tutilgan muddatlarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojlari va yigʻimlar elektron toʻlov tizimlari orqali toʻlanganda, ariza beruvchidan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlar hamkorlik reglamentida belgilangan tartibda mutanosib ravishda taqsimlanadigan toʻlov summasining bir foizi miqdorida vositachilik haqi ushlab qolinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 14-bandning birinchi xatboshidagi “ushbu Nizomga 2-ilovaga” soʻzlari ““Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 19-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Banklar Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha moliyaviy choralar ishlab chiquvchi guruhning (FATF) talablaridan kelib chiqib, ariza beruvchilarni masofadan turib identifikatsiya qilish uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlar mavjud boʻlganda,muassislari Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish jarayonida ularga milliy va chet el valyutasidagi bank hisobvaraqlarini masofadan turib ochishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank hisobvaragʻi Tizimda joylashtirilgan bank hisobvaragʻi shartnoma ofertasini akseptlash yoʻli bilan ochiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda mazkur tadbirkorlik subyektlari tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda va shaklda imzolar namunalari qoʻyilgan ikki dona varaqcha hamda ular nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega boʻlgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki uni oʻrnini bosadigan hujjat) toʻlovlar amalga oshirilishidan oldin bankka istalgan vaqtda taqdim etilishi mumkin. Shaxsni tasdiqlovchi hujjatdan nusxa olinib, asli qaytarib beriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 20-banddagi “Kichik tadbirkorlik” soʻzlari “Tadbirkorlik” soʻzi bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 21-bandning toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs ishtirokchilari tomonidan qoʻshimcha hissalar va uchinchi shaxslar tomonidan toʻla miqdordagi hissalar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (pul mablagʻlari oʻtkazilganligi toʻgʻrisida bankning maʼlumotnomasi, Oʻzbekiston Respublikasi hududiga mol-mulk olib kirganligini tasdiqlovchi bojxona hujjati, mol-mulkning oldi-berdi dalolatnomasi, kiritilayotgan mol-mulkka egalik huquqini tasdiqlovchi hujjat va boshqalar) — ustav fondi miqdori oshirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat (shartnoma, xat, huquqiy vorislik, meros, sud qarori va shu kabilar) — ulush (hissa) boshqa shaxsga oʻtganda. Bunda ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, muassislarning soʻrovnomada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga Tizim tomonidan yuborilgan xabarnoma va ularning muassisligini Yagona identifikatsiyalash tizimi orqali identifikatsiyalashni tasdiqlash yoʻli bilan har bir muassisning roziligi mavjud boʻlishi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) 30-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“30. Ariza beruvchilar davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun tegishli roʻyxatdan oʻtkazuvchi organga oʻzlari kelib murojaat qilish huquqiga ega”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) 31-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Davlat roʻyxatidan oʻtkazish, qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun “Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan stavka boʻyicha davlat boji toʻlanadi. Bunda davlat boji Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisobvaragʻiga toʻlanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshidagi “5-bobida” soʻzlari “29-bandida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi xatboshiga “ustav fondi miqdori oshirilgan” soʻzlaridan keyin “(kamaytirilganda)” soʻzi qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“yuridik shaxsning manzilini oʻzgartirish bilan bogʻliq qayta roʻyxatdan oʻtkazishda yuridik shaxsning bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan ortiq soliq qarzi mavjudligi yoki amalga oshirilgan tovar aylanma yoxud tovarlar importi boʻyicha realizatsiya hajmining soliq hisobotlarida toʻliq aks ettirilmaganligi, shuningdek, soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulushning (hissaning) boshqa shaxsga oʻtishi bilan bogʻliq oʻzgartirish va qoʻshimchalarni qayta roʻyxatdan oʻtkazishda, muassisning muassislar roʻyxati oʻzgarishiga roziligi mavjud emasligi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) 41-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonani davlat roʻyxatidan oʻtkazishni, qayta roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun ushbu Nizomning 40-bandida koʻrsatilgan asoslarga qoʻshimcha ravishda taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan xorijiy investitsiyalar ulushi miqdorining xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun qonun hujjatlarida belgilangan ulushi miqdoriga nomuvofiqligi asos boʻladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) Nizomga 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan maʼlumotlar berilganligi uchun undiriladigan yigʻimlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
STAVKALARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Amalga oshiriladigan harakatlar

Yigʻimlar miqdorlari

oʻzi kelib

Internet jahon axborot tarmogʻi orqali

I. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yangi namunadagi guvohnomani berish*

1.

Davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida yangi namunadagi guvohnomani berish

Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida

Bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdorida

II. Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan maʼlumotlarni berish, maxfiy axborot bundan mustasno

2.

Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyektining oʻzi toʻgʻrisida koʻchirma

Bepul

Bepul

3.

Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan koʻchirma, maxfiy axborot bundan mustasno

Bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdorida

Bazaviy hisoblash miqdorining 0,25 baravari miqdorida

4.

Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbir�orlik subyektining oʻziga nisbatan bitta hujjatni berish

Bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida

Bazaviy hisoblash miqdorining 2,5 foizi miqdorida

5.

Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan soʻralayotgan axborot va (yoki) hujjat mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish

Bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari miqdorida

Bazaviy hisoblash miqdorining 0,25 baravari miqdorida

6.

Tadbirkorlik subyektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik subyektlari roʻyxatini elektron shaklda berish, olish imkoniyati qonun hujjatlari bilan cheklangan maʼlumotlar bundan mustasno

Bir qatori — bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 foizi miqdorida, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 10,0 baravaridan oshmagan miqdorda

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* 2017-yil 1-aprelga qadar roʻyxatdan oʻtkazilgan tadbirkorlik subyektlari uchun bir vaqtning oʻzida”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) Nizomga 4-ilovaning 6-izohi matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 28-martdagi PF-3588-son Farmoni” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmoni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) Nizomga 5-ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 1-19-3 pozitsiya qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1-19-3.

Jinsi:

ayol

erkak

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 1-20-1 va 1-20-2-pozitsiyalar qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1-20-1.

Ixtiyoriy asosda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi sifatida roʻyxatga olish (faqat yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslar uchun):

ha

yoʻq

1-20-2.

yangi tashkil etilayotgan yuridik shaxslar uchun elektron raqamli imzo olish:

ha

yoʻq

;

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi III1 boʻlim qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“III1. Mijozning benefitsiar mulkdori toʻgʻrisida soʻrovnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
benefitsiar mulkdor — taʼsis etilayotgan yuridik shaxs mol-mulkining haqiqiy egasi yoki ariza beruvchini haqiqatda nazorat qiluvchi yoxud manfaati koʻzlangan holda pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya amalga oshirilayotgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori mansabdor shaxs — xorijiy davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, maʼmuriy yoki sud organida yoxud xalqaro tashkilotda doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, tashkiliy-boshqaruv vazifalarini bajaradigan va yuridik ahamiyatga ega boʻlgan harakatlarni sodir etishga vakolat berilgan shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Mijozning nomi

Mijozning STIR

Mijozning benefitsiar mulkdori toʻgʻrisida

Familiyasi, ismi va otasining ismi

Tugʻilgan sanasi*

Fuqaroligi*

Yashash joyi*

Shaxsini tasdiqlovchi hujjat toʻgʻrisida maʼlumotlar*

Nomi

Hujjat seriyasi va raqami

Berilgan sanasi

STIR*

Aloqa uchun telefon raqamlari*

Elektron pochta manzili*

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* agar shunday maʼlumotga ega boʻlsangiz
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Yuqori mansabdor shaxs hisoblanasizmi?

Ha

Yoʻq

Yaqin qarindoshlaringiz orasida yuqori mansabdor shaxs hisoblanadiganlar bormi?

Ha

Yoʻq

Sizga yaqin shaxslar yoki doʻstlaringiz orasida yuqori mansabdor shaxs hisoblanadiganlar bormi?

Ha

Yoʻq

Yuqorida qayd etilgan benefsiar mulkdor yuqori mansabdor shaxs hisoblanadimi?

Ha

Yoʻq

Agar yuqorida keltirilgan savollarning biriga HA deb javob bergan boʻlsangiz, ushbu javobga qisqacha oydinlik kiriting:____________________________________

Siz tomondan bank operatsiyalarini uchinchi shaxs manfaatlari uchun amalga oshiriladimi?

Ha

Yoʻq

Agar oldingi savolga HA deb javob bergan boʻlsangiz, nomingizga rasmiylashtirilgan ishonchnoma bormi?

Ha

Yoʻq

Agar oldingi savolga YOʻQ deb javob bergan boʻlsangiz, ushbu javobga qisqacha oydinlik kiriting: ______________________________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovnomada keltirilgan barcha maʼlumotlar toʻgʻri va haqqoniydir, agar benefitsiar mulkdor oʻzgarganda, maʼlumot taqdim etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi VII1 boʻlim qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“VII1. Xodimlarni jamgʻarib boriladigan pensiya tizimida hisobga qoʻyish (Ixtiyoriy asosda toʻldiriladi. Har bir xodim uchun alohida toʻldirilishi lozim):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1. Familiyasi:
























;

2. Ismi:

3. Otasining ismi:

4. Jinsi:

5. Tugʻilgan sanasi:

Kun

oy

yil

6. Tugʻilgan joyi:
6.1. Viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri):

6.2. Tuman (shahar):

6.3. Aholi punkti:

7. Soʻrovnoma toʻldirilgan sanada yashash (doimiy yashash joyi) joyi:

7.1. Viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri)

7.2. Tuman (shahar)

7.3. Aholi punkti:

7.4. Koʻcha:

7.5. Uy raqami:

7.6. Xonadon raqami:

8. Pasport maʼlumotlari:

8.1. Seriyasi:

8.2. Raqam

8.3. Berilgan vaqti:

kun

oy

yil

8.4. Berilgan joyi:

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
n) Nizomga 6 va 6a-ilovalardagi “Faoliyatni amalga oshirish joyining manzili” soʻzlaridan keyin “(viloyat tuman/shahar)” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o) Nizomga 8-ilovaning 5-izohi matnidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 28-martdagi PF-3588-son Farmoni” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 17-noyabrdagi PF-5242-son Farmoni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
p) Nizomga 11-ilovaning “Ustav fondining eng kam miqdori” ustunida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1 — 3 va 9-pozitsiyalar matni chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-pozitsiyadagi “600” raqami “400” raqami bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qarorga 2-ilovada (Tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 5-bandning “a” kichik bandida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn yettinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn sakkizinchi — yigirma uchinchi xatboshilar tegishlicha oʻn yettinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“koʻchar mulklarda lizing majburiyatlari, taqiq yoki boshqa cheklovlar, majburiyatlar roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 13-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qarorga 3-ilovada (Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi reglamentida):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagi mazmundagi 151-band qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“151. Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organlar har chorakda oʻzi kelgan holda yoki Internet jahon axborot tarmogʻi orqali Tizim vositasida kelib tushgan murojaatlarning, shu jumladan respublika miqyosida roʻyxatdan oʻtkazilgan masʼuliyati cheklangan jamiyat va aksiyadorlik jamiyatlarining hududlar kesimidagi sonini Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida eʼlon qilib boradi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 19-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 40-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Reglamentga ilovada:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34 va 35-pozitsiyalar chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-pozitsiya tegishli ravishda 34-pozitsiya deb hisoblansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi 341-pozitsiya qoʻshilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

341.

Koʻchar mulklarda lizing majburiyatlari, taqiq yoki boshqa cheklovlar mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (notarial sirni tashkil etuvchi maʼlumotlar bundan mustasno)

Notarial idoralar,

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, “Garov reyestri” DUK,

“Davtexnazorat” inspeksiyasi

Maʼlumot tayyorlangandan soʻng, lekin u ariza beruvchiga berilishidan kechiktirmasdan





.

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2020-y., 09/20/763/1585-son)