Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
DAVLAT HOKIMIYATI VAKILLIK ORGANLARINING HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING NAVBATDAGI SAYLOVI MUDDATLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
2002-yilning 27-yanvarida oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Referendumining qarorlariga va 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 3-moddasiga muvofiq navbatdagi saylovlarni oʻtkazishning quyidagi muddatlari belgilansin:
1. Davlat hokimiyati vakillik organlariga 2004-yil dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi — 2007-yil dekabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 5-aprel,
357-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y.,4-5-son, 67-modda)