30.11.2020 yildagi 754-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada ayrim davlat teatrlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va sanʼat sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va taʼsirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 26-maydagi PF-6000-son Farmoni ijrosini taʼminlash, shuningdek respublika hududlarida teatr sanʼatining boy anʼanalarini yanada yuksaltirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Navoiy, Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy va Toshkent viloyatlarida — qoʻgʻirchoq teatrlari va musiqali drama teatrlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Namangan va Sirdaryo viloyatlarida — qoʻgʻirchoq teatrlari (keyingi oʻrinlarda — davlat teatrlari) faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari davlat muassasasi hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlarini boshqarish va moliyalashtirish Vazirlar Mahkamasining “Davlat teatrlari va konsert-tomosha muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 18-apreldagi 329-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi davlat teatrlari binolarini qurish va jihozlash boʻyicha buyurtmachi tashkilot hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Navoiy, Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda teatr sohasidagi malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda, ilgʻor xorijiy tajriba va texnik yechimlar hamda zamonaviy shaharsozlik tamoyillaridan kelib chiqib, davlat teatrlari binolarining konsepsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda davlat teatrlari binolarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun talab etiladigan mablagʻlarni 2021-yilga moʻljallangan Investitsiya dasturining Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi uchun ajratilgan limitlar doirasida markazlashtirilgan kapital qoʻyilma mablagʻlarini qayta taqsimlash hisobidan yoʻnaltirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Qashqadaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlari davlat teatrlari binolarini qurish va zamonaviy uskunalar bilan jihozlashni 2021 — 2023-yillarga moʻljallangan Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga kiritish yuzasidan tegishli takliflarni ishlab chiqib, belgilangan tartibda taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat teatrlarining faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni ushbu teatrlar binolarini qurish ishlari yakunlanib, belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi davlat teatrlarining binolari belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgandan soʻng bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ularning ustavi ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
malakali kadrlar bilan taʼminlanishini hamda samarali faoliyat yuritishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat teatrlarining budjetdan tashqari mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika va xorijiy teatrlarning malakali mutaxassislarini jalb qilgan holda davlat teatrlari ijodkorlariga rejissura va aktyorlik mahorati hamda sahna harakati va sahna nutqi boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlarida tajribali aktyorlarni jalb qilgan holda iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularda artistik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan toʻgaraklarni tashkil etishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat teatrlarining har biriga 1 tadan shaxsiy xizmat yengil avtotransport vositalarini va 1 tadan maxsus transport (avtobus)ni saqlash uchun limit ajratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Navoiy, Toshkent, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlariga yangi binolar qurish uchun belgilangan tartibda shahar markazidan tomoshabinlar tashrif buyurishiga har tomonlama qulay, transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi mavjud boʻsh turgan yer maydonlari ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgandan soʻng ularga 1 tadan shaxsiy xizmat yengil avtotransport vositasi, 1 tadan avtobus xarid qilish uchun mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻ ajratilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlari faoliyati samaradorligini oshirish, ularning ijodiy faoliyatini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida “doʻstlar klublari”ni tashkil etish va homiy tashkilotlar bilan teatrlar hamkorligi yoʻlga qoʻyilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har chorak yakuni boʻyicha “doʻstlar klublari”ni tashkil etish va ularning faoliyati doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligiga axborot kiritib borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda yangi tashkil etiladigan davlat teatrlarida quyidagilarni nazarda tutuvchi zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini teatrlarning budjetdan tashqari mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan joriy etsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-yanvardagi “Bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimini yaratish va joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 18-son qarori bilan belgilangan tartib asosida Bilet operatsiyalarining yagona elektron tizimiga ulanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat teatrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining yagona elektron axborot tizimiga ulangan videokuzatuv kameralari va avtomatik tizimlar (turniketlar) bilan jihozlash hamda kelgusida “Xavfsiz shahar” apparat-dasturiy kompleksiga integratsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashrif buyuruvchilar uchun belgilangan tartibda Wi-Fi xizmatini joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida “Qoʻgʻirchoq yasash texnologiyasi” ixtisosligi boʻyicha taʼlim yoʻnalishini ochish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻgʻirchoq teatri rejissorligi, aktyorligi va dramaturgiya yoʻnalishi boʻyicha maxsus sirtqi boʻlimlarni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Qoʻgʻirchoq teatri rassomi” ixtisosligi boʻyicha taʼlim yoʻnalishini ochish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 30-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
754-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2020-y., 09/20/754/1573-son)