26.11.2020 yildagi PQ-4901-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urugʻchiligini yoʻlga qoʻyishni rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar koʻlamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika hududlarida dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlashga doir ilmiy tadqiqotlarning yagona bazasini yaratish, xorijiy davlatlarning ilgʻor ilmiy ishlanmalarini oʻrganib borish, yetakchi ilmiy muassasalar bilan hamkorlik oʻrnatish hamda zamonaviy texnologiyalar, ilmiy ishlanmalarni respublikaga joriy etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni kuchaytirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Fanlar akademiyasining “Shifobaxsh” dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi negizida Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz)ni tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Markazning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor oʻsimliklarni ilmiy asosda yetishtirish va qayta ishlash, ulardan oqilona foydalanishning yagona strategiyasini shakllantirish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika hududidagi yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor oʻsimliklar areallarini oʻrganish va zaxiralarini aniqlash, mavjud bioresurslar genofondini saqlash, onalik plantatsiyalarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
urugʻlik materiallarini yetishtirish va tayyorlash, koʻpaytirish, kolleksion koʻchatxonalar tashkil etish hamda ularning xom ashyolarini qayta ishlash bilan bogʻliq ilmiy va amaliy tadqiqotlarni olib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor oʻsimliklarni muayyan tuproq-iqlim sharoitini hisobga olgan holda madaniy holda yetishtirishni yoʻlga qoʻyish boʻyicha aniq ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuproq-iqlim sharoitlarini hisobga olib, madaniy holda yetishtiriladigan dorivor oʻsimliklarning agrotexnologik xaritalarini Qishloq xoʻjaligi vazirligi va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi buyurtmasiga koʻra ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor oʻsimliklar kimyoviy tarkibini oʻrganish, mahsulotini standartlash va sertifikatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor oʻsimliklarga boʻlgan ichki va tashqi bozorlar talabini oʻrganish boʻyicha marketing tadqiqotlarini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor oʻsimliklar yetishtiruvchi va qayta ishlovchi fermer xoʻjaliklari, tashkilotlar va boshqa subyektlar rahbarlari va mutaxassislarining malakasini oshirib borishga yoʻnaltirilgan dasturlarni tayyorlash va oʻqitish tizimini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi Markazning oʻrmon fondi yerlarida namunaviy plantatsiyalar, laboratoriyalar barpo etish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish maqsadida xususiy sektorni jalb etgan holda dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va ilmiy-ishlab chiqarish klasterlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin. Bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor oʻsimliklarni yetishtirish, ilmiy-ishlab chiqarish klasterlari faoliyati bank kreditlari, tashabbuskorlar mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor oʻsimliklarni klaster va kooperatsiya usulida yetishtirish boʻyicha xalqaro moliya institutlarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan aniq loyihalar Markaz tomonidan tijorat banklariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazga tashqi va ichki bozor talablari hamda marketing natijalaridan kelib chiqib, har yili 1-iyunga qadar dorivor oʻsimliklar ekinlarini joylashtirish boʻyicha Qishloq xoʻjaligi vazirligiga va Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasiga takliflar kiritish huquqi beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor oʻsimliklarni toʻplash (gʻamlash), ularni olib kirish va tashqariga olib chiqishga ruxsatnomalar berganlik, arizalarni koʻrib chiqqanlik uchun undirilib, mahalliy budjetga yoʻnaltiriladigan toʻlovlarning 20 foizi Markaz tomonidan tabiiy holda oʻsuvchi, shu jumladan, yoʻqolib borayotgan dorivor oʻsimliklarni saqlash, xatlovdan oʻtkazish, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, onalik koʻchatzorlarini tashkil etish, dorivor oʻsimliklarni yetishtirishga doir texnologik xaritalar ishlab chiqish xarajatlarini qoplash uchun yoʻnaltiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz amalga oshirilgan chora-tadbirlar, erishilgan yutuqlar, amaliyotdagi muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflarni har chorakda taalluqliligiga qarab Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markaziga 1-ilovaga muvofiq roʻyxatdagi muassasalar uslubiy va amaliy yordam berish uchun biriktirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda, har bir muassasa tabiiy holda oʻsuvchi, shu jumladan, yoʻqolib borayotgan dorivor oʻsimliklarni saqlash, xatlovdan oʻtkazish, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, onalik maydonlari va koʻchatzorlarini tashkil etish, dorivor oʻsimliklarni yetishtirishga doir texnologik xaritalar ishlab chiqish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar va ishlanmalar ishlab chiqish uchun mutaxassislarni biriktiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Markaz Fanlar akademiyasi (B.S. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraxmanov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan dorivor oʻsimliklarga doir ilmiy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar boʻyicha maʼlumotlar bazasini shakllantirsin, shuningdek, ularning tizimli ravishda yangilab borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyotda va xalq tabobatida faol qoʻllaniladigan dorivor oʻsimliklar kolleksiyasi uchastkasi va genbankini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz huzurida dorivor oʻsimliklar xom ashyosi va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasini tashkil etsin. Bunda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Markazning aniq hisob-kitoblariga asosan Jahon bankining “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jalb etilgan kredit mablagʻlaridan mazkur laboratoriyani tashkil etishga yoʻnaltirish choralarini koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N.J. Bakirov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor oʻsimliklar sohasi boʻyicha rivojlangan davlatlarga mutaxassislarni oʻqitish uchun xorijiy stajirovkalar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va ulardan dori vositalarini ishlab chiqarishni tashkil etishga oid ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish uchun xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fanlar akademiyasi (B.S. Yuldashev) bilan birgalikda dorivor va ziravor oʻsimliklarni yetishtirish, qayta ishlash masalalariga bagʻishlangan xalqaro va respublika boʻyicha konferensiya hamda simpoziumlarning doimiy ravishda oʻtkazib borilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi (D.N. Sattarov) bilan birgalikda Markaz huzurida dorivor oʻsimliklar xom ashyosi va ulardan olinadigan mahsulotlarni sertifikatlash va standartlashtirish laboratoriyasini tashkil etish, uni belgilangan tartibda jahon standartlariga javob beradigan akkreditatsiyadan oʻtkazish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda har yili 1-dekabrga qadar kelgusi yilda dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha hududiy dasturlarni ishlab chiqib, tasdiqlanishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Quyidagilarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Innovatsion rivojlanish vazirligining Nukus, Xoʻjayli, Qorakoʻl, Baxmal, Zomin, Kitob, Uzun, Boysun, Burchmulla, Ohangaron davlat oʻrmon xoʻjaliklarini dorivor oʻsimliklarni yetishtirishga, Quyi Chirchiq ixtisoslashgan davlat oʻrmon xoʻjaligini dorivor oʻsimliklar urugʻ va koʻchatlarini tayyorlashga ixtisoslashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Jizzax, Buxoro va Samarqand viloyatlari hokimliklarining tegishincha Gʻallaorol, Kogon hamda Urgut ixtisoslashgan davlat oʻrmon xoʻjaliklarini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi huzuridagi “Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy ishlab chiqarish markazi” davlat muassasasi tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazning budjetdan moliyalashtiriladigan 28 nafar boshqaruv xodimlarining shtat birliklari Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi tizimidagi mavjud shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga shakllantiriladi. Bunda Moliya vazirligi 2021-yildan boshlab Markaz taʼminoti xarajatlarini moliyalashtirishni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida koʻzda tutsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaz Davlat budjeti, Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, xizmat koʻrsatish va oʻzi yetishtirgan dorivor oʻsimliklarni sotishdan tushadigan va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markazda respublikada ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi xodimlarning lavozim maoshiga qoʻshimcha haq toʻlash tizimi joriy etiladi. Bunda qoʻshimcha haq belgilanishi bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirish Oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (I.Oʻ. Madjidov) Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N.J. Bakirov), Qishloq xoʻjaligi vazirligi (J.A. Xodjayev) bilan birgalikda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublika oliy taʼlim muassasalari biologiya yoʻnalishlarining 3 va 4-kurslari tahsil olayotgan iqtidorli talabalar tarkibidan alohida guruhlarda chuqurlashtirilgan oʻqitish amaliyotini yoʻlga qoʻysin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kadrlarga boʻlgan ehtiyojdan kelib chiqib, barcha qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan kollej va texnikumlarda mutaxassisliklar klassifikatsiyasini inobatga olgan holda “Dorivor oʻsimliklar yetishtirish agrotexnologiyasi” yoʻnalishi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻysin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N.J. Bakirov) ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi huzuridagi Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazining ilmiy salohiyatini oshirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Markaz Toshkent viloyati Toshkent tumani Darxon qoʻrgʻoni Chimkent yoʻli koʻchasi 2-uyda joylashgan Ijtimoiy-iqtisodiy kasb-hunar kollejining foydalanilmasdan turgan binosiga joylashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi (N.J. Bakirov) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga masʼul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. Ganiyev belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021-yil 1-iyun va 2021-yil 15-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 26-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4901-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-noyabrdagi PQ-4901-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markaziga uslubiy va amaliy yordam berish uchun biriktirilayotgan muassasalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

t/r

Muassasa nomi

Amalga oshiriladigan vazifalar

1.

Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot instituti

Mahalliy va xorijdan keltirilgan dorivor daraxt va buta oʻsimliklarini respublikaning turli viloyatlarida iqlimlashtirishda, oʻsishi va rivojlanishida hamda koʻpaytirish, ularni hududlarning tuproq-iqlim sharoitida agrotexnikasini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish.

2.

Fanlar akademiyasi huzuridagi botanika instituti

Respublikaning hududlarida tabiiy holda oʻsuvchi dorivor va oziq-ovqatbop, texnik oʻsimliklarning zaxiralaridan oqilona foydalanishda, ularning areallarini va tabiiy zaxiralarini oʻrganishda, oʻsimlik dunyosi obyektlari biologiyasi va anatomiyasini oʻrganishda, yovvoyi holda oʻsuvchi dorivor oʻsimliklar nav-namunalarini yigʻish va ulardan dorivor moddalari eng koʻp toʻplanadigan navlarini koʻpaytirish, ishlab chiqarishga joriy etishda uslubiy va amaliy yordam koʻrsatish.

3.

Fanlar Akademiyasi huzuridagi Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti

Yetishtirilayotgan dorivor oʻsimliklarning sifat koʻrsatkichlari va biologik faol moddalari miqdorlari boʻyicha amaldagi meʼyoriy texnik hujjatlar (farmakopeya maqola) talablariga mos kelishini tekshirishda, yovvoyi holda yigʻishtirilgan dorivor oʻsimliklar chinligini farmologo-anatomik tadqiqotlar asosida aniqlashda, dorivor oʻsimliklar tarkibini oʻrganishda, alkoloid, glikozid, kvarsetin, vitamin, antioksidant va boshqa moddalar koʻp yigʻiladigan navlarni ajratishda, nav va namunalarni dorivorlik moddalari boʻyicha baholashda yordam berish.

Bir turdagi dorivor oʻsimliklarning turli tuproq-iqlim sharoitida yetishtirilgan oʻsimlik xom ashyolarini tovarshunoslik tahlil qilishda va fitokimyoviy taqqoslashda hamda ularning sifatiga baho berishda, Oʻzbekiston sharoitida introduksiya qilingan dorivor oʻsimliklar xom ashyosining xalqaro standartlar talabiga mos kelishini oʻrganishda, ularga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilgan holda milliy standartlarni joriy etishda koʻmak berish.

Yetishtirilayotgan dorivor oʻsimliklarning seleksion navlarini biologik faol moddalarining sifat va miqdor koʻrsatkichlari boʻyicha qiyosiy taqqoslashda va istiqbolli navlarini saralashda yordam koʻrsatish.

4.

Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy tadqiqot instituti

Tayyorlangan dorivor oʻsimliklar xom ashyosining turlari boʻyicha alohida tahlil oʻtkazib, analitik pasportlar taqdim etish hamda amaliy yordam koʻrsatish.

5.

Toshkent davlat agrar universiteti

Dorivor oʻsimliklar sohasida bakalavrlar, magistrlar, ilmiy xodimlar tayyorlash, ilmiy tadqiqotlar olib borish boʻyicha mutaxassislarni Markazga biriktirish.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-noyabrdagi PQ-4901-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy ishlab chiqarish markazi” davlat muassasasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Ilmiy kengash

Bosh direktor

Bosh direktorning ilmiy va innovatsiyalar boʻyicha oʻrinbosari

Bosh direktorning ishlab chiqarish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

Ilmiy kotib

Dorivor oʻsimliklar introduksiyasi va agrotexnikasi laboratoriyasi

3

Dorivor oʻsimliklar fitokimyosi va standartizatsiyasi laboratoriyasi

3

Dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va tayyorlash boʻlimi

2

Buxgalteriya hisobi va rejalashtirish boʻlimi

2

Dorivor oʻsimliklar kadastri va monitoringini yuritish boʻlimi

2

Bosh yuriskonsult

Dorivor oʻsimliklar seleksiyasi va urugʻchiligi laboratoriyasi

3

Dorivor oʻsimliklar xom ashyosini qayta ishlash texnologiyasi laboratoriyasi

3

Kadrlar boʻyicha mutaxassis

Marketing boʻlimi

2

Xalqaro aloqalar va axborot-tahlil boʻlimi

2

Ixtisoslashgan davlat oʻrmon xoʻjaliklari

13

Hamkorlikda tashkil etilgan korxonalar

2

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 28 nafar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Texnik va yordamchi xodimlar soni amaldagi meʼyoriy hujjatlar asosida shakllantiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.11.2020-y., 07/20/4901/1565-son)