04.04.2002 yildagi 350-II-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 21.04.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining KONSTITUTSIYAVIY qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REFERENDUM YAKUNLARI HAMDA DAVLAT HOKIMIYATI TAShKIL ETILIShINING ASOSIY PRINSIPLARI TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Qonunning asosiy vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq holda 2002-yil 27-yanvar kuni oʻtkazilgan hamda ikki palatali parlament tuzish va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi ikki muhim masala boʻyicha qaror qabul qilgan, shuningdek, demokratik va bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish yoʻlini tasdiqlagan umumxalq ovoz berishi natijalaridan kelib chiqadigan asosiy yangi qoidalarni va amaldagi qonunchilikka kiritiladigan oʻzgartishlarni belgilaydi.
(1-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining moddalariga, shuningdek, amaldagi qonunchilikka tegishli oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish uchun asos hisoblanadi.
(1-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir qonunchilikni takomillashtirishning asosiy prinsiplari
(2-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy, ochiq demokratik davlat barpo etishni hamda fuqarolik jamiyatini shakllantirishni bosh maqsad qilib belgilagan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, shuningdek referendumda bildirilgan xalq irodasiga asoslangan holda qonunchilikni takomillashtirishga doir ishlarning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
(2-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun ustuvorligini, hokimiyat qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud tarmoqlari oʻrtasida muvozanatni, ulardan har birining haqiqiy mustaqilligini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro huquqning umum eʼtirof etilgan prinsiplari va normalari asosida inson huquqlari va erkinliklari kafolatlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
siyosiy hayotning, davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini izchil erkinlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nodavlat notijorat, jamoat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa demokratik institutlari yanada mustahkamlanishi hamda rivojlantirilishi uchun kafolat va sharoitlarni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarini har tomonlama mustahkamlash va davlat hokimiyati markaziy organlarining vakolatlarini joylardagi boshqaruv organlariga bosqichma-bosqich oʻtkazish, ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan, mudofaa va xavfsizlikni taʼminlovchi tuzilmalar faoliyati ustidan jamoat nazorati mexanizmini shakllantirish va kuchaytirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasida saylovlarni oʻtkazish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — oktyabr oyi uchinchi oʻn kunligining birinchi yakshanbasida oʻtkaziladi.
(3-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi OʻRQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 9-apreldagi OʻRQ-320-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2012-y., 4-son, 104-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi — qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining oliy davlat vakillik organi boʻlib, ikki palatadan — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi (quyi palata)dan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palata)dan iborat boʻladi (bundan buyon matnda tegishli ravishda Qonunchilik palatasi va Senat deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadigan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Qonunchilik palatasining deputati boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining vakolatlari muddati — besh yil.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat hududiy vakillik palatasi boʻlib, Senat aʼzolaridan (senatorlardan) tarkib topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat aʼzolari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda — olti kishidan saylanadilar. Senatga saylov Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qoʻshma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan soʻng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning oʻn olti nafar aʼzosi fan, sanʼat, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega boʻlgan va alohida xizmat koʻrsatgan eng obroʻli fuqarolar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saylov kuni yigirma besh yoshga toʻlgan hamda kamida besh yil Oʻzbekiston Respublikasi hududida muqim yashagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Senat aʼzosi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senatning vakolat muddati — besh yil.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ishini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasining ishi palata barcha deputatlarining professional, doimiy faoliyat koʻrsatishiga asoslanadi. Qonunchilik palatasining deputatlari oʻz vakolatlari davrida ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari boshqa turdagi haq toʻlanadigan faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat ishi vaqti-vaqti bilan chaqiriladigan Senatning yalpi majlislari hamda qoʻmitalari (komissiyalari) majlislaridagi senatorlarning faoliyatiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir shaxs bir paytning oʻzida Qonunchilik palatasining deputati va Senat aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining vakolatlari hamda faoliyat koʻrsatish tartibi, shuningdek Qonunchilik palatasi deputatlarining va Senat aʼzolarining maqomi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(7-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolat muddati
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddati besh yil.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 12-dekabrdagi OʻRQ-306-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 344-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Qonunni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, Senat tomonidan maʼqullangach, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanib, qonunda belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda eʼlon qilingan taqdirda yuridik kuchga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritiladi. Qonunchilik palatasi qonun loyihasini, qoida tariqasida, bir necha oʻqishda koʻrib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonun Senatga yuboriladi. Senat qonunni koʻrib chiqadi hamda uni maʼqullash yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Senat tomonidan rad etilgan qonun Qonunchilik palatasiga qaytariladi. Agar Qonunchilik palatasi deputatlar umumiy sonining uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan qonunni yana maʼqullasa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunchilik palatasi va Senat yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni bartaraf etish uchun kelishuv komissiyasini tuzishlari mumkin. Komissiyada kelishuvga erishilsa, qonun Qonunchilik palatasi tomonidan qayta koʻrib chiqilishi kerak. Bu holda qonun odatdagi tartibda qabul qilinadi va maʼqullash uchun Senatga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonunlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish yoʻli bilan qabul qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarini ishlab chiqish, kiritish va muhokama qilish tartiboti Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining reglamentlari bilan tartibga solinadi.
(9-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Qonunni imzolash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan qonun oʻn kun ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolash uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti oʻttiz kun ichida qonunni imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qaytadan muhokama qilish va ovoz berishni oʻtkazish uchun qonunni oʻz eʼtirozlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qaytarishga haqli. Agar qonun avvalgi qabul qilingan tahririda Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat koʻpchilik ovozi bilan maʼqullansa, qonun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻn toʻrt kun ichida imzolanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Imzolangan qonun qonunda belgilangan tartibda chop etilishi (eʼlon qilinishi) kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-y. 4-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 60-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 12/1-son, 344-modda; 2012-y., 4-son, 104-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son; 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 08.05.2023-y., 03/23/838/0257-son; 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son; 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)