Jizzax viloyati Doʻstlik tumani hokimining
Qarori
Doʻstlik tuman hududidan oʻtuvchi M-39 “Almata — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 940 km.ning oʻng tomoniga 3.27 (toʻxtash taqiqlanadi) yoʻl belgisini oʻrnatish toʻgʻrisida
Doʻstlik tuman yoʻllardan foydadanish unitar korxonasining 2020-yid 12-oktabrdagi 153-sonli xatining ijrosini taminlash maqsadida, Oʻzbekiston Rsspublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan qaror qilaman:
1. Doʻstlik tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasining 2020-yil 12-oktabrdagi 153-sonli xati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Doʻstlik tuman hududidan oʻtuvchi M-39 “Almata — Bishkek — Toshkent — Shahrisabz — Termiz” avtomobil yoʻlining 940 km.ning oʻng tomoniga 3.27 (toʻxtash taqiqlanadi) yoʻl belgisi oʻrnatilsin.
3. Doʻstlik tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi (O. Toshpoʻlatov)ga ushbu 3.27 (toʻxtash taqiqlanadi) yoʻl belgisini belgilangan tartibda oʻrnatish va oʻz hisobiga olish vazifasi yuklatilsin.
4. “Doʻstlik hayoti” gazetasi tahririyati (B. Qorayev)ga, mazkur qarorning mazmun mohiyatini ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilish va tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi taʼminlansin.
5. Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
6. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish, tuman hokimining oʻrinbosari L. Suyunov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim U. UZAKOV
Doʻstlik sh.,
2020-yil 12-noyabr,
1026-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.11.2020-y., 11/20/1026/1546-son)