Jizzax viloyati Arnasoy tumani hokimining
qarori
Maktab yoshidaga bolalarni umumiy oʻrtataʼlimga qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga hududlar (mikrohudud)ni biriktirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6, 25-moddalari, “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisida”gi Nizomning 39-bandiga asosan tumanda maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga qamrab olish jarayonida umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud)ni aniq belgilab olish maqsadida, qaror qilaman:
1. Arnasoy tumanida maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish boʻyicha umumtaʼlim muassasalariga biriktirilgan hududlar (mikrohudud) roʻyxati ilovaga asosan tasdiqlansin.
2. Tuman hokimining oʻrinbosari Gʻ. Abduraximov, tuman xalq taʼlimi boʻlimi (M. Nizamov), tumandagi umumtaʼlim muassasalari rahbarlari zimmasiga maktab yoshidagi bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga toʻliq qamrab olish, oʻquvchilarning darslarga qatnashish holati yuzasidan monitoring olib borish va uning natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha zarur choralar koʻrish vazifasi topshirilsin.
3. Belgilansinki, tumandagi umumtaʼlim muassasalar rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni oʻz vaqtida umumtaʼlim muassasasiga oʻqishga jalb qilish uchun masʼul hisoblanadi.
4. Mahalla va oilani qoʻllab quvvatlash boʻlimi (G. Xaydarova)ga mahalla va qishloq fuqarolar yigʻini raislariga maktab yoshidagi bolalarni umumtaʼlim muassasalariga jalb etish jarayonida tuman xalq taʼlimi boʻlimi hamda umumtaʼlim muassasasalarga amaliy yordam berish tavsiya etilsin.
5. Mazkur qaror “Arnasoy tongi” gazetasida rasmiy eʼlon qilinsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
6. Qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari Gʻ. Abduraximov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim J. BERDIBOYEV
Gʻoliblar shaharchasi,
2020-yil 15-avgust,
826-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2020-y., 11/20/826/1543)