Jizzax viloyati Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashining
Qarori
Tumandagi ayrim nomsiz obyekt hamda koʻchalarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami,2011-y., 41-son 448-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktabrdagi “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami,2012y., 41-42-son, 483-modda)ijrosini taʼminlash, shuningdek geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash sohasidagi davlat siyosatini yanada takomillashtirish hamda samarali amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga asosan xalq deputatlari tuman Kengashi qaror qiladi:
1. Tumandagi ayrim nomsiz koʻchalarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish boʻyicha “Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash boʻyicha tuman komissiyasi” kiritgan takliflari maʼqullansin.
3. Tuman statistika boʻlimi (Y. Sharofboyev), Tuman yer resurslari va davlat kadastri boʻlimi (A. Ergashev), Tuman qurilish boʻlimi (J. Maxamatov), hamda tegishli mutasaddi davlat organlari amaldagi tartibda nom berilgan xiyobon va koʻchalar hamda nomlari oʻzgartirilgan koʻchalarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va elektron bazasini shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga oʻzgartirish kiritish bilan bogʻliq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
4. Tuman ichki ishlar boʻlimi (R. Ummatqulov) nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan joylarda aholining fuqarolik pasportlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritish ishlarining tashkiliy ravishda amalga oshirilishi yuzasidan zarur chora-tadbirlarni belgilasin.
5. Shaharcha, mahalla va qishloq fuqarolari yigʻini raislariga Yoʻl qurilish boʻlimi va Obodonlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda hududlaridagi nom berilgan va nomlari oʻzgartirilgan koʻchalarga ularning nomlari qayd etilgan metall koʻrsatgichlar oʻrnatish vazifasi topshirilsin.
6. Belgilansinki, geografik obyektlarning nomlari sohasidagi ishlarni moliyalashtirish mahalliy budjet mablagʻlari va qonun hujjatlarida taʼqiqlanmagan boshka manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
7. Mazkur qaror “Yangiobod ovozi” tuman gazetasida eʼlon kilinsin hamda tuman hokimligining rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari tuman Kengashining ijtimoiy-madaniy rivojlanish masalalari doimiy komissiyasi (G. Rayimova)ga, shuningdek qaror ijrosini taʼminlash Geografik obyektlarga nom berish va ularning nomlarini oʻzgartirish masalalari boʻyicha tuman komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
9. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tuman Kengashi raisi, tuman hokimi I. MATIYEV
Yangiobod t.,
2020-yil 29-avgust,
56/10-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2020-y., 11/20/56/10/1555-son)