21.12.2017 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Vengriya Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

Taʼlim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Vengriya Hukumati, (keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasidagi mavjud doʻstlik rishtalarini mustahkamlash, ularning fuqarolari oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish, taʼlim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oʻrtasida taʼlim, fan va madaniyat sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish Tomonlar davlatlarining iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishiga ishonch bildirgan holda,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar tenglik va oʻzaro manfaatdorlik tamoyillari asosida taʼlim, fan va madaniyat sohalarida hamkorlikni qoʻllab- quvvatlaydilar va quyidagilar orqali hamkorlik uchun qulay sharoitlarni yaratishga intiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy, madaniy va ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasida bevosita ilmiy va madaniy aloqalarni qoʻllab-quvvatlash, mavjud resurs va imkoniyatlar doirasida oʻqituvchi va olimlar almashinuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari oʻrtasida ilmiy, texnikaviy va boshqaruv sohalarida tajriba va bilimlar almashinuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz mamlakatlarida mavjud dasturlar va davlat stipendiyalari doirasida talabalar almashinuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida taʼlim sohasidagi hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼlim tizimlari boʻyicha axborot almashinuvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro sanʼati (musiqa, teatr, raqs), adabiyot, amaliy va tasviriy sanʼat, fotografiya, arxitektura, jamoat majmualari (muzeylar, kutubxonalar, arxivlar) va boshqa turdagi sanʼat sohalarida, shuningdek, ijodiy guruhlar oʻrtasida aloqalar va almashinuvni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kutubxonalar va arxivlar oʻrtasida bevosita hamkorlikni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning taʼlim va madaniy muassasalarida taʼlim, ilmiy va madaniy tadbirlarni, shu jumladan, seminarlar, maʼruzalar, kitob koʻrgazmalari va yarmarkalari hamda ikkala mamlakatda erishilgan yutuqlarni namoyish qilish uchun mavjud boshqa shakldagi tadbirlar oʻtkazishni ragʻbatlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻrtasida diplomatik kanallar orqali kelishilgan taʼlim, fan va madaniyat sohasidagi hamkorlikning boshqa har qanday shakllarini qoʻllab-quvvatlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar turli madaniy va badiiy tadbirlarni qoʻllab- quvvatlash va ragʻbatlantirishga, xususan, oʻz imkoniyatlari doirasida ularni amalga oshirishga quyidagilar orqali hissa qoʻshishga kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlikni amalga oshirish, amaliyot oʻtkazish va tajriba almashish maqsadlarida turli madaniy soha vakillarining oʻzaro tashriflarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
rassomlar va badiiy guruhlar safarlarini, konsertlar, tomoshalar, koʻrgazmalar va boshqa madaniy tadbirlarni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlardan biri oʻtkazayotgan festivallar va shu kabi xalqaro tadbirlarga ishtirokchilarni taklif qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz mamlakatlaridagi taʼlim, ilmiy tadqiqot va madaniy faoliyat bilan bogʻliq boʻlgan kitoblar, broshyuralar, davriy nashrlar, hujjatlar, filmlar hamda boshqa materiallar va manbalar almashinuvini ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar mahalliy va xalqaro konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, ilmiy va madaniy anjumanlarda ishtirok etishni ragʻbatlantiradilar hamda bunday tadbirlar toʻgʻrisida bir- birlarini oldindan xabardor qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlari milliy qonunchiligi doirasida Vengriya tomonining vakolatli vaziri ishtirokida qoʻlyozmalar, arxiv va tarixiy hujjatlarni oʻrganish va ulardan foydalanishga koʻmaklashadilar, ularning tegishli davlatlarida arxeologiya va madaniy meros sohasida hamkorlik qiladilar hamda bu sohada ekspertlar bilan almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar boshqa Tomonning mashhur adabiy asarlarini tarjima qilish va nashr etishni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar Oʻzbekiston Respublikasida venger tilini va Vengriyada oʻzbek tilini oʻrganish boʻyicha zarur boʻlgan uslubiy va pedagogik dasturlarni amalga oshirishni, shuningdek, tegishli oʻquv va uslubiy adabiyotlarni tarjima qilish va nashr etishni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki mamlakatning taʼlim, ilmiy va madaniy muassasalari oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisida alohida bitimlar tuzishni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Vengriyaning Yevropa Ittifoqiga aʼzoligidan kelib chiqadigan majburiyatlariga daxl qilmaydi. Mazkur Bitim qoidalari Vengriyaning Yevropa Ittifoqi asosini tashkil qiluvchi shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarini, shu jumladan, Yevropa Ittifoqining birlamchi va ikkilamchi qonunchiligidan kelib chiqadigan boshqa majburiyatlarni bekor qiladigan, oʻzgartiradigan yoki ularga oʻzgacha daxl qiladigan tarzda talqin qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, zarurat tugʻilganda, mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadida aniq chora-tadbirlar va loyihalarni nazarda tutadigan ijroiya dasturlarini imzolash hamda mazkur Bitim va ijroiya dasturlarida koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun moliyaviy va boshqa tashkiliy shartlarni aniqlash maqsadida Tomonlarning vakolatli vakillari oʻrtasida maslahatlashuvlar oʻtkazishga kelishib oldilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadida Tomonlar qoʻshma ishchi guruh tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma ishchi guruh Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining vakili tomonidan, zarurat boʻlganda, boshqa muassasalar vakillarining yordamida boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshma ishchi guruh Vengriya Hukumati nomidan Vengriya Inson resurslari vazirligining vakili tomonidan, zarurat boʻlganda, boshqa muassasalar vakillarining yordamida boshqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim doirasida tuzilgan qoʻshma ishchi guruh navbati bilan Oʻzbekiston va Vengriyada yigʻilishlar oʻtkazadi. Zarurat boʻlganda, yigʻilishlar oʻrniga diplomatik kanallar orqali maslahatlashuvlar oʻtkazilishi mumkin. Tomonlar qoʻshma ishchi guruh tuzish va uning faoliyatiga oid tafsilotlarni diplomatik kanallar orqali muhokama qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni talqin qilish yoki qoʻllashdan kelib chiqadigan nizolar diplomatik kanallar orqali muzokaralar va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga Tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra uning ajralmas qismi hisoblanadigan va Bitimning 14-moddasi qoidalariga muvofiq kuchga kiradigan alohida bayonnomalar orqali oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki huquqiy protseduralarining bajarilganligi toʻgʻrisida Tomonlarning soʻngi yozma xabarnomasi diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab oʻttiz (30) kundan soʻng kuchga kiradi hamda besh yil davomida amal qiladi. Mazkur Bitimning amal qilish muddati tugagach, agar Tomonlardan biri boshqa Tomonni navbatdagi amal qilish muddati tugashidan kamida olti oy oldin Bitimni bekor qilish niyati toʻgʻrisida xabardor qilmasa, u keyingi besh yillik muddatlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu muddat davomida Tomonlardan biri mazkur Bitimni yozma ravishda diplomatik kanallar orqali tugatishi mumkin. Bunday holda, mazkur Bitim uni tugatish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan sanadan boshlab olti oy oʻtgach tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2017-yil 21-dekabrda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, venger va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Talqin qilishda ixtilof yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)