10.09.2015 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Polsha Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik pasport egalarining oʻzaro vizasiz safarlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Polsha Respublikasi Hukumati, bundan keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlat oʻrtasidagi mavjud doʻstona munosabatlarni mustahkamlash istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki davlatning amaldagi diplomatik pasportiga ega fuqarolarining kirish va chiqish, shuningdek sayohat qilishlari uchun qulay sharoit yaratishga intilib,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar davlatlaridan birining fuqarolari — amaldagi diplomatik pasport egalari boshqa Tomon davlati hududiga viza rasmiylashtirmasdan 180 (bir yuz sakson) kun mobaynida 90 (toʻqson) kundan oshmagan muddatda mazkur Bitimning 2-moddasini inobatga olib, kirish, undan chiqish, tranzit oʻtib ketish va u yerda boʻlish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar davlatlaridan birining fuqarolari — amaldagi diplomatik pasport egalari boshqa Tomon davlati hududida boʻlishlari davomida mazkur Tomon davlati qonunchiligiga, jumladan, xorijiy fuqarolar uchun oʻrnatilgan roʻyxatdan oʻtish, boʻlib turish va harakatlanish qoidalariga amal qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Boshqa Tomon davlati hududida joylashgan diplomatik vakolatxona, konsullik muassasasi yoki xalqaro tashkilotga ishga yuborilgan Tomonlar davlatlaridan birining fuqarolari — amaldagi diplomatik pasport egalari viza rasmiylashtirmagan holda ularning rasmiy maqomlarini tasdiqlovchi hujjat asosida akkreditatsiya muddati davomida mazkur Tomon davlati hududiga kirish, chiqish va u yerda boʻlib turish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan huquqlar xizmat safariga yuborilgan fuqarolarning turmush oʻrtoqlari va voyaga yetmagan farzandlariga ham tegishlidir, basharti ushbu shaxslar xizmat safariga yuborilgan fuqarolar bilan umumiy roʻzgʻor asosida yashasalar va amaldagi diplomatik pasportga ega boʻlsalar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tomonlarning Tashqi ishlar vazirliklari bir-birini mazkur moddaning 1- va 2-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar haqida oldindan xabardor etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar mazkur Bitimning amal qilishini milliy xavfsizlik, jamoat tartibini yoki sogʻligʻini saqlash zaruriyatidan kelib chiqib, butunlay yoki qisman toʻxtatib qoʻyish huquqini saqlab qoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar Bitimni toʻxtatish yoki toʻxtatishni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori haqida diplomatik kanallar orqali bunday qaror uning kuchga kirishidan 7 (yetti) kundan kech boʻlmagan muddatda oʻzaro bir-birlarini xabardor etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har bir Tomon oʻz davlati hududida boʻlishi nomaqbul deb topilgan boshqa Tomon davlatining amaldagi diplomatik pasporti egasiga oʻz qarorini asoslamagan holda oʻz davlati hududiga kirishini rad etish va u yerda boʻlib turish muddatini qisqartirish huquqini saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tomonlar 72 (yetmish ikki) soatdan kech boʻlmagan muddatda mazkur moddaning 3-bandida koʻrsatib oʻtilgan choralarning qabul qilinganligi haqida oʻzaro bir-birlarini xabardor etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar diplomatik kanallar orqali mazkur Bitim kuchga kirgunga qadar kamida 30 (oʻttiz) kun oldin amaldagi diplomatik pasportlari namunalari bilan almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tomonlar amaliyotga tatbiq etilayotgan yangi nusxadagi va almashtirilgan diplomatik pasportlari namunalarini diplomatik kanallar orqali ularning joriy qilinishidan 30 (oʻttiz) kundan kam boʻlmagan muddatda almashadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Tomonlar davlatidan birining fuqarosi — diplomatik pasport egasi, agarda aytib oʻtilgan hujjatni boshqa Tomon davlati hududida yoʻqotsa yoki foydalanish uchun yaroqsiz holatga keltirsa, tegishli choralar koʻrish uchun qabul qiluvchi davlat Tashqi ishlar vazirligini xabardor etish maqsadida bu haqda zudlik bilan oʻz davlati diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasiga maʼlumot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yoʻqotilgan yoki foydalanishga yaroqsiz holga keltirilgan diplomatik pasport oʻrniga uning egasi fuqarosi boʻlgan davlat diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi yangi pasport yoki uning oʻrnini vaqtincha bosuvchi yoʻl hujjatini rasmiylashtirib beradi. Qabul qiluvchi davlat hududidan chiqib ketish mazkur Bitim qoidalari va ushbu davlat qonunchiligi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini qoʻllash va talqin qilishda yuzaga keladigan bahs va munozaralar diplomatik kanallar orqali muzokara va maslahatlashuvlar yoʻli bilan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimga Tomonlarning oʻzaro yozma kelishuviga asosan uning ajralmas qismi hisoblanuvchi va mazkur Bitimda nazarda tutilgan tartibda kuchga kiruvchi bayonnomalar bilan rasmiylashtiriladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Bitim nomuayyan muddatga tuzildi hamda uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarining yakunlanganligi toʻgʻrisida diplomatik kanallar orqali Tomonlarning oxirgi yozma xabarnomasi olingan kundan boshlab 90 (toʻqson) kun oʻtgandan soʻng kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Har bir Tomon mazkur Bitimning amal qilishini boshqa Tomonni yozma ravishda diplomatik kanallar orqali xabardor qilgan holda bekor qilishi mumkin. Bunday holatda Bitimning amal qilishi ushbu xabarnoma olingan sanadan boshlab toʻqson (90) kun oʻtgandan keyin oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda oʻz Hukumatlari tomonidan vakolat berilgan quyida imzolovchilar shunga guvohlik berib, mazkur Bitimni tuzdilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 10-sentabr kuni Varshava shahrida ikki nusxada, har biri oʻzbek, polyak va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Bitim qoidalarini talqin qilishda ixtilof yuzaga kelgan holda rus tilidagi matn hal qiluvchi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)