Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Organik mahsulotlar va xomashyolar hamda organik-mineral o‘g‘itlarning xavfsizligiga doir ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida

1-ILOVA
Organik mahsulotlar va xomashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish hamda yuritish tartibi to‘g‘risida NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Organik mahsulotlar va xomashyolarni ishlab chiqaruvchilar reyestrini shakllantirish hamda yuritish tartibi

3-bob. Reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan subyektlarga doir ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tartibi

4-bob. Subyektlarga doir ma’lumotlar bazasini reyestrdan chiqarish tartibi

5-bob. Yakunlovchi qoida

1-ILOVA
Subyektlarga doir ma’lumotlar bazasini reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish SXEMASI

2-ILOVA
Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligi to‘g‘risida UMUMIY TEXNIK REGLAMENT

1-bob. Umumiy qoidalar

2-bob. Xavfsizlik talablari

1-§. Organik va organik-mineral o‘g‘itlar xavfsizligiga qo‘yiladigan umumiy talablar

2-§. Organik va organik-mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari

3-§. Chorvachilik majmuasi binolaridan suyuq go‘ngni chiqarib tashlashga qo‘yiladigan talablar

4-§. Organik va organik-mineral o‘g‘itlarni tashishga qo‘yiladigan xavfsizlik talablari

5-§. Organik va organik-mineral o‘g‘itlarni saqlash xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar

6-§. Organik va organik-mineral o‘g‘itlarni yo‘q qilish va qayta ishlash xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar

7-§. Organik va organik-mineral o‘g‘itlarni sotish bo‘yicha xavfsizlik talablari

3-bob. Organik va organik-mineral o‘g‘itlardan foydalanish bo‘yicha xavfsizlik talablari

1-§. Organik va organik-mineral o‘g‘itlardan foydalanish xavfsizligiga qo‘yiladigan umumiy talablar

2-§. Suyuq go‘ng va uning qayta ishlangan mahsulotlaridan foydalanishga qo‘yiladigan talablar

3-§. Qattiq organik o‘g‘itlardan foydalanishga qo‘yiladigan talablar

4-§. O‘g‘it uchun ishlatiladigan oqova suvlar loyqasiga qo‘yiladigan talablar

4-bob. Xavfsizlik pasporti

5-bob. O‘g‘itlarni qadoqlash va tamg‘alashga qo‘yiladigan talablar

6-bob. Muvofiqlikni baholash

1-§. Organik va organik-mineral o‘g‘itlarni identifikatsiyalash

2-§. Namunalar olish va sinovlarni o‘tkazish

3-§. Muvofiqlikni tasdiqlash

4-§. Mahsulot bozorda muomalaga chiqarilishini milliy belgi bilan tamg‘alash

7-bob. Davlat nazorati

8-bob. Yakunlovchi qoidalar

1-ILOVA
Texnik reglamentning talablari tegishli bo‘lgan texnik tartibga solish obyektlari (TIF TN kodi 3101 00 000 0)

2-ILOVA
O‘g‘itlar va ularni ishlab chiqarish xomashyosidagi (mahsulot va konsentratlardagi) tabiiy radionuklidlarning chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyasi

7-ILOVA
Organik va organik-mineral o‘g‘itlar uchun xavfsizlik pasportini tuzish qoidalari

“Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko‘rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-maydagi PF-5995-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq texnik reglamentlarning amalga kiritilishi bilan ularda ko‘rsatilgan mahsulotlar va xizmatlarni standartlash bo‘yicha ilgari qabul qilingan normativ hujjatlar majburiylik tusini yo‘qotishi va belgilangan tartibda qo‘llanilishida ixtiyoriylik kasb etishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
14. Ushbu Nizomga 2-ilovada keltirilgan ma’lumotlarning to‘liq taqdim etilmasligi organik subyektlarga doir ma’lumotlarni reyestrga kiritish va ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etish uchun asos bo‘ladi.

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati


1-bosqich

Subyektlarga doir ma’lumotlarni taqdim etuvchi operator

(Qishloq xo‘jaligi vazirligining tumanlardagi bo‘limlari)

1. Nizomga 2-ilovada ko‘rsatilgan subyektlarga doir ma’lumotlarni tayyorlaydi.

2. Ma’lumotlarni elektron yoki qog‘oz shaklida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.

3 ish

kunida


2-bosqich

Ishchi guruh
(Ishchi guruh besh kishidan iborat tarkibda shakllantiriladi va uning tarkibi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi).

1. Subyektlarga doir ma’lumotlar bazasini reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun operatordan qabul qiladi.

2. Taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘liq va to‘g‘ri ekanligini o‘rganadi.

3. Subyektlarga doir ma’lumotlarni reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qaror loyihasini tayyorlaydi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun ishchi guruh raisiga taqdim etadi.

4. Subyektlarga doir ma’lumotlarnireyestrda ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilinganda, subyektlarga doir ma’lumotlar reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida jurnalga qayd etadi.

5. Reyestrda ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi qarorni operatorga yuboradi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy veb-saytida (www.agro.uz) e’lon qilinadi.

5 ish

kunida


3-bosqich

Subyektlarga doir ma’lumotlarni taqdim etuvchi operator

Berilgan ma’lumotlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarurati yuzaga kelgan sanada reyestrni yurituvchiga qo‘shimcha ma’lumotlarni yuboradi.

10 ish

kunida


4-bosqich

Ishchi guruh

Yuborilgan ma’lumotlarga muvofiq reyestrga oldin kiritilgan ma’lumotlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi va Qishloq xo‘jaligi vazirligining rasmiy veb-saytida (www.agro.uz) e’lon qilinadi.

5 ish

kunida

Organik mahsulotlar va xomashyolarni ishlab chiqaruvchi subyektlarga doir ma’lumotlar bazasini shakllantirishda quyidagi ma’lumotlar taqdim etiladi

I. Umumiy ma’lumotlar

1.1. Subyektning nomi.
1.2. Subyektning joylashgan joyi (pochta manzili, telefon raqami).
1.3. Subyektning faoliyat turi.
1.4. Subyektga berilgan organik muvofiqlik sertifikati sanasi, ro‘yxatga qo‘yilgan raqam va amal qilish muddati.
1.5. Organik muvofiqlik sertifikatlangan mahsulotlar nomlari.
1.6. Organik muvofiqlik sertifikatlangan mahsulotlar hajmi, yetishtirilgan yer maydoni (gektarda).
1.7. Organik muvofiqlik sertifikati (yakka yoki guruhga) berilganligi.
1.8. Organik mahsulotni ishlab chiqarish, saqlash va transportda tashishga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar.
1.9. Organik mahsulotni ishlab chiqarishda foydalanilgan xomashyo nomlari (ro‘yxat).
1.10. Muvofiqlikni baholash tashkilotining nomi.
1.11. Muvofiqlikni baholash tashkiloti joylashgan joy (pochta manzili, telefon raqami).
1.12. Muvofiqlikni baholash tashkiloti akkreditatsiyadan o‘tkazilgan sana va qayd raqami.

II. Operator haqida ma’lumotlar
2.1. Operatorning nomi: _______________________________________________________________________
2.2. Operator rahbarining F.I.O.: _______________________________________________________________
2.3. Operatorning telefon va faks raqami: ________________________________________________________
2.4. Operatorning elektron pochta manzili: ________________________________________________________
2.5. Operatorning manzili: ____________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________________

III. Operatorning ma’lumotlar bazasi
3.1. Subyektlarga doir ma’lumotlar bazasining nomi:
___________________________________________________________________________________________
3.2. Subyektlarga doir ma’lumotlarni qayta ishlash boshlangan sana:
___________________________________________________________________________________________
3.3. Subyektlarga doir ma’lumotlarni qayta ishlashni tugatish muddati yoki sharti:
___________________________________________________________________________________________
3.4. Subyektlarga doir ma’lumotlarning ko‘rinishi (elektron va qog‘oz shaklda):
___________________________________________________________________________________________
3.5. Subyektlarga doir ma’lumotlarni qayta ishlashning maqsadi:
___________________________________________________________________________________________
3.6. Subyektlarga doir ma’lumotlarni olishda (yig‘ishda) subyektdan ruxsat olinganligi
___________________________________________________________________________________________
3.7. Subyektlarga doir ma’lumotlarni qayta ishlash uchun javobgar shaxsning familiyasi, ismi va lavozimi:
___________________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________________
Texnik reglamentga 6-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq o‘g‘itni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnomani beradi.

Ko‘rsatkichning nomlanishi

Organik o‘g‘it turi

Quruq go‘ng (tezak)

To‘shamali go‘ng*
(tezak)

Go‘ng (tezak)asosidagi kompostlar*, to‘shamasiz
go‘ngning (tezak) qattiq qismi

To‘shamasiz
go‘ng* (tezak), go‘ng suyuqligi

1. Ayrim toksik elementlar aralashmalarining massa konsentratsiyasi (yalpi miqdori), quruq moddaning mg/kgdagi ko‘rsatkichi quyidagilardan ortiq emas:

qo‘rg‘oshin
kadmiy
simob
margumush



130.0

2,0
2,1
10.0

2. Quruq moddada pestitsidlarning, shu jumladan, ularning alohida turlarning qoldiq miqdori, quruq moddaning mg / kg.dagi ko‘rsatkichi, quyidagilardan ortiq emas:

GXSG (izomyerlaryig‘indisi)

DDT va uning metabolitlari (umumiy miqdorlari)



0,1
0,1

3. Benz(a)piren* miqdori, quruq moddaning mg/kg.dagi ko‘rsatkichi, quyidagidan ortiq emas:

-

0,02

0,02

-

4. Polixlorlangan bifenillarning miqdori*, mg/kg.dagi ko‘rsatkichi, quyidagidan ortiq emas:

-

0,06

0,06

-

5. Sanitariya-ko‘rsatkichli mikroorganizmlar indeksi, KOYE/ g:
koliformalar
enterobakteriyalar


1 — 9
1 — 9

6. Patogen va kasallik tug‘diruvchi mikroorganizmlarning mavjudligi, shu jumladan, enterobakteriyalar (ichak tayoqchasining patogen serovariantlari, salmonellalar, proteylar), enterokoklar, stafilokoklar, klostridiyalar, batsillar, enteroviruslar, KOYE/g

Ruxsat etilmaydi

7. Gelmintlar, shu jumladan, nematodalar (askaridat, trixosefallar, strongilyat, strongiloidlar), trematodlar, tsestodlarlarning hayotiy tuxumlari va lichinkalari, nusxa/kilogramm.

Ruxsat etilmaydi

8. Ichakdagi oddiy patogen sistalar, nusxa/100 g

Ruxsat etilmaydi

9. Sinantrop pashshalarining lichinkalari va g‘umbaklarining mavjudligi, nusxa/ kilogramm.

Ruxsat etilmaydi

Ko‘rsatkichning nomlanishi

O‘simlikshunoslik uchun ko‘rsatkich qiymati

an’anaviy

organik

1. Toksik elementlarning, shujumladan, ayrim elementlarning massa konsentratsiyasi, quruq moddalar mg/kgda, quyidagilardan ortiq emas:

yalpi miqdori:

qo‘rg‘oshin

130,0

45,0

kadmiy

2,0

0,7

simob

2,1

0,4

margimush

10,0

-

rux

220,0

200,0

mis

132,0

70,0

nikel

80,0

25,0

harakatchan shakllari:

qo‘rg‘oshin

6,0

rux

23,0

mis

3,0

nikel

4,0

xrom (III)

6,0

2. Quruq moddada pestitsidlarning qoldiq miqdori, shu jumladan, ularning ayrim turlarinin gmassa konsentratsiyasi, quruq moddalar mg/kgda, quyidagilardan ortiq emas:

GXSG (izomyerlar yig‘indisi)

0,1

DDT va uning metabolitlari (umumiy miqdori)

0,1

3. Tabiiy radionuklidlarning solishtirma ta’sir aktivligi, quruq moddalarning Bk / kgda, quyidagilardan ortiq emas:

300

4. Texnogen radionuklidlarning solishtirma ta’sir aktivligi (ACs / 45 + ASr / 30), nisbiy birlik, quyidagidan ortiq emas:

1

5. Sanitariya ko‘rsatkichli mikroorganizmlarning indeksi, hujayralar/g:

koliformalar

1 — 9

enterobakteriyalar

1 — 9

6. Patogen kasalliklarni qo‘zg‘atuvchimikroorganizmlarning mavjudligi, shujumladan, enterobakteriyalar (ichak tayoqchasining patogen serovariantlari, salmonellalar, proteylar), enterokoklar (stafilokoklar, klostridiyalar, batsillar), enteroviruslar, hujayralar /g

Ruxsat etilmaydi

7. Gelmintlar, shu jumladan, nematodalar (askaridat, trixotsefallar, strongilyat, strongilidlar), trematodlar, tsestodlarlarning tuxumlari va lichinkalari, nusxa/kilogramm

Ruxsat etilmaydi

8. Ichakdagi oddiy patogen tsistalar, nusxa/100 g

Ruxsat etilmaydi

9. Sinantrop pashshalarining lichinkalari va g‘umbaklarining mavjudligi, nusxa/kilogramm

Ruxsat etilmaydi

10. Begona o‘tlarning urug‘lari mavjudligi, nusxa/kilogramm

Ruxsat etilmaydi

Organik (organik-mineral) o‘g‘it davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida
guvohnoma

№________________ 20_____y. “______” __________________
Ushbu guvohnoma_____________________________________________________________________________
__________________________________________________________________________________________

(tashkilotning nomi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish raqami, yakka tartibdagi tadbirkorning F.I.O va uning ro‘yxatdan o‘tkazish raqami)

__________________________________________________________________________ tomonidan berilgan.


Organik va organik-mineral o‘g‘itlarning xavfsizligi haqidagi umumiy texnik reglamentga muvofiq:
___________________________________________________________________________________________

(organik (organik-mineral) o‘g‘itlar nomlanishi)

___________________________________________________________________________________________
___________________________________________________________________________________________
__________________ — raqami bilan davlat ro‘yxatiga olindi.
___________________________________________________________________________________________
_______________________________________________________________________ va respublika hududida
muomalaga chiqarilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini sinovdan o‘tkazish va ro‘yxatga olish bo‘yicha davlat komissiyasi raisi

(imzo)

M.O‘

2. Ushbu Ilovaning 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan 16 ta bo‘limlarning har biri ishonchli ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak. Bunday ma’lumotlar bo‘lmasa, bu haqida ma’lumot ko‘rsatib o‘tilishi kerak.

Bo‘limning nomlanishi

Tarkibi

1. O‘g‘itlarni identifikatsiyalash va ishlab chiqaruvchi yoki yetkazib beruvchi haqida ma’lumot.

O‘g‘itlarning normativ xujjatda ko‘rsatilgan nomiga muvofiq nomlanishi.

Identifikatsiyalashning boshqa usullari.

O‘g‘itlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar va cheklovlar.

O‘g‘itlarni ishlab chiqarish, olib kirish va muomalaga chiqarish uchun mas’ul bo‘lgan tashkilotning (shaxsning familiyasi) to‘liq rasmiy nomi, manzili va telefon raqami.

Favqulodda holatlarda maslahatlar beruvchi tashkilotning shoshilinch xizmatlar telefon raqami.

2. Xavfni (xavflarni) identifikatsiyalash.

O‘g‘itlar xavfi tasniflanishi to‘g‘risidagi va o‘g‘itlar muomalada bo‘lgan hududda amalda bo‘lgan qonunchilikka muvofiq bo‘lgan ma’lumotlar (ba’zi hollarda).

3. Tarkibi (ingrediyentlar haqida ma’lumot).

Moddalar aralashmasidan iborat bo‘lgan o‘g‘itlar uchun:

sotib oluvchiga va boshqa manfaatdor tomonlarga uning ishlatilishi bilan bog‘liq xavfni aniqlashga yordam beruvchi tarkib to‘g‘risidagi ma’lumot;

inson salomatligi yoki atrof-muhitga xavf tug‘diruvchi barcha tarkibiy qismlar uchun esa quyidagi ma’lumotlar taqdim etilishi kerak: komponentning nomi va boshqa identifikatsiyalovchi belgilar, konsentratsiyasi yoki konsentratsiyalar diapazoni, xavf tavsifi (xavfning tasnifi, ish hududidagi gigiyenik me’yorlar).

4. Birinchi yordam choralari.

Voqea joyida jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur choralar, jarohatlanganlarga darhol tibbiy yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘lgan holatlarning tavsifi.

5. Yong‘in va portlash xavfsizligini ta’minlash choralari va vositalari.

O‘g‘itlarning yong‘in va portlash xavfining umumiy xususiyatlari. Yong‘in va portlash xavfi ko‘rsatkichlari. Yonuvchi mahsulotlar va termal dekstrutsiya natijasida kelib chiquvchi xavfning xususiyatlari.

Tavsiya etilgan yong‘inlarni o‘chirish vositalari.

Yong‘inga qarshi shaxsiy himoya vositalari.

O‘t o‘chirish paytidagi o‘ziga xos jihatlar.

6. Avariyalar va favqulodda vaziyatlar hamda ular oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish choralari.

Favqulodda vaziyatlar va avariya holatlarida individual va jamoaviy xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan alangalanish va chang manbalarini bartaraf qilish, nafas olish, ko‘z va terini himoya qilish vositalaridan foydalanish kabi choralar.

Favqulodda vaziyatlarni yoki avariya holatlarini bartaraf etish tartibi.

Favqulodda vaziyatlar va avariya holatlarini bartaraf etishda, atrof-muhit muhofazasini ta’minlashda (izolatsiyaning zarurati va turlari, yer osti va yer usti suvlari, tuproqni muhofaza qilish choralari, yaqin atrofdagi aholini xabardor qilish zaruriyati va boshqalar) ehtiyot choralari.

Neytrallashtirish va tozalash usullari.

7. Yuk ortish va tushirish ishlarida o‘g‘itlarni saqlash va ularni qo‘llash qoidalari.

O‘g‘itlar bilan ishlashda ehtiyot choralari.

O‘g‘itlarni xavfsiz saqlash shartlari va muddatlari, shu jumladan:

omborxonalar yoki konteynyerlarning tuzilishi xususiyatlari, shu jumladan, daxlsiz devorlar (to‘siqlar) va shamollatish;

saqlash paytida bir-biriga nomutanosib moddalar va materiallar ro‘yxati;

ruxsat etilgan harorat va namlik diapazoni;

tavsiya etilgan qadoq (idishlar) materiallari turi;

saqlash shartlariga qo‘yiladigan qo‘shimcha maxsus talablar.

8. Xavfli ta’sirni nazorat qilish va shaxsiy himoya vositalari.

Nazorat qilinishi majburiy bo‘lgan parametrlar, ularning ruxsat etilgan chegaraviy miqdorlari (ularni belgilaydigan standartlar va boshqa normativ hujjatlarga asoslangan holda).

Belgilangan parametrlarni ta’minlash va nazorat qilish choralari.

Xodimlarning shaxsiy himoya vositalari haqida ma’lumot.

9. Fizik-kimyoviy xususiyatlar.

Fizik holati (qattiq, suyuq, gazsimon).

O‘z-o‘zidan yonish harorati.

Yonuvchanlikning yuqori/quyi chegaralari yoki portlash chegaralari.

Zichlik.

Qovushqoqlik.

10. Barqarorlik va reaksiya qilish qobiliyati.

Kimyoviy barqarorlik.

Xavfli reaksiyalar ehtimoli.

Oldi olinishi lozim bo‘lganholatlar.

Nomuvofiq moddalar va materiallar.

11. Toksikliklik to‘g‘risidagi ma’lumot.

Insonga tegib ketganda toksikologik oqibatlarning qisqacha, ammo batafsil tavsifi.

12. Atrof-muhitga ta’siri to‘g‘risidagi ma’lumot.

Atrof-muhitga (havo, suv, tuproq) bo‘lishi mumkin bo‘lgan ta’sirlarni baholash.

Atrof-muhitdagi barqarorlik va transformatsiya haqida ma’lumotlar.

Salbiy ta’sirning boshqa turlari.

13. Olib chiqib ketish bo‘yicha tavsiyalar.

Xavfsiz ishlov berish bo‘yicha tavsiyalar.

Amaldagi milliy qonunchilikka muvofiq o‘g‘itlarni chiqarib tashlash, qayta ishlash yoki yo‘q qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ifloslangan qadoqlarni (idishlarni) yo‘q qilish usullari.

14. Tashish haqida (transportirovka qilish) ma’lumot.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining tavsiyalariga muvofiq yuk tushirish turining va/yoki transportning nomlanishi.

Transport vositalarining turlari.

Transport tamg‘asi va qadoqlash guruhi.

Amaldagi qoidalarga muvofiq xavfsiz tashish bo‘yicha tavsiyalar (shu jumladan, korxona hududida).

15. Milliy va xalqaro qonunchilik to‘g‘risidagi ma’lumot.

O‘g‘itlarni muomalaga chiqarishni tartibga soluvchi qonunchilik to‘g‘risida ma’lumot.

Inson va atrof-muhitni muhofaza qilish talablarini tartibga soluvchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

16. Qo‘shimcha ma’lumot.

Xavfsizlik pasportini qayta ko‘rib chiqishda (qayta nashr etishda) o‘zgartirishlar kiritilgan bo‘limlarni ko‘rsatish lozim.

Xavfsizlik pasportini tuzishda ishlatilgan ma’lumotlar manbalarining ro‘yxati.


Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi davlat muassasasi